S-elementlar


II A guruh elementlarining tibbiyotdagi ahamiyati


Download 324.33 Kb.
bet13/14
Sana30.01.2024
Hajmi324.33 Kb.
#1810816
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-2

II A guruh elementlarining tibbiyotdagi ahamiyati. Organizmda magniy ioni etishmasa yurak- qon tomirlar faoliyati buzilib, kasallikka chalinish ehtimolligi ortadi.Tarkibida magniy tutgan ko’pdan–ko’p moddalar tibbiyotda dori sifatida ishlatiladi. Magniy sulfati (MgSO47H2O) tinchlantiruvchi va og’riq qoldiruvchi hamda surgi sifatida buyiriladi. Magniy oksidi(MgO) va magniy karbonat i(MgCO3) meda-ichak kasalliklarida dori sifatida qo’llaniladi.
Magniy ayniqsa o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi. Magniy o’simliklardagi yashil modda xlorofil tarkibiga kiradi. Xlorofil yordamida o’simliklarda fotosintez jara’yoni ro’y beradi.
Kalsiyning tirik organizm uchun o’rni beqiyos. Odam organizmida 1,4 % gacha kalsiy bo’ladi. (70 kg ga 1400 g.). Organizmdagi kalsiyning 99% suyak to’qimalarida joylashgan. Suyuakda kalsiy asosan Ca3(PO4)2 va CaCO3 holatida bo’ladi.Odam organizmini kalsiyga bo’lgan ehtiyoji kuniga 1 g ni tashkil etadi.
Kalsiy to’qima membranalari va mushaklarning normal ishlashi uchun zarur, u qonnig ivishiga ta’sir etadi.
Qondagi kalsiy miqdorini gormonlar tartibga solib turadi.
Tarkibida kalsiy bo’lgan ko’p dori moddalari bor. Kalsiy xlorid (CaCl26H2O) allergik, raxit, shamollash va teri kasalliklarida buyuriladi. Bundan tashqari, kalsiy glukonat, kalsiy laktat, kalsiy gliserofosfat va boshqalar tibbiyotda dori modda sifatida keng qo’llanilmoqda.
Bariy sulfati BaSO4 rentgen kontrast modda sifatida ishlatiladi.
MgO va (MgOH)2CO3 oshqozonnig kislotaligi ortib ketganida ichish uchun buyuriladi.
MgSO4*7H2O – aciq tuz yoki inglizlar tuzi nomi bilan mashur. Bu modda tinchlantiruvchi, qaqshasga qarshi, spazmolotik ta’sirga ega bo’lib, surgi sifatida ham tavsiya etiladi.
Kalsiy va stronsiyning xossalari juda yaqinligi tufayli suyak to’qimalaridagi almashinish reaksiyalarida kalsiy o’rniga stronsiy qoladi. Bu borada ayniqsa stronsiyning radioaktiv izotoplari juda xavfli bo’lib, ular yadro reaksiyalarida hosil bo’ladi.



Download 324.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling