S-elementlar


Download 324.33 Kb.
bet11/14
Sana30.01.2024
Hajmi324.33 Kb.
#1810816
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-2

Kalsiy guruhchasi. Bu guruhchaga kalsiy, stronsiy, bariy va radiyni kiritish mumkin. Yer po’stlog’da kalsiy miqdori 3 %. Tabiatda ohaktosh, marmar- CaCO3, gips - CaSO42H2O, fosforitlar - Ca3(PO4)2 ma’lum. Kalsiy ftoridlar va apatitlar holida ham keng tarqalgan. Kasiy gidrokarbonat Ca(HCO3)2, magniy gidrokarbonat Mg(HCO3)2 va kamroq Fe(HCO3)2 tabiiy suv tarkibidagi muvaqqat qattiqlikni hosil qiladi.
Yer qobig’ida kalsiyning oltita, stronsiyning to’rtta va bariyning ettita turg’un izotopi bor. Eng ko’p tarqalgan izotoplarga: 2040Ca (96,97%), 3888Sr (82,56%) va 56138 Ba (71,66%).
Ishqoriy yer metallarining galogenidlari, nitratlari va boshqa tuzlari deyarli gidrolizlanmaydi.
Bariy tabiatda og’ir shpat BaSO4 holida, viterit holida BaCO3 uchraydi.
Stronsiyning muhim minerallari stronsianit SrCO3 va selestin SrSO4 hisoblanadi.
Galogenidlar ammiak ta’sirida ammiakatlar hosil qiladi. Ammiakatlarda ishqoriy-yer metallarining k.s. 8 ga teng. [Ca(NH3)8]Cl2; [Sr(NH3)8]Cl2 va [Ba(NH3)8]Cl2. Ammiakatlarning barqarorligi kalsiydan bariyga qarab zaiflashadi.
Ca-Sr-Ba qatorida metallarning suv bilan ta’siridagi faolligi ortib boradi.
Olinishi. Kalsiy, stronsiy va bariy asosan suyqlanmalar elektrolizi orqali olinadi. Bu metallar erkin holda alyuminotermiya usulida ham elektr pechlarda vakuumda olinishi mumkin:
3MeO+2Al=Al2O3+3Me
Metallarning faolligi yuqori. Shuning uchun bu metallar ishqoriy metallarga o’xshash saqlanadi.
Xossalari. Erkin holda kalsiy, stronsiy, bariy oq kumushsimon metallardir. Havoda ularning sirti tezda oksid parda bilan qoplanadi. Kalsiy anchagina qattiq. Stronsiy va bariy qattiqligi qo’rgoshinga o’xshab ketadi.
Metallarning faolligi Ca-Sr –Ba-Ra qatorida ortib boradi.
Kalsiy va uning analoglari peroksidlar (MeO2) va superoksidlar (MeO4) hosil qiladi.

Download 324.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling