S-elementlar


Download 324.33 Kb.
bet10/14
Sana30.01.2024
Hajmi324.33 Kb.
#1810816
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-2

Magniy. Magniy tabiatda keng tarqalgan. Uni 1808 yilda Devi magniy sulfatini elektroliz qilib olgan. Asosiy minerallari magnezit MgCO3; dolomit MgCO3 CaCO3; karnallit KClMgCl26H2O. Dengiz suvida MgCl2 ning miqdori 0,38 % ga boradi, lekin ba’zi ko’llarda uning miqdori 30% ga ham etadi. Magniyning yer po’stlog’idagi miqdori 2 % atrofida.
Tabiatda magniyning uchta izotopi bor: 1224Mg (78,6%), 1225Mg (10,11%), 1226Mg (11,29%). Uning uchta sun’iy izotopi ham olingan.
Olinishi. Magniy MgCl2 yoki suvsizlantirilgan karnallitni elektroliz qilib olinadi.
Magniy oksidi yuqori haroratda ko’mir bilan qaytarilishi orqali ham olinishi mumkin:
MgO+C=Mg+CO
Magniy olish uchun yuqori haroratda (1200-1300oS) elektr pechlarda va vakuumda dolomitni parchalab unga kremniy ta’sir ettiriladi:
2CaOMgO+Si= Ca2SiO4+2Mg
Xossalari. Magniy oq, kumushsimon, engil metal. Havoda kam o’zgaradi, unung ustini oksid pardasi qoplagan.
Magniy kislotalardan oson vododorodni siqib chiqaradi. Suv bilan qaynatilganda oson tasir etadi. Havoda qizdirilganda MgO va ozgina Mg3N2 hosil qiladi.
Magniy gidridi MgH2 kumush rang qattiq modda. U 175 oS da magniy dimetilning parchalanishidan hosil bo’ladi:
Mg(CH3)2=MgH2+C2H4
Magniyga vodorod ta’sir etilganda ham agar katalizator sifatida magniy iodid ishlatilsa magniy gidridi hosil bo’ladi.
MgO MgCO3 dan olinadi . U kuydirilgan magneziy deyiladi. Magniy oksidi 2800oS da suyuqlanadigan kristall modda. Undan o’tga chidamli buyumlar, idishlar va tugel yasaladi.
Mg(OH)2 suvda kam eriydigan ,o’rtacaha kuchli elektrolit. EK=1,21O-11.
Mg(OH)2 magniy tuzlariga ishqorlar ta’sir ettirilib olinadi. Magniy tuzlariga soda qo’silganda gidroksikarbonatlar hosil bo’ladi. Bu tuz oq magneziy nomi bilan tibbiyotda ishlatiladi.Tabiatdagi silikatlardan talk 3MgO4SiO2H2O bolalar upasi tarkibiga kiradi. Asbest CaO3MgO4SiO2 issiq saqlovchi material sifatida ishlatiladi.
MgCl26H2O dengiz suvidan olinadi. Uni asosida magnezial sement tayyorlanadi.
Magniy sulfat- MgSO47H2O gepta gidrat, taxir tuz deyiladi.
Magniy karbid MgC2 asetilenidlar jumlasiga kiradi.
Magniyning suvda yomon eriydigan tuzlari qatoriga Mg3(PO4)2, MgCO3, MgF2 kiritish mumkin.
Magniyning kompleks birikmalari o’simliklar va hayvonlar hayotida muhim o’rin tutadi. Magniy o’simliklarda yashil rang beruvchi xlorofildagi asosiy kompleks hosil qiluvchi ion hisoblanadi (33 –rasm). Bu kompleksda Mg2+ markaziy ion unung koordinatsion soni 4 ga teng. Ligand sifatida turli guruhlar bilan bog’langan pirrol halqalari turadi. II A guruhdagi barcha kationlar ichida Mg2+ ionida azot atomi tutgan birikmalar bilan koordinatsion bog’ hosil qilishga moyillik kuchli bo’lsa, bu guruning qolgan elementlarida bo’lsa kislorod bilan koordinatsiyalanishga moyillik yuqoridir.

33-rasm. Magniyning kompleks birikmasi xlorofilning tuzilishi.
R1-gidrofil radikal; R2-gidrofob radikal;



Download 324.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling