S-elementlar


Download 324.33 Kb.
bet9/14
Sana30.01.2024
Hajmi324.33 Kb.
#1810816
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-2

15.5. II A guruh elementlari
Bu guruh metallari qatoriga berilliy, magniy, kalsiy, stronsiy, bariy va radiy kiradi. Ular erkin holatda ishqoriy mettalarga nisbatan qattiqroq. Ular engil metallar, ammo ishqoriy metallardan suyuqlanih harorati balandroq. Xossalari jihatidan berilliy alyuminiyga o’xshab ketadi. Ularda diagonal o’xshashlik kuzatiladi.. Bu guruh elementlarining eng asosiy ko’rsatkichlari 32-jadvalda keltirilgan.
32-jadval. II A guruh elementlarining asosiy kattalilari

Asosiy kattaliklar

Be

Mg

Ca

Sr

Ba

Ra

Atom massa
Elektron formulasi
Atom radusi,nm
Me2+ion radiusi,nm
Suyuql. harorati,oS
Zichligi,g/sm3

Ionlanish energiyasi,


v MMe+
Er po’stlog’ida tarqalishi,mol qism



9,01
2s2
0,113
0,034
1283
1,85

9,323

1,2*10-3


12,31
3s2
0,160
0,074
650
1,74

7,645

2,0


40,08
4s2
0,197
0,104
847
1,54

6,133

2,0


87,62
5s2
0,215
0,120
720
2,63

5,695

1*10-2


137,34
6s2
0,221
0,193
718
3,76

5,212

5,7*10-3



[226]
7s2
0,235
0,194
-
-

5,28

1*10-10


Bu guruh elementlarining oksidlanish darajasi +2. Ularning sirtqi qavatida ns2 holatda 2 tadan elektron bor. Bu guruh metallarining xossalari ishqoriy metallarnikiga qaraganda kuchsiz. Atom radiusi kattalashgan sari qaytaruvchi xossalari kuchayib boradi.


Be2+, Mg2+, Ca2+, Sr2+, Ba2+, Ra2+ qatorida ionlarning radiusi ortib shu metallar gidroksidlarining asoslik xossalari kuchayadi.
Bariy, strontsiy va bariy qadimdan ishqoriy yer metallari nomi bilan mashhur. Bunday nom metallarning gidroksidlarini ishqoriy xossaga egaligidan kelib chiqqan.
Berilliy. Berilliyni 1827 yilda Veller berilliy xloridni kaliy bilan qaytarib olgan. Er sharida kam tarqalgan. Asosan berill minerali holatida uchraydi [Be3Al2(SiO3)6], uning tarkibida 14% BeO mavjud. Aleksandrit (xrizoberill) minerrali quyidagi tarkibga ega BeOAl2O3 (Fenakit) minerali ham bor bo’lib uning formulasi 2BeOSiO2. Metall holatdagi berilliy uning birikmalarini elektroliz qilib olinadi. Elektroliz uchun olingan suyuqlanma 50% BeCl2 va 50% NaCl (mass. %) bunda aralashmaning suyuqlanish harorati 300oS ga kamayadi(BeCl2 niki 440oS).
Tabiatda uchraydigan berilliy izotopining massa soni 9 ga teng.
Xossalari. Berilliy kul rang tusli engil metall. Qattiq va mo’rt modda. Metallning sirti oksid parda bilan qoplangani uchun kimyoviy faolligi kam.
Qizdirilganda kislorod va havoda berilliy oksidini hosil qiladi:
2Be+O2=2BeO
Bir oz isitilganda galogenlar, oltingugurt va azot bilan ta’sirlashib ancha barqaror birikmalar hosil qiladi:
Be+F2=BeF2
Be+Cl2=BeCl2
Be+S=BeS
3Be+N2=Be3N2
Suyultirilgan sulfat va xlorid kislotada eriydi. Issiq nitrat kislotada eriydi, lekin soviq nitrat kislotada passivlashadi.
Be+H2SO4=BeSO4+H2
Berilliy ishqorlarda eriydi va gidroksoberillatlar hosil qiladi:
Be+2NaOH+2H2O = Na2[Be(OH)4]+ H2
BeO (t syuq.2560 oS) va Be(OH)2 ham amfoterlik xossasiga ega. BeF2 ishqoriy metallar ftoridlari bilan ftor berillatlar hosil qiladi. BeF2 suvda yaxshi eriydi.
BeF2 +2 KF= K2[BeF4]
BeO+2NaOH = Na2[Be(OH)4]
Be(OH)2+2NaOH = Na2[Be(OH)4]
Berilliy tuzlari oson gidrolizga uchraydi, bu tuzlar zaharli, lekin shirin ta’mli bo’ladi. Kislotali muhitda [Be(H2O)4]2+ akva kompleks hosil bo’ladi. Ishqoriy muhutda bo’lsa [Be(OH)4]2- gidrokso komplekslar barqaror bo’ladi. Berilliy va unung birikmalari chang holatda atmosferada tarqalgani juda xavfli.
BeH2 polimer strukturali qattiq modda. U berilliy xloridning efirdagi eritmasiga litiy gidridi ta’sir qilib olinadi:
BeCl2+2LiH =BeH2+2LiCl
Berilliy karbidlari o’zgaruvchan tarkibga ega(Be2C va BeC2).
2Be+C=Be2C
Yuqori haroratda berilliyga asetilen ta’siridan olinadi:
Be+C2H2=BeC2+H2
BeC2 gidrolizida asetilen hosil bo’ladi.Agar Be2C ga suv ta’sir ettirilsa:
Be2C+4H2O=2Be(OH)2+CH4
BeCl2 suvda yaxshi eriydigan. O’ziga suv tortuvchi rangsiz modda.
Berilliy ko’p metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Berilliy asosida inter metall birikmalar berillidlar olingan. Bu qotishmalar yuqori haroratda suyuqlanadi.
Bunday qotishmalar samolyotsozlikda ishlatiladi (TiBe12, MoB12, NbBe12 va boshqlar).
Berilliy birikmalari o’simliklar uchun xavfsiz, lekin tirik organizm uchun zaharli. Organizmda berilliy eruvchan fosfatlar hosil qilgani uchun ham suyuakni bo’sh va mort qilib qo’yadi. Berilliy birikmalari teriga ta’sir etadi.

Download 324.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling