S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
TYTS-o'-q-uzb-l
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-masala.
- 3.9. Testlar 1. Temir yo‘l statistikasining kuzatuv obyekti nimadan iborat
- 3. Qaysi hujjat, poyezd tarkibidagi vagonlar ro‘yxatini ularning raqami bilan ko‘rsatadi
- 4. Temir yo‘l ro‘yxatiga kirgan va balansida turgan lokomotivlar, uning nimasini tashkil etadi
- 6. Yuk tashish statistikasining kuzatuv obyekti nimadan iborat
- 8. Yuk jo‘natmasining xususiyati nimadan iborat
- 10. Temir yo‘lning qaysi hujjati asosida yuk jo‘natuvchi va oluvchi- ning huquqi, majburiyati, yuk tashish sharti va to‘lovi belgilanadi
- 11. “Yo‘l qaydnomasi” qayerda qoladi
- 13. Yuk tashish tugagach “Yuk xati” kimga beriladi
- 15. Temir yo‘l transporti mahsulotini qaysi ko‘rsatkich ifodalaydi
- 17. Tarif yuk aylanmasi, yukni hisobga olishning qaysi daqiqasi bo‘yicha, aniqlanadi
- 18. Yuk tashishda, qaysi ko‘rsatkich harakatdagi tarkibga bo‘lgan talabni belgilash uchun, asos qilib olinadi
- 20. Uchastkadagi yuk oqimi shiddatini qaysi ko‘rsatkich tavsiflaydi a) yuk ortish; b) yuk tushirish; c) *tashish zichligi; d) tashish uzunligi.
- 4-bob. Tashish statistikasi. Yo’lovchi tashish statistikasi 4.1. Yo‘lovchi tashish hisobini uyushtirish
- 4.2. Yo‘lovchi tashish statistikasi ko‘rsatkichlari va guruhlash
- 4.4. Qo‘l yuki (богаж) tashish statistikasi
5-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘lda yo‘nalishlar bo‘yicha yuk tashish hajmi va o‘rtacha uzoqligi” shartli statistika ma’lumotlar asosida yo‘nalish turlari bo‘yicha tashilgan yuklar, tarif yuk aylanmasi, bir tonna yuk tashish o‘rtacha masofasi ko‘rsatkichlari o‘zgarishi, ulushi, o‘rtacha tashish uzoqligi o‘zgarishi qaysi omillar ta’siriga bog‘liqligi tahlil qilinsin hamda xulosa va takliflar bildirilsin. 3.7.5-jadval Yo‘nalishlar Tashilgan yuklar, mln. tonna Tarif yuk aylanmasi, mln.tkm. 1 tonna yukni tashish o‘rtacha masofasi, km. 1. Mahalliy yo‘nalish 85 23 205 273 2. Yuk chiqishi 55 32 780 596 1. Yuk kirishi 70 27 230 389 2. Tranzit 50 22 650 453 Jami, temir yo‘l bo‘yicha 260 105 865 407,2 6-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “A-B uchastkasida yuklarni tashish o‘rtacha zichligi va yuk turlari bo‘yicha taqsimoti” shartli statistika ma’lumotlar asosida uchastkada yuklarni tashish o‘rtacha zichligi va yuk turlari bo‘yicha taqsimoti, yuk tashish zichligi ko‘rsatkichi qaysi omillar ta’siriga bog‘liqligi tahlil qilinsin hamda xulosa va takliflar bildirilsin. 3.7.6-jadval Harakat yo‘nalishi Barcha yuklarni tashish o‘rtacha zichligi, tonna *km/ km Yuk turlari bo‘yicha tashish o‘rtacha zichligi, tonna *km/ km Tosh ko‘mir Neft mahsulo tla ri Qora meta lla r O‘rmon yuklari Mineral qurilish mate ria llari Mashina, uskunalar Mineral o‘g‘itlar Boshqa yuklar A bekatiga 31,8 0,4 6,2 5,4 0,3 3,5 3,8 2,7 9,5 B bekatiga 73,8 46,2 0,6 4,5 11,2 2,6 1,8 1,5 5,4 Ikkala yo‘nalishda 105,6 46,6 6,8 9,8 11,5 6,1 5,6 4,2 14,9 Notekislik koeffitsiyenti 0,43 0,01 0,10 0,83 0,03 0,74 0,47 0,55 0,57 49 3.8. Nazorat savollari 1. Tashish statistikasining ahamiyatini tavsiflab bering. 2. Temir yo‘l transportining vazifasi nimadan iborat ? 3. Temir yo‘l transportining xususiyatlari nimadan iborat ? 4. Yuk tashish statistikasining ma’lumotlari qayerda va nima maqsadda qo‘llaniladi ? 5. Yuk tashish qaysi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi? 6. Yuk tashishni hisobga oluvchi dastlabki hujjatlarni izohlang. 7. Yuk xatini uning mazmuni va zaruratini tavsiflab bering. 8. Yo‘l qaydnomasi va uning bo‘lagini mazmuni va ahamiyatini tavsiflab bering. 9. Yuklarning umumiy tarif- statistik nomenklatura(YuUTSN)sining mazmuni va zaruratini izohlab bering. 10. Yuklarni ortish va tushurishni hisobga olish momenti(payti) qanday belgilanadi hamda bunda qaysi hujjatlar dastlabki manba bo‘lib xizmat qiladi? 11. Yuk tashish statistikasida qaysi turkumlash turlari qo‘llaniladi , ular mazmuni, zarurati nimalardan iborat? 12. Yuk tashish statistikasida qo‘llaniladigan turkumlash turlari qaysi maqsadlarda va qayerda ishlatiladi? 13. Yuk tashish statistikasining hajm(miqdor) ko‘rsatkichlarini va ulardan foydalanish doirasini izohlab bering. 14. Yuk tashish statistikasining sifat ko‘rsatkichlarini va ulardan foydalanish doirasini izohlab bering. 3.9. Testlar 1. Temir yo‘l statistikasining kuzatuv obyekti nimadan iborat? a) bekat; b) vokzal; c) *harakatdagi tarkib inventar parkidan; d) lokomotiv aravasi. 2. Qaysi hujjat, bekatdagi vagon aylanmasini va mavjud vagonlar sonini , aniqlaydi? a) mashinist yo‘lnomasi; b) poyezd varag‘i; c) *depo navbatchisining stoldagi jurnali; d) balans jurnali. 3. Qaysi hujjat, poyezd tarkibidagi vagonlar ro‘yxatini ularning raqami bilan ko‘rsatadi? a) yo‘l qaydnomasi; 50 b) ruxsatnoma; c) *mashinist marshruti; d) yo‘l qaydnomasi. 4. Temir yo‘l ro‘yxatiga kirgan va balansida turgan lokomotivlar, uning nimasini tashkil etadi? a) mavjud parkini; b) ishlatilgan parkini; c) *inventar parkini; d) zaxira parkini. 5. Ro‘yxatga olingan va balansga kiritilgan vagonlar temir yo‘lning qaysi parkini tashkil etadi? a) mavjud; b) foydalanish; c) *inventar; d) zaxira. 6. Yuk tashish statistikasining kuzatuv obyekti nimadan iborat? a) mahsulotdan; b) jo‘natmadan; c) *tovar – moddiy boyliklardan; d) tashishdan. 7. Nima yuk tashish statistikasining kuzatuv birligi bo‘lib xizmat qiladi? a) ortish; b) tushirish; c) *jo‘natma; d) vagon og‘irligi. 8. Yuk jo‘natmasining xususiyati nimadan iborat? a) bittaligidan; b) ikkitaligidan; c) *huquqiy bo‘linmaslikdan; d) Yuk ortilishidan. 9. Temir yo‘l transportiga tashish uchun taqdim etilgan yuk, qaysi hujjat bilan, rasmiylashtiriladi? a) tilxat; b) ishonchnoma; c) *yuk xati; d) chipta. 10. Temir yo‘lning qaysi hujjati asosida yuk jo‘natuvchi va oluvchi- ning huquqi, majburiyati, yuk tashish sharti va to‘lovi belgilanadi? a) ro‘yxat; 51 b) tilxat; c) *yo‘l qaydnomasi; d) d koreshok. 11. “Yo‘l qaydnomasi” qayerda qoladi? a) jo‘natish bekatida; b) ortiq bekatda; c) *yuk bilan birga manzil bekatga ketadi; d) tovar kontorasida. 12. “Yo‘l qaydnomasi” koreshogi qayerda qoladi? a) kelish bekatida; b) to‘lov bekatida; c) *jo‘natish bekatida; d) poyezdda. 13. Yuk tashish tugagach “Yuk xati” kimga beriladi? a) revizorga; b) fuditorga; c) *yuk oluvchiga; d) kassaga. 14. Tashilayotgan yuk miqdori va harakatini ifodalovchi ko‘rsatkich- lar qanday ko‘rsatkichlar deb ta’riflanadi? a) sifat ko‘rsatkichlari; b) oddiy ko‘rsatkichlar; c) *hajm ko‘rsatkichlari; d) murakkab ko‘rsatkichlar. 15. Temir yo‘l transporti mahsulotini qaysi ko‘rsatkich ifodalaydi? a) tashish; b) yuk ortish; c) *tarif yuk aylanmasi; d) yuk tushirish. 16. Tarif yuk aylanmasi qaysi hujjat asosida aniqlanadi? a) nakladnoy; b) kvitansiya; c) *yo‘l qaydnomasi; d) ro‘yxat. 17. Tarif yuk aylanmasi, yukni hisobga olishning qaysi daqiqasi bo‘yicha, aniqlanadi? a) jo‘natilgan; b) turgan; c) *yuk yetib kelgan daqiqasi; d) ortilgan; 52 18. Yuk tashishda, qaysi ko‘rsatkich harakatdagi tarkibga bo‘lgan talabni belgilash uchun, asos qilib olinadi? a) sifat ko‘rsatkich; b) park soni; c) *hajm ko‘rsastkichi; d) nisbiy ko‘rsatkich; 19. Bir tonna tashilgan yuk masofasini ifodalovchi ko‘rsatkich nima deb ataladi? a) zichlik; b) yuklama; c) *yuk tashish o‘rtacha masofasi; d) jo‘natma; 20. Uchastkadagi yuk oqimi shiddatini qaysi ko‘rsatkich tavsiflaydi? a) yuk ortish; b) yuk tushirish; c) *tashish zichligi; d) tashish uzunligi. 53 4-bob. Tashish statistikasi. Yo’lovchi tashish statistikasi 4.1. Yo‘lovchi tashish hisobini uyushtirish Yo‘lovchi tashish statistikasining zarurati. Mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy hayotida yo‘lovchilarni tashish, ularni o‘z vaqtida manziliga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish yil sayin muntazam ortib bormoqda. Bu o‘z navbatida, mamlakat aholisining ortib borishi, respublika hududlarida ishlab chiqarish kuchla- rining rivojlanishi, aholi farovonligining ortishi, xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarning kengayishi bilan bog‘liq. Yo‘- lovchi tashish hajmining muntazam ortib borishi tashish ishlarini rejalashtirish va tashkil etishni takomillashtirishni taqozo etadi. Ushbu masalalarni yechishda yo‘lovchilarni tashish to‘g‘risidagi statistik ma’lu- mot muhim ahamiyatga ega. Yo‘lovchi tashish statistikasining asosiy vazifasi. Yo‘lovchi tashish statistikasining asosiy vazifalari yo‘lovchi tashish hajmi va tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, shuningdek, ular rivojining asosiy qonuniyatlarini aniqlashdan iborat. Yo‘lovchi tashish statistikasining kuzatuv obyekti. Yo‘lovchi tashish statistikasining kuzatuv obyekti bo‘lib, to‘lovli chipta va unga tenglash- tirilgan hujjatlar hamda amaldagi ko‘rsatmaga muvofiq bepul chiptalar asosida yo‘lovchi park vagonlarida, motorvagon va dizel harakatidagi tarkibda, umumiy temir yo‘l bo‘ylab avtomotritsallarda tashilgan yo‘lov- chilar xizmat qiladi. Temir yo‘lda yo‘lovchi tashish poyezdlari ikki kategoriyaga ajratilgan: yo‘lovchi va tezkor poyezdlar. Yo‘lovchi tashish statistikasining hisob birligi. Yo‘lovchi tashishni hisobga olishda uning kuzatuv birligi bo‘lib, jo‘natish bekatidan manzil bekatga bir yo‘nalishda bajarilgan bitta yo‘lovchi safarini ifodalovchi “Yo‘lovchi safari” xizmat qiladi. Yo‘lovchi tashishni hisobga olishda, zona chiptalari asosidagi “u yoqqa” yo‘lovchi safari bo‘yicha jo‘natish bekati bo‘lib, chiptani sotgan bekat esa jo‘natish bekati deb hisoblanadi , “orqaga qaytish” safarida esa faqat jo‘natgan zona hisobga olinadi. Yo‘-lovchi safari masofasi, sotilgan chiptalarda ko‘rsatilgan jo‘natish punkti-dan oraliq uzellar orqali to manzil punktgacha aniqlanadi. Temir yo‘l uchun yo‘lovchi tashish umumiy masofasi, sotilgan chiptalar to‘g‘risi-dagi hisobotda ko‘rsatilgan, yo‘lovchi yurgan yo‘nalish bo‘yicha aniqla-nadi. Mintaqaviy temir yo‘l uzellari doirasida yo‘lovchi tashish maso-fasi, barcha hollarda yo‘lovchi tashish poyezdlarining, eng qisa yo‘nalish yo‘li bo‘yicha hisobga olinadi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish bo‘yicha statistik hisobot, to‘g‘ri, mahalliy, shahar atrofi va xalqaro 54 yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tuziladigan, yo‘lovchi chiptalari sotilgan-ligi to‘g‘risidagi bekatlar hisobotlari asosida tuziladi. Yo‘lovchi tashish, shahar atrofidagi yo‘nalishda quyidagi tarif turlari bo‘yicha, hisobga olinadi: zonali; kilometr bo‘yicha; abonementli; umumiy. Yo‘lovchi tashish kuzatuvining hisob momenti. Chipta sotilgan sana, yo‘lovchi tashish kuzatuvining hisob daqiqasi bo‘lib xizmat qiladi. Jo‘- natish bo‘yicha hisobotda yo‘lovchi boshqa kalendar oyida safar qilgan bo‘lsada, u chipta sotib olgan kalendar oyida chiptaga muvofiq hisobga olinadi. Shahar atrofi abonent chiptalari bo‘yicha safarlar, ushbu chipta-lar foydalanilgan kalendar oylar bo‘yicha, teng bo‘laklarda hisobga olinadi. Yo‘lovchining har bir safari bo‘yicha hisobotda quyidagi belgi-lar ifodalanadi: jo‘natish va manzil bekati va temir yo‘li; poyezd va va-gon kategoriyasi; uzatish punktlari; poyaslar raqami; uzoqlik masofasi va zonasi; tashish kategoryasining bahosi; chipta sotilganligi hisobi; tarif turi va tashish haqi miqdori. Yo‘lovchi tashish kuzatuvining dastlabki manbalari. Sotilgan chipta-lar to‘g‘risidagi kalendar oylik bekatlar hisobotlari , yo‘lovchi tashish statistikasining dastlabki manbalari bo‘lib xizmat qiladi. Sotilgan chipta-lar to‘g‘risidagi kalendar oylik bekatlar hisobotlari asosida, temir yo‘l “Ma’lumot hisoblash markazi” belgilangan dastur bo‘yicha, yo‘lovchi- larni tashish to‘g‘risidagi statistik hisobotni ishlab chiqadi. Tayanch iboralar: yo‘lovchi tashish hajmi; yo‘lovchi tashish hajmi va tarkibi; ishlarini rejalashtirish va tashkil etish; to‘lovli chipta va unga tenglashtirilgan hujjatlar; yo‘lovchi safari; dastlabki kuzatuv manbalari. 4.2. Yo‘lovchi tashish statistikasi ko‘rsatkichlari va guruhlash Yo‘lovchi tashish statistikasi ko‘rsatkichlari hajm va sifat ko‘rsatkichlari guruhlaridan iborat. Yo‘lovchi tashish statistikasi hajm ko‘rsatkichlari qatoriga quyidagilar kiradi: 9 jo‘natilgan yo‘lovchilar ∑ p gr P bu, temir yo‘l bekatlaridan hisobot davrida sotilgan yo‘lovchi tashish chiptalar soni. 9 tashilgan yo‘lovchilar ∑ P P bu, hisobot davrida xarid qilingan chip- talar bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni. 9 yo‘lovchi aylanmasi ∑ l P P bu ko‘rsatkich, yo‘lovchilar sonini ular tashilgan masofa bilan birga tavsiflaydi va yo‘lovchi kilometrda o‘lchanadi. Yo‘lovchi aylanmasi ko‘rsatkichi, temir yo‘l uchun barcha yo‘nalishdagi yo‘lovchi aylanmasining yig‘indisi tarzida aniqlanadi: ( ) ( ) ( ) ∑ ∑ ∑ + = l P l P l P P P P (yo‘lovchi-km) 55 shahar atrofidagi yo‘nalishda uzoq yo‘nalish Qabul qilingan Olib kirilgan Tranzit yo‘lovchilar soni = yo‘lovchilar soni + yo‘lovchilar soni Tashilgan Jo‘natilgan Qabul qilingan yo‘lovchilar soni = yo‘lovchilar soni + yo‘lovchilar soni Temir yo‘l statistikasida yo‘lovchi tashish yo‘nalish turi, hududiy belgisi, geografik pozitsiyasi va uzoqlik poyaslari bo‘yicha alohida guruhlarga ajratib hisobga olinadi. Yo‘lovchi tashish quyidagi alohida yo‘nalish turlariga ajratiladi: 9 shahar atrofida tashish - katta ma’muriy markazlarga tutash bo‘lgan uchastkalar doirasida yo‘lovchi tashish; 9 mahalliy tashish - bitta temir yo‘l miqyosidagi yo‘lovchi tashish; 9 to‘g‘ri yo‘nalishda tashish – ikkitadan kam bo‘lmagan temir yo‘llar doirasidagi yo‘lovchi tashish; 9 uzoq yo‘nalishda tashish – mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalishlardagi tashish yig‘indisiga teng; 9 to‘g‘ri yo‘nalishda tashish – olib ketish, keltirish va tranzit yig‘indisidan iborat. Yo‘lovchi tashish, yo‘nalish turlari bo‘yicha iqtisodiy guruhlanishi quyidagilarni tavsiflaydi: a) hududiy guruhlash - tashilgan yo‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumot-larni hududiy guruhlarga ajratish asosida muhim bekat yoki uzellar bo‘yicha jo‘natish ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Jo‘natilgan yo‘lovchilar to‘g‘risi- dagi bekatlar ma’lumoti umumlashtirilgach, mintaqaviy temir yo‘l uzellari, temir yo‘l transporti va ma’muriy rayonlar bo‘yicha jo‘natil- gan yo‘lovchilar soni aniqlanadi. Bu har bir bekat, mintaqaviy temir yo‘l uzeli, temir yo‘l transporti, ma’muriy rayon bo‘yicha umuman va yo‘nalishlar kesimida tashish miqdorini tavsiflashga imkon yaratadi. b) geografik pozitsiyalar bo‘yicha mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalish turlariga guruhlash - mamlakat rayonlari va mintaqaviy temir yo‘l uzellari orasida yo‘lovchi tashish bo‘yicha aloqalarni tavsiflashga sharoit yaratadi. Tashish statistikasi hajm ko‘rsatkichlari yo‘lovchi tashish miqdori va temir yo‘l mahsulotini tavsiflaydi. Yo‘lovchi tashish sifat ko‘rsatkichlari. Bu ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi: yo‘lovchi tashish o‘rtacha masofasi P l − ; yo‘lovchi tashish zichligi; yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi tashish notekisligi; yo‘lovchi vagonida yo‘lovchilar zichligi; aholi harakatchanligi. Yo‘lovchi tashish o‘rtacha masofasi P l − bu, bitta yo‘lovchi bajargan safari o‘rtacha masofasi, km. Bu ko‘rsatkich yo‘lovchi aylanmasining ( ∑ l P P ) tashilgan yo‘lovchilar soniga nisbati tarzida aniqlanadi: 56 ( ) ∑ ∑ = − P P p P l P l ' . . ' yo l km yo l ; Yo‘lovchi tashish zichligi P f − - foydalanuvdagi 1 km. temir yo‘l uchastkasiga to‘g‘ri keladigan yo‘lovchilar sonini tavsiflaydigan intensiv ko‘rstkichdir. Bu ko‘rsatkich, yo‘lovchi aylanmasining ( ∑ l P P ) foydalanil- gan uchastka uzunligiga ( . экспл L ) nisbati tarzida aniqlanadi: ( ) ∑ ∑ = − . экспл P P L l P f ' . . ' yo l km yo l ; Yo‘lovchi vagonida yo‘lovchilar zichligi P q bu, vagon bosib o‘tgan umumiy masofada bitta vagonga to‘g‘ri kelgan yo‘lovchilar sonini tavsiflaydi. Bu ko‘rsatkich, yo‘lovchi aylanmasining ( P P l ∑ ) vagon bosib o‘tgan umumiy masofaga ( ) p n S ∑ nisbati tarzida aniqlanadi: ( ) ( ) ∑ ∑ = S n l P q P P P . . . . ' km vag km l yo ; Aholi harakatchanligi koeffitsiyenti bu, temir yo‘lda bir yil mobaynida tashilgan aholi sonidir. U tashilgan yo‘lovchilar soni ( P P ∑ ) aholining o‘rtacha soniga N − ⎛ ⎞ ⎜ ⎟ ⎝ ⎠ nisbati tarzida aniqlanadi: − ∑ = N P K P p p kishi lovchi yo' ; Tayanch iboralar: hajm va sifat ko‘rsatkichlari; yo‘lovchi aylanma-si ko‘rsatkichi; yo‘lovchi tashish hajm ko‘rsatkichlari; sifat ko‘rsatkich-lari; intensiv ko‘rstkich; yo‘lovchilar soni; aholining o‘rtacha soni. 4.3 Yo‘lovchi tashish bo‘yicha hisobot Temir yo‘l transportida, yo‘lovchi tashish bo‘yicha statistik hisobot, quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat: 9 yo‘lovchilarni tashish va bu tashish daromadlari – yo‘lovchi tashish umumiy miqdori, yo‘lovchi aylanmasi, tashish o‘rtacha uzoqligi va yo‘nalish turlari bo‘yicha tashish daromadlari: 9 manzil rayonlari bo‘yicha uzoq yo‘nalishga jo‘natilgan yo‘lovchilar taqsimoti: 9 uzoq yo‘nalishdagi yo‘lovchilar harakat zichligi miqdori va uchastkalar bo‘yicha yo‘lovchi oqimining yo‘nalishi tavsifi bilan; 9 ishini tavsiflash, mehnat unumdorligini aniqlash uchun mintaqaviy temir yo‘l uzellari bo‘yicha yo‘lovchi tashish; 9 poyaslar, tashish uzoqligi va bu masofadagi tashish o‘rtacha daro-mad stavkalari bo‘yicha uzoq yo‘nalishga jo‘natilgan yo‘lovchilar- 57 ning taqsimoti; 9 har bir bekat, mintaqaviy temir yo‘l uzeli bo‘yicha barcha yo‘nalishlarga jo‘natgan yo‘lovchi miqdorini tavsiflash . Temir yo‘l “Ma’lumot hisoblash markazi” mahalliy yo‘nalish, olib ketish va shahar atrofi yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish to‘g‘risida, bekatlar hisobotlaridan ma’lumot olishi mumkin. Mintaqaviy temir yo‘l uzellari bo‘yicha , yo‘lovchi tashish to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari, bekatlararo korrespondensiya asosida aniqlanadi. Tayanch iboralar: yo‘lovchi tashish statistik hisoboti; tashish daromadi; yo‘lovchilar taqsimoti; yo‘lovchi oqimi; daromad stavkasi; bekatlar aro korrespondensiya; ma’lumot hisoblash markazi. 4.4. Qo‘l yuki (богаж) tashish statistikasi Temir yo‘l transportida, yo‘lovchilarga tegishli bo‘lgan shaxsiy narsalardan iborat qo‘l yukini tashish uchun, shu maqsadga mo‘ljallangan maxsus qo‘l yuki vagonlaridan foydalaniladi. Pulli yoki bepul yo‘l chiptasini yo‘lovchi ko‘rsatib, tashish uchun topshirgan va boshqa transport turlaridan hamda xorij temir yo‘llaridan mamlakat temir yo‘llarida harakatni davom ettirish uchun qabul qilingan qo‘l yuklari statistik hisobga olinadi. Qo‘l yukini tashish jo‘natish bekatida, uni tashishga qabul qilish momenti bo‘yicha, hisobga olinadi. Qo‘l yuki kuzatuv birligi bo‘lib, qo‘l yuki jo‘natmasi xizmat qiladi. Har bir qo‘l yuki jo‘natmasi bo‘yicha quyidagi xislatlar qayd etiladi: jo‘natish kalendar oyi; jo‘natuvchi va qabul qiluvchi manzil bekati va temir yo‘li; jo‘natma massasi; yo‘nalish turi; tashish haqi. Qo‘l yuki tashish statistikasida tashish yo‘nalishning ikki turi belgilangan: mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalishlar. Mahalliy yo‘nalishda qo‘l yuki tashish bu, bitta temir yo‘l doirasida tashilgan qo‘l yuki, to‘g‘ri yo‘nalishda qo‘l yuki tashish – qo‘l yuki tashishda bir necha temir yo‘llar ishtirok etadi. Qo‘l yuki aylanmasi ko‘rsatkichi, qo‘l yuki massasini tashish masofasiga ko‘paytmasi tarzda aniqlanadi. Dastlabki hisob manbasi - bularga Qo‘l yuki kvitansiyalari bo‘lagi, uzatish Qaydnomalari kiradi. Qo‘l yuki tashish hisobotini tuzish uchun Qo‘l yuki kvitansiyalari bo‘lagi, suv transporti va to‘g‘ri aralashgan temir yo‘l-suv yo‘nalishidagi xorij temir yo‘llaridan Qo‘l yuki qabul qilish to‘g‘risidagi uzatish Qaydnomalari, dastlabki hisob manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu Qaydnomalar qayta ishlanib bo‘lgach, tonna o‘lchov birligida tashilgan qo‘l yuki hajmi, tonna-kilometrdagi yuk aylanmasi, qo‘l yuki tashish daromadi umumiy summasi, shuningdek qo‘l yuki tashish o‘rtacha 58 masofasi va o‘rtacha daromad stavkasi to‘g‘risida statistik hisobot tuziladi. Tayanch iboralar: qo‘l yukini tashish; pulli yoki bepul yo‘l chiptasi; qo‘l yuki jo‘natmasi; qo‘l yuki kvitansiyalari bo‘lagi; uzatish Qaydnomalari; qo‘l yuki hajmi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling