S-elementlar


Download 324.33 Kb.
bet12/14
Sana30.01.2024
Hajmi324.33 Kb.
#1810816
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-2

Kalsiy. Havoda kalsiy sirti oksid parda bilan qoplanadi. Bunda uning oksidi hosil bo’ladi:
2Ca+O2=2CaO
CaO oq qattiq modda suvda kam eriydi. Sanoatda ohaktoshni parchalab olinadi:
CaCO3=CaO+CO2
Kalsiy oksidi kuydirilgan ohak yoki so’ndirilmagan ohak nomi bilan ma’lum. Kalsiy oksidi suv bilan ta’sirlashib so’ndirilgan ohakni hosil qiladi.
CaO+H2O=Ca(OH)2
Qizdirilganda kalsiy oksidi ta’sirida kalsiy karbidi hosil bo’ladi:
CaO+3C=CaC2+CO
Kalsiy karbidi gidrolizlanganda asetilen ajralib chiqadi:
CaC2+2H2O=Ca(OH)2+C2H2
Bu reksiyadan texnikada asetilen olish uchun ishlatiladi.
Vodorod atmosferasida qizdirilsa kalsiy gidridini hosil qiladi:
Ca+H2=CaH2
Kalsiy gidridi oson gidrolizga uchraydi hamda kalsiy gidroksidi va vodorod hosil qiladi:
CaH2+2H2O=Ca(OH)2+2H2
Kalsiy kislotalar va suv bilan shiddatli ta’sirlashadi, va bu jarayonlarda vodorod ajraladi:
Ca+2HCl=CaCl2+H2
Ca+2H2O=Ca(OH)2+H2
Kalsiy gidroksidi kuchli asos. Bir litr suvda 1,56 g kalsiy gidroksidi eriydi. Bu asosning to’yingan eritmasi ohakli suv deyiladi va qurulishda ishlatiladi.Agar ohakli suvdan karbonat angidrid CO2 o’tkazilsa oq cho’kma hosil bo’ladi:
Ca(OH)2+CO2=CaCO3+H2O
Agar CO2 o’tkazish davom ettirilsa cho’kma erib, kalsiy gidokarbonat hosil bo’ladi:
CaCO3+CO2+H2O=Ca(HCO3)2
Kalsiy silikat va kalsiy alyuminatlar asosida sement hosil bolib,bulardan portlandsement quyidagi tarkibga ega: Ca 58-66%; SiO2 18-26%; SO3 0,5-2,5 %; MgO 1-5%, Fe2O3 2-5%, Na va K 2% gacha.
Kalsiyning eng muhim tuzlari qatoriga kalsiy karbonat CaCO3 kiradi. Kalsiyning sulfidlari, fosfatlari yomon eriydi.

Download 324.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling