S-elementlar


Suvning qattiqligi va uni yo’qotish usullari


Download 324.33 Kb.
bet14/14
Sana30.01.2024
Hajmi324.33 Kb.
#1810816
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-2

15.6. Suvning qattiqligi va uni yo’qotish usullari
Tabiatdagi suv tarkibida kalsiy va magniy tuzlarining mavjudligi suvni qattiqligini yuzaga keltiradi. Suvning qattiqligi ikkiga bo’linadi: vaqtinchalik qattiqlik va doimiy qattiqlik. Vaqtinchalik qattiqlik sababi suvda gidrokarbonatlarning borligidir. Doimiy qattiqlikka sabab kalsiy va magniy sulfatlari va xloridlarining suv tarkibida bo’lishi hisoblanadi.
Suvning qattiqligi bir litr suvdagi erigan Ca2+ va Mg2+ ionlarining mg-ekv. (milligramm ekvivalent) miqdori bilan o’lchanadi. Suvning qattiqligi quyidagicha hisoblanadi:
m(Ca2+) m(Mg2+)
[Qattiqlik]= ---------- + --------------.
20,04*V 12,16*V
m(Ca2+)-kalsiy ionlarining massasi, mg; m(Mg2+)- magniy ionlarining massasi;V- suvning etitmadagi hajmi.
Agar suvning qattiqligi 4-7 mg*ekv/l bo’lsa yumshoq suv deyiladi. Bunday suv iste’mol qilish uchun yaroqlidir. Agar qattiqlik 7-14 mg*ekv/l orasida bo’lsa bunday suv ichish uchun ham texnologik jarayon uchun ham yaroqsiz bo’ladi.
Suvning vaqtinchalik qattiqligi qaynatish orqali yo’qotiladi.Bu jarayonda gidrokarbonatlar erimaydigan karbonatlarga o’tib cho’kmaga tushadi:
Ca(HCO3)2=CaCO3+CO2+H2O
Mg(HCO3)2=Mg(OH)2+2CO2
Qattiqlik kimyoviy ishlov berish orqali ham yo’qotiladi. Buning uchun qattiq suvga so’ndirilgan ohak yoki soda qo’shiladi. Ohak asosan suvning vaqtinchalik qattiqligini yo’qotadi:
Ca(HCO3)2+Ca(OH)2=2CaCO3+2H2O
Mg(HCO3)2+2Ca(OH)2=Mg(OH)2+2CaCO3+2H2O
Agar doimiy qattiqlikka ega bo’lgan suvga soda qo’shilsa quyidagi reksiya sodir bo’ladi:
CaSO4+Na2CO3=CaCO3+Na2SO4
MgSO4+Na2CO3=MgCO3+Na2SO4
Ca2+ va Mg2+ ionlarini yo’qotish uchun bura, potash va natriy fosfati ham ishlatiladi.
Hozirgi paytda suvni qattiqligini yo’qotish uchun tabiiy va sun’iy ionitlar keng qo’llanilmoqda. Ionitlar alyumosilikatlar toifasiga kirib, quyidagi formulaga ega Na2[Al2Si2O8]*nH2O. Alyumosilikatlar tarkibidagi Na+ ionlari Ca2+ yoki Mg2+ ionlariga almashadi.
Na2R+Ca(HCO3)2= CaR+2NaHCO3
Na2R+ CaSO4 = CaR+ Na2SO4
Suvni yumshatish uchun yuqori molekuyar ionitlar ham ishlatilib, ular ion almashinuvchi smolalar deyiladi. Bunday ionitlar tarkibida –SO3H, -SO3Na,-COOH,-OH, -COONa guruhlari bo’lib ular o’z tarkibidagi kationlarni almashtiradi.Anionitlar tarkibida harakatchan asos guruhlar bo’lib, ular anionlarni almashtiradi. Bu ionitlarda faol guruhlar –NH2; -N(CH3)2, -NH3Cl hisoblanadi.Shunday ionitlardan suvni o’tkazib juda toza suv, hatto distillangan suv olish mumkin. Ionitlar qo’llash kam xarj, arzon va samarali usul hisoblanadi.
Download 324.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling