’ruza: suv va tuproq resurslari va ularning muhofazasi. Reja
Biogen moddalar (C, N, Ca, P, K) ning tuproqda hosil bo’lishi, o’zgarishi va aylanishi
Download 1.82 Mb.
|
6-маъруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq paydo bo‘lish jarayonida ba‘zi element birikmalarining transformasiyasi (o‘zgarishi) natijalari (I.S.Kaurichev va boshqalar, 1989)
- Element Tog‘ jinslari, atmosfera (C,N) va tabiiy suvlardagi birikmalar
Biogen moddalar (C, N, Ca, P, K) ning tuproqda hosil bo’lishi, o’zgarishi va aylanishi.
Biologik aylanish tuproq paydo bo‘lishining asosini tashkil etishi bilan birga, tuproqqa aylanayotgan jins yuzasida mineral moddalar bilan bir qatorda quyosh nuri energiyasi ta‘sirida ro‘y beradigan fotosintez tufayli hosil bo‘ladigan kimyoviy energiyaga boy bo‘lgan organik moddalarning to‘planish manbai ham hisoblanadi. Nobud bo‘lgan o‘simliklardagi organik moddalar parchalanganda ma‘lum miqdorda kimyoviy energiya ajraladi va boshqa shakldagi energiyaga aylanadi. Bu energiya jinslarda biologik (organik) moddalarning ishtirokisiz kechishi mumkin bo‘lmagan jarayonlarning rivojlanishi uchun sarflanadi. Tog‘ jinslaridagi dastlabki minerallar asta-sekin o‘zgarib yangi tarkib, tuzilish va xossalarga ega bo‘la boshlaydi hamda alohida tabiiy jism hisoblangan tuproqda to‘plana boshlaydi. quyosh Fotosintez Organik moddalar gumus Ko‘mir,neft, gazlar Tuproq paydo bo‘lish jarayonida o‘simliklar hayoti uchun muhim hisoblangan biofil element birikmalarining transformasiyasi (o‘zgarishi) sodir bo‘ladi. Tuproq paydo bo‘lish jarayonida ba‘zi element birikmalarining transformasiyasi (o‘zgarishi) natijalari (I.S.Kaurichev va boshqalar, 1989)
Tuproqda azot birikmalarining transformasiyasi ko‘proq ro‘y beradi. Bunda gumus tabiatiga xos azot saqlovchi organik moddalar bilan bir qatorda, ma‘lum miqdorda mineral shakldagi azot (umumiy azotga nisbatan 1 foizga yaqin) ham to‘planadi. Fosfatlarning biologik o‘zgarishi natijasida mineral va mineral-organik birikmalari hamda tuproq tarkibidagi fosfatlarning o‘simliklarga o‘tuvchi, harakatchan formasi yuzaga keladi: - tuproq minerallarining o‘zgarishi va turli metallar kationlari hamda azotning biologik aylanishi natijasida kaliy, kalsiy, alyuminiy, magniy, marganes kabi o‘simliklar uchun zarur mikro va makroelementlar kationlarining almashinuvchi, yutilgan shakllari hosil bo‘ladi. Tog‘ jinslaridan paydo bo‘ladigan tuproqning o‘ziga xos belgilarining yuzaga kelishida ishtirok etadigan, shuningdek, tuproq paydo bo‘lishiga olib keladigan va bir vaqtning o‘zida bir-biri bilan bevosita bog‘liq holda kechadigan jarayonlar quyidagilar: 1. Tuproqda yangi minerallarning hosil bo‘lishi va o‘simliklar uchun tez o‘tadigan harakatchan shakldagi elementlarning turli minerallaridan ajralib to‘planishiga olib keladigan turli o‘zgarishlar; 2. Jinslarning yuza va yuqori qismlarida organik moddalarning to‘planishi va uning minerallashuvi hamda gumusli (chirindi) moddalarga aylanishi (gumusifikasiya) natijasida kul va azotli moddalarning to‘planishi; 3. Mineral va organik moddalarning o‘zaro ta‘sirlashuvi natijasida turli darajada harakatchan organik-mineral birikmalarning hosil bo‘lishi; 4. Tuproqning yuqori qismida qator biofil elementlar, jumladan oziq elementlarning to‘planishi; 5. Tuproq paydo bo‘lish jarayonida yuzaga keladigan mineral, organik va organik-mineral birikmalar tarzidagi elementlarning tuproq qatlamlarida harakati, aralashuvi va cho‘kib to‘planishi. Tuproq tarkibidagi minerallar yer po‘sti minerallariga nisbatan ancha tezroq parchalanadi. Tuproq paydo bo‘lish jarayonida kechadigan nurashning borishida quyi molekulyar (soddaroq) organik kislotalar va gumusli kislotalar, shuningdek o‘simliklar ildizlari va mikroorganizmlar ajratadigan karbonat angidridning ta‘siri katta. Shuning natijasida tuproqda nurashning qator, dastlabki suvda eriydigan va kolloid shakldagi mahsulotlari hosil bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda tuproqqa singadigan organik qoldiqlarning biokimyoviy parchalanishi natijasida, dastlabki organik moddalarning minerallanishi hamda gumusga aylanishi tufayli hosil bo‘ladigan oraliq va oxirgi mahsulotlari to‘planib boradi. Minerallarning nurash mahsulotlari bilan organik moddalarning minerallanishi va gumusga aylanish natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotlar orasidagi murakkab jarayonlar ta‘sirida dastlabki g‘ovak jinslarga xos bo‘lmagan yangi birikmalar yuzaga keladi. Bu, tuproq va uning unumdorligining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Gumus kislotalarining tuzlari ishqoriy yer metallari, ayniqsa kalsiy bilan birikib suvda erimaydigan moddalar hosil qiladi va gel holida ular paydo bo‘ladigan joyda to‘plana boshlaydi hamda mineral zarrachalar yuzasini parda shaklida qoplab oladi, ularni yelimlab bir-biriga biriktiradi yoki zarrachalar orasidagi mayda qil yo‘llar va bo‘shliqlarda to‘planadi. Gumus kislotalari bilan alyuminiy va temir gidrooksidlarining o‘zaro ta‘siri tufayli ham qator gumusli kompleks birikmalar hosil bo‘ladi. Ularning harakatchanlik darajasi gumus kislotalarining tabiati va tuproq eritmasidagi kationlar hamda turli oksidlarning tarkibiga bog‘liq. Gumus moddalarning yuqori disperslangan (mayda) gilli minerallar bilan o‘zaro ta‘sirlashuvi natijasida murakkab organik-mineral yaralmalar shakllanadi. Bu kompleks kolloidlarning tarkibi va disperslanish darajasi bir xil emas. Shuning uchun ham ular ancha kattaroq bo‘lgan zarrachalar yuzasida turlicha mustahkamlikda birikadi. Mineral va organik moddalarning o‘zaro ta‘siri natijasida yuzaga keladigan mahsulotlar g‘ovak jinslarning qatlamlari orqali harakat qilib, molekulyar va kolloid eritmalar sifatida turli chuqurliklarga cho‘kib yig‘ila boshlaydi. Natijada dastlabki, deyarli bir xil tarkibli ona jinslar o‘zining kimyoviy va mexanik tarkibi, fizik xossalari hamda tashqi belgilari bilan farq qiladigan qator qatlamlarga ajralib tabaqalanadi. Bir-biridan farq qiladigan bu alohida qatlamlar tuproq gorizontlari deb ataladi. Har bir tuproq gorizonti o‘zining qalinligi, morfologik belgilari shuningdek, fizikaviy xossalari, mexanik, kimyoviy va mineralogik tarkiblari bilan farqlanadi. Muayyan tuproq gorizonti shu tuproqning kelib chiqishi va rivojlanish tarixini aks ettirganligi uchun ham V.V.Dokuchayev bu qatlamlarni genetik gorizontlar deb ataydi. Barcha tuproq gorizontlari yig‘indisi tuproq profilini tashkil etadi. Yer yuzi turli qobiqlari o'rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi. Biosferada bajaradigan faoliyatiga qarab tuproqni organik hayot zanjirining eng muhim halqasi, deb yuritsa bo`ladi. Tuproqda u yoki bu mikroelementlar etishmasligi yoki optiqchaligi organizmlarning rivojlanishi va insonning sog`lig`iga bevosita ta`sir ko’rsatadi; Tuproq kasallik tarqatadigan ko’plab mikroorganizmlar uchun zarur hayot muhiti hisoblanadi. Tuproqda sil, vabo, o`lat, ichterlama, burutsellioz va boshqa kasalliklarning qo'zgatuvchilari bo'lishi mumkin. Biosferada tuproqning eng muhim roli shundaki, barcha organizmlarning qoldiqlari tuproqda parchalanadi va yana mineral birikmalarga aylanadi. Tuproq qatlamisiz yer yuzida hayotni tasavvur ham qilib bo'lmaydi. Dehqonchilikning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar hayotidagi ahamiyati keskin oshib ketgan. Inson o'zi uchun zarur bo’lgan barcha oziq mahsulotlari va ko’plab boshqa vositalarni bevosita yoki bilvosita tuproqdan oladi. Yer yuzidagi hozirgi mavjud tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o'zgargan. Insoniyat tarixi davomida 2 mlrd. dan ortiq unumdor tuproqli yerlar yaroqsiz holga keltirilgan. Har-yili sayyoramizdagi qishloq xo'jaligi uchun yaroqli yerlar maydoni sho'r bosishi, emirilishi natijasida 5-7 mln.gektarga kamaymoqda. Tuproqlarga inson ta'sirining kuchayishi sug'oriladigan dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan bog"liq. Sug'oriladigan (obikor) dehqonchilik Movarounnahrda ham qariyib 5 ming yillik tarixga ega. Yer yuzida dehqonichilik maqsadlarida ishlatiladigan yerlar mavjud yerlar hududining 10 foizini tashkil qiladi va dunyo aholisi jon boshiga 0,5 ga dan to'g"ri keladi. Yer yuzi tuproq qatlamining hozirgi holati birinchi navbatda kishilik jamiyatining faoliyati bilan belgilanadi. Inson tuproqlarga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatadi. Inson tuproqlarning hosildorligini oshirishi, yerlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shuning bilan birga shahar qurilishi, atrof muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo'q qilinishi, yaroqsiz holga kelishi, emirilishi mumkin. Hozirgi kunda tuproqlar maydonining kamayishi uning tiklanishidan minglab marta tezroq, amalga oshmoqda. Tabiatda shamol va suv ta'sirida tuproqlarning emirilishi yoki eroziyasi kuzatiladi. Inson faoliyati natijasida tezlashgan suv va shamol eroziyasi amalga oshadi. Antropogen eroziya tuproq resurslaridan noto'g"ri foydalanishning oqibati bo'lib, uning asosiy sabablari o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, dehqonchilik yuritishning noto'g"ri metodlaridan foydalanish va boshqalardir. Turli ma'lumotlarga ko’ra, har kuni yer yuzida eroziya natijasida 3500 gektar unumdor tuproqli yerlar ishdan chiqadi. Suv eroziyasi ko’proq, tog' oldi va tog'li rayonlarda, shamol eroziyasi tekisliklarda kuzatiladi. Chang bo'ronlari natijasida bir necha soat ichida tuproqning 25 santimetrgacha bo'lgan qatlamini shamol butunlay uchirib ketganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Eroziya jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish uchun ko'plab chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bularga o’simliklar qoplamini tiklash, agrotexnik tadbirlarni to’g`ri olib borish, yashil himoya qalqonlarini bunyod qilish, gidrotexnik tadbirlarni rejali o'tkazish va boshqalar kiradi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling