S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov
Kreditlar shaklida jalb etilgan mablag‘lar, temir yo‘l transportida
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
TYTS-o'-q-uzb-l
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Kapital mablag‘larni o‘zlashtirish asosiy shakllari bo‘yicha guruh- lash, kapital qo‘yilmalar nimasini tavsiflashgan imkon beradi
- 8. Kapital ta’mir mablag‘i hisobidan bekatlarni nima qilish ishlari amalga oshiriladi
- 10. Temir yo‘l qayta qurollanganligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsat- kichlardan biri bu, umumiy ish hajmida progressiv tortish kuchi
- 10-bob. Mehnat resurslari statistikasi 10.1. Mehnat resurslari statistikasi, uning ahamiyati va vazifalari
- Ish kunining amaldagi uzunligini
5. Kreditlar shaklida jalb etilgan mablag‘lar, temir yo‘l transportida kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalaridan birini tashkil etadi? a) o‘rash; b) kamaytirish; c) *qurish; d) guruhlash. 6. Kapital mablag‘larni o‘zlashtirish asosiy shakllari bo‘yicha guruh- lash, kapital qo‘yilmalar nimasini tavsiflashgan imkon beradi? a) suratini; b) ta’mirini; c) *tarkibini; d) mahsulotini. 7. Kapital qo‘yilmalar, birinchi navbatda, ishlab chiqarish jarayonini nima qilishga yo‘naltiriladi? a) tekislashga; b) ta’mirlashga; c) *avtomatlashtirishga; d) ochishga. 106 8. Kapital ta’mir mablag‘i hisobidan bekatlarni nima qilish ishlari amalga oshiriladi? a) qisqartirish; b) asfaltlash; c) *kengaytirish; d) ochish. 9. Kapital qo‘yilmalar nimasi bo‘yicha rekonstruksiya va texnik qay- ta qurollanish turlariga ajratiladi? a) valyutasi; b) mahsuloti; c) *yo‘nalishi; d) banki. 10. Temir yo‘l qayta qurollanganligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsat- kichlardan biri bu, umumiy ish hajmida progressiv tortish kuchi (elektr va dizel) bilan nima qilingan, yuk aylanmasining ulushi? a) yuklangan; b) o‘lchangan; c) *bajarilgan; d) qoplangan. 107 10-bob. Mehnat resurslari statistikasi 10.1. Mehnat resurslari statistikasi, uning ahamiyati va vazifalari Mehnat va ish haqi statistikasi iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan mehnat resurslarini, ularning taqsimlanishi va foydalanishni o‘rganadi. Eng ahamiyatli masalalari: mehnat resurslarining mavjudligi, ularning tarkibi, taqsimlanishi, ish haqi fondi, uning dinamikasi, mehnat unumdorligi ko‘rsatkichilari, ularning dinamikasi va h.k. Temir yo‘l transportida mehnat va ish haqi statistikaning asosiy vazifasi mehnat resurslarini, ish haqi fondini va mehnat unumdorligi ustidan nazorat qilishdan iboratdir. Mehnat va ish haqi statistikasining vazifasi - temir yo‘l transportida ishlovchilar va xodimlarni statistik o‘rganishdir. Kuzatish obyekti - temir yo‘l transportidagi har xil toifadagi ishlovchilar va xodimlar soni, ularning ish haqlari. Kuzatish birligi - har bir ishlovchining ish vaqti va ish haqi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorida yuz berayotgan jarayonlarni tahlil qilishning muhim quroli bo‘lib, o‘rtacha yillik miqdorlardagi 1.01 va 1.07.ga nisbatan tuziladigan mehnat resurslari balansi hisoblanadi. U mehnat resurslarining soni va tarkibi, ularning milliy iqtisodiyot tarmoqlaridagi va mulk shakllari bo‘yicha taqsimoti, ishsizlar va iqtisodiy nofaol aholi haqidagi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, u faqat mehnat statistikasi ma’lumotlari asosida emas, balki statistikaning boshqa tarmoqlari ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. U jamiyatning ijtimoiiy tuzilishini, mehnatbozoridagi talab va taklifni o‘rganish uchun muhim qurol bo‘lib hisoblanadi. Mehnat resurslari balansi bir-biri bilan bog‘liq bo‘limlardan iborat: uning birinchi bo‘limida mehnat resurslarining soni va tabiiy takror paydo bo‘lishi, ikkinchi bo‘limida mehnat resurslarining sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini ifodalaydi. Mehnat resurslari balansi chizmasini quyidagicha ifodalash mumkin: I.Mehnat resurslarining paydo bo‘lish manbalari jami mehnat resurs- lari, shu jumladan: − mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi; − iqtisodiyotda band bo‘lgan o‘smirlar; − iqtisodiyotda band bo‘lgan keksa kishilar va ishsizlar; II.Mehnat resurslari taqsimoti: a) jami iqtisodiyotda band bo‘lganlar, shu jumladan; b) iqtisodiyot tarmoqlarida; c) xususiy uy xo‘jaligini yuritish uchun yollanganlar; 108 d) doimiy yo‘nalish va boshqa soha xodimlari; e) mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqarishdan holi holda o‘qiyotganlar; f) mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, lekin iqtisodiy faoliyat va o‘qish bilan band bo‘lmaganlar. Bu ma’lumotlar tahlil qilinib, bandlik darajasi aniqlanadi, mehnat resurslari taqsimlanishidagi nisbatlar o‘rganiladi. Balans ma’lumotlari bir necha yillar bo‘yicha taqqoslanib, bu masalar dinamikasi o‘rganiladi. 10.2. Xodimlar tarkibi va soni statistikasi Temir yo‘l transportida mehnat va ish haqi statistikasi quyidagi bo‘limlarga ajratiladi: − Xodimlar mavjudligi, harakati va tarkibi statistikasi; − Mehnat unumdorligi statistikasi; − Ish haqi fondi statistikasi. Xodimlar mavjudligi, harakati va tarkibi statistikasida temir yo‘l transporti korxonalarida ishlovchilarning soni, ularning o‘zgarishi, ish toifalari, ish staji, yoshi, mutaxassisligi bo‘yicha taqsimlash masalalari o‘rganiladi. Boshlang‘ich hujjatlari: − buyruqlar; − Mehnat kitobchalar; − Mehnat vaqtini hisobga olish varaqlari (tabel); − Mashinist marshruti v.b. 1. Asosiy statistik ko‘rsatkich – ro‘yxatdagi xodimlar soni. Uning tarkibiga doimiy, mavsum yoki vaqtincha ishga qabul qilingan xodimlar soni kiradi. Ushbu ko‘rsatkich amalda oy (chorak, yil) boshiga (oxiriga) hisoblanadi. Ro‘yxatdagi xodimlar soni ko‘rsatkichi xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish natijasida doimo o‘zgaradi. 2. O‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni ko‘rsatkichi − X r = ∑X/t , kishi − bu yerda: − Xr - o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni; − ∑X – hisobot davrida hujjatlar asosida hisoblangan xodimlar soni (bayram va dam kunlari bilan birga); − t – hisobot davri. 3. Statistik hisobotlarda ish kunida haqiqiy ishga kelganlar soni statistik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu deganda aniq ish kuni davomiyligida ishlaganlar xodimlar sonidir. 109 − Lokomotiv va poyezd brigadalardagi xodimlar soni ish vaqtini hisobga olish varaqchasi bo‘yicha, yo‘lovchi vagonlardagi provodniklar soni esa poyezd marshruti hujjati asosida aniqlanadi. − Temir yo’l transporti mehnat va ish haqi statistikada xodimlar soni faoliyat va xo‘jalik turi, personal toifasi, kasbi, ishlab chiqarish toifasi bo‘yicha guruhlanadi. − Faoliyat va xo‘jalik turi (foydalanishdagi kontingent, yo‘llarni bino, inshootlarni ta’mirlash, qurilish, yuk ortish-tushirish va h.k.). − Xo‘jalik turi (lokomotiv, vagon, yo‘lovchi, aloqa, yordamchi- ko‘makchi va h.k. xo‘jaliklari). Ishga yo’llash davri uzunligiga qarab korxona xodimlari quyidagi guruhlarga ajratiladi: – doimiy xodimlar; – vaqtinchalik xodimlar; – mavsumiy xodimlar; – uchrab qolgan ishlarni bajarish uchun qabul qilingan xodimlar; Bajarayotgan funksiyasiga qarab, korxonalar xodimlari ikki guruhga bo‘linadilar: ishchi va xizmatchilar. Xizmatchilar guruhida 3 ta toifa ajratiladi: rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar. “Ishchilar” kategoriyasiga bevosita mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi. “Rahbarlar” toifasiga korxona va uning tarkibiy tizimlari boshliqlari kiradi. “Mutaxassislar” toifasiga muhandis texnik iqtisodiy ijtimoiy va boshqa maxsus bilim talab qiluvchi kasb bilan shug‘ullanuvchi xodimlar kiradi. Oxirgi “xizmatchilar tarkibiga kiruvchi boshqa xodimlar” toifasiga hujjatlarni rasmiylashtiruvchi, hisob-kitob, tekshiruv, xo‘jalik xizmatidagi xodimlar (ish yurituvchilar, kotiblar, tabelchilar, hisobchilar va h.k) kiradi. Xodimlar soni ma’lum momentda (ma’lum kunga nisbatan) va davr oralig‘i uchun aniqlanadi (o‘rtacha miqdor sifatida). Ma’lum kunga nisbatan xodimlar soniga quyidagilar kiradi: – ro‘yxatda turgan xodimlar; – boshqa korxonalardan ishga olingan o‘rindoshlar; – fuqarolik huquqiga ega bo‘lgan ishlarni bitim asosida bajaruvchi xodimlar. Har kungi ro‘yxatdagi xodimlar tarkibiga shtat jadvali asosida doimiy, mavsumiy yoki vaqtincha ishga qabul qilingan kishilar, shuningdek, ish haqi olib ishlovchi shu tashkilot, korxona egalari ham kiradi. O‘rindoshlar ham qo‘shiladi, lekin ularning mehnat daftari asosiy ish joyida saqlanadi. Shartnoma asosida-maxsus yoki xo‘jalik ishlarini bajaruvchi (ta’mir, 110 maslahat berish va h.k) kishilar ro‘yxatdagi xodimlarga kiritilmaydilar. Ro‘yxatdagi xodimlar soni korxona ixtiyoridagi har kungi mavjud bo‘lgan mehnat resurslari salohiyati haqida fikr yuritish imkoniyatini beradi. Shu va boshqa ko‘rsatkichlar momentli ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularni soni har kuni o‘zgarib turadi. Shuning uchun ma’lum iqtisodiy tahlilni amalga oshirish uchun (o‘rtacha mehnat unumdorligi, o‘rtacha ish haqi va h.k.) o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni aniqlanadi. Buning uchun har kungi ro‘yxatda turgan xodimlar sonini qo‘shib, kalendar kunlari soniga bo‘linadi (28,29,30,31). Bunda shanba va yakshanba kunlar uchun juma kunida ro‘yxatda turganlar soni aniqlanadi. Agar korxona oy davomida to‘liq ishlamagan bo‘lsa ham o‘rtacha aniqlashning bu usuli o‘zgarmaydi. Masalan, korxona 25 iyundan ishlay boshlagan.Ro‘yxatdagi xodimlar soni quyidagicha bo‘lgan: 25 iyun (seshanba) 200 kishi,26 iyun (chorshan- ba) 200 kishi,27 iyun (payshanba) 203 kishi 28 iyun (juma) 209 kishi. Oy- ning oxirgi ikki kuni (29 va 30) dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan.U holda T= (200+200+203+209+209,2)/30=1230/30= 41 kishi Har kungi ro‘yxatdagi xodimlar soni ishga kelgan va kelmaganlardan tashkil topadi, shuning uchun kelganlar va kelmaganlar sonini qo‘shib, kalendar kunlari soniga bo‘linadi. Masalan, korxona bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud (kishi/ kunlar); ishga kelishgan soni - 3010, ish kunlari kelmasliklari soni-70, dam olish va bayram kunlari ishga kelmaslik-1600. U holda T = (3010+70+1600)/30= 156 kishi Bir necha oylardan iborat davr uchun o‘rtachani aniqlash o‘rtacha arifmetik formuladan foydalaniladi. 1chi chorakda o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni 612 kishi: aprelda 610 kishi, mayda 610 kishi, iyunda 604 kishi. U holda, T = ΣΧΠ / ΣΠ=(6123+610+610+604)/ 6=610 kishi Mehnat resurslaridan foydalanish darajasini tahlil qilish uch xil yo‘nalishda amalga oshiriladi: – soni bo‘yicha; – ish vaqti bo‘yicha; – mehnat unumdorligi bo‘yicha. Soni bo‘yicha korxonada mehnat potensialidan foydalanishni o‘rganish uchun ro‘yxatdagi xodimlar sonidan foydalanish koeffitsiyenti aniqlanadi. K foydalanish =O‘rtacha amalda ishlagan xodimlar soni/O‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni Keyingi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil keyingi bo‘limlarda qarab chiqiladi. Ishchi kuchi harakatini vaqt bo‘yicha, korxonalar bo‘yicha intensivligi- 111 ni o‘rganish maqsadida quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi: K qabul qilish = Ishga qabul qilinganlar soni/ o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni *100% K ishdan bo‘shash = Ishdan bo‘shaganlar soni / o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni *100% K xodimlar sonini to‘ldirish = Ishga qabul qilinganlar soni/bo‘shaganlar soni *100% K doimiylik = O‘rganilayotgan davr ro‘yxatda turgan xodimlar soni/ o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni100% Ishga qabul qilish va ishdan bo‘shash natijasida ishchi kuchi sonining o‘zgarishi ishchi kuchi harakati deb ataladi. Undan ifodalash uchun quyidagi mutlaq ko‘rsatkichlar aniqlanadi: – qabul qilish oboroti (ishga qabul qilinganligi haqida buyruq chiqaril- gan); – ishdan bo‘shash oboroti (ishdan bo‘shaganligi haqida buyruq –chiqa- rilgan); – ishchi kuchi umumiy oboroti (qabul qilingan va bo‘shaganlarning umumiy soni). O‘z xohishi bilan ishdan bo‘shagan kishilar qatoriga quyidagilar kiradi: o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shaganlar, shuningdek, quyidagilar: tanlovdan o‘tish natijasida boshqa joyga o‘tganlar, yashash uchun boshqa joyga ko‘chganlar, kasallik yoki nogironlik, o‘qishga kirish, nafaqaga chiqish, oilada bemor kishiga qarash, ikki tamonlama bitimga asosan ishdan bo‘shagan kishilar. Ishga qabul qilish va bo‘shash haqidagi ma’lumotlar asosida ham kor- xona, ham milliy iqtisodiyot darajasida quyidagicha ishchi kuchi balansi tuziladi. T 0 +QQ-B=T 1 Bunda, T 0 –davr boshidag xodimlar soni QQ-qabul qilinganlar soni, shu jumladan, manbalar bo‘yicha: – bandlik xizmati yo‘llanmasi bilan; – boshqa korxonalardan o‘tkazilganlar; – boshqa manbalardan (korxonalarning o‘zlari qabul qilgan, o‘qishdan, armiya xizmatidan qaytgan). B- ishdan bo‘shaganlar soni, shu jumladan, sabablar bo‘yicha: – boshqa tashkilotga o‘tkazish sababli; – xodimning xohishi bilan mehnat bitimini tugallash (o‘z xohishi bilan); – korxonaning xohishi bilan mehnat bitimini to‘xtatish, armiya safiga chaqarish sababli; – boshqa sabablar bilan. 112 T 1 - davr oxiridagi xodimlar soni. Aholi bandligini o‘rganish uchun korxona va tashkilotdagi ish joylari- ning yangisini barpo qilish va ba’zilarini tugatish bo‘yicha harakatini ham o‘rganishni taqoza qiladi. Bandlik xizmatlari idoralari korxona va tashkilotlardan ularning xodimlarga bo‘lgan talabini olib o‘rganadilar va shu ma’lumotlar asosida statistika quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblaydi: – ish joylarining umumiy soni - umumiy mavjud ish joylari + bo‘sh ish o‘rinlari; – bo‘sh ish joylar soni (korxona va tashkilotlarning byurtmasi asosida aniqlanadi; – yangi kiritilgan ish joylari soni (ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta qurish va ish smenalarining ortishi natijasida va h.k.) – bir bo‘sh ish joyga band bo‘lmagan aholining yuklamasi. 10.3. Ish vaqtidan foydalanish statistik usullari Ish kuchi soni va uning tarkibi bu sohadagi masalaning miqdor tamoni hisoblanadi, ish vaqti va undan foydalanish darajasi esa uning sifat tarafini belgilaydi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish uchun ish vaqti fondlarining tarkibini o‘rganishi, ish kuni va ish davri uzunligi, ishlagan ish vaqti hajmiga har xil omillar ta’sirini o‘rganishni taqozo qiladi. Ish vaqti statistikasi mehnat statistikasining muhim bo‘limi hisoblanadi. Ish vaqtining yo‘qotilishini o‘rganish mehnat muammolari bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, kasaba uyushmalari, korxona va tashkilotlar rahbarining doimiy e’tiborida bo‘ladi. Ish vaqti sarflangan mehnat me’yorlarini ifodalaydi va u amaliyotda ikki ko‘rsatkich yordamida o‘lchanadi: 1) ishlangan kishi/kuni xodimning korxona ro‘yxatida turgan va ishga kelgan kunlarni bildirib, unga ish vaqti davomida haqiqiy ishlangan va ishlanmagan soatlar kiradi. Ishlangan kishi kunlarga shu korxonada o‘z xodimlari tomonidan amalda ishlangan kishi kunlari, bu korxona yollanmasi bilan boshqa korxonada ishlangan kishi/kunlari,shuningdek, xizmat safarida bo‘lgan xodimlarning ishlagan kunlari kiritiladi. 2) ishlagan kishi/soati ish vaqtining aniq o‘lchov birligi hisoblanadi, chunki uning tarkibida tanaffus vaqtlari, kechikib kelish va erta ketib qolish holatlari kiritilmaydi. Ish vaqtidan foydalanish darajasini bilish uchun statistika quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanadi: – Bir ishchi tomonidan ishlangan kunlardan, ya’ni ish oyi uzunligidan foydalanish koeffitsiyenti; – Ish kuni uzunligidan foydalanish koeffitsiyenti; 113 – Ish vaqtidan to‘liq foydalanish koeffitsiyenti; Bir ishchi tamonidan amalda ishlangan kunlar sonini aniqlash uchun korxonada ishlangan barcha kishi/kunlar soni o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soniga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkichlarning amaldagisini bazis darajasi bilan solishtirilib, birinchi koeffitsiyent aniqlanadi. Ish kunining amaldagi uzunligini aniqlash uchun ishlangan barcha kishi/kunlar soni,ishlangan kishi kunlar soniga bo‘linadi. Bunda ikki ko‘rsatkich aniqlanadi: a) ish kunining to‘liq uzunligi (bunga odatdagi va odatdan tashqari soatlar e’tiborga olinadi). b) ish kunining odatdagi uzunligi (bunda faqat odatdagi soatlar e’tiborga olinadi). Bu ko‘rsatkichning amaldagi bazis davrdagisi bilan solishtirilib, ikkinchi koeffitsiyent aniqlanadi. Birinchi koeffitsiyentni ikkinchisiga ko‘paytirib uchinchi, ya’ni ish vaqtidan to‘liq foydalanish koeffitsiyenti aniqlanadi. Masalan, korxonada bazis va joriy davrda quyidagi ma’lumotlar berilgan: 10.3.1-jadval № Ko‘rsatkichlar Bazis davr Joriy davr 1 O‘rtacha ro‘yxatdagi ishchilar soni 900 1000 2 Amalda ishlangan barcha kishi/kunlar soni 18000 21000 3 Amalda ishlangan barcha kishi/soatlar soni 126000 140000 4 Bir ishchi tamonidan amalda ishlangan kunlar soni (2 /1) 20 21 5 Ish kunining amaldagi davomiyligi, soat (3 / 2) 7,0 6,7 – Ish oyi uzunligidan (kunlar) foydalanish K t = 21/20q1,050 yoki 105,0% – Ish kuni uzunligidan foydalanish K t =6,7/7,0 q0,959 yoki 95,9 % – Ish vaqtidan to‘liq foydalanish K t = 1,050,959 q 1,008 yoki 100,8 % Demak, korxonada ish oyi uzunligidan (kunlar) bo‘yicha foydalanish, joriy davrda bazis davrga nisbatan 5,0 %ga ortgan, ish kuni uzunligi (soat) foydalanish 4,1%ga kamaygan.Natijada ish vaqtidan to‘liq foydalanish darajasi joriy davrda bazis davrga nisbatan 0,8 %ga ortgan. 114 10.3.1-chizma. Ish vaqti kalendar fondidan foydalanish chizmasi 10.4. Mehnat unumdorligi statistikasi Mehnat unumdorligi – ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan mehnat sarfining samaradorligidir. Mehnat unumdorligini oshirish esa doimiy jara- yon hisoblanadi. Kishilar doimo mavjud resurslarni tejab-tergab saflagan holda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladilar. Shu maqsadda ish qurollari, asbob uskunalar takkomilashtirilib boriladi. Mehnat unum- dorligining o‘sishi xalqning turmush farovonligiga va uning o‘sishiga olib keladi. Biz moddiy va ma’naviy boyliklarni qanchalik ko‘p va arzon ishlab chiqaradigan bo‘lsak ularni shunchalik ko‘p iste’mol qila olamiz. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kishilar talab va ehtiyojlarining miqdori ko‘payib- gina bormay ularning tarkibi ham o‘zgarishda bo‘ladi. Mehnat unumdorli- gining o‘sishi ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlar sonini Ish vaqtininig kalendar fondi Bayram va dam olish kunlari Tabel fondi Navbatdagi ta’til Maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi Haqiqiy ishlagan ish vaqti (kishi-soat) Ish vaqtidan sababli foydalanmaganlik Ish vaqti yo’qotilishi Sababli ishlagan ish vaqti (kishi-soat) Kasalligi, kelmasligi Xomiladorlik ta’tili O’qish ta’tili Qonun bo’yicha ishga kelmaslik Sababli foydalanilmagan smena vaqti Kasallik Alohida xodimlar uchun ish kuni qisqartirishi Boshqalar Ish vaqti kunlik yo’qotishlar Sababsiz ishga kelmaslik Bir kunlik bekor turish Ma’muriyat ruxsati bilan Ommaviy ishga chiqmaslik Smena Smena davomi yligida bekor turish Kech kelish va ishdan erta ketishi 115 kamaytirib, uning bir qismini xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltiradi. Rivojlangan mamlakatlarda aholining asosiy qismi xizmat ko‘rsatish korxonalarida band bo‘ladi. Mehnat unumdorligining mutasil oshib borishi kishilarning turmush darajasi va farovonligining oshishiga olib keladi hamda davlat tomonidan aholini ijtimoiiy himoya qilish, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rivojlantirish imkonini beradi. Mehnat unumdorligini oshirish uchun unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash lozim bo‘ladi. Statistika ana shu omillarni maxsus statistik usullar yordamida tahlil qiladi hamda mehnat unumdorligini oshirish imkoniyat va rezervlarini aniqlashga imkon beradi. Mehnat unumdorligi mahsulot miqdorini oshiribgina qolmay uning sifatini ham oshiradi hamda ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga olib keladi. Shu bilan birga mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Mehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. «Iqtisodiyot» fani mehnat unumdorligi muammolarini o‘rganishni XIX asr oxirida boshlagan. Mehnat unumdorligini hisoblash bir ishlab chiqarish ishchisiga nisbatan natural ifodada o‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish tarzida amalga oshirila boshladi. Bu ko‘rsatkichlar sanoatning alohida tarkibi jihatidan bir xil (galogen) tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotning eng muhim tur- lari bo‘yicha aniqlandi. So‘ngra iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mah- sulot ko‘rsatkichlari hamda mehnat sarflari hisob-kitobining rivojlanishi mehnat unumdorligini faqat natura ifodasida emas, balki pul ifodasida va faqat sanoatda emas, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida, xizmat ko‘rsatish sohasini ham qo‘shgan holda hisoblab chiqish imkonini berdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi mehnat unumdorligi darajasini taqqoslash, shuningdek, uning dinamikasini o‘rganish ishlari boshlanib ketdi. Dastlabki bosqichlarda unumdorlik mehnat unumdorligi sifatida o‘r- ganildi, keyinchalik mehnat unumdorligini ishlab chiqarishning boshqa omillari unumdorligiga o‘xshash xususiy unumdorlik sifatida talqin qiladi- gan global unumdorlik konsepsiyasi umum qabul qilingan konsepsiyaga aylandi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda milliy hisobchilik tizimi- ning paydo bo‘lishi va rivojlanishi unumdorlikni o‘rganish sohasidagi ish- larga yangi turtki bo‘ldi, chunki bu tizim ma’lumotlari mehnat unum- dorligini tarmoq va butun iqtisodiyot darajasida tadqiq qilish imkonini beradi, shuningdek, xalqaro taqqoslashlar uchun asos yaratadi. Ma’lumki, statistikada mehnat unumdorligi deganda, faqat jonli aniq mehnat unumdorligi tushuniladi. «Stastistika»da unumdorlikni faqat jonli emas, balki moddiylashgan mehnat sarfini ham hisobga olib o‘rganadigan 116 qator ishlar bor. Hozirgi kunda iqtisodchilarning aksariyat ko‘pchiligi, unumdorlik ish- lab chiqarish va jonli mehnat sarflari natijalarining nisbatini, iqtisodiy sa- maradorlik esa ishlab chiqarish natijalarining jonli va moddiylashgan meh- nat sarflariga munosabatini ifodalaydi, deb hisoblaydi. Jonli mehnat sarf- lari xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatidagi soni yoki ishlangan kishi/kunlari, kishi/soatlari soni ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. O‘tgan asrning 50-yillari oxirigacha sotsialistik davlat statistikasida mehnat unumdorligini hisoblashda ishchilar mehnat sarfigina hisobga olingan. 60-yillardan boshlab, ishlab chiqarish xodimlarining barcha toifa- lari (sanoatda-sanoatning ishlab chiqarish xodimlari; qishloq xo‘jaligida chorvachilik va dehqonchilikda band bo‘lgan xodimlar; qurilishda qurilish- montaj ishlarida, yordamchi ishlab chiqarishda band bo‘lganlar va ularning mehnat sarflari) e’tiborga olina boshladi. Mehnat unumdorligi darajasi qilingan mehnatdan olingan samarani (mahsulot yoki xizmat) baholab borishi lozim. Shuning uchun bu ko‘rsatkichni hisoblashda sarf qilingan mehnat – T, natijaviy ko‘rsatkichlar – Q lar nisbati olinadi. Mehnat unumdorligini oshirishda eng muhim omil bu mehnat sharoitlaridir. Ayrim olimlar uni beshta guruhga bo‘ladilar: – psixologiya va fiziologiya; – sanitariya va gigiena; – ijtimoiy psixologik va estetik; – iqtisodiy tashkiliy; – texnik texnologik. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tarmoq va sohalarda faoli- yat ko‘rsatayotgan korxona va firmalar har bir tarmoqning xusussiyatini hisobga olish bilan birga ana shu omillarni tashkil qilishni o‘z joyiga qo‘y- salar o‘z-o‘zidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga erishadilar. Hozirgi kunda mehnat unumdorligi darajasi, dinamikasini tarmoqlar va butun iqtisodiyot bo‘yicha tavsiflashda milliy hisoblar tizimi ma’lumotla- ridan keng foydalaniladi. Global yoki total unumdorlik omillari indekslari- ni aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlar, ya’ni sof ichki mahsulot , mehnat sarfi, oraliq iste’mol, asosiy kapital iste’moli va boshqa omillar sarfining dinamik qatorlarini joriy qoida qiyoslanadigan narxlarda oldindan tuzish tavsiya etiladi. Bunda sof ichki mahsulot omillari qiymati bo‘yicha baho- lanadi. Aytish lozimki, bazis davri uchun omillarning global unumdorligi birga teng, chunki mahsulotning narxlar omili bo‘yicha qiymati omillar sarflari yig‘indisiga teng. Boshqa davrlar unumdorligining darajalari qiyoslanadi- gan narxlar omilidagi mahsulot qiymatini omillarning qiyoslanadigan 117 narxlardagi sarflariga bo‘lishdan olinadigan natija sifatida aniqlanadi. Bu indekslarni hisoblashni soddalashtirish va har bir omilning yaqqol ta’sirini ko‘rish maqsadida yuqoridagi indekslarga o‘zgartirish kiritiladi: 1. O‘zgaruvchan tarkibli mehnat unumdorligi indeksi: Bu o‘zgaruvchilar T q = W . Bundan T W = q ikkinchi o‘zgarish shundan kelib chiqadiki, W = W T T 0 0 0 0 ∑ ∑ ∑ ∑ 1 1 1 1 T T W = W ; bu o‘rtacha tortilgan arifmetik usul. O‘rtachaning ayrim matematik xususiyatlaridan biri shundan iboratki, agar «soizmeritel» qandaydir bir xil doimiy songa ko‘paytirilib yoki bo‘linsa o‘rtacha miqdor o‘zgarmaydi. Shuning uchun T uning salmog‘i tenglashtirilib olinadi. Bu yerda: birinchi omil (W 0 va W 1 ); ikkinchi omil ( 0 T d d T0 va 1 T d ). Birinchi omilning ta’sirini o‘rganish uchun ikkinchi omil o‘zgarmas tarkibda olinadi. Doimiy tarkibli indeks: ∑ ∑ ∑ ∑ ∑ ∑ ∑ ∑ = = ÷ 0 1 T 0 T 1 1 1 1 1 1 0 1 1 1 d d W T T = Iw W WT T W T W T W Ikkinchi omilning ta’sirini o‘rganish uchun birinchi omil o‘zgarmas holda olinadi. Tarkibiy siljish indeksi: ∑ ∑ ∑ ∑ ∑ ∑ ∑ ∑ ∑ ∑ = ÷ = ÷ 0 1 0 0 T 0 T 0 T 0 1 1 0 0 0 0 1 1 0 d d W d T T = Iw(dT) W d W dT dT W T W T W T . Doimiy tarkibli va tarkibi siljish indekslari o‘zgaruvchan tarkibli indeksning hosilalari bo‘lganligi uchun, ular orasida quyidagi bog‘liqlik mavjud: ) ( W W W I I = I dT ÷ . Yuqorida ko‘rib chiqilgan, turli xil usulda hisoblangan doimiy tarkibli indekslar natijalari turli xil bo‘ladi: ∑ ∑ = 0 1 T 0 T 1 d d W w I W . Bu ikkala usulda hisoblangan indekslarga indekslashtirilayotgan ko‘rsatkich turli xil o‘zgarmas «soizmeritel»da olingan: birinchi indeksga o‘zgarmas mahsulot salmog‘i - (dq); ikkinchi indeksga o‘zgarmas sarf qilingan vaqt salmog‘i - (dT). Tarkibiy siljish indekslari ham shu ikki usulda yuqorida ko‘rgan sababga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Har xil sarf birliklariga nisbatan 118 hisoblangan mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik. Mehnat sarfi birligi kishi/soat, kishi/kun, kishi/oy va kishi/yil demakdir. Demak, mehnat unumdorligining darajasi: o‘rtacha soatlik, o‘rtacha kunlik, o‘rtacha oylik, o‘rtacha yillik va hokazo bo‘lishi mumkin. Mehnat unumdorligini bir qancha mehnat sarfi birliklariga hisoblash mehnat unumdorligini o‘rganish jarayonini boyitadi va mehnat unumdor- ligining o‘zgarishiga ish vaqtidan foydalanish darajasi ta’sirini ko‘rsatib beradi. Mehnat unumdorligi statistikasining eng muhim vazifalaridan biri meh- nat unumdorligini oshirish rezerv va imkoniyatlarini ochib berishdan iborat. Mehnat unumdorligi rezervlari – bu mahsulot ishlab chiqarish va xiz- mat ko‘rsatish sohalarini yanada yaxshilashning u yoki bu omili hisobiga foydalanilmagan imkoniyatlarining yig‘indisidir. Ular butun iqtisodiyot yoki tarmoq va sohalardagi hamda korxona ichidagi rezervlardan iborat. Mehnat unumdorligini oshirishdagi korxona yoki firma ichidagi rezervlarni o‘rganish va ulardan oqilona foydalanish bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhimdir. Shuning uchun korxona ichidagi rezervlarni quyidagilarga ajratamiz. a) Mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, yangi texnologiya va nau xaularni ishlab chiqarishga tadbiq qilish; b) eskirgan texnika va asbob uskunalarni yangilash, ularni modernizatsiya qilish; c) tovar va xizmatlarni xaridorlar talabiga mos holda ishlab chiqarish; d) ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishni takomillashtirish. Yuqorida qayd etilgan omillar jahon miqyosida yuz berayotgan moliyaviy iqtisodiy inqiroz sharoitida, ularning ahamiyati yanada ortdi. Mehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi, u to‘g‘ri va teskari ko‘r- satkichlar yordamida baholanadi. To‘g‘ri mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi – vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ifodalaydi. Teskari mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi, mehnat talabchanligi – mahsulot birligi- ga sarf etilgan ish vaqti birligini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlar orasida teskari bog‘liqlik mavjud. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling