’ruza: suv va tuproq resurslari va ularning muhofazasi. Reja


O’zbekiston tuproqlarining hozirgi ekologik holati


Download 1.82 Mb.
bet8/10
Sana04.02.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1159544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-маъруза (1)

5.O’zbekiston tuproqlarining hozirgi ekologik holati.
O’zbekiston juda ham boy yer resurslarga ega. Lekin shu kungacha ulardan samarali foydalanish yaxshi yo'lga qo'yilmagan. Respublikada yer va yer resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida 1990-yili (O`zbekiston Respublikasida «Yer to’g'risida» gi qonun qabul qilingan. Mamlakatimizning yalpi qishloq xo’jalik maxsulotlarining 95%i ana shu sug’oriladigan yerlardan olinadi. Yerlarning o’zlashtirilishi va foydalanilishi natijasida sho’rlanishning darajasi ortib bordi. Paxta maydonlari ko’pchilikni tashkil etib, bu soha tuproq unumdorligini pasayishiga, tuproq xossalarini o’zgarishi va eroziyani kuchayishiga olib keldi. Shuning uchun tuproq resursidan foydalanganda, uning meliorativ xolatini yaxshilash, eroziyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni sistemali ravishda olib borish kerak.
Haydalma yerlardan samarali foydalanish va uni muhofaza qilishda ekologik nuqtai nazardan asoslangan ekinlardan foydalanish, tuproq gumus miqdorini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproq unumdorligin qayta tiklash va ekinlarni ekishni keng qo’llashda, yem-xashak va don ekinlarini navbatlab ekish, yaxshi samara beradi.
Respublikamizda paxta ekin maydonlari qisqartirilib, g’alla ekin maydonlari ortib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasida «Yer haqidagi kodeks» 1998-yil joriy etildi. Bundan tashqari Yerdan to’g’ri foydalanish, uni muhofaza qilish va Yer yagona davlat mulki ekanligi qayd etilgan, bir qancha qarorlar qabul qilingan.
Mamlakatimizda Yerdan foydalanish, muhofaza qilish va nazorat qilish masalalari bilan Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi hamda Yerlarni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi (Goskomzem) shug’ullanadi.
Yerlarni muhofaza qilish qonuni buzilgan taqdirda tartibga chaqiriladi, zarur topilganda hatto chora ko’riladi.


6.Tuproqning pestitsidlar bilan ifloslanish va unga qarshi qurash.
Tuproqning ifloslanishi, pestitsidlardan noto’g’ri foydalanish tufayli kelib chiqadi. Pestitsidlar barqaror moddalar hisoblanib, tuproqda ko’proq to’planadi va tuproq organizmlarni nobud bo’lishiga olib keladi. Tuproqda pestitsidlarning to’planishi va organizmlarning nobud bo’lishi, tuproq hosil bo’lish jarayoniga va unumdorlikning pasayishiga sabab bo’ladi.
Tuproq ifloslanishi qishloq xo’jalik ekinlariga meyyoridan ortiq mineral o’g’itlar berilishi ham sabab bo’ladi. Bunda tuproqning holati e’tiborga olinishi lozim.
Bundan tashqari yoqilg’i-surkov moylarini saqlash va tashishda ham ifloslanadi. Bu moddalar tuproqning biologik aktivligini pasaytiradi. Neft qazish va qidiruv ishlari ham tuproqni ifloslanishiga olib keladi, natijada tuproq yuzasida bitum hosil bo’ladi, shuningdek burg’ulash ishlarida foydalaniladigan suyuqliklar tuproqni sho’rlanishiga olib keladi, bu esa shu erdagi o’simliklarni nobud bo’lishiga sabab bo’ladi.
Havodan sanoat chiqindilari hisoblangan turli xil chiqindilar atmosfera yog’inlari bilan tuproqga tushib, uning hususiyatlarini o’zgartiradi.
Tuproq maishiy xo’jalik chiqindilari bilan ham ifloslanadi. Bunga turli xildagi ahlatlar, politelin plyonkalar va boshqa xil qadoqlash chiqindilari tuproqni ifloslaydi.
Tuproqlarni ifloslanishdan saqlash muhim ahamiyatga ega. qishloq xo’jaligini kimyolashtirish tuproqlarning turli kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishini kuchaytirib yuboradi. Mineral o’g’itlar to’g’ri tanlanmasa va me’yorida ishlatilmasa tuproqning holati o’zgaradi, unumdorlik xususiyati buziladi. Ayniqsa, zararkunandalarga qarshi, begona o’tlarga va o’simlik kasalliklariga chora sifatida keng foydlaniladigan pestitsidlar, gerbitsidlar, insektitsidlar, defoliantlarni me’yoridan ortiq ishlatish tuproqga juda salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Pestitsidlar tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni nobud qiladi va chirindining kamayishiga olib keladi. Masalan, DDT pestitsidi ishlatilganidan 20 yil keyin ham tuproq tarkibida uning hali mavjudligi aniqlangan. Pestitsidlar oziq zanjiri orqali o’tib, inson sog’lig’iga ham zarar yetkazadi. Hozirgi kunda olimlar qisqa vaqt ta’sir etib, so’ng parchalanib ketadigan biotsidlar ustida ishlamoqdalar.
Tuproqlar sanoat korxonalari, transport chiqindilari, kommunalmaishiy chiqindilar bilan ham ifoslanadi. Kimyo va metallurgiya korxonalari, tog’-kon sanoati chiqindilari tuproqlarni ayniqsa kuchli ifloslaydi va ishdan chiqaradi. Tuproqda simob, qo’rg’oshin, ftor va boshqa o’ta zaharli birikmalar to’planadi. Bu o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ba’zilari nobud bo’ladi va insonlarda turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling