S-elementlar


Download 324.33 Kb.
bet3/14
Sana30.01.2024
Hajmi324.33 Kb.
#1810816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-2

Kimyoviy xossalari. Tarkibida bitta elektron bo’lgan vodorod ikki atomli. H2 - protiy, D2-deyteriy, T2-tritiy, HD, HT, DT molekulalarini hosil riladi.
H2 =2H - 435 kj/mol.
Vodorod molekulasi kichik o’lchamga va massaga ega, qutblanishi oz, lekin molekula juda barqaror.Shu sababli suvda va organik erituvchilarda oz eriydi. Qattiq vodorod geksagonal kristal panjaraga ega.Molekulaning atomlarga parchalanishi yuqori haroratda 2000oSda sezilarli tezlikda boradi.
Vodorod ham oksidlovchi, ham qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi.
Odatdagi haroratda faqat ftor bilan reaksiyaga kirishadi:
H2 + F2 = 2HF
Qizdirilganda xlor, brom, kislorod bilan reaksiyaga kirishadi.
Elementlarning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari gidridlar deyiladi.Gidridlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- ion tuzilishga ega bo’lgan gidridlar.Bunday birikmalar qatoriga ishqoriy va ishqoriy- yer metallari gidridlari(LiH kovalent tabiatli) kiritilishi mumkin. Gidridlar oq qattiq moddalar. Ular yuqori suyuqlanish haroratiga ega.Bunday gidridlar syuqlanmasi elektrolizida vodorod ajraladi. Gidridlar oson gidrolizga uchraydi:
MeH+H2O=MeOH+H2
- kovalent bog’lanish hosil qiladigan gidridlar. CH4, SiH4, NH3, H2O, H2S, HF, HCl va boshqalar. Bunday birikmalar vodorod va metallmaslarga tegishli.Odatda bunday gidridlar gaz moddalardir. H2O va HF vodorod bog’lanish mavjudligi sabali suyuqliklar;
- polimer tabiatli gidridlar.Be, Mg, Al, In, Tl kabi elementlarga tegishli.
Ularning formulasi (BeH2)n yoki (TlH2)n. Gidridlar o’zaro molekulararo vodorod bog’lari hosil qilgan;
- vodorodning metall tabiatli birikmalari. d- va f- elementalrning vodorodli birikmalari metallik tabiatga ega.Ular metallga o’xshash qora qo’ng’ir rangli, mo’rt,issiq va elektr o’tkazuvchanlik metallarga o’xshab ketadi.Ularning formulalari o’zgaruvchan tarkibli MeH (VH, NbH, TaH), MeH2 (TiH2, ZrH2, HfH2, ScH2), va MeH3 (UH3, PdH3).
Vodorodning qaytaruvchilik xossasidan ba’zi oddiy moddalarni ularning oksidlari va galidlaridan qaytarish uchun foydalaniladi:
CuO + H2 = Cu + H2O
Oksidlovchi sifatida vodorod aktiv metallar bilan reaksiyaga kirishadi:
2Na + H2 = 2NaH
Vodorod kimyo sanoatida ammiak, metanol, xlorid kislota kabi moddalarni olishda shuningdek yog’larni, suyuq yog’larni gidrogenlashda ishlatiladi. Vodorod kelajak yoqilg’isi hisoblanadi. Oxirgi paytlarda kuchli tovush to’lqinlari suvni vodorod va kislorodga parchalashi va ajralgan vodorod va kislorodni qaytadan yoqib dvigatellarni yurgazish tog’risidagi injenerlik echimlari matbuotda e’lon qilingan.

Download 324.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling