S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana10.04.2020
Hajmi1.76 Mb.
#99067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
TYTS-o'-q-uzb-l


 
1.5. Testlar 
 
1.  Har qanday statistik tadqiqot quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga 
oladi: 
a)  faqat statistik kuzatish; 
b)  faqat kuzatish materiallarini jamlash va guruhlash; 
c)  kuzatilayotgan voqeani har tomonlama tavsiflovchi umumlashtiruv-chi 
ko‘rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil qilish; 
d)  statistik kuzatish, kuzatish materiallarini jamlash va guruhlash, har 
tomonlama tavsiflovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni hisoblash 
va ularni tahlil qilish . 
2.  Statistik formulyar: 
a)  alohida shaklda; 
b)  ro‘yxat shaklida; 
c)  anketa shaklida; 
d)  alohida va ro’yxat shakllarida bo‘lishi mumkin. 
3.  Bosh to‘plam bilan tanlama to‘plam natijalari o‘rtasidagi tafovut: 
a)  registratsiya (qayd qilish) xatolari deb yuritiladi; 
b)  reprezentativ (vakolatli) xato deb yuritiladi; 
c)  arifmetik hato deb yuritiladi; 
22

d)  registratsiya (qayd qilish) va reprezentativlik xatolari deb yuritiladi.  
4.  Statistikada variatsiya (o‘zgaruvchanlik) deyilganda: 
a)  to‘plam birliklari o‘rtasidagi tafovut (farqlanish), o‘zgaruvchanlik 
tushuniladi; 
b)  to‘plam o‘rtachalari o‘rtasidagi tafovut (farqlanish), o‘zgaruvchanlik 
tushuniladi; 
c)  bosh va tanlama to‘plam o‘rtasida o‘zgaruvchanlik; 
d)  to‘plam birliklari va o‘rtachalari o‘rtasidagi tafovut (farqlanish), 
o‘zgaruvchanlik tushuniladi. 
5.  Variatsiya koeffitsiyenti quyidagicha hisoblanadi: 
a)  K=X
max+
X
min
        
b) 
(
)



=
f
f
X
X
d
  
c) 
X
v
100

=
σ
       
d) 
(
)
f
X
X
d


=

6.  O‘rtacha mutlaq tafovut oddiy qatorlar uchun quyidagi 
formulalarning qaysi biriga asoslanib hisoblanadi? 
a) 
(
)
f
X
X
d


=
     
b) 
(
)



=
f
f
X
X
d
   
c) 
(
)
n
X
X


=
2
2
σ
 
d) 
X
v
100

=
σ

 
 
 
23

2-BO’LIM. TEMIR YO’L TRANSPORTI STATISTIKASI 
 
2-bob. Temir yo’l transportida statistika kuzatish, uning dasturiy 
uslubiyati va tashkiliy masalalari 
 
2.1. Statistik kuzatishning dasturiy uslubiyati va tashkiliy masalalari 
 
Temir yo‘l transportida, ya’ni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ statistik 
ishini tashkillashtirish va rahbarlik qilish “Statistika va hisob” Boshqar-
masi tomonidan amalga oshiriladi va unga barcha tuzilmaviy korxonalari 
va tashkilotlarida statistik hisobini yurituvchi bo‘limlar bo‘ysunadi (2.1.1-
chizma).  
Boshqarma Davlat Statistika ko‘mitasiga temir yo‘l transporti rivoj-
lanishi bo‘yicha barcha ma’lumotlarni taqdim etadi. “O‘TY” AJ statistik 
xizmati tizimida axborot-hisoblash markazlari ahamiyatli vazifalarni 
bajaradi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.1.1-chizma. “O‘TY” AJ statistik bo’limlari (hisobotlarni taqdim etish) tuzilmasi 
 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika ko‘mitasi 
“O‘TY” AJ Statistika va hisob 
boshqarmasi  
Statistika va 
hisob xizmatlari  
“O‘TY” AJ Axborot 
–hisoblash markazi 
“O‘TY” AJ Xo‘jaliklari va 
xizmatlari 
Statistika va hisob 
xizmatlarida 
bo‘limlar 
MTU qoshidagi Statistika va 
hisob bo‘limlari 
Statistika va hisob 
bo‘limlari 
Bekat, depo va boshqa 
tuzilmaviy korxonalari 
avtomatlashtirilgan ish 
joylari (AIJ ) 
MTUning tuzilmaviy 
korxonalari: bekatlar, depo, 
masofa va boshqalar 
Axborot-hisoblash 
bo‘limlari 
24

“O‘TY” AJ “Statistika va hisob” boshqarmasining asosiy vazifalari: 
9  “O‘TY” AJ korxonalarda o‘rnatilgan va tasdiqlangan statistik shakllari, 
nizomlari va yo‘riqnomalariga muvofiq statistik hisob va hisobotni 
tashkil etish; 
9  “O‘TY” AJ rahbariyatiga, davlat statistika organlariga belgilangan 
muddatlarida quyidagi jarayonlarni tavsiflovchi haqqoniy (достовер-
ные) hisobot ma’lumotlarni yig‘ish, ishlab chiqish va taqdim etish:  
−  yuk va yo‘lovchi tashish; 
−  harakatlanuvchi tarkiblar ishlatilishi samaradorligi va sifati
−  mehnat unumdorligi va o‘rtacha ish haqi o‘sish sur’talari o‘zaro 
munosabatlari; 
−  asosiy vositalarni kapital ta’mirlash va kapital qurilish hajmini 
bajarilishi; 
−  vagonlar, lokomotivlar va konteynerlar texnik holatini; 
−  poyezdlar harakati jadvali sifatini; 
−  temir yo‘l xujaliklarida texnik vositalarning mavjudligi; 
−  yangi texnika va texnologiyalarni tadbiq etish sur’atlari; 
−  ishlab chiqarish samaradorligi va h.k. 
Ushbu vazifalarni yechish maqsadida “O‘TY” AJ “Statistika va hisob” 
boshqarmasi quyidagilarni amalga oshiradi: 
−  temir yo‘l kompaniyaning tuzilmaviy korxonalaridagi statistik 
ma’lumotlari yuzasidan doimiy nazorat olib boradi; 
−   
“O‘TY” AJ faoliyati to‘g‘risida joriy va statistik hisobotni 
umumlashtirish va tuzilmaviy iqtisodiy-statistik tahlil o‘tkazadi; 
−  Joriy-statistik hisob va hisobot shakllarini takomillashtirish va ularni 
unifikatsiyalash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi. 
Temir yo‘l transportida o‘ziga xos statistik hisob shakllari qo‘llaniladi. 
Ularning bir nechta turlari keltirilgan: 
1.  Yuk tashuvchi vagonlarni ro’yxatga olish (1, 2-shakl); 
2.  Vagonning texnik pasporti (VU-4M-shakl).  
 
2.2. Temir yo‘l transporti statistikasi, uning predmeti va xususiyatlari 
 
Temir yo‘l transporti statistikasining o‘rganish predmeti bo‘lib temir 
yo’lga xos bo‘lgan ommaviy holatlar va jarayonlarning miqdoriy va sifat 
ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Transport sohasida temir yo‘l transporti eng 
katta va muhim o‘rinni egallaydi. Temir yo‘l transporti statistikasi trans-
port statistikasining bir qismi bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ya’ni 
moddiy tahlil asosida tashish jarayonini tashkil qiladi, harakatlanuvchi 
tarkiblarning moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish va 
moliyaviy natijalarni tahlil qilish uslublarini o‘rganadi. Bularning hammasi  
25

temir yo‘l transporti statistikasining asosiy vazifalaridir.  
Temir yo‘l transportining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1.  Temir yo‘l transporti mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida iste’mol 
qilinadi, mijozlarga hamda yo‘lovchilarga harakatlanuvchi tarkiblar 
yordamida tashish хizmatlarini ko‘rsatadi. 
2.  Temir yo‘l transportining asosiy vositalarining bir qismi, ya’ni 
harakatlanuvchi tarkiblar, o‘z joyini o‘zgartirib turadi, ya’ni doimo 
harakatda bo‘ladi. 
3.  Temir yo‘l transporti kechayu-kunduz uzluksiz ishlaydi. 
4.  Temir yo‘l transporti ichki hududiy, region va markazlashtirilgan holda 
boshqaruvni amalga oshiradi. 
5.  Harakatlanuvchi tarkib bilan bog‘liq muayyan ishlovchilarning (mashi-
nistlar, provodniklar, vagonlarni tekshiruvchilar, poyezd tuzuvchilari, 
elektromontyorlar) ish haqlari, ish vaqtlari, smena davomiyligi aniq 
belgilanmaganligi sababli statistik kuzatish uslublari alohida shaklda 
olib boriladi. 
Yuqorida keltirilgan xususiyatlardan temir yo‘l transporti statistikasi-
ning xususiy uslublari kelib chiqadi: 
1.  Birinchi manbalar (birlamchi hujjatlarni)ni to‘ldirish aniq va to‘liq 
holda olib borilishi zarur; 
2.  Haqiqiy bajarilgan ish bo‘yicha qayd qilish fursati, shu holatda 
joylashishini ifodalab, o‘sha ish bajarilish vaqtida to‘ldirilishi zarur; 
3.  Hisobot davri va hisobot fursati aniq va to‘liq tarzda belgilanishi zarur; 
4.  Temir yo‘ldagi harakatlanuvchi tarkiblarni qatnashish darajasini 
ifodalaydigan ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish va pirovard natijaga ta’sir 
etuvchi omillarni talqin va tahlil qilish.  
Temir yo‘l transporti asosiy faoliyatini tahlil qilish ko‘rsatkichlari 
quyidagilar:  
1.  Yuk tashish ko‘rsatkichlari (tashilgan yuk hajmi, yuk aylanmasi (1 km 
tashilgan yukning o‘rtacha vazni), o‘rtacha masofasi va hokazo); 
2.  Yo‘lovchilarni tashish ko‘rsatkichlari; 
3.  Tashishdan kelib tushgan daromadlar; 
4.  Temir yo‘ldagi texnik jihozlarning harakatlanuvchi tarkibdagi 
mavjudligi ko‘rsatkichlari. 
 
2.3. Temir yo‘l transporti statistikasi bo‘limlari va ularning vazifalari 
 
Temir yo‘l tarnsporti statistikasi quyidagi bo‘limlarga ajratiladi: tashish 
statistikasi, foydalanish statistikasi, asosiy fondlar va texnik jihozlar bilan 
qurollantirish  statistikasi, mehnat va ish haqi statistikasi, moliya statitikasi.  
Har birini xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. 
26

Tashish statistikasi - temir yo‘l transportining asosiy bo‘limi sifatida 
asosiy funksiyani bajaradi, ya’ni yuk, yo‘lovchilar va bagaj tashish jarayo-
nini tashkil qiladi (yuk, yo‘lovchilar, bagaj tashishning hajm va sifat ko‘r-
satkichlari o‘rganiladi). Kuzatish birligi - jo‘natish va qabul qilishlar soni. 
Foydalanish statistikasi. Foydalanish statistikasining asosiy funksi-yasi 
harakatlanuvchi tarkiblar mavjudligi va ishlatilishni tavsiflash. Kuzatish 
obyekti bo‘lib harakatlanuvchi tarkiblarning mavjudligi hamda foydalanish 
toifasi bo‘yicha ularning guruhlanishi hisoblanadi. Kuzatish birligi - 
lokomotivlar, vagonlarning mavjudlik soni. 
Asosiy fondlar va texnik jihozlar bilan qo‘rollantirish statistikasining 
asosiy vazifasi ularni texnik holatini o‘rganish va samaradorligini tahlil 
qilish. Kuzatish obyekti – temir yo‘l transporti korxonalarida asosiy 
fondlarning mavjudlik soni. Kuzatish birligi - temir yo‘l transportiga 
taalluqli va o‘z xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy fondlar va texnik zaxiralar. 
Mehnat va ish haqi statistikasi. Kuzatish obyekti - temir yo‘l transport-
tidagi har xil toifadagi ishlovchilar. Kuzatish birligi - har bir ishlovchining 
ish vaqti va ish haqi. 
Moliya statistikasi. Kuzatish obyekti - moliyaviy resurslar va ulardan 
samarali foydalanish. Kuzatish birligi - buxgalteriya va moliyaviy 
hisobotlardagi ko‘rsatkichlar. 
Temir yo‘l transporti statistikasining har bir bo‘limi alohida ravishda 
o‘z vazifasini bajaradi hamda o‘ziga xos xususiy ko‘rsatkichlar tizimini 
yaratadi. Shu bilan birga temir yo‘l transportida har tomonlama faoliyatini 
tavsiflash va talqin qilish maqsadida haqiqiy natijaviy ma’lumotlarni faqat 
jamlash (сводка) natijasida aniqlash mumkin. Statistik ko‘rsatkichlar 
tizimi quyidagi talablarga javob berishi zarur: tarmog‘idagi ishlab 
chiqarish samarasini ifodalash; ierarxiya tuzilmasiga bo‘ysunish; ko‘r-
satkichlar o‘rtasida bog‘lanishni aniq matematik formulalar bilan ifodalash.  
Temir yo‘l transportida statistik ma’lumotlar yoppasiga kuzatish 
shaklida joriy hisobotlarda ifodalanadi, bundan tashqari maxsus statistik 
kuzatish shakli chegaralangan masalalarini yechishda qo‘llaniladi. Rah-
bariyat organlariga temir yo‘l transporti tarmog‘ida barcha statistik ma’-
lumotlar markazlashgan holda hisobot shaklida ikki oqim ko‘rinishida 
yetkaziladi. Birinchi oqim tezkor-statistik oqim. Ikkinchi oqim statistik 
oqim. Oqimlarni quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflash mumkin:  
27

2.3.1-jadval 
Oqimlar xususiyatlari 
Tezkor-statistik ma’lumotlar 
oqimlari 
Statistik ma’lumotlar oqimlari 
1. Bajarilayotgan vazifa 
Rejalangan 
ko‘rsatkichlarni 
belgilangan muddatda 
bajarish, tekshirish 
Temir yo‘l transport faoliyatini 
tavsiflash va tahlil qilish 
2. Ko‘rsatkichlar tizimi 
Chegaralangan 
Kengaytirilgan 
3. Minimal hisobot davri 
Kun-kecha (sutka) 
Oylik 
4. Ishlab chiqish muddati 
Soatlar 
Kunlar, oylar 
5. Etkazish usuli 
Telefon, telegraf 
Pochta 
6. Svodkalash uslubi  
qo‘lda, markazlashmagan 
Avtomatlashtirilgan, 
markazlashgan 
 
Temir yo‘l transport statistikada yig‘ilgan statistik ma’lumotlarida 
temir yo‘l transportnining muayyan ko‘rsatkichlarining haqiqiy holatini 
ifoda etadi va shunga asoslanib reja chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Mod-
diy va mehnat zaxiralarini aniqlab chiqib, ulardan samarali foydalanish, 
mehnat unumdorligini oshirish, tannarx harajatlarni kamaytirish ko‘rsat-
kichlarini ishlab chiqadi.  
Tayanch iboralar: miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari, temir yo‘l 
transporti xususiyatlari, uslublari; tashish statistikasi, foydalanish 
statistikasi, tezkor statistik oqim, hisobot davri. 
 
2.4. Mustaqil ishlash uchun masalalar 
 
1-masala. Korxona filiallari reja topshirig’ining bajarilishi to’g’risida 
keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagilarni hisoblang: korxona bo’yicha 
1 va 2-choraklarda rejaning bajarilish darajasini; 2) korxona va filiallar 
bo’yicha 1-yarim yillik rejaning bajarilish darajasini. 
 
2.3.1-jadval 
Filiallar 
1-chorak 2-chorak 
Reja, mln. so’m 
Reja bajarilishi, % Amalda, mln. so’m  Reja bajarilishi, %
1 200,0  105,0  250,0 
97,5 
2 800,0  101,5  750,0 
98,7 
3 2000,0 
98,5 
2500,0  103,8 
Jami  
 
 
 
 
2-masala. Berilgan ma’lumotlarga asoslanib N-MTU ishchilarining 
o’rtacha ish haqini, moda va medianani hisoblang.  
2-jadval 
Ishchilarning oylik ish haqi bo’yicha guruhlanishi, ming so’m 
Ishchilar soni, kishi 
140 gacha 
140-180 
180-220 
220-260 
260-300 
300 dan yuqori 
60 
100 
135 
150 
55 
30 
28

3-masala. Vagon ta’mirlash zavodida 5000 ishchi ishlaydi. Tasodifiy 
takrorlanish usuli yordamida 200 ishchining malasaki o’rganildi va quyida 
ma’lumotlar olindi. Zavod ishchilarining o’rtacha tarif razryadini 0,997 
ehtimollik darajasi bilan o’zgarish chegaralarini aniqlang. 
 
Ishchilar 
malakasi 
(tarif 
razryadi) 
1 2 3 4 5 6 
Ishchilar 
soni, 
kishi 
10 30 40 70 30 20 
 
4-masala.  Berilgan ma’lumotlarga (2.4.3-jadval) asoslanib, dinamik 
qator turini, mutlaq qo’shimcha o’sish, o’sish va qo’shimcha o’sish 
sur’atini, bir foiz qo’shimcha o’sishning mutlaq mohiyatini, va o’rtacha 
ko’rsatkichlarini aniqlang. 
 
«O’zbekiston temir yullari» AJ yuk va yo’lovchilarni tashishdagi ko’rsatkichlar dinamikasi 
2.4.3-jadval 
Ko’rsatkich 
2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014
1. Yuk aylanmasi, mlrd. T-km 
13,883 15,442 15,732 18,428 18,886 18,007 18,092 18,450
2. Tashish hajmi, mln. T 
47,25 48,204 46,047 51,404 45,104 45.393  45.82  51,435
3. Yo’lovchi aylanmasi, mln. 
Yo’lovchi-km. 
1898 2163 2167 2080 2077 2135 2231 2231
4. Tashilgan yo’lovchilar soni, 
mln. Kishi 
14,8 16,3 16,1 16,2 16,1 16,9 15,9 15,9 
5. O’rtacha yuk tashish masofasi, 
km 
129 133 135 129 129 126 126 126 
 
5-masala. Dinamika qatorlarini tenglashtirish usullari. Quyidagi jadval 
ma’lumotlariga asoslanib: 
a)  oddiy va sirg’anish o’rtacha darajali usuli bo’yicha dinamika qatorini 
o’zgartiring; 
b)  mavsumiylik indeksini hisoblang va natijalarni chiziqli grafikda 
tasvirlab bering;  
ko’rsatma: Mavsumiylik koeffitsiyenti quyidagi formula yordamida 
hisoblanadi: 
I
m
;
100
*
*
—“
”Ћ
Y
Y
=
 
c)  hisoblangan natijalarni tahlil qiling; 
d)  masala yechimi jadval shaklida taqdim etilsin.  
 
A” temir yo’l stansiyasidan yuborilgan yuklar hajmi dinamikasi, ming tonna  
2.4.4-jadval 
Oylar Variantlar 
1  1,2  1,2,3 2,3,4 3,4,5 4,5,6, 5,6,7 6,7,8 7,8,9 8,9,10 9,10  10 
Yillar 
2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014
yanvar 17.6 19.2 30.8 27.7 30.6 29.4 32.4 23.7 27.8 27.8 30,0 28,4
fevral 18,6 23,4 25.6 24.4 31,6 21.4 32,1 25.4 21,6 21,7 31,9 27.6
mart  19,2 22,2 26,4 24,7 29,5 19,2 29,2 22,7 23,2 16.1 35.8 21,4
29

aprel 22.7 25.6 22.1 27,0 26,5 23.8 30.8 25,6 26.6 27.5 26,8 29.6
may  23.8 27,0 27.5 28.4 29.4 26.6 36.6 28.3 27,6 26,7 27,8 22.6
iyun  16.6 24.2 31,4 27.7 32.3 29.4 31.4 27.5 29.8 24,8 30,0 24.4
iyul  16,5 20,0 27.8 30.3 32,4 30,0 30,0 30.0 27.8 29.4 32.4 27,9
avgust 21,4 25,7 21,7 27,6 32,9 31,1 31,9 27,5 27,4 21.4 32,1 28,8
sentyabr 
13.7 15.6 16.1 27,0 31,5 25.8 35.8 27,5 28.6 19,2 29,2 27.6
oktyabr 21.8 25,0 27.5 29.1 34.4 28.6 26,8 28,1 33,6 23.8 30.8 30,3
noyabr 22,3 24,1 26,7 32,4 29,9 29,8 27,8 30,4 32,1 26.6 36.6 30,0
dekabr 24,2 22,1 24,8 30,8 31,2 31,2 30,0 31,2 33,1 29.4 31.4 31,9
 
6-masala. Berilgan ma’lumotlarga asoslanib temir yo’l bo’yicha 
hisobot davridagi yuk tashishning o’rtacha masofa uzunligini aniqlang. 
2.4.5-jadval 
Yuk turi 
Olib ketilgan yuklar, ming t. 
Yuk tashish o’rtacha uzunligi, 
km 
Ko’mir va koks 
58,9 
120 
Neft mahsulotlari 
217,6 
250 
Qora va rangli metallar 
142,2 
342 
Qurilish materiallari 
329,5 
320 
Sement 543,8 
435 
Kimyo va mineral  
234,9 
510 
Oziq-ovqat mahsulotlari 
125 
116 
Boshqa yuklar 
329,1 
338 
 
7-masala.  Berilgan ma’lumotlarga assoslanib barcha turdagi nisbiy 
ko’rsatkichlarni hisoblang va ularni tahlil qiling.  
 
 
Temir yo’l MTU ning yuk tashish hajm ko’rsatkichlari dinamikasi 
2.4.6-jadval 
№ Ko’rsatkichlar 
nomi 
O’lchov 
birligi 
1-variant 2-variant 
Ko’rsatkich miqdori 
Ko’rsatkich miqdori 
o’tgan 
davrida 
joriy davr 
o’tgan 
davrida 
joriy davr
1. 
Foydalanish ish hajmi, shu 
jumladan:  
vag. 12200 13740 16318 16797 
1a) yuk 
ortishda 
vag. 
6900 
7200 
8562 
8945 
1b) yuk 
ortilgan 
vagonlar 
qabuli 
vag. 5300 6540 7756 7852 
2. 
Yuk tashish hajmi (ish )  
vag. 
12865 
14231 
20972 
21585 
2a) yuk 
ortish 
vag. 
6984 
7834 
9652 
10235 
2b) yuk 
tushirish 
vag. 
5882 
6397 
11320 
11350 
3. 
Brutto yuk aylanishi 
ming. 
t.km. 
393,580 414,249 276,325 285,457 
4. 
Netto yuk aylanishi 
ming. 
t.km. 
275,648 242,905 161,984 165,897 
5. 
Bir kunlik o’rtacha 
vagonlar soni 
vag. 10764 10916 2584  2636 
6. Lokomotiv-soati 
umumiy, 
shu jumladan: 
lok-soat 91932  107540  39869  42525 
30

6a) uchastkada, 
 shu jumladan: 
lok-soat 30280  44000  29928  32020 
 - 
peregonda 
harakatdagi 
 
21680  34280  22856  34280 
 
- oraliq bekatlarda 
lok-soat 
8600 
9720 
7073 
7120 
6b)  Ro’yxatga olish bekatida 
lok-soat 
7102 
7090 
4727 
4860 
6v) aylanish 
bekatida 
lok-soat  15220 
17580 
1562 
1758 
6g) lokomotiv 
brigadani 
almashtirish bekatida 
lok-soat 39330  38870  3652  3887 
7.  Lokomotiv bosib o’tgan yo’li 
umumiy, shu jumladan: 
lok-soat 736162  745533  736162  745135 
7a)  chiziqli o’tish yo’li 
lok-km. 
720186 
727803 
237196 
241210 
7b)  shu jumladan: poyezd 
boshida 
lok-km 6622  6622  112156 120120 
8. Vagonlarni 
bosib o’tgan yo’-
li umumiy, shu jumladan: 
 
vag-km. 
 
709599 
 
743789 
 
166187 
 
166548 
8a)  yuk bilan bosib o’tgan yo’l  vag-km 
495721 
524165 
147212 
147392 
8b)  yuksiz bosib o’tilgan yo’l 
vag-km 
213878 
219624 
18975 
19156 
9. Vagon-soat 
umumiy, 
 
shu jumladan: 
vag-soat 
 
525673 
 
625642 
 
7315 
 
7865 
9a) uchastkada 
poyezdlarda 
  vag-soat  216345  252136 
5123 
6796 
9b) yuk 
tashish 
operatsiyalarida 
vag-soat 162688  199577  38978  46784 
9v) texnik 
operatsiyalarida 
 shu jumladan: 
vag-soat 146990  173029  25638  32532 
 
- ishlov bilan 
vag-soat 
101363 
115551 
13340 
14252 
 - 
ishlovsiz 
vag-soat 45627  58378  11220  12729 
10 Operatsiyalar 
soni 
operats  62706  67976 
1568 
2511 
10a)  yuk ortish operatsiyalari 
operats 
8854 
9511 
9652 
10218 
10b) tranzit 
operatsiyalari, 
shu jumladan: 
operats 54552  58665  7872  8624 
 - 
ishlovda 
operats 12782  13864  7780  7594 
 - 
ishlovsiz 
operats 41880  45041  112 
1130 
 
2.5. Nazorat savollari 
 
1.  Temir yo‘l statistikasining o‘rganish predmeti nimadan iborat?  
2.  Temir yo‘l statistikasining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi vazifalari? 
3.  Temir yo‘l statistikasining bo‘limlari? 
4.  Tashish statistikasining kuzatish birligi va kuzatish obyekti? 
5.  Foydalanish statistikasining kuzatish birligi va kuzatish obyekti? 
6.  Mehnat va ish haqi statistikasining kuzatish birligi va kuzatish obyekti? 
7.  Moliya statistikasining kuzatish birligi va kuzatish obyekti? 
8.  Asosiy fondlar statistikasining kuzatish birligi va kuzatish obyekti? 
9.  Tezkor-statistik va statistik oqimlarining xususiyatlari?  
10. Temir yo‘l transporti statistikasining xususiy uslublari? 
 
31

2.6. Testlar 
 
1.  Temir yo’l transporti statistikasi: 
a)  faqat ommaviy to‘plamlar bilan shug‘ullanadi; 
b)  ommaviy to‘plamlardagi ayrim birliklar, unsurlarni o‘rganadi va shu 
asosida tegishli qonuniyatlarni aniqlaydi; 
c)  tanlov to‘plamlar bilan shug‘ullanadi. 
d)  temir yo’ldagi ommaviy hodisa va jarayonlarni kuzatish natijasida 
olingan to‘plamlar bilan shug‘ullanadi. 
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling