S-elementlar


Download 324.33 Kb.
bet5/14
Sana30.01.2024
Hajmi324.33 Kb.
#1810816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-2

Og’ir suv. 12D izotopi kislorod bilan D2O birikma hosil bo’ladi. Bu birikma og’ir suv deyiladi. Tabiatda har 5500-8000 molekula oddiy suvga 1 ta molekula og’ir suv to’g’ri keladi. Og’ir suv oddiy suvni elektroliz qilib olinadi. Bunda D2O o’zgarishga uchramasdan elektrolitning qoldig’ida yig’iladi. Lyuis 20 l suvdan 0,3 ml og’ir suv D2O oldi.
D2O rangsiz, siropsimon suyuqlik , zichligi d =1,10421 g/sm3 , suyuqlanish harorati Tsuyur = 3,8oS, qaynash harorati Trayn = + 101,4oS. D2O yadro texnikasida katta ahamiyatga ega. U yadro reaktorida neytronlarni sekinlashtiruvchi modda sifatida, deyteriy olish uchun xom ashyo sifatida va termoyadro reaksiyalarida ishlatiladi.
Odam organizmida vodorod uglerod, azot, oltingugurt bilan kovalent bog’langan.Vodorod oshqozon shirasida gidroksoniy ioni holatida. Shu ion ham mikroblarga qarshi ta’sirga ega, ham oqsillar, polisaxaridlar va boshqa biologik birikmalarning gidrolizlanishuga ta’sir etadi.


15.3.Vodorod peroksidi va uning xossalari
Vodorod peroksidi. H2O2 rangsiz, siropga o’xshagan suyuqlik. Zichligi d=1,4633 g/sm3, Suyuqlanish harorati Tsuyq=0,43oS, 26 mm simob ustuni bosimda qaynash harorati Tqayn=68oS, 65 mm sim. ustunida 85oС, atmosfera bosimida Tqayn = 150,2oS.
+1 -1 -1 +1
H - O - O – H. Vodorod molekulasining struktura formulasi 32 -rasmda keltirilgan. H-O- orasining uzunligi 0,095 nm, O-O orasidagi masofa 0,148 nm ga teng. H-O-O bog’lari orasidagi burchak 95 oS ni tashkil etadi.



32-rasm. Vodorod peroksid molekulasining tuzilishi.

Vodorod peroksid beqaror birikma. Oson parchalanadi.


2H2O2 = 2H2O + O2 + 195,15 kJ
151oS da vodorod peroksid portlaydi. Suvli eritmalarda vodorod peroksid kuchsiz kislota va 2 bosrichda dissotsiatsiyalanadi.
H2O2 ↔ H+ + HO2-
HO2- ↔ H+ + [O2]2--
H2O2 nordon va asosli tuzlar hosil qiladi. NaHO2, Na2O2, BaO2.
H2O2 oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. H2O2 kisloroddan kuchliroq oksidlovchi.

Download 324.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling