S-elementlar


Vodorod peroksidi oksidlovchi


Download 324.33 Kb.
bet6/14
Sana30.01.2024
Hajmi324.33 Kb.
#1810816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-2

Vodorod peroksidi oksidlovchi. H2O2 oksidlovchi bo’lganda:
1. Kislotali muhitda H2O2 H+ ionlari bilan birikib suv molekulasini hosil qiladi.
H2O2 + 2H+ + 2e = 2 H2O
2HJ + H2O2 = J2 + 2 H2O


2J- - 2 e® J2 1
H2O2 + 2H+ + 2e ® 2 H2O 1


2KJ + H2O2 + H2SO4 = J2 + 2 H2O + K2SO4
2J- + 2 e ® J2 1
H2O2 + 2H+ + 2e®= 2 H2O 1
2. Neytral va ishqoriy muhitda oksidlovchi H2O2 2ta elektron biriktirib OH- ionlarini hosil qiladi.
H2O2 + 2e = 2OH-
KNO2 + H2O2 = H2O + KNO3
NO2- +H2O - 2e® NO3- +2H+ 1
H2O2 + 2e ® 2OH- 1


2KCrO2 + 3H2O2 + 2KOH = 2K2CrO4 + 4H2O
CrO2- + 4OH- - 3e ® CrO42- + 2H2O 2
H2O2 + 2e ® 2OH- 3
CrO2- + 8OH- + 3H2O2 = 2CrO42- + 4H2O + 6OH-


PbS + H2O2 = PbSO4 + H2O
H2O2 + 2e ® 2OH- 4
PbS + 4H2O - 8e ® PbSO4 + 8H+ 1
PbS + 4H2O2 + 4H2O = PbSO4 + 8H+ + 8OH-
PbS + 4H2O2 = PbSO4 + 4H2O
Vodorod peroksidi qaytaruvchi. Oksidlovchilar KMnO4, Ag2O, CrO3 va b. ishtirokida vodorod peroksid qaytaruvchilik xossasini namoyon qiladi.
1. Kislotali va neytral muhitda vodorod peroksid 2ta elektron berib, vodorod ionlari va kislorod molekulasini hosil qiladi.
H2O2 - 2 e = 2H+ + O2
Misol: 5H2O2 + 2KMnO4 + 3H2SO4 = 5O2 + 2 MnSO4 + K2SO4 + 8H2O


H2O2 - 2 e ® 2H+ + O2 5
MnO4- + 8H+ + 5e ® Mn2+ + 4H2O 2
5H2O2 + 2MnO4- + 16H+ = 10H+ + 5O2 + 2Mn2+ + 8H2O


K2Cr2O7 + 3H2O2 + 4H2SO4 = 3O2 + Cr2(SO4)3 + 7H2O + K2SO4

Cr2O72- + 14H+ + 6e ®2 Cr3+ + 7H2O 1


H2O2 - 2 e = 2H+ + O2 ® 3
CrO42- + 14H+ + 3H2O2 = 2Cr3+ + 7H2O + 6H+ + 3O2


Ag2O + H2O2 ® 2Ag + O2 + H2O
H2O2 - 2 e ® 2H+ + O2 1
Ag2O + H2O + 2e ® 2Ag + 2OH- 1
H2O2 + Ag2O + H2O = 2Ag + 2H2O + O2


2. Neytral va ishqoriy muhitda OH- ionlarini biriktirib suv va kislorod hosil qiladi.
H2O2 + 2OH- - 2e = 2H2O + O2


2K3[Fe(CN)6] + H2O2 + 2KOH = 2K4[Fe(CN)6] + O2 + 2H2O
[Fe(CN)6]3- + 1e ® [Fe(CN)6]4- 2
H2O2 + 2OH- - 2e ® 2H2O + O2 1
2[Fe(CN)6]3- + H2O2 + 2OH- = 2H2O + O2 + 2 [Fe(CN)6]4-
Olinishi. Vodorod peroksid natriy yoki bariy peroksidlarga kislota ta’sir ettirib olinadi.
Na2O2 + H2SO4 = Na2SO4 + H2O2
BaO2 + H2SO4 = BaSO4 + H2O2
Dunyoda ishlab chiqariladigan vodorod peroksidlarning 30%i 50%li sulfat kislotani elektroliz qilish orqali olinadi.
2H2SO4 = 2H+ + 2HSO4-
katodda 2H+ + 2e ® H2
anodda 2 HSO4- - 2e®= H2S2O8 peroksodisulfat kislota
H2S2O8 + 2H2O = H2O2 + 2H2SO4
Ishlatilishi. 30% li vodorod peroksid eritmasi (pergidrol) va 73-90%li eritmalari sotiladi. Vodorod peroksid ko’p bo’yoqlarni oqartiradi. Shu xossasi tufayli 6% vodorod peroksidi ipak, soch, par va boshqalarni oqartirish uchun ishlatiladi. U harbiy va raketa texnikasida, 3% li eritmasi tibbiyotda dezinfektsiyalovchi modda sifatida qo’llaniladi.
H2O2 ning ishlatilishi uning oksidlovchilik xossalariga va qaytariish mahsulotlarining mutlaqo bezararligiga asoslangan. Yaralarga ishlov berilganda ajraladigan kislorod: mikroblarga,teri rangiga qarshi va yarani tozalash, ko’pik hosil qilish hamda teri to’qimalarini parchalash xossalariga ega.
30% li vodorod peroksidi eritmasi kosmetikada osmirlarda hosil bo’ladigan xafsiz o’sma va yunglarni olib tashlashda ham ishlatiladi.


15.4. I A guruh elementlari
Bu guruh elementlariga litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy va fransiy kiradi. Barcha guruh a’zolarinig tashqi elektron qavatida bittadan s elektronlar bor. Ularning asosiy kattaliklari 31- jadvalda berilgan.
Element tartib nomeri ortishi bilan atom va ionlarning radiusi ortadi.Shu metallarning suyuqlanish harorati kamayadi. Metallarning eng engili litiydir.

31- jadval. I A guruh metallarinin eng muhim kattaliklari



Asosiy kattaliklar

Li

Na

K

Rb

Cs

Fr

Atom massa
Elektron formulasi
Atom radusi,nm
Ion radiusi,nm
Suyuql. harorati,oS
Zichligi,g/sm3

Ionlanish energiyasi


MMe+
Yer po’stlog’ida tarqalishi, mol qism



6,94
2s1
0,155
0,066
179
0,53

5,39

0,02


22,99
3s1
0,189
0,095
98
0,97

5,14

2,4


39,1
4s1
0,236
0,133
63
0,85

4,34

1,4


85,47
5s1
0,248
0,148
39
1,5

4,18

7*10-3


132,9
6s1
0,268
0,268
29
1,9

3,89

9,5*10-9



[223]
7s1
0,280
-
-
-

3,98



-

Faqat litiyning tashqaridan ikkinchi qavatida ikkita ta elektron bo’lsa, boshqa ishqoriy metallarning tashqaridan 2-qavatida 8 tadan elektronlar bor. Shuning uchun ham litiyning xossalari boshqa ishqoriy metallardan kimyoviy xossalari jihatdan farq bo’lishiga olib keladi.Bu metallarning ishqoriy metallar deyilishi, arabchadan ishqor “emiruvchi” degan ma’no beradi.
Barcha ishqoriy metallar ns1 valent elektronga ega, lekin bu elektron yadro bilan bo’sh bog’langan. Ular birikmalarda +1 oksidlanish darajasini namoyon etadi. Litiydan seziygacha metallik xossalari kuchayadi.
Fransiy barcha ishqoriy metallardan eng faoli va og’iri hisoblanadi. Radioaktiv .uni yarim yemirilish davri 22 minut.
Tabiatda uchrashi. Ishqoriy metallar kimyoviy faolligi yuqoriligi sababli faqat birikmalar holida uchraydi.Tabiatda uchraydigan izotoplari:37Li (92,5%), 36Li (7,3%).
Litiyning birikmalari nihoyatda ko’p.Uni 150 dan ortiq minerallari bor. Texnik ahamiyatga spodumen LiAl(SiO3)2 va litiy smolasi yoki lepidolit KLi2Al(Si6O10)(F,OH)2, petalit (Li,Na)AlSi4O10.
Natriy birikmalari keng tarqalgan. Osh tuzi NaCl; Glauber tuzi Na2SO4*1O H2O, hind selitrasi KNO3, natriy selitrasi, kriolit Na3[AlF6]; bura Na2B4O7*10 H2O.
Kaliy birikmalaridan silvinit KCl*NaCl; karnallit KCl*MgCl2*6H2O; yer sharining asosiy po’stlog’i- ortoklaz K2O*Al2O3*6SiO2
Rubidiy va seziy natriy va kaliy bilan birga lekin kamroq uchraydi.
Olinishi. Natriy, litiy va kaliy asosan elektroliz usuli yordamida olinadi. Elektrolizga tuzlar yoki gidroksidlar uchratiladi. Rubidiy va seziy unung xloridlaridan kalsiy metali bilan qaytarish orqali olinadi.
Xossalari. Ishqoriy metallar kub krislall panjaraga ega. Yangi kesilgan metallar ko’rinishi odatdagi metallarga o’xshaydi. Metallik yaltiroqlikka ega. Barcha ishqoriy metallar kerosin(tseziy havoda portlaydi) ostida yoki inert gaz muhitida saqlanadi. Ishqoriy metallar engil metallar hisoblanib, pichoq bilan oson kesiladi. Litiy kerosindan engil, shuning uchun parafin ostida berk idishga yg’iladi.Ularni ichida eng qattiq holatda uchraydigani kaliy u yuqori issiq va elektr o’tkazuvcanlikka ega.
Litiy.Odatdagi sharoitda oq, yaltiroq , yumshoq va engil metall. LiCl va KCl aralashmasini suyuqlanmadan elektroliz qilib olinadi.
Xona haroratida kislorod billan ta’sirlasib litiy oksidini hosil qiladi.
4Li+O2=2Li2O
Litiy oksidi kul rangli, suvda yaxshi eriydi. Litiy odatdagi sharoitda azot bilan ta’sirlashib oq rangli litiy nitridini hosil qilishi kuzatiladi:
6Li+N2=2Li3N
Qizdirilganda galogenlar Cl2, Br2 va I2 bilan kuchli alanga berb yonadi va LiCl, LiBr va LiI ni hosil qiladi.
Birikmalaridan LiF, Li2CO3 va Li3PO4 kam eriydi. Peroksidlari Li2O2, persulfidlari Li2S2, perkarbidlari Li2C2 ma’lum.
LiOH ni olish uchun LiClni suvdagi eritmasi elektroliz qilinadi:
2LiCl+2H2O=2LiOH+H2+Cl2
Litiy ioni eng kichik o’lchamga ega bo’lib, eng yuqori gutblanuvchanligi bilan boshqa ishqoriy metallardan farqlanadi. Shuning uchun u koordinasion soni 4 bo’lgan [Li(H2O)4]+ akvakomplekslar hosil qiladi.
Litiy vodorod atmosferasida qizdirilganda litiy gidridini hosil qiladi:
2Li+H2=2LiH
Litiy gidridi oq kristall modda, 680oS suyuqlanadigan ion bog’lanishli birikma.

Download 324.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling