S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov
Fond sig‘imi ko‘rsatkichi, shartli tkm. yuk aylanmasining asosiy
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
TYTS-o'-q-uzb-l
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Asosiy vositalar intensiv yuklama koeffitsiyenti, uskuna nimasidan, foydalanish darajasini tavsiflaydi
- 8.1. Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar texnik qurollanganlik statistikasi
- Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar texnik qurollanganlik statistikasi. Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar
- 8.2. Boshqa xo‘jaliklar texnik qurollanganlik statistikasi Aloqa va hisoblash texnikasi, avtomatika va telemexanika xo‘jaligi.
- Lokomotiv xo‘jaligi texnik qurollanganligi.
- Elektrifikatsiya va elektr ta’minoti xo‘jaligi (AGO-9 shakl Hiso- bot)
- Tashishni boshqarish xo‘jaligi.
- Yuk tashish bo‘yicha tijorat ishlari xo‘jaligi.
- Yoqilg‘i-ombor xo‘jaligi.
- Avtomotorelsli transport.
- 8.3. Mustaqil ishlash uchun masalalar 1-masala.
- 8.4. Nazorat savollari
9. Fond sig‘imi ko‘rsatkichi, shartli tkm. yuk aylanmasining asosiy ishlab chiqarish vositalari o‘rtacha yillik qiymatiga, nimasi shaklida aniqlanadi? a) darajasi; b) qo‘shish; c) *nisbati; d) ayrish. 10. Asosiy vositalar intensiv yuklama koeffitsiyenti, uskuna nimasidan, foydalanish darajasini tavsiflaydi? a) sonidan; b) kompleksidan; c) *quvvatidan; d) mahsulotidan. 88 8-bob. Texnik qurollanganlik statistikasi 8.1. Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar texnik qurollanganlik statistikasi Temir yo‘l transport ishini rejalashtirish va boshqarish uchun uning korxonalari texnik qurollanganligi to‘g‘risida natural ifodadagi ma’lumot- ga ega bo‘lish kerak. Shu bois, asosiy vositalar joriy hisobi faqat pul bir- ligida emas, balki natural birligida ham ifodalanadi. Statistik hisobotda asosiy vositalar mavjudligi, holati va o‘zgarishi odatda yil boshiga, ular- ning aniq nomlari, korxona va xo‘jaliklar bo‘yicha guruhlarga ajratilib beriladi. Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar texnik qurollanganlik statistikasi. Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar texnik qurollanganlik xususidagi statistik ma’lumot- lar kundalik tezkor boshqaruv, temir yo‘l izi joriy holatini saqlash va bar- cha ta’mir turlarini rejalashtirish uchun katta ahamiyatga ega. Ular, shu- ningdek umuman temir yo‘l transporti va mamlakat ma’muriy hududlari bo‘yicha temir yo‘l izi uzunligi tavsifini beradi. Statistik yig‘ma hisobot ko‘rsatkichlari, shuningdek, ulanmaydigan izlar, termik usul bilan mustah- kamlangan relslar yotqizilganligi, izlarni turli og‘ir ballastga o‘tkazilgan- ligi, shuningdek, ta’mir ishlari mexanizatsiya darajasini tavsiflaydi. Dastlabki hisob manbai bo‘lib, AGU-4 shakl Texnik pasport va qurollanganganlik Maxsus hisob hujjatlari kitobi, xizmat qiladi. Texnik pasport, muntazam ravishda joriy ma’lumotlar yozma qayd qilinadigan va texnik qurollanganlik ifodalab boradigan, quyidagi Maxsus hisob hujjatlari asosida yuritiladi: relslarni hisobga olish kitobi; shpallarni hisobga olish kitobi; ko‘chirish strelkalari va izning yalandagi kesilish joyini hisobga olish kitobi; relslar mahkamligi, ballast, sun’iy inshootlarni hisobga olish kitobi; qordan himoyalash kartalari va boshqalar. Yo‘l oralig‘i texnik pasportidagi ba’zi jadvallarda, yo‘l xo‘jaligi elementlari har bir kilometr bo‘yicha, Kartogramma yordamida ifodalanadi. Yo‘l oralig‘i texnik pasporti ma’lumotlari asosida, har yili 1- yanvar holatiga temir yo‘l va mintqaviy temir yo‘l uzeliga oid xususiyatlari bo‘yicha guruhlangan yig‘ma Hisobot tuziladi. Yo‘l xo‘jaligi texnik qurollanganligi statistik ko‘rsatkichlari. Yo‘l xo‘- jaligi texnik qurollanganligi asosiy statistik ko‘rsatkichi bu, ”Temir yo‘l izining uzunligi” ko‘rsatkichidir. Bu ko‘rsatkichi asosida bajarilgan foyda- lanuv ishi, qurilish va yo‘l ta’miri baholanadi, temir yo‘l ishi rejalash- tiriladi va tahlil qilinadi, foydalanuvga qabul qilgan temir yo‘l izlari uzun- ligi hisobga olinadi. Temir yo‘l izining foydalanuv, qurilgan, yoyilgan, shartli, virtual uzunligi kabi turlari mavjud. Temir yo‘l izining foydalanuv uzunligi bu, bosh yo‘l o‘qlari bo‘yicha 89 o‘lchangan temir yo‘l izi uzunligidan iborat. Temir yo‘l izining qurilish uzunligi – boshqa izlarga tutashib turgan joylar orasidagi o‘qi bo‘yicha o‘lchangan , temir yo‘l izining uzunligi. Qurilish uzunligi ko‘rsatkichi qurilish ishlari hajmini rejalashtirishda va ular bajarilishi hisob- kitobida, yoyilgan uzunlikni hisoblashda qo‘llaniladi. Temir yo‘l izining yoyilgan uzunligi bu, izlarning jami qurilish uzunliklardan iborat bo‘lgan, temir yo‘l uzunligidir. Statistikada bosh yo‘l izi yoyilgan uzunligi, bekatlar izi yoyilgan uzunligi va maxsus izlarning yoyilgan uzunligi aniqlanadi. Bosh yo‘llarga, ikki bekat oralig‘idagi masofa va Tarif ko‘rsatmasida belgilab qo‘yilgan alohida punktlar chegarasigacha bo‘lgan, uning davomi kiradi. Bekatlar yo‘liga quyidagilar kiradi: alohidagi punktlar chegarasida joylashgan yo‘llar; qabul qiluvchi-jo‘natuvchi yo‘llar; saralash yo‘llari; yuk ortish va yuk tushirish yo‘llari; depo (lokomotiv va vagon xo‘jaligi)ning yo‘llari; konteyner maydoni, yoqilg‘i ombori, tozalash joyi, yuvish, vagonlarni dezinfeksiyalash joyiga olib boruvchi, ulovchi yo‘llar. Maxsus yo‘llar bu, qo‘riqlanadigan va ushlab oladigan berk yo‘llar va korxona, tashkilot vagonlarini uzatish va yig‘ishtirish uchun belgilangan hamda temir yo‘lning umumiy izi bilan uzluksiz bog‘liq va temir yo‘lga qarashli kirish yo‘llaridan iborat. Shartli uzunlik bu, temir yo‘l izining shartli uzunligining, birinchi yoyilgan bosh yo‘l uzunligi kilometrida ifodalangan uzunligidir. Shartli uzunlik hisob-kitobida ikkinchi, uchinchi va boshqa bekat va maxsus yo‘llar, shuningdek strelka o‘tkazmalari va ajratilgan tutash joylar uchun shartli koeffitsiyentlar qo‘llaniladi. Virtual uzunlik bu, to‘g‘ri gorizontal yo‘l masofasi foydalanish uzunligining kilometrda ifodalangan shartli uzunligidir. Bu ko‘rsatkich uchastkalarni o‘zaro solishtirish maqsadida foydalaniladigan tortish kuchi hisob-kitobi jarayonida, yangi temir yo‘l izlarini loyihalashda, turli variantdagi yo‘llarning foydaliligini solishtirishda qo‘llaniladi. Yo‘l ustki qurilmasi elementlarining mavjudligi, yotqizilgan va yo‘ldagilar holati bo‘yicha quyidagicha tavsiflanadi: ballast va uning turi bo‘yicha; shpallar va ularning temirbeton va yog‘och turi bo‘yicha; relslar va uning uzunligi, 1 metrning massasi, o‘tkazilgan tonnasi, ular holati bo‘yicha; biriktirish va strelka o‘tkazmalari bo‘yicha; sun’iy inshootlarning materiallari, uzunligi va qurilish yili bo‘yicha; bosh asosiy yo‘llarning profil va plani, gorizontal uchastkasi, pastlik va tikkalilik uchastkalari, egri chiziqli uchastka, shu hisobda egrilik radiusi bo‘yicha guruhlanishi. 90 8.2. Boshqa xo‘jaliklar texnik qurollanganlik statistikasi Aloqa va hisoblash texnikasi, avtomatika va telemexanika xo‘jaligi. Aloqa va hisoblash texnikasi, avtomatika va telemexanika xo‘jaligi texnik qurollanganligi to‘g‘risida AGO-5 shakl Hisobot tuziladi. Bu hisobotda, asosiy vositalar tarkibida quyidagi obyektlar hisobga olinadi: avtoblokirov- kali va markazlashgan dispetcherli, yarimavtomat blokirovkali, poyezdli radioaloqali, avtomat lokomotiv aloqali, markazlashgan elektrli strelkalar (ES) soni; SSB uskunasi; SSB, magitral liniyalar, yo‘l va operativ-texno- logik aloqa kabel va simlari uzunligi; telefon va telegraf tarmog‘i uskuna- lari; signal va aloqa oraliq masofalarining turlari hamda qo‘shimcha aloqa xizmati va ish hajmi bo‘yicha guruhlari soni; elektron hisoblash texnikasi- ning mavjudligi: EHM ish unumdorligi, shaxsiy kompyuterlarning turi, serverlari, teleqayta ishlash vositalari, ma’lumotlarni uzatish va tayyorlash, teletayplar; PEHM va chipta-kassa apparatlari uchun pechatlash uskuna- lari, beto‘xtov to‘ydirish manbalari, ASU chipta-kassa uskunasi, marshruti- zatorlar, modemlar. Lokomotiv xo‘jaligi texnik qurollanganligi. Lokomotiv xo‘jaligi texnik qurollanganligi to‘g‘risidagi statistik hisob va hisobot manbalari quyidagilardan iborat: • Lokomotiv xo‘jaligi texnik qurollanganligi to‘g‘risida, lokomotiv depolar kesimi bo‘yicha, AGO-2 shakl Hisoboti. • Tortuvchi harakatdagi tarkib, ya’ni lokomotivlar inventar parki mavjudligi to‘g‘risida , AGO- 14 shakl Hisoboti. • Tortuvchi harakatdagi tarkib, ya’ni lokomotivlar TU- 9 shakl Texnik pasporti. Lokomotiv xo‘jaligi texnik qurollanganligi AGO-2 shakl Hisobotida hisob lokomotiv depolar kesimi bo‘yicha olib boriladi. Statistik hisob va hisobotda, lokomotiv depolari quyidagi guruhlarga ajratiladi: harakatdagi tarkib tortish kuchi va rusumi bo‘yicha - teplovozli, elektrovozli, parovoz va aralash; harakatdagi tarkib bajaradigan vazifasi bo‘yicha - asosiy depo; aylanma depo, qayd qilingan lokomotivlar bilan aylanadigan; beaylanma depo, qayd qilingan lokomotiv bilan aylanmaydigan. Lokomotiv xo‘jaligi obyektlariga quyidagilar kiritiladi: lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatuv- chi punktlar (PTOL); harakatdagi tarkib tortish kuzovini yuvadigan puntklar; tortuvchi harakatdagi tarkibni qum, yoqilg‘i, surtish, suvlar bilan ta’minlovchi ekipirovka punktlari; qum qurutish, quruq qum ombori va boshqa ekipirovka uskunalari. “O‘zbekiston temir yo‘llari” K-ga tegishli tortuvchi harakatdagi tarkib, ya’ni lokomotivlar (elektrovozlar, teplovozlar, prarovozlar) va motor vagonli harakatdagi tarkib (elektr poyezdlar, dizel-poyezdlar, avtomot- 91 rislar), uning inventar parkini tashkil etadi. Inventar park lokomotiv depolari orasida taqsimlanadi, ular deponing inventar hisobiga kiritiladi va ushbu depolar balansida hisobga olinadi. Har bir lokomotiv raqamlanadi va bu raqam “Temir yo‘ldan texnik foydalanish tartibi (PTE) “ talablariga muvofiq farqlanuvchi belgiga ega bo‘lishi shart: ro‘yxatga olgan temir yo‘l texnik belgisi, nomi, ro‘yxatga olgan depo nomi, raqami, seriyasi; ishlab chiqargan zavod nomi, joyi, sanasi, konstruktiv tezligi va boshqa belgilar. Lokomotivlar inventar parki mavjudligi to‘g‘risida AGO- 14 shakl Hisoboti, har yilning 1-yanvar holatiga TU- 9 shakl Texnik pasporti asosida tortish kuchi turlari va g‘ildirak izi eni, qurish yili va konstruktiv uskunalari bo‘yicha guruhlangan holda tuziladi. Undan tashqari, har kalendar oy uchun soat 18.00 holatiga, Tortuvchi harakatdagi tarkib mavjudligi va holati to‘g‘risidagi TO-4 shakl operativ Hisobot tuziladi. Vagon xo‘jaligi. Kuzatuv obyekti bo‘lib vagon deposi xizmat qiladi. Vagon depolari vazifasi va ta’mirlash ixtisosligi bo‘yicha quyidagi guruhlaga ajratiladi: yo‘lovchi vagon deposi; yuk vagon deposi; refrijerator vagon deposi; aralash vagon deposi; yuk va yo‘lovchi vagonlar ta’mirini bajaruvchi depo; konteynerlarni ta’mirlovchi vagon deposi; undan tashqari, yuvish- bug‘lash bekatlari, texnik tekshirish punktlari (PTO), nazorat- texnik tekshirish, vagonlarni yuk ortishga tayyorlash, refrijerator va muzlatkich vagonlarining ekipirovka manzili va vagon xo‘jaligining boshqa obyektlari alohida hisobga olinadi. Hisob yuritish manbai: texnik pasport VU- 4M shakl; temir yo‘l “Ma’- lumot hisoblash markazi”dagi “Vagonlar parki to‘g‘risidagi avtomatlashti- rilgan ma’lumotlar banki”. Vagonlar temir yo‘l hisobiga va uning balansi- ga kiritiladi. Yuk vagonlari statistik hisobi VU- 4M shakl Texnik pasport asosida olib boriladi. Texnik pasport VU- 4M shakli, har bir vagon uchun bir nusxada tuziladi va unda vagonning konstruksiyaviy tuzilmasi, arava rusumi, boshlang‘ich va tiklangan qiymati, eskirish summasi, zavod ta’- mirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi. VU- 4M shakldagi Texnik pasport vagonlar qayd qilingan temir yo‘lda saqlanadi. Hozirgi vaqtda, texnik pasportdagi ma’lumotlar vagonlar, qayd qilgan temir yo‘l “Ma’lu- mot hisoblash markazi” EHM xotirasida “Vagonlar parki to‘g‘risidagi av- tomatlashtirilgan ma’lumotlar banki”- da saqlanmoqda. Vagonlar yangisini olish, vagon texnik holati bo‘yicha uni park hisobidan o‘chirish va balans- ga o‘tkazish xususidagi joriy o‘zgarishlar, hujjatlar aylanmasi belgilangan tartibida yil mobaynida EHMga kiritilib boriladi. Har yilning 1- yanvar holatiga temir yo‘l bo‘yicha “Yuk vagonlari inventar mavjudligi to‘g‘risida hisobot” tuziladi. Yo‘lovchi vagonlar. Statistikada operatsiyalar xarakteri bo‘yicha bo‘- 92 lingan yo‘lovchi operatsiyalarini bajaruvchi vagonlar deposi, bekatlari, ay- lanish punktlari va blok postlari soni to‘g‘risida; klasslar bo‘yicha bo‘lin- gan vokzallarga ega bekatlar soni to‘g‘risida; yo‘lovchilar dam olish xona- lari, ona va bola xonalariga ega bekatlar soni; kir yuvish sexlari va ular quvvati, yo‘lovchilar qo‘l yukini saqlash xonalari, shuningdek vokzal va ular atrofidagi hovlilarni sipirib-sidirish mexanizatsiya vositalariga ega bekatlar soni to‘g‘risidgi raqamlarni ishlab chiqadi. Dastlabki hisob manbai. Yo‘lovchi vagonlar inventar parkinining sta- tistik hisobini yuritishda VU- 5 shakl Texnik pasport birlamchi manba bo‘- lib xizmat qiladi. Texnik pasport VU- 5 shakli, yo‘lovchi vagon qayd qilin- gan va ro‘yxatga olgan depoda saqlanadi. Ushbu Texnik pasport asosida, Yo‘lovchi vagonlar inventar parkinining rusumi va turi bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida, AGO- 16 shakldagi yillik Hisobot tuziladi. Yo‘lovchi xo‘jaligi asosiy vositalarini tavsiflash uchun statistikada bekatlar soni, o‘tib ketish manzillari va operatsiyalar xarakteri bo‘yicha taqsimlangan yo‘lovchi ope- ratsiyalarini bajaruvchi blok postlar, shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi uskunalarning mavjudligi, yo‘lovchi xo‘jaligida qo‘llaniladi- gan avtomatizatsiya va mexanizatsiya vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqiladi. Elektrifikatsiya va elektr ta’minoti xo‘jaligi (AGO-9 shakl Hiso- bot). Kuzatuv obyekti bo‘lib, quyidagilar xizmat qiladi: elektr ta’minoti oraliq masofasi; tortish podstansiyalari, statsionar va harakatlanadigan elektrostansiyalar; temir yo‘l ishlab chiqargan va chetdan olgan elektro energiyani qayta ishlab beruvchi transformator podstansiyalari; tayyorlan- gan materiallari va balandligi bo‘yicha guruhlangan izolyatorlar, tirgak va projektor machtalari mavjudligi va holati; simlar xomashyosi, kesimi va kabel turi bo‘yicha guruhlangan elektr uzatish kabel va havodagi izlar; elektrlashtirilgan uchastkalardagi kontaktli elektr tarmoqning foydalanuv uzunligi; kontaktli elektr tarmoqning yoyilgan uzunligi. Xo‘jalikning texnik vositalari: drezina va avtomotorislar, avtomobillar, turli kranlar. Asosiy ko‘rsatkich bu, uchastkalarning elektrlashtirilgan foydalanuv- dagi uzunligi ko‘rsatkichi, u ikki guruhga ajratiladi: elektr toki turi (muqim, o‘zgaruvchan) bo‘yicha va temir yo‘l izining soni bo‘yicha. Bajargan ishini tavsiflovchi hajm ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: elektr bilan ta’minlangan oraliq masofa soni; elektr stansiyalarining belgi- langan quvvati; agregat, elektrostansiya va podstansiyalarning ishlash soa- ti; elektroenergiyani ishlab chiqarish, yetib kelishi, sarflanishi va iste’moli, shuningdek, uning transformatorlardagi nobudgarchiligi; oxirgi ikkita us- tun orasi bo‘yicha aniqlanadigan elektr tarmog‘i uzunligi; uzunligi quvvati 93 va kesimi bo‘yicha guruhlangan uchli kabel tarmoqlari. Elektrlashtirilgan uchastkadagi kontakt tarmog‘ining ekspluatatsiya uzunligi ko‘rsatkichi uchastkalarni chegaralovchi, bo‘lingan punktlar o‘q- larining orasi bo‘yicha (bekatlar, razyezdlar, quvib o‘tish punktlari) aniq- lanadi. Kontakt tarmog‘ining yoyilgan uzunligi ankerli chetga chiqish barcha yo‘llarini hisobga olgan holda ko‘rsatiladi. Agar uchastkada ikkinchi kontakt simi bo‘lsa, uning uzunligi yoyilgan uzunlikka qo‘shilmaydi. Tashishni boshqarish xo‘jaligi. Kuzatuv obyekti bo‘lib, quyidagilar xizmat qiladi: temir yo‘l izlari va toifaliligi (класс) bo‘lgan, shuningdek, vazifasi va bajaradigan ish xislati bo‘yicha mintaqaviy temir yo‘l uzellari, bekat va boshqa alohida punktlar; uzunligi bo‘yicha guruhlangan qabul qi- lish-jo‘natish va saralash izlari; manyovr va yuk ishlari dispetcher boshqa- ruvi mavjud bekatlar; manyovr lokomotivlar, poyezdlar yaqinlashuvi to‘g‘- risidagi ma’lumotlar uchun teletayp apparati, harakatdagi tarkib kelganida va jo‘natish parkiga o‘tkazilganida tekshiruv ma’lumotlarini yozish uchun magnitofon va boshqalarga ega bekatlar. Statistik hisob hujjatlarida, shu- ningdek quyidagilari mavjud bo‘lgan bekatlar, alohida ko‘rsatiladi: avto- matli, mexanizasiyalashgan, mexanizatsiyalashmagan saralash tepaligi bo‘lgan bekatlar; yarim tepalik va qiyali tortma, surish va tepalikdan tushirish yo‘llari bo‘lgan bekatlar; avtomatlashtirilgan tepalik markazi, temir yo‘llarda qo‘llaniladigan tepalik programmasi va boshqa uskunalari bo‘lgan bekatlar; yuk va poyezd hujjatlarini, saralash varaqlarini jo‘natish uchun pnevmatik, elektrik va mexanik pochta bilan jihozlangan bekatlar. Yuk tashish bo‘yicha tijorat ishlari xo‘jaligi. Kuzatuv obyekti – yuk ortish, yuk tushirish operatsiyalarini bajarish, saqlash va yuklarni qayta ishlash, yuk omborlari, maydoni ko‘rsatilgan ochiq va berk platformalar; katta tonnali konteynerlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan konteyner maydonlari; balandroq temir yo‘l izi va estakadalar; yuk hujjatlarini rasmiylashtirish, yuklarni qabul qilish va topshirish hamda boshqa ishlarni bajarish Tovar idorasi; ta’mir-mexanika ustaxonasi; turli ortish-tushurish texnik vositalaridan iborat. Statistik hisobotda quyidagilar soni to‘g‘risida ma’lumot beriladi: yuk omborlari; ochiq va berk turdagi platformalar; saralash platformalari may- doni bilan; konteyner maydonlari, shu hisobda katta tonnali konteynerlarni qayta ishlash maydoni; balandroq izlar va estakadalar; tashish hujjatlarini rasmiylashtirish, yuklarni qabul qilish va berish va boshqa ishlar Tovar kontorasi; ta’mir mexanika ustaxonasi; muz tayyorlash zavodlari ularning o‘rtacha sutkaviy unumdorligini ko‘rsatib; turli ortish-tushirish vositalari yuk ko‘tarish va ixtisosligi bo‘yicha guruhlangan kranlar, avtoyuk ortish va 94 elektr yuk ortish vositalari, avtomashinalar. Yuk tashish bo‘yicha tijorat ishlari xo‘jaligi bo‘yicha, AGO-7 shakl Umumlashtirilgan hisobot tuziladi. Umumlashtirilgan AGO-7 shakl hisobotda quyidagilar mavjudlik ko‘r- satkichlari keltiriladi: statsionar bug‘ qozonlari, birlamchi dvigatellar, ge- neratorlar, kuch transformatorlari, elektromotorlar, havo kompressorlari ularning tavsiflari bilan, ko‘tarish-transport mexanizmlari, kuydirish agre- gatlari, eritish va qizdirish mashina va mexanizmlari, metall qirquvchi va daraxt qiruvchi stanoklar, temir presslash uskunalar ma’lum klassifikatsi- yasi bo‘yicha. Uskunalar samarali ishlatilishini tavsiflash maqsadida quyidagi koeffitsiyentlar aniqlanadi: ekstensiv yuklama koeffitsiyenti ex K , uskuna haqiqatda ishlagan vaqtining normativ vaqt fondi nisbatiga teng; intensiv yuklama koeffitsiyenti int R , uskunaning haqiqiy quvvati pasportida ko‘rsatilgan potensial quvvatga nisbati tarzida aniqlanadi; integral yuklama koeffitsiyenti g R int , uskuna haqiqiy bajargan ishini pasportda ko‘rsatilgan potensial ish hajmiga nisbatini ko‘rsatadi. Yoqilg‘i-ombor xo‘jaligi. Yoqilg‘i-ombor xo‘jaligi bo‘yicha texnik qurollanganlik quyidagi ma’lumotlarni umumlashtirish asosida olinadi: yoqilg‘i bazasi mavjudligi to‘g‘risida, shu hisobda suyuq yoqilg‘i uchun yoqilg‘i bazasi mavjudligi va uning foydali hajmi; tushirish estakadalari, neft mahsulotlari uchun rezervuarlar, dizel yoqilg‘isi, yoqilg‘i mazuti, dizel yog‘i, o‘qlar yog‘i uchun va ularning hajmi to‘g‘risida; buldozerlar, traktorlar, avtoortish va yoqilg‘ini avtoquyish ortish-tushurish texnikasi to‘g‘risida. Avtomotorelsli transport. Avtomotorelsli transport bo‘yicha statistik Hisobotda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: avtomotris, avtodrezina, seriyalari bo‘yicha alohida ko‘rsatilgan motodrezina, motovozlar. Avtomobil transporti bo‘yicha TR-1 (avtotransport) statistik Hisobot- da quyidagi ma’lumotlar shakllanadi: turlari bo‘yicha yuk avtomobillari mavjud soni, toifalari bo‘yicha yo‘lovchi avtobuslari, yengil avtomobillar, pikaplar va yengil furgonlar, maxsus avtomobillar. Yuk avtomobillari va avtobuslar konstruksiyasi bo‘yicha guruhlarga ajratiladi: benzin, dizel yoqilg‘isi va boshqa yoqilg‘i ishlatadiganlar. Avtomobillar foydalanuvda bo‘lish vaqti bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Hisobotda avtomobillar ishi va foydalanuvi yuk va yo‘lovchi tashish bo‘yicha guruhlanadi: yuk tashish bo‘yicha – tashilgan yuklar, yuk aylanmasi, umumiy bosgan masofasi; avtobus va yengil avtomobillar bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni, yo‘lovchi aylanmasi, bosgan masofasi. Undan tashqari, statistikada avtotransportning quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlari hisobga olinadi: avtomobillardan foydalanish natijasida olingan daromad va xarajatlar. 95 Tayanch iborlar: texnik qurollanganlik; ma’lumot manbai; hisobot shakllari; yo‘l xo‘jaligi; temir yo‘l izi uzunligi turlari; aloqa va hisoblash texnikasi, avtomatika va telemexanika xo‘jaligi texnik qurollanganligi; lokomotiv depolar; yuk tashish tijorat ishlari; yoqilg‘i-ombor xo‘jaligi; avtomotorelsli transport; avtomobil transporti. 8.3. Mustaqil ishlash uchun masalalar 1-masala. Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar texnik qurollanganligi statistika- sida qo‘llaniladigan temir yo‘l izining foydalanuv, qurilgan, yoyilgan, shartli, virtual uzunliklari ko‘rsatkichlari ta’rifi jadval shaklida ifodalansin va ularning o‘zaro farqlari izohlansin. Temir yo‘l izi uzunligi ko‘rsatkich- lar ta’rifi asosida nimalar baholanishi, rejalashtirilishi va tahlil qilinishi jadvalda ko‘rsatilsin. 2-masala. Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar texnik qurollanganlik ko‘rsat- kichlari uchun dastlabki hisob ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladigan AGU-4 shakl Texnik pasport va qurollanganganlik Maxsus hisob hujjatlar kitobi asosiy mazmunlari va farqlari jadval shaklida ifodalansin va ular farqlari izohlansin. Ushbu dastlabki hisob manbalari qayerda va nima maqsadda qo‘llanilishi jadvalda ifodalab berilsin. 8.4. Nazorat savollari 1. Yo‘l xo‘jaligi texnik qurollanganlik ko‘rsatkichlari, ular zarurati va ahamiyati nimadan iborat? 2. Temir yo‘l izining qurilish uzunligi, uni hisoblash usuli, mazmuni va zarurati nimadan iborat? 3. Temir yo‘l izining yoyilgan uzunligi, uni hisoblash usuli, mazmuni va zarurati nimadan iborat? 4. Temir yo‘l izining shartli uzunligi, uni hisoblash usuli, mazmuni va zarurati nimadan iborat? 5. Aloqa va hisoblash texnikasi, avtomatika va telemexanika xo‘jaligi texnik qurollanganligi to‘g‘risida AGO-5 shakl Hisoboti, uning mazmuni va ahamiyati nimadan iboratligi izohlansin. 6. Temir yo‘l transporti boshqa xo‘jaliklarining texnik qurollanganlik ko‘rsatkichlari, ularning zarurati va mazmuni nimadan iborat? 7. Yo‘l xo‘jaligi texnik qurollanganligi to‘g‘risidagi AGU-4 shakl Texnik pasporti, uning mazmuni va ahamiyati nimadan iboratligi izohlansin. 8. Yo‘l xo‘jaligi texnik qurollanganligi to‘g‘risidagi Maxsus hisob hujjatlari kitobi, unig mazmuni va zarurati nimadan iborat? 9. Yuk tashish tijorat ishlari xo‘jaligi bo‘yicha statistik hisobotidagi ma’lumot, ular mazmuni va ahamiyati nimadan iboratligi izohlansin. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling