S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


G ‘urra vasarlar (Cecidomviidae)


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

G ‘urra vasarlar (Cecidomviidae) oilasining vakillari ju d a mayda, imagosi oziq- 
lanmaydi, faqat 2-3 kun yashaydi. Lichinkalari o'simiikning turli organlari (guli, 
mevasi, navdasi, bargi, navdaning o sish nuqtasi) da b o 'rtm a (g'urra) hosil qiladi. 
Har bir hasharot muayyan bir o'sim likda o'zig a xos g'urra hosil qiladi. B o'rtm alar 
turiga qarab hasharot turini aniqlash mumkin. Shulardan g'alla ekinlarining zarar- 
kunandasi Gessen pashshasi (Mayetiola destmctor) bo'lib, Yevropa, Osiyo va Shi­
moliy Amerikada keng tarqalgan.
187


Shunday qilib, yuqorida keltirilgan m a ’lumotlardan koi'inib turibdiki, chivinlar 
uy hayvonlari va odam lam ing tinchligini buzishi bilan katta ziyon keltiradi. Chivin- 
lardan bezovta b o 'lg an chorva mollarining mahsuldorligi pasayib ketadi. Bezgak 
chivinlari tropik mamlakatlarda odamlar o'rtasida bezgak kasalini, ayrim chivinlar 
virusli Yapon ensefaliti. tulyaremiya kasalligini tarqatadi.
Chivinlami yo'qotish uchun ularning barcha rivojlanish davrlarini hisobga ol- 
gan holda, chora tadbirlami amalga oshirish kerak. Voyaga yetgan chivinlar yoz 
paytlarida kunduzi qo'nib turadigan joylarda, qish paytida esa qishlash joylarida 
har xil insektitsidlar yordamida vo'qotiladi. Lichinkalari va g'um baklariga qarshi 
kurashish uchun suv havzalari tekshiriladi.
Anopheles lichinkalari sho'r, kislorodi kam, soya suv havzalarida yashamaydi. 
Suvi tez oqib turadigan daryo va anhorlarda ham lichinkalari uchramaydi. Chivin- 
larning lichinkalariga qarshi kurashishda xo'jalik maqsadlari uchun keraksiz bo'lgan 
kichikroq suv havzalari tuproq bilan k o 'm ib tashlanadi. Baliq ko'paytirilm aydigan 
va xo'jalik maqsadlari uchun ishlatilmaydigan suv havzalariga zaharli kimyoviy 
moddalar sepiladi, neftlanadi. Neft suv betiga nihoyatda yupqa parda ko'rinishida 
yoyilib, lichinkalar va g'u m bak lam in g nafas olish teshiklarini berkitib qo'yadi va 
ular o'ladi. Kimyoviy moddalar zarrachalarining kattaligi lichinkalar oziqlanadigan 
mikroorganizmlardan kichik bo'lishi kerak, shundagina ular kimyoviy moddalami 
yutadi.
Hozirgi vaqtda kurashning biologik usuli rivojlanib bormoqda. Lichinkalar va 
g'um baklari bor suv havzalarida ular bilan oziqlanadigan gam buziya balig'ini 
ko'paytirish yaxshi natija bermoqda. Sholipoyalarni esa uzib-uzib sug'orish, y a ’ni 
qisqa vaqt ichida suvni chiqarib tashlash yo'li bilan parazitlarni y o'qotish mumkin. 
Bundan tashqari, hovuz suvlarini vaqti-vaqti bilan oqizib turish, suv havzalarining 
organik chiqindilar bilan ifloslanishiga y o 'l qo'ym aslik kerak.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling