S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana10.04.2020
Hajmi1.76 Mb.
#99067
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
TYTS-o'-q-uzb-l


2-masala. Mintaqaviy temir yo’l uzeldagi (MTU) mavjud vagonlarning 
tavsifi hisobot kunining oxirida quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:  
a)  yuk ortishga tayyor vagonlar soni – 348 ta, yuk tushirishga tayyor 
vagonlar – 114 ta, poyezdlar tarkibida -1742 ta, shu jumladan 1312 tasi 
yuklangan, 430 ta yuksiz, bo‘sh holatda; 
b)  peregondagi poyezdlar tarkibida 316 ta vagon, shu jumladan 250 ta 
yukli, 66 tasi yuksiz. 
Hisobot sutkaning boshida Mintakaviy temir yo’l uzelning (MTU) 
ishchi vagonlar parkida 546 ta vagonlar mavjud edi, shu jumladan – 192 
yuklangan va 354 vagon yuklanmagan. Ishsiz park hisobida 43ta vagon 
78

bo‘lib, ulardan «O‘TY» AJ zaxira xisobida – 20ta, ishdan chiqqan vagonlar 
soni – 6, turar joy va ombor hisobida – 3ta, maxsus va texnik ehtiyojlari 
uchun – 14ta. 
Hisobot sutka mobaynida quyidagi ishlar qilindi: 
1)  Qo‘shni bekatlardan 105 yuklangan va 42 yuksiz vagonlar qabul 
qilindi. 
2)  Qo‘shni bekatlarga 17 yuklangan va 74 yuksiz vagonlar yuborildi. 
3)  416 vagon band etilib, shundan 407tasiga yuk ortilgan. 
4)  47ta vagon bo‘shatilgan, ulardan 36tasidan yuk tushirilgan. 
5)  «O‘TY» AJ zaxira hisobidan 4ta vagon olingan. 
6)  14 ta vagon ta’mirlashdan qaytib kelingan, 3 ta yangi vagon qabul 
qilingan, 2 ta vagon ishga yaroqsiz holda bo‘lganligi uchun hisobdan 
o‘chirildi, 10 vagon ta’mirga berilgan. 
Hisobot sutkaning oxirida vagonlarning balans va tezkor mavjudlik 
miqdorini, shu jumladan toifalar bo‘yicha aniqlang. 
3-masala. Quyidagi jadvalda berilgan ma’lumotlarga asoslanib jami va 
uchastkalardagi vagon-soatlar miqdorini aniqlang. 
6.4.1-jadval 
Ko‘rsatkichlar Miqdori 
Vagonlar bosib o‘tgan umumiy masofasi, vag-km  
1857 
Poyezd boshida lokomotiv bosib o‘tgan masofasi, lok-km 
39366 
Uchastkadagi poyezd boshida lokomotivning vaqt xarajatlari 
15 
Vagonlar ishchi parki  
450 
Operatsiyalar bo‘yicha vagon-soat: 
- yuk tashishda 
- texnik operatsiyalarda 
 
80162 
16099 
Ishlovsiz 
ishlovchi 
 
64103 
 
4-masala. Quyidagi berilgan ko‘rsatkichlarining qaysi biri vagonlar-
ning o‘rtacha kunlik unumdorligiga ta’sir ko‘rsatishini ifodalaydi: 
6.4.2-jadval 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan 
davr 
Hisobot 
davr 
O‘zgarishlar 
mutloq nisbiy
1. Vagonlarning ishchi parkidagi o‘rtacha kunlik 
soni, vag. 
2033 2142 
 
 
2. Yuk aylanmasi brutto, ming t.km 
1821300  1875100 
 
 
3. Vagonlar umumiy bosib o‘tgan masofasi, ming 
vag.km. 
2581 2598 
 
 
 
6.5. Nazorat savollari 
 
1.  Ishlovchi vagonlarning mavjudligini hisoblash xususiyatlari? 
2.  Yukli vagonlar mavjudligini hisoblash birlamchi manbalari? 
3.  Lokomotivlar bosib o‘tilgan masofa turlari? 
79

4.  Vagonlar bosib o‘tilgan masofa turlari? 
5.  Vagonlarni foydalanish ko‘rsatkichlar tizimi? 
6.  Farqlilik miqdorining mohiyati va mazmuni? 
7.  Foydalanish statistikasining kuzatuv birligi.  
8.  Harakatdagi tarkib mavjudligi va ishini hisobga olishda qo‘llaniladigan 
turli birlamchi manbalar ahamiyati.  
9.  Poyezdning natura varag‘i (DU-1 shakl), uning mazmuni, mohiyati, 
vazifasi.  
10. Mashinist yo‘llanmasi (marshruti TU-3 shakl), uning mazmuni, 
mohiyati, vazifasi. 
6.6. Testlar 
 
1.  Foydalanish toifasi bo‘yicha yuk tashuvchi vagonlar mavjudlik 
parkining guruhlanishi: 
a)  boshqa yo‘llarga va boshqa yo‘llardan safarbar etilgan; 
b)  ”O‘TY” AJ tasarrufida, ”O‘TY” AJ tasarrufidan tashqari; 
c)  chizikli masofada, shartli masofada; 
d)  yuklangan, yuklanmagan. 
2.  Yuk tashuvchi vagonning dinamik yuklamasini hisoblash uchun: 
a)  ekspluatatsion yuk aylanmasini ishchi vagon parkining bosib o‘tgan 
umumiy masofasiga bo‘lamiz; 
b)  ortilgan yuk massani vagonlar soniga ko’paytiramiz; 
c)  ortilgan yuk massani tezlikka bo‘lamiz; 
d)  ortilgan vagonlar sonini yuk og’irligiga bo‘lamiz. 
3.  Yuk tashuvchi vagonlar bosib o‘tgan masofasining guruhlanishi: 
a)  yuklangan va yuklanmagan holda; 
b)  chiziqli masofa, shartli masofa; 
c)  boshqa yo‘llarga va boshqa yo‘llardan safarbar etilgan; 
d)  ”O‘TY” AJ tasarrufida, ”O‘TY” AJ tasarrufidan tashqari. 
4.  Yuk tashuvchi vagonning statik yuklamasini xisoblash uchun: 
a)  ekspluatatsion yuk aylanmasini ishchi vagon parkining bosib o‘tgan 
umumiy masofasiga bo‘lamiz; 
b)  ortilgan yuk massani tezlikka bo‘lamiz; 
c)  ortilgan yuk massani vagonlar soniga ko’paytiramiz; 
d)  ortilgan vagonlar sonini yuk og‘irligiga bo‘lamiz. 
 
80

7-bob. Asosiy vositalar statistikasi 
 
7.1. Asosiy vositalar statistik kuzatuvni uyushtirish 
 
Asosiy vositalar – mahsulot ishlab chiqarishda mehnat vositasi sifatida 
yoki bir yildan kam bo‘lmagan uzoq muddatda boshqaruv maqsadida 
ishlatiladigan moddiy obyektlar. Bunda asosiy vositalar tabiiy asl holatini 
saqlaydi va iste’mol qiymatini yo‘qotmaydi. Avanslangan kapital asosiy 
vositalarni qaytadan tiklash, ya’ni amortizatsiya natijasida pul shakliga ega 
bo‘ladi. Bu, qiymatning bir qismini amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida, 
ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shish natijasida yuzaga keladi. Asosiy 
vositalarga avanslangan mablag‘lar qaytadan baholash yoki kapital qo‘yil-
malar hisobiga ortib boradi. Asosiy vositalar, kapital qurulish va obyektlar 
harid qilish shaklidagi kapital qo‘yilmalar natijasida , yangilanadi.  
Temir yo‘l transport – mamlakat iqtisodiyotidagi eng katta kapital 
sig‘imga ega tarmoqlardan biri. Temir yo‘l transportda kapital qo‘yilmalar 
yangi temir yo‘l liniyalari va ikkinchi izlarni qurushga, avtomatika, 
telemexanika va elektron-hisoblash texnikasi, lokomotiv va vagonlarni 
joriy qilishga yo‘naltirilmoqda. Asosiy vositalar to‘g‘risidagi statistik 
ma’lumot asosiy vositalar mavjudligi va harakati, joylashuvi va texnik 
holati; temir yo‘l bo‘linmalari asosiy vositalar bilan texnik qurollanganligi; 
temir yo‘l moddiy-texnika bazasining proporsional rivojlanishi va uning 
elementlari rivojidagi disproporsiyalarni aniqlash; yangi texnikani joriy 
qilinishi, undan foydalanilishi va samaradorligi; kapital qurulmalar 
o‘zlashtirilishi, ishlab chiqarish vositalarini faoliyatga kiritish, shuningdek, 
temir yo‘l va uning bo‘linmalari asosiy vositalaridan effektiv foydalanish 
bo‘yicha raqamlarga ega bo‘lishi shart. Temir yo‘l statistikasi quyidagi 
bo‘limlardan iborat: asosiy vositalar statistikasi; texnik qurollanganlik 
statistikasi; kapital qo‘yilmalar va kapital qurulish statistikasi. 
Kuzatuv obyekti bo‘lib, moddiy mehnat vositalari xizmat qiladi. Hisob 
va o‘lchov birligi bo‘lib inventar obyekt xizmat qiladi.  
Asosiy hisob belgilari: asosiy vositalar turi; qurulish sanasi; foydala-
nishga kiritilgan sana; qiymati; ushbu turning konstruktiv o‘lchamlari.  
Dastlabki hisob manbai –  texnik pasport, dastlabki hujjat – inventar 
varag‘i yoki unga o‘xshash nusxadan iborat. 
Inventar raqam, har bir asosiy vositalar holati va mavjudligini hisobga 
olish uchun, butun foydalanish muddatiga beriladi. Hozirgi vaqtda yuk va 
yo‘lovchi vagonlar, motorli harakatdagi tarkib, yo‘l mashina va 
mexanizmlari nazorat uchun himoyali umumiy 8 ta sonli tartib raqamga 
ega. Raqamda, saqlash va foydalanishi bilan bog‘liq masalalarni operativ 
yechish uchun zarur bo‘lgan lokomotiv va vagonlarning ba’zi texnik tavsifi  
81

to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan. 
Kuzatuv shakli. Asosiy vositalar mavjudligi va harakati tavsifini olish 
uchun qo‘llaniladigan kuzatuv shakli bu, joriy hisobdir.  
Qayta baholash maqsadi bu, mehnat vositalari qayta tiklanishiga sha-
roit yaratadigan miqdordagi, amortizatsiya ajratmalarini bajarish uchun, 
asosiy vositalar qiymatini bozorda yuzaga kelgan qiymatga muvofiq-
lashtirish.  
 
7.2. Asosiy vositalarni guruhlash 
 
Asosiy vositalar turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi: vazifasi, 
ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirok xususiyati, mansubligi bo‘yicha. 
Vazifasi bo‘yicha asosiy vositalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
turlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishda 
qo‘llaniladi, noishlab chiqarish vositalariga ishlab chiqarishda ishtirok 
etmaydigan vositalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish vositalarining umumiy 
tavsifi uchun mamlakatimizda, quyidagi guruhlar alohida ko‘rsatiladigan, 
umumiy klassifikatsiyasi qo‘llaniladi: imorat; inshootlar; mashina va 
asbob-uskuna hamda jihozlar; o‘lchash va boshqaruv qurilmalari va 
uskunalari; hisob texnikasi; transport vositalari; asbob-uskuna, ishlab 
chiqarish va xo‘jalik anjomlari va buyumlari; ishchi va zotli hayvon, ko‘p 
yillik daraxt va butalar; yerlarni obodonlashtirishga sarflangan kapital 
xarajatlar; xo‘jalik ichi yo‘llari va boshqa obyektlar. Guruhlardagi asosiy 
vositalar quyidagicha jamlangan:  
9  imoratlar guruhiga lokomotiv va vagon depolari, bekatlar, yo‘l 
distansiyalari, signal va aloqa distansiyalari, energetika xo‘jaligi va 
boshqalarning ishlab chiqarish va xizmat imoratlari kiradi; 
9  inshootlar va uzatish uskunalari guruhiga - yo‘l, uning barcha 
qurilmalari va elementlari, ko‘priklar, tonnellar, signal va aloqa uzatish 
uskunalari; kontakt simi liniyalari va boshqalar kiradi; 
9  mashina va asbob-uskuna hamda jihozlarga – kuch mashinalari va 
jihozlar; generatorlar; bug‘ qozoni va turbinalari; ichi yonadigan 
dvigatellar; to‘g‘rilagichlar; barcha turdagi stanoklar; presslar; o‘lchov 
va boshqaruv qurilmalari va uskunalari; hisob texnikasi; o‘quv-sinov 
qurulmalari va boshqalar kiradi; 
9  transport vositalariga – lokomotivlar; motovagonli harakatdagi tarkib; 
barcha turdagi vagonlar; avtomotorelsli transport; avtomobillar, temir 
yo‘l izi mashinalari va boshqalar kiradi; 
9  boshqa asosiy ishlab chiqarish vositalariga – yordamchi-qo‘shimcha fa-
oliyat mehnat vositalari sifatida ishlatiladigan obyektlar, qurulish, qish-
loq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish obyekt- 
82

lari kiradi; 
9  noishlab chiqarish vositalariga – uy-joy va kommunal xo‘jalik, ta’lim, 
madaniyat va san’at, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy 
ta’minot mehnat vositalari kiradi; 
Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtiroki bo‘yicha foydalanuvdagi va no-
foydalanuvdagi turlariga ajratiladi. Nofoydalanuvdagi asosiy vositalar qa-
toriga zaxiradagi, konservatsiyadagi va yo‘ldagi obyektlar kiradi. Ishlab chi-
qarish jarayonidagi faoliyat xususiyati bo‘yicha asosiy vositalar aktiv va 
passiv turlarga bo‘linadi. Mansubligi bo‘yicha xususiy va ijaradagi (qisqa 
muddatli yoki uzoq muddatli) asosiy vositalarga ajratiladi. Asosiy ishlab chi-
qarish vositalari tarkibini tavsiflash va tarkibiy o‘zgarishlarni aniqlash uchun, 
umumiy klassifikatsiya asosida yiriklashtirilgan guruhidan foydalaniladi. 
 
7.3. Mavjud asosiy vositalarni baholash, eskirish va yemirilish 
tushunchalari 
 
Asosiy vositalarni baholash. Mavjud asosiy vositalar har bir inventar 
obyekti bo‘yicha quyidagi baholash qiymatiga ega: boshlang‘ich qiymat, 
qayta tiklash qiymati, qoldiq qiymati. 
Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati - ularni xarid qilishga ketgan 
haqiqiy, shu hisobda transportda tashish, o‘rnatish yoki montaj xarajatlari 
jamidan iborat.  
Qayta tiklangan qiymat - asosiy vositalarni aktiv yangilash va ilmiy-
texnika rivojini tezlatishda iqtisodiy sharoit yaratish uchun, zamonaviy ob-
yektlarga zarur miqdordagi mablag‘larni belgilash maqsadida, O‘zbekiston 
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq asosiy vositalar qayta baholan-
moqda. Asosiy vositalar qayta baholanishi natijasida hosil bo‘lgan qiymat 
qayta tiklangan qiymat deb ataladi va u, boshlang‘ich qiymat sifatida 
qo‘llaniladi. 
Yemirilish va amortizatsiya tushunchalari. Asosiy vositalardan foyda-
lanish muddatining boshidan boshlab ajratilgan amortizatsiya ajratmasi miq-
dori yemirilish deb, bir yil muddatidagi miqdori esa amortizatsiya deb 
ataladi. 
Qoldiq qiymat – asosiy vositalarning, yemirilish miqdoriga 
kamaytirilgan qiymati, boshlang‘ich qiymat deb ataladi. 
Temir yo‘l transportida asosiy vositalar hisobi texnik qurollanganlik 
statistikasi doirasida tashkil etilgan. Temir yo‘l transporti asosiy vositalar 
mavjudligining hisobi, ular aniq nomlari, korxonalari va xo‘jaliklari 
bo‘yicha olib boriladi. 
Lokomotivlar inventar soni to‘g‘risida AGO-14 shakl Hisobotda tortish 
turi  va  temir yo‘l izi, qurulish yili va konstruktiv tuzilishi bo‘yicha ma’lu- 
83

motlar keltiriladi.  
Yuk vagonlari inventar soni to‘g‘risida umumiy Hisobot shaklida 
qurulish, konstruktiv tuzilishi, yuk ko‘tarish qobiliyati va boshqalar 
bo‘yicha vagonlar taqsimoti keltiriladi.  
Yo‘lovchi vagonlar turi va xili bo‘yicha taqsimoti, AGO-16 shakl 
Hisobot vagonlar texnik pasporti asosida tuziladi. 
Mexanik, energetik jihoz va qurulmalar to‘g‘risida AGO-7 shakl 
Hisobot temir yo‘l transporti barcha xo‘jaliklari bo‘yicha tuziladi. Bu 
AGO-7 shakldagi Hisobot ma’lumotlari umuman temir yo‘l transporti va 
uning asosiy xo‘jaliklari bo‘yicha mexanik, energetik jihoz va 
qurulmalarni tavsiflashga imkon beradi. 
 
7.4. Asosiy vositalarning texnik holati va xizmat muddati 
ko‘rsatkichlari 
 
Asosiy vositalardan foydalanish ular texnik holati va xizmat muddati 
ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi.  
Asosiy vositalar texnik holati ko‘rsatkichi – mehnat vositalari belgilan-
gan xizmat muddati, haqiqiy yemirilishi yoki bajarilgan ish hajmini 
o‘lchash, ekspert baholash, ballik baholash asosida aniqlanadigan va ular 
yemirilishining (a) darajasi. Asosiy vositalar texnik holati ko‘rsatkichi 
quyidagi xizmat muddati turlari bilan ifodalanadi: to‘liq xizmat (K) 
muddati, o‘tgan xizmat (n) muddati, qolgan xizmat ( m) muddati. 
To‘liq xizmat muddati (K) – asosiy vositalar vazifasi bo‘yicha, ishlati-
lishi mumkin bo‘lgan yillar soni. Ko‘rsatkich darajasi foydalanishdan 
chiqarib tashlangan asosiy vositalar xizmat muddati to‘g‘risidagi statistik 
ma’lumotlar yoki mutaxasislarning ekspert bahosi asosida aniqlanadi. 
To‘liq xizmat muddati asosida, asosiy vositalarning har yillik amortizatsiya 
ajratmalari belgilanadi. 
O‘tgan ishchi xizmat (n) muddati – foydalanuvga kiritilgan daqiqadan 
to belgilangan xizmat muddatigacha bo‘lgan yillar soni.  
Qolgan xizmat (m) muddati iste’mol xususiyatini yo‘qotishgacha 
bo‘lgan yillar soni:    
m = K - n yil 
Temir yo‘l izi uchun yemirilish belgilangan shkala bo‘yicha balli 
baholash asosida aniqlanadi. Bunda, yangi temir yo‘l izi yemirilishi 0 ball, 
to‘liq yemirilgani-10 ball bilan baholanadi. 
 
7.5. Asosiy vositalardan foydalanishni baholash 
 
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini umumiy tavsifi uchun 
fond samaradorligi va fond sig‘imi ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi.  
Fond samaradorligi ( F)
N
, temir yo‘l asosiy faoliyati bo‘yicha, 1 so‘m.  
84

asosiy ishlab chiqarish vositalarining o‘rtacha yillik qiymatiga ∑ N to‘g‘ri 
keladigan shartli ∑ (pl)
pg 
tkm. yuk aylanmasi ko‘rsatkichi miqdori bilan 
tavsiflanadi: 
(F)
N
 = ∑ (pl)
pg 
/ ∑ N tkm / so‘m 
Fond sig‘imi ( F)
s
, fond samaradorligi ( F) 

ko‘rsatkichiga teskari 
tartibda hisoblanadi: 
(F)

∑ N / ∑ (pl)
pg 
so‘m / tkm 
Ekstensiv yuklama koeffitsiyenti ( k
ex
) - uskunaning rejaviy vaqt fondi 
samaradorligi darajasini tavsiflaydi va smena mobaynida uskuna haqiqatda 
ishlagan ish vaqtining (t
l
) uskunaning shu davrdagi rejaviy vaqt fondi 
samaradorligiga (t
n
) nisbati tarzda aniqlanadi: 
(k
ex
) = (t
l
) / (t
n

Intensiv yuklama koeffitsiyenti ( k
lnt 
) – uskuna quvvatidan foydalanish 
darajasini tavsiflaydi va haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini (q
l

normativ bo‘yicha ishlab chiqarilgan maxsulot hajmiga (q
n
) nisbati tarzda 
aniqlanadi:  
(k
lnt 
) = (q
l
) / (q
n
) 
Integral yuklama koeffitsiyenti (k 
integ
)–uskunaning vaqt va quvvati 
bo‘yicha yuklamasini tavsiflaydi va uni  ekstensiv yuklama koeffitsiyenti-
ning (k
ex
) intensiv yuklama koeffitsiyentiga (k
lnt
) nisbati tarzda aniqlanadi: 
(k 
integ
)= (k
ex
) / (k
lnt

Smenalik koeffitsiyenti (k
 sm
) – barcha uskunalar ishlagan smenalar 
sonini (n) ular ishlagan mashina(stanok) kuniga (t) nisbati tarzda 
aniqlanadi:  
(k
 sm
)= (n) / (t) 
Tayanch iboralar: asosiy vositalar; hisob belgilari; hisob manbai; qay-
ta baholash; asosiy vositalar klassifikatsiyasi; asosiy vositalarni baholash; 
samarali foydalanish; fond sig‘imi; ekstensiv yuklama koeffitsiyenti. 
 
7.6. Mustaqil ishlash uchun masalalar 
 
1-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘l trnsporti asosiy 
ishlab chiqarish vositalarining yiriklashtirilgan guruhi bo‘yicha tarkibi” 
shartli statistik ma’lumotlari asosida, asosiy ishlab chiqarish vositalari 
tarkibi, uning o‘zgarishlari tavsiflansin, umumiy klassifikatsiya asosida 
yiriklashtirilgan guruhidan foydalanish afzalliklari izohlansin. 
85

7.6.1-jadval 
Yillar Jami 
Asosiy ishlab chiqarish vositalarining yiriklashtirilgan guruhi bo‘yicha 
tarkibi, jamiga nisbatan % 
Imoratlar, inshootlar, 
uzatish uskunalari. 
Transport 
vositalari. 
Mashina va 
uskunalar. 
Boshqa 
vositalar. 
2010 100 
62,8 
29,8 
4,7 
2,7 
2011 100 
59,8 
31,1 
8,2 
0,8 
2012 100 
58,1 
33,7 
7,4 
0,8 
2013 100 
59,1 
31,7 
8,3 
0,9 
2014 100 
58,9 
31,9 
8,4 
0,8 
 
2-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Lokomotiv deposi asosiy 
vositalar qiymati va ishlash muddati” shartli statistik ma’lumotlari asosida 
yemirilish, to‘liq xizmat muddati (K), o‘tgan xizmat muddati (n) va qolgan 
foydalanish xizmat muddati o‘rtacha ko‘rsatkichlari, shuningdek amorti-
zatsiya ajratmasi yillik normasi aniqlansin va ularga xos bo‘lgan jihatlar 
izohlab berilsin.  
7.6.2-jadval 
Asosiy vositalar turi. 
Normativ 
foydalanish 
muddati K, yil. 
Boshlang‘ich 
qiymat N, 
mln. so‘m 
Ishchi 
yoshi n, 
yil. 
Tugatish 
qiymati N
k , 
mln. so‘m.
1. Lokomotivlarga texnik xizmat 
ko‘rsatuvchi sex, temir betonli. 
100 112 
40 

2. Lokomotiv brigada dam oladigan 
uy, g‘ishtli. 
60 48 
15 

3. Maishiy xizmat korpusi, g‘ishtli. 
50 
28 
40 

4. EP-1 seriyali elektrovozlar, 5 
dona. 
30 130 

7,8 
5. TEP70 seriyali teplovozlar, 10 
dona. 
20 270 

16,2 
Jami - 
588 
-24,0 
 
 
7.7. Nazorat savollari 
 
1.  Asosiy fondlar ta’rifini izohlang, uning ahamiyati va zarurati nimadan 
iborat?  
2.  Asosiy vositalar iqtisodiy klassifikatsiyasi, uning ahamiyati va zarurati 
nimadan iborat?  
3.  Asosiy vositalar mavjudligini baholash usullari, ularning ahamiyati va 
zarurati nimadan iborat?  
4.  Asosiy fondlarning yemirilish darajasi va xizmat muddati ko‘rsatkich-
lari, ularning mazmuni va ahamiyati nimadan iborat? 
5.  Asosiy vositalar harakati ko‘rsatkichlari, ularning mazmuni va ahami- 
yati nimadan iborat? 
6.  Asosiy vositalardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari, ularning 
mazmuni va ahamiyati nimadan iborat? 
86

7.8. Testlar 
 
1.  Asosiy vositalarning nimadagi ifodasi asosiy fondlar deb yuriti-
ladi? 
a)  iendagi; 
b)  tovardagi; 
c)  *pul birligidagi; 
d)  xomashyodagi. 
2.  Asosiy vositlar holati va mavjudligi statistik hisobini tashkil etish 
maqsadida, uning har biriga, qanaqa raqam beriladi? 
a)  toq; 
b)  juft; 
c)  *inventar; 
d)  kvadrat. 
3.  Asosiy vositalar qiymatining o‘zgaruvi qaysi hisob yordamida 
qayd qilib boriladi?  
a)  tezkor; 
b)  qoldiq; 
c)  *beto‘xtov joriy; 
d)  tanlov. 
4.  Foydalanuvga kiritilgan joriy yil narxidagi asosiy vositalar qiymati 
qaysi qiymatni ifodalaydi? 
a)  o‘rtacha; 
b)  qoldiq; 
c)  *boshlang‘ich; 
d)  yordamchi. 
5.  Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymatidan , amortizatsiya ajratmasi 
ayrilgan qiymat, qaysi qiymatni ifodalaydi? 
a)  yordamchi; 
b)  o‘rtacha; 
c)  *qoldiq; 
d)  kelishilgan. 
6.  Asosiy vositalar qaysi qiymat bo‘yicha hisobga olinadi? 
a)  o‘rtacha; 
b)  qoldiq; 
c)  *to‘liq boshlang‘ich va qayta tiklash; 
d)  to‘liq. 
7.  Fond samaradorligi ko‘rsatkichi, asosiy ishlab chiqarish vositalari-
ning o‘rtacha yillik qiymatiga to‘g‘ri keladigan shartli tkm. yuk 
aylanmasi ko‘rsatkichi nimasi bilan tavsiflanadi? 
a)  raqami; 
87

b)  qoldig‘i; 
c)  *miqdori; 
d)  kvadrati. 
8.  Asosiy vositalar ekstensiv yuklama koeffitsiyenti, uskunaning 
rejaviy vaqt fondi samaradorligining nimasini tavsiflaydi? 
a)  kengligini; 
b)  qoldig‘ini; 
c)  *darajasini; 
d)  ayirmasini. 
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling