’ruza: suv va tuproq resurslari va ularning muhofazasi. Reja


Sho`rlanish va uning tuproq hosildorligiga ta`siri


Download 1.82 Mb.
bet9/10
Sana04.02.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1159544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-маъруза (1)

7.Sho`rlanish va uning tuproq hosildorligiga ta`siri.
Sug'oriladigan dehqonchilik rayonlarida tuproqlarning sho'rlanishi asosiy ekologik muammolardan hisoblanadi. Tuproqlarning sho'rlanishi sug'orishni noto'g'ri olib borganda yer osti suvlari sathining ko’tarilishi natijasida ro'y beradi. Birlamchi va ikkilamchi sho'rlanish kuzatiladi. Ikkilamchi sho'rlanishda suv kappilyarlar orqali ko’tarilib tuzi tuproqda qoladi yoki ortiqcha sug'orish natijasida yer osti suvlari erigan tuzlar bilan sho'rlanadi.
Ikkilamchi sho'rlanish ko’proq zarar etkazadi. Tuproqlarning sho'rlanishi Osiyo, Amerika va Afrikaning ko’pchilik mamlakatlarida kuzatiladi. Sho'rlanishning oldini olish uchun zovurlar o'tkaziladi, yerlarning sho'ri yuviladi. Tuproqlarning botqoqlanishi asosan namlik ko’p joylarda kuzatiladi. Suv omborlari atrofida ham botqoqlangan uchastkalar vujudga keladi. Botqoqlarni quritish uchun maxsus melioratsiya tadbirlari o'tkaziladi. Tuproqlarni ifloslanishdan saqlash muhim ahamiyatga ega. qishloq xo'jaligini kimyolashtirish tuproqlarning turli kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishini kuchaytirib yuboradi. Mineral o'g'itlar to'g"ri tanlanmasa va me'yorida ishlatilmasa tuproqning holati o'zgaradi, unumdorlik xususiyati buziladi. Ayniqsa, zararkunandalarga qarshi, begona o'tlarga va o’simlik kasalliklariga chora sifatida keng foydlaniladngan pestisidlar gerbisidlar, insektisidlar, defolliantlarni me'yoridan ortiq ishlatish tuproqga juda salbiy ta'sir ko’rsatadi. Pestitsidlar tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni nobud qiladi va chirindining kamayishiga olib keladi. Masalan, DDT pestisidi ishlatilganidan 15 yil keyin ham tuproq tarkibida uning hali mavjudligi aniqlangan. Pestisidlar oziq zanjiri orqali o'tib, inson sog'lig'iga ham zarar etkazadi. Hozirgi kunda olimlar qisqa vaqt ta'sir etib sung parchalanib ketadigan biosidlar ustida ishlamoqdalar. Tuproqlar sanoat korxonalari, transport chiqindilari, kommunal-maishiy chiqindilar bilan ham ifloslanadi.
Kimyo va metallurgiya korxonalari, tog' kon sanoati chiqindilari tuproqlarni ayniqsa kuchli ifloslaydi va ishdan chiqaradi. Tuproqda simob, qo’rg'oshin, ftor va boshqa o'ta zaharli birikmalar to'planadi. Bu o’simliklarga salbiy ta'sir ko’rsatadi, ba’zilari nobud boladi va insonlarda turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tuproqlarni maxsus tadbirlar o'tkazib tozalash qiyin. Shuning uchun tuproqlarni ifloslanishidan saqlash tadbirlari o'z vaqtida o'tkazilishi va qonuniy nazorat o'rnatilishi kerak. Qupg'oqchil yerlarda cho'lga aylanish jarayonlarinining oldini olish muhim ahamitga ega. Harakatchan qumlarning yo'lini to'sish yashil qalqonlar bunyod qilish tuproqlarni saqlab qoladi. Tuproq qatlamining turli yo'llar bilan nest-nobud qilinishi muammosi ham mavjud. Shahar va yo'l qurilishi natijasida unumdor tuproqlar nobud qilinadi. Yer osti boyliklarini qazib olishda ham ko’plab tuproqlar nobud bo’ladi. Bunday jarayonlarni oldini olishning maxsus tadbirlari mavjuddir. O’zbekiston qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida yer resurslariiing 95 foizi va suv resursarining 85 foizi ishlatiladi. Sug'oriladigan yerlar umumiy yer fondining 15 foyizini tashkil qiladi. (O'zbekistonda mavjud sug'oriladigan yerlarning 50 foizdan ortig'i sho'rlangan. ayniqsa Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari tuproqlari kuchli sho'rlangan. Tuproqlarda chirindi miqdori 30-50 foizgacha kamaygan. 2 mln.gektardan ortiq yerlar eroziyaga uchragan. Bunday yerlar Farg'ona, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida keng tarqalgan. Tuproqlarning pestisidlar bilan ifloslanish darajasi yuqori. Bunday vaziyatning asosiy sabablaridan biri, uzoq vaqt davomida paxta monokulturasi hukumronligidir. Oxirgi-yillarda paxta maydonlarining kamayishi, almashlab ekishning kengroq joriy qilinishi, mineral o'gitlarni ishlatilishining me'yorlashtirilishi va boshqa tadbirlar tuproqlar holatining yaxshilanishiga olib kelmoqda.
8.Cho`llanish jarayoni va uning sabablari.
BMTning cho'llanish va qurg'oqchilikga qarshi kurash Konventsiyasi 1994-yilda BMTning atrof muhitni muhofaza qilish Konferentsiyasida qabul qilingan bo'lib, bu 3 ta Konventsiyaning biridir.
Ushbu Konventsiya 1995-yil 31 avgusta O'zbekiston Parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilindi va 1996-yildan kuchga kirdi. Bugungi kunda mazkur Konventsiyaga 195 ta davlat a'zo.
O'zbekiston Respublikasida “Cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash bo'yicha Konvyentsiyaning xalqaro majburiyatlarini bajarish vazifasi Xukumat qarori bilan 1996-yildan beri “Uzgidromet” tashkilotiga yuklatilgan edi va ular o'z faoliyatini 2019-yilning 22 fevraligacha ya'ni 23 yil davomida cho'llanishga qarshi kurash bo'yicha loyihalarni bajarilishini muvofiqlashtirib bordi. Shu davr ichida ko'zga ko'rinarli yaxlit ishlar qilinganligi sezilmadi.
Hozirgi kunda O'zbekistonning 70 % yoki 31,4 mln gektar eri qurg'oqchil maydonlardan iborat bo'lib, ular asosan tabiiy sho'rlangan, ko'chma barxan qumliklar va qumliklar tarqalgan hamda issiq garmsel shamollari ta'siridagi hududlardan iboratdir. Orol dengizi suv sathining qurishi tufayli O'zbekistonda yana qo'shimcha 3 mln gektardan ortiq maydonda Orolqum paydo bo'ldi. Natijada, ushbu regionda ekologik muhit yomonlashib, cho'llanish jarayonlari yanada kuchaydi va ko'plab ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirdi.
Birgina Orolbo'yi regionida joylashgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida 2000-2018-yillar davomida 8 mln gektardan ortiq er maydonlari turli darajada sho'rlandi va 1 mln ga er maydonlarida eroziya xolatlari kuzatildi. Bu esa ushbu regionning 96 % hududini tashkil etadi. Cho'llanish ta'sirida ushbu region hududlarida etishtirilaetgan qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligi qariyib 40-45 % gacha kamayib ketdi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.
Shuni ta'kidlash kerakki 40 dan ortiq mamlakatlarni cho'llanishga qarshi kurash bo'yicha faoliyatlari o'rganilganda 90 % dan ortiq mamlakatlarda bevosita O'rmon xo'jaliklariga yuklatilganligi ma'lum bo'ldi.
Cho`llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash ishlari samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish bo'yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi PQ-4204 – sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasiga bir qator qo'shimcha funktsiyalar yuklatildi. Bular quyidagilardan iborat:
Respublikada cho'llanishni oldini olish, o'rmonlarni qayta tiklash va ixota o'rmonlarini ko'paytirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
2019-yilda o'rmon fondi erlarida 545 ming gektar maydonda eroziya va cho'llanishga qarshi o'rmon barpo etish va ko'paytirish tadbirlari amalga oshirildi.Shundan qurigan Orol dengizi hududida 501 ming gektarda amalga oshirildi. Ishlar davom ettirilmoqda)
O'zbekiston Respublikasining cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish bo'yicha halqaro majburiyatlarini bajarish;
(Cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish bo'yicha Prezidentning va Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari qabul qilindi, jumladan: 2019-yil 20 mayida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Yaylovlar to'g'risida”gi qonun imzolandi. Qonunga asosan yaylovlardan foydalanish, chorva mollarini joylashtirish, o'tlatish me'yorlarini belgilash bo'yicha qonun osti me'yoriy hujjatlari ishlab chiqildi va shu asosda yaylovlardan foydalanish ishlari amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17 iyundagi “Qishloq xo'jaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5742-sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon bilan:
- qishloq va suv resurslaridan samarali foydalanish kontseptsiyasi;
- qishloq va suv resurslaridan samarali foydalanish kontseptsiyasini amalga oshirish bo'yicha “Yo'l haritasi”;
- 2020-2030-yillarda qishloq xo'jaligi erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning prognoz ko'rsatkichlari, hamda 2019-2022-yillar davomida qishloq xo'jaligi erlarida suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning prognoz ko'rsatkichlari tasdiqlandi. Mazkur qaror bilan Qishloq xo'jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug'oriladigan yerlar, shuningdek lalmi va o'rmon fondi yerlari – O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va qishloq xo'jaligi korxonalariga hamda yaylov, bo'z, ko'p-yillik daraxtzorlar va boshqa yerlar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va qishloq xo'jaligi korxonalari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan investorlarga 50-yilgacha bo'lgan muddatga berish tartiblarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqqa kiritish topshirilgan.
Bundan tashqari 2019-yilning 23 avgustida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada o'rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi PQ- 4424-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan O'zbekistonda 2020-2024-yillarda o'rmon xo'jaligini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga ko'ra 2,78 mln. gektar maydonda yangi o'rmonzorlar barpo etish, shu jumladan yong'oqmevali daraxtzorlar plantatsiyalarini 2020-yilda 9,5 ming gektardan 2024-yilda 10,6 ming gektarga etkazish, ko'chat etishtirish miqdorini 2020-yilda 80 mln donadan 2024-yilda 112 mln donaga etkazish, 2020-2024-yillarda melioratsiya obyektlari atrofida hamda qishloq xo'jaligi erlarida hosilni ko'paytirishga yo'naltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun jami 12020 gektarda ihota daraxtzorlari barpo etish hamda o'rmon fondi erlarida har-yili 100 ming tonnadan ortiq qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish prognoz ko'rsatkichlari tasdiqlangan v x.z.).
Cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish masalalari bo'yicha halqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali o'zaro hamkorlikni ta'minlash;
(BMT ning rivojlanish dasturi (PROON), BMTning oziq ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO), Turkiya xalqaro hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TIKA), Germaniya halqaro hamkorlik jamiyati (GIS), shuningdek Janubiy Koreya, Xitoy xalq respublikasi kabi xalqaro tashkilotlar va mamlakatlar bilan o'zaro hamkorlik qilinmoqda
O'zbekiston Respublikasida cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish bo'yicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;
Konventsiya talablarini bajarish doirasida O'zbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi vazifalarini amalga oshirish;
Respublikamizda “Cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash” ishlari samaradorligini oshirish va ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida 2019-2023-yillarga mo'ljallangan “Yo'l haritasi” ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 26 aprelda tasdiqlandi. Yo'l haritasi 15 banddan iborat bo'lib, ularni barchasi to'liq bajarilishi ta'minlandi.




Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling