’ruza: suv va tuproq resurslari va ularning muhofazasi. Reja
Orol dengizining qurishi sabablari
Download 1.82 Mb.
|
6-маъруза (1)
Orol dengizining qurishi sabablari. Orol dengizi qurishiga qadar o’zining egallagan maydoni bo’yicha dunyoda Shimoliy Amerikadagi Yuqori ko’l, Afrikadagi Viktoriya ko’li va Kaspiy dengizidan keyingi 4-o’rinda turadigan ko’l hisoblangan.
Orol dengizining 1960-1970-yillardagi Kosmik foto orqali ko’rinishi: Deyarli o’tgan asrning 70-80-yillariga qadar dengizda baliqchilik ishlari olib borilgan. Aynan 1970-yillarga qadar Orol dengizining baliq konservalari tayyorlash brigadalari tomonidan sutkasiga 100 tonnalab baliq konservalarini ishlab chiqarilgan. Bunga quyidagi rasmda Orol dengizida baliqlarning yashashi uchun sharoitlar mavjud bo’lganligini ko’rib ishonch hosil qilish mumkin: Orol dengizining degradatsiyasi 1960-yillardan, Sirdaryo va Amudaryolarning suvlari Turkmaniston, O’zbekiston va janubiy Qozog’iston qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishga zaruratdan unga qurilgan kanallar orqali oqim miqdori ortgandan keyin boshlangan. Bu bilan unga quyiladigan suvlarning tarkibida turli xil moddalar, hattoki pestitsid va kimyoviy moddalar miqdorining me'yoridan oshishi bilan Orol dengizi hayvonot olami ham ko’p zarar ko’rgan. Orol dengizining maydoni va va undagi suv miqdorlari holati 1960-yildan toki 2007-yilga qadar Orol dengizining 1000 kilometr kub miqdordagi qismi yo’qoldi va 1989-yilga kelib Shimoliy – Kichik va Janubiy – Katta suv omboriga aylanib qoldi. 2003-yilga kelib Orol dengizining maydoni 1960-yildagiga qaraganda chorak qismi, undagi suv umumiy miqdorining 10 foizi qoldi. XXI asr boshiga kelib dengiz suvining sathi 22 metrga qadar pasayib, dengizning o’rtacha chuqurligi 31 metrga kelib qoldi. 2011-yilga kelib hattoki Amudaryo deltalari qurib qoldi. 2014-yilning avgust oyiga kelib Katta Orolning sharqiy qismi quridi. 2017-yilga kelib faqatgina Sirdaryo emas balki Amudaryo ham o’zining suvini bu qismga quyishi boshlandi. Quyidagi rasmlarda 2018-yildagi va hozirgi kundagi Orol dengizining ko’rinishi kosmik tasvir orqali ko’rsatilgan: 2018-yilgi ko’rinish Orol dengizining hozirgi kundagi ko’rinishi Orol dengizining oldingi qirg’oq chegarasidan 30 km masofadan boshlab qishki sovuq harorati oldingidan 1-3 gradusga pasaydi. Qurigan xududlarda Orolqum maydoni paydo bo’ldi. Bu hududlarda har-yilda 50 kunlab tuz bo’ronlari xuruj qilmoqda. Aynan dengizning qurigan joy tubida kuchli tuz bu kuchli darajada namoyon bo’lmoqda. Bu tuz bo’ronlarining shamol yo’nalishi bo’yicha yetib borib, kuchli zararlaydigan masofasi 200-300 km masofani tashkil etib, bu o’z navbatida Qizilo’rda, Boyqo’ng’ir, Shalkar, Nukus shaharlariga katta ta'sir ko’rsatmoqda. Orol dengizi qurishining zararli ta'sirini kamaytirish choralari hozirgi kunning asosiy va bosh muammoviy masalalaridan biri ekologik vaziyatni sog’lomlashtirish bo’lib hisoblanadi. Buning uchun eng muhim hisoblangan Orol dengizining qurishidan yuzaga kelgan Orolqumning tuzli ko’rinishdagi tuzli bo’ronlariga e'tibor qaratilishi muhim hisoblanadi. Buni mohiyatan anglash uchun qurigan Orol tubining cho’l ko’rinishida bo’lishligini yuqoridagi rasm orqali ko’rish kifoya qiladi. Atrof-muhit havosiga haddan tashqari ko’p uchib chiqayotgan, ya'ni yiliga 100 million tonnalab chiqayotgan tuzlar shu paytgacha abadiy muzliklar deya e'tirof etib kelingan Arktika yoki Grenlandiya muzliklarining asta-sekin erib borishiga va buning natijasida dunyo okeanlari sathining sezilarli ko’tarilishiga sabab bo’lyapti. Bu tuzlarning iqlimshunos olimlar, ekolog ekspertlar insoniyat boshiga muqarrar halokat solishidan tashvishlanib, bu kelgusida katta fojeaga olib kelishi haqida qayg’urmoqdalar. Hozirda sayyoramiz ekologik beqarorlik chegarasiga kelib qoldi. Bu albatta, tashvishli hol. Bugungi ekologik inqiroz, ya'ni yuksak darajadagi ekologik muammolar dunyoning qaysi bir qit'asida yoki mintaqasida vujudga kelishidan qat'iy nazar, albatta, inson uchun, to’laqonli aytish mumkinki, insoniyat uchun salbiy ta'sir ko’rsatadi. Orol dengizi o’rnida Qizilqum va Qoraqum sahrolari o’rtasida yuzaga kelgan, maydoni 5,5 million gektarga teng bo’lgan yangi “Orolqum” sahrosi Orol dengizi fojeasi hisoblanib, dunyodagi eng yirik ekologik fojealardan biri sifatida, nafaqat, O’zbekiston, balki mintaqadagi barcha davlatlar uchun qator ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy va gumanitar muammolarni keltirib chiqardi. Qurigan dengiz tubidan ko’tariladigan qum va tuz bo’ronlari borgan sari avj olmoqda. Ushbu holat esa iqlim o’zgarishi sharoitlarida yanada avj olmoqda. Afsuski, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ham ekologik, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy turdagi ko’plab muammolarni aytib o’tish mumkin. Orolbo’yi mintaqasida yuzaga kelgan ekologik salbiy holatlar jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgani ham ana shu muammolar yuzaga kelganligidadir. Orolni yo’qotish dahshatlari va misli ko’rilmagan saksovulzorlashtirish haqida o’zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi rahbari, O’zbekiston Respublikasi qonunchilik palatasi spikeri o’rinbosari Boriy Alixonov kun.uz ga quyidagilarni gapirib o’tdi: – “Bo’shab qolgan dengiz o’rnidan ko’tarilayotgan zaharli tuzlar, qum va chang-to’zon insonlar salomatligi, o’simlik va hayvonot dunyosiga jiddiy xavf tug’dirmoqda. O’zbekiston hukumati Orolbo’yi fojeasi oqibatlarini bartaraf etish, hudud atrofida bioxilma-xillikni ta'minlash uchun bir qancha ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, hozirda Orol dengizining qurigan qismida saksovulzorlar barpo etilmoqda. Shuningdek, Orol muammosiga yirik xalqaro tashkilotlar e'tiborini qaratgan holda, hududga ko’proq investitsiya jalb qilishga intilmoqda”. Orolning qurigan maydonlarida saksovul ekishning natijasida tuz uchishi kamayadi. Chunki saksovullar tuzlarni uchiruvchi shamollar uchun to’siq vazifasini o’tay oladi: Orol dengizini avvalgi holatiga qaytarishning iloji yo’q. Buni tushunib yetish uchun Boriy Alixanovning – “Orolni bundan 60 yil avvalgi holatiga qaytarish uchun Volga daryosi 5 yil, Dunay daryosi 7 yil tinimsiz oqishi kerak” – degan gaplari yetarli. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, Orol dengizining ikkilamchi holatda keltiradigan chang-bo’ronli zararli ta'sirini kamaytirish uchun suvi qurigan maydonlariga tuz sharoitida o’sadigan o’simliklarning chidamli turlaridan ekish zarur. Buning uchun hozirgi kunda 500 ming gektardan ziyod maydonga ekilgan bo’lsada, saksovulzorlar maydonini ko’paytirish borasida barchamiz qayg’urishimiz va amaliy harakat qilishimiz kerak. Zero atmosfera havosining tuz bilan ifloslanishi oldi olinishi s alomatlikni saqlashga asos bo’ladi. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida “suv stressi va suvdan samarali foydalanish” 2019-yilning 8-10-oktyabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida “O‘rta Osiyo mamlakatlari uchun suv stressi va suvdan foydalanish samaradorligining barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlari” bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO), Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Federal Davlat statistika xizmati tomonidan tashkil etildi. Mazkur seminarda Afg‘oniston, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlatlarining statistika idoralari xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, ushbu tadbirda Davlat statistika qo‘mitasining Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari O.V Aleshunina ishtirok etdi. Bundan tashqari, O‘zbekistondan suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va BMT taraqqiyot dasturi vakillari ishtirok etdilar. Seminarning asosiy maqsadi: BRM 6.4.1 "Suvdan foydalanish samaradorligining o‘zgarishi dinamikasi" va 6.4.2 "Suv stressi darajasi: mavjud bo‘lgan chuchuk suv zaxiralariga nisbatan foiz hisobida chuchuk suvning olinishi" ko‘rsatkichlarini tuzishda qatnashuvchilarning texnik imkoniyatlarini mustahkamlash, ular to‘g‘risida milliy va xalqaro miqyosda hisobot berishdan iborat. Seminarda hisoblash metodologiyasi, milliy va mintaqaviy darajadagi ko‘rsatkichlar monitoringi, shuningdek, BRM ma'lumotlarini ularning global miqyosda tarqatilishi uchun FAOga taqdim etish tartiblari to’g’risida taqdimot o‘tkazildi. Shu bilan birga, mamlakatlarda BRM monitoring tizimini joriy etish uchun zarur bo‘lgan institutsional mexanizmlar muhokama qilindi, vaqtga muvofiq ma'lumotlarni olish uchun zarur bo‘lgan kelgusi qadamlar aniqlandi. Seminar BRM 6.4.1 va 6.4.2 ko‘rsatkichlarini tayyorlashga mas'ul vazirlik va idoralarning statistik salohiyatini oshiradi, shuningdek, mamlakatda suvdan foydalanish samaradorligini va suv stressi darajasini aniqlaydi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling