S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


 1-rasm . Isk abtop ar: I-voyaga yetgan


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

7 1-rasm . Isk abtop ar: I-voyaga yetgan
rivojlanadi. Bir yilda ularning ikki nasli 
erk a k va u rg ‘o ch isi, II-g ‘u m b agi, IH -li- 
Ы ;
ch in k asi.
186


Iskabtoparlardan Phlebotomus pappatasii turi odamlarga leyshmanioz (pash- 
shaxo'rda) va pappatachi isitmasi kabi kasalliklarni yuqtiradi.
Zaxkashlar (CeratopogonidaeN oilasi vakillari qon so'ruvchi ikki qanotlilar 
ichida eng maydasi hisoblanadi (0,5 -4 mm). Bosh qismi biroz katta, unda 1 juft 
murakkab ko'zlari joyiashgan. O g 'iz apparati sanchib-so'ruvchi tipda. Qanotlarida 
d o g i a r va tuklari bor. Oyoqlari uzun va timoqli bo'ladi.
Bu hasharotlar zax, semam joylarda, unchalik katta bo'lm agan suv havzalarida, 
ko 'l va hovuz suvlarida, botqoq joylarda yashaydi. Shuning uchun ular “m okres” , 
y a ’ni zaxkash deb aytiladi.
Hozirgi vaqtda zaxkashlaming 4000 ga yaqin turi m a iu m . Ular asosan Sibir va 
Uzoq Sharqda, O 'rta Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikada hamda Tinch okeani- 
ning k o'pgina orollarida keng tarqalgan. O'zbekistonda 60 dan ortiq turi uchraydi.
U rg'ochi zaxkashlar juftlashib bo'lgach, qon so'radi va har xil sem am joylarga
hatto oqmas k o 'lm ak suvlarga 40 dan 120 tagacha, o 'z hayoti davomida esa 350 ta- 
gacha tuxum qo'yadi. Oradan 3 - 6 kun o'tgach, ulardan ipsimon ko'rinishidagi
0,5 mm uzunlikdagi lichinkalar chiqadi. Lichinkaning bosh qismi q o 'n g 'ir rangda 
bo'ladi. Lichinkalari ko'lm ak suv yoki nam tuproqlarda 25 -3 0 kun yashab, 15 mm 
uzunlikda bo'ladi va 3 marta tullab g'um bakka aylanadi. Oradan 3 -5 kun o'tgach, 
g'um bakdan qanotli hasharotlar chiqadi Shunday qilib, zaxkashlaming tuxum 
qo'yishidan to jinsiy voyaga yetishiga qadar 60 kun o'tadi. Bir yilda zaxkashlar 
2-5 marta avlod berishi mumkin.
Zaxkashlaming urg'ochisi har xil issiqqonli hayvonlar, odam va sudralib yuruv- 
chilaming qonini so'rib oziqlanadi. Ular ertalab va kechqurunlari faol qon so'radi. 
Chaqishidan teri qichiydi, teri ostidagi to'qim alar shishib ketib, hayvon qattiq 
bezovtalanadi, junlari to'kilib oriqlay boshlaydi. Bundan tashqari, zaxkashlar bir 
qator infeksion, invazion, virusli va boshqa kasalliklaming qo'zg'atuvchilarini yuq­
tiradi. Tulyaremiya, qo'ylardagi virus va otlardagi o'lat kasalliklari, onxotserkoz, 
gemosporidioz, filyarioz, yapon ensefaliti shular jumlasidandir.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling