S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
TYTS-o'-q-uzb-l
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temir yo‘l izining foydalanuv uzunligi, qaysi yo‘l o‘qlari bo‘yicha o‘lchangan, temir yo‘l izi uzunligidan iborat
- Texnik pasport qaysi hisob hujjatlari kitobi asosida yuritiladi
- Relslarni hisobga olish kitobida, ularning yemirilish nimasining bayoni beriladi
- Ko‘chirish strelkalarini hisobga olish kitobida, ular o‘rnatilgan nimasining tavsifi beriladi
- Yo‘l oralig‘i texnik pasporti ma’lumotlari asosida, mintqaviy temir yo‘l uzeli kesimi bo‘yicha guruhlangan, qaysi Hisobot tuziladi
- 9-bob. Kapital qo’yilmalar, kapital qurilish va yangi texnika statistikasi 9.1. Kapital qo‘yilmalar, kapital qurilish va qurilish tannarxi
- Kapital qurilish statistikasi.
- Qurilish tannarxi statistikasi.
- 9.2. Harakatdagi tarkib, konteyner va uskunalar xaridi statistikasi
- 9.3. Asosiy vositalar kapital ta’miri va yangi texnika statistikasi
- Yangi texnika statistikasi
- 9.4. Mustaqil ishlash uchun masalalar 1-masala
- 9.6. Testlar 1. Mavjud asosiy vositalarni yangilash va rekonstruksiyalashga yo‘naltirilgan nimalar jami kapital qo‘yilmalar deb ataladi
- 2. Rejalashtirish va tahlil bilan bog‘liq moliya masalalari yechimi uchun kapital qo‘yilmalari qaysi manbai bo‘yicha guruhlanadi
- 4. Yangi temir yo‘l izlarini nima qilish, kapital mablag‘larni o‘zlash- tirish asosiy shakllaridan birini tashkil etadi
96 8.5. Testlar 1. Nima, yo‘l xo‘jaligi texnik qurollanganligi to‘g‘risida, ma’lumot beruvchi manba bo‘lib nima xizmat qiladi? a) yuk xati; b) chipta; c) *texnik pasport; d) inventar. 2. Temir yo‘l izining foydalanuv uzunligi, qaysi yo‘l o‘qlari bo‘yicha o‘lchangan, temir yo‘l izi uzunligidan iborat? a) qurilish; b) bekat; c) *bosh yo‘l; d) oraliq. 3. Temir yo‘l izi bosh yo‘llariga, ikki bekat oralig‘idagi masofa va Tarif ko‘rsatmasida belgilab qo‘yilgan alohida punktlar qayeriga- cha bo‘lgan davomi kiradi? a) bekatgacha; b) strekagacha; c) *chegarasigacha; d) chiroqqacha. 4. Texnik pasport qaysi hisob hujjatlari kitobi asosida yuritiladi? a) kichik; b) katta; c) *maxsus; d) normativ. 5. Texnik qurollanganlik to‘g‘risidagi Maxsus hisob hujjatlari kitobi- da qaysi ma’lumotlar qayd qilinadi? a) oddiy; b) o‘rtacha; c) *joriy; d) rejaviy. 6. Relslarni hisobga olish kitobida, ularning yemirilish nimasining bayoni beriladi? a) rangining; b) nomining; c) *miqdorining; d) rejasining. 7. Shpallarni hisobga olish kitobida, ularning mavjud nimalari bayoni beriladi? a) ranglari; 97 b) b qiyalari; c) *nuqsonlari; d) normalari. 8. Ko‘chirish strelkalarini hisobga olish kitobida, ular o‘rnatilgan nimasining tavsifi beriladi? a) rayonining; b) shaharining; c) *joyining; d) vokzalining. 9. Yo‘l oralig‘i texnik pasportida, yo‘l xo‘jaligi nimalari, har bir kilometri bo‘yicha ifodalanadi? a) mixlari; b) toshlari; c) *elementlari; d) tuproqlari. 10. Yo‘l oralig‘i texnik pasporti ma’lumotlari asosida, mintqaviy temir yo‘l uzeli kesimi bo‘yicha guruhlangan, qaysi Hisobot tuziladi? a) sutkaviy; b) dekadali; c) *yig‘ma; d) jadvalli. 98 9-bob. Kapital qo’yilmalar, kapital qurilish va yangi texnika statistikasi 9.1. Kapital qo‘yilmalar, kapital qurilish va qurilish tannarxi statistikasi Kapital qo‘yilmalar statistikasi. Muntazam ortib borayotgan tashish hajmi va yuk turlarini o‘zlashtirish uchun, temir yo‘l transporti texnik qurollanganligini doimo to‘ldirish va muntazam yangilash hamda ular statistik kuzatuvini olib borish zarur. Kapital qo‘yilmalar. Mavjud asosiy vositalarni yangilashga va rekon- struksiya qilishga yo‘naltirilgan harajatlar jami kapital qo‘yilmalar deb ata- ladi. Rejalashtirish va tahlil bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator masalalarini yechish uchun kapital qo‘yilmalari quyidagi xususiyatlari bo‘yicha guruh- lanadi: moliyalashtirish manbai, o‘zlashtirish shakli, yo‘nalishi, vazifasi, hududiy-boshqaruv bo‘linishi va boshqalar. Temir yo‘lda kapital qo‘yilma- lar quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi: xususiy va boshqa tashkilotlar mablag‘laridan, shuningdek, kreditlar shaklida jalb etilgan mablag‘lardan. Kapital mablag‘larni o‘zlashtirish asosiy shakllari quyidagilardan iborat: yangi temir yo‘l izlarini, ikkinchi izlarni, sun’iy qurilmalarni qurish, usku- nalar xaridi, montaji va boshqalar. Ana shu guruhlash asosida kapital qo‘- yilmalar tarkibi tavsiflanadi. Kapital qo‘yilmalar asosiy qismi qurulishga va birinchi navbatda yangi texnika, kompleks mexanizatsiyani joriy qilish va ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishga yo‘naltiriladi. Kapital qo‘yilmalar yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi turlarga ajratiladi: yangi quru- lishga, kengaytirishga, rekonstruksiyaga, texnik qayta qurollanishga va modernizatsiyaga. Kapital qo‘yilmalar statistikasi asosiy ko‘rsatkichlari. Kapital qo‘yilmalar statistikasi asosiy ko‘rsatkichlari kapital qo‘yilma hajmi va kapital qo‘yilmalar salmog‘i ko‘rsatkichlaridan iborat. Kapital qo‘yilma hajmi ko‘rsatkichi - smeta narxida ifodalangan kapital qo‘yilmalar miqdorini tavsiflaydi. Kapital qo‘yilma salmog‘i ko‘rsatkichi kapital qo‘yilmalar miqdorining asosiy fondlar qiymatiga nisbatini tavsiflaydi. Kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish shakliga qarab, temir yo‘l transporti statistikasida quyidagi bo‘limlar alohida ajratib ko‘rsatiladi: kapital qurilish statistikasi; harakatdagi tarkib va ishlab chiqarish uskunalari haridi statistikasi; kapital ta’mir statistikasi. Kapital qurilish statistikasi. Kapital qurilish statistikasi kompleks qurilish ishlari, qurilayotgan obyekt uskunalari va alohida konstruksiyalar montaj ishlarini ham o‘z ichiga olgan qurilish ishlab chiqarish masalalarini 99 o‘rganadi. Qurilish ishlariga quyidagilar kiradi: imorat va inshoot qurish, ularni qaytadan qurish va kengaytirish; imorat va inshoot tarkibiga kiruvchi qurilish konstruksiyalarining montaji (metalli, temirbetonli, yog‘ochli), aloqa simi va elektroenergiyani uzatish liniyasining jihozlari, qurilma va imoratlari tarkibiga kiruvchi qurilish konstruksiyalarining (metall, temirbetonli, yog‘ochli) montaji; sanitar-texnikaviy uskunalar va yoritish tarmog‘ini qurish; ichimlik suvi quvuri, kanalizatsiya, issiqlik va gaz tarmoqlari va uskunalarini qurish; uskuna tagidagi tayanch konstruksiyalarning poydevori va uning tagi va boshqalar. Uskunalar montaj ishlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish, texnologik va boshqa uskunalarni yig‘ish va o‘rnatish; montaj qilinayotgan uskuna tarkibiga kiruvchi sanoat o‘tkazmasining qurilmasi va boshqalar. Tugallanmagan ishlab chiqarish bu, kelishuvda shartlangan, buyurtma shartiga binoan, ishga solib bo‘lmaydigan qurilishi tugallanmagan inshoot yoki montaji tugallanmagan uskuna. Kapital qurilish statistikasi quyida- gilarni o‘rganadi: kapital qurilmalar tarkibi va o‘zlashtirish sur’ati; qurilish industriyasining rivojlanishi; qurilish ishlarining mexanizatsiya darajasi; qurilish tashkilotlarining ixtisosligi; qurilishdagi mehnat unumdorligining darajasi va dinamikasi; qurilish-montaj ishlari tannarxining darajasi va o‘zgarishi. Kapital qurilish statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari. Asosiy ko‘rsat- kichlari quyidagilardan iborat: mahsulot, ya’ni bajarilgan qurilish va mon- taj ishlari, asosiy fondlarni foydalanishga kiritish, qurilish mahsuloti tan- narxi. Qurilish maxsuloti tugallangan va tayyor turlarga bo‘linadi. Tugalla- gan mahsulot, bu hisobot davrida qurilishi batamom tugallangan obyekt. Qurilish mahsulotlari smeta narxi yoki bir dona qurilish ishlarining amaldagi bahosi va uskunalarni montaj qilish ishlari narxlari bo‘yicha hi- sobga olinadi. Qurilish obyektlari smeta qiymatiga qurilish-montaj va pro- yekt-qidiruv ishlar, uskunalar qiymati, ustama xarajatlari, shuningdek, qu- rilish tashkilotining harakati bilan bog‘liq qurilayotgan korxonalar uchun kadrlarni tayyorlash xarajatlar qiymati kiradi. Qurilish ishlarini qabul qilish yoki qurilish obyektlari va boshqa asosiy fondlarni ishga tushirish momenti bo‘lib, ularni foydalanishga qabul qilish sanasi xizmat qiladi. Hisobga olish manbai. Hisobga olish manbai bo‘lib, bajarilgan ishlarni qabul qilish Dalolatnomasi xizmat qiladi. Ushbu Dalolatnoma ishni qabul qilgan buyurtmachi, ishini topshirgan pudratchi, ish bajarilishini moliyaviy nazorat qilib turgan va qurilishni moliyalashtirib turgan bank vakili tomonidan imzolanadi. Statistik hisobotlarda kapital qurilish hajmi ishlab chiqarish usuli va ishni bajaruvchilar, temir yo‘l xo‘jaliklari va ish turlari, qurilish obyektlari ishlab chiqarish vazifasi, moliyalashtirish manbalari va 100 boshqalar bo‘yicha guruhlanadi. Qurilish ishlari ikki usulda bajariladi – pudrat va xo‘jalik. Pudrat usulidagi qurilish. Kapital qurilishining asosiy qismi pudrat usulida bajariladi, ya’ni ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari bajaradi. Xo‘jalik usulidagi qurilish-montaj ishlarini, qurilish uchun kredit bergan tashkilot olib boradi. Xo‘jalik usuli unchalik katta bo‘lmagan ish hajmida, qulay, mavjud pudrat qurilish tashkilotlaridan foydalanish qiyinchilik tug‘dirsa, yangisini tuzish esa iqtisodiy nomuvofiq bo‘lsa, u holda xo‘jalik usulidan foydalanish samaralidir. Statistika hisobotida qurilish ishlari quyidagicha guruhlanadi: 1. Turlari bo‘yicha – yangi temir yo‘l izlari, temir yo‘l izlarini mustahkamlash, ikkinchi yo‘llar. 2. Temir yo‘l xo‘jaliklarining sohalari bo‘yicha – elektrlashtirish va elektr ta’minoti, yo‘l va inshootlar, lokomotiv, vagon va boshqalar. 3. Obyektlarning ishlab chiqarishdagi vazifalari bo‘yicha – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish. Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi qurilish obyektlariga temir yo‘l transportining ekspluatatsiya va sanoat faoliyatiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan imorat, inshoot, uskunalar montaji va qurilishlari kiradi. Noishlab chiqarish yo‘nalishidagi qurilish obyektlariga turar joy, maktab, bolalar bog‘chasi, shifoxona, poliklinikalar kiradi. Hisobotda, kiritilayotgan asosiy ishlab chiqarish fondlari, quyidagi xu- susiyatlari bilan tavsiflanadi: reja bo‘yicha va haqiqatda qurilishni tugal- lash sanasi; proyekt bo‘yicha va haqiqatda ishlab chiqarish quvvati; asosiy fondlar qiymati; kapital qo‘yilmalar mablag‘i; tugallanmagan qurilish pul birligida. Turar joy qurish obyektlari uchun quyidagilar ko‘rsatiladi: umu- miy foydalanish maydoni; haqiqiy qiymati; o‘tirish joyi soni bilan ifoda- langan quvvati (maktab, bolalar bog‘chasi va yaslisi, shifoxona) va bosh- qalar. Qurilish tannarxi statistikasi. U xarajatlar darajasi va tarkibini, ular dinamikasini, tannarxni kamaytirish topshirig‘ini bajarilishi, qurilish tan- narxini pasaytirish yoki oshishga olib keluvchi sabablarni aniqlash, qurilish ishlari tannarxi indeksini hisoblashni o‘rganadi. Reja bajarilishini nazorat va tahlil qilish uchun qurilish-montaj ishlarning haqiqiy tannarxi umuman va xarajat elementlari bo‘yicha smetadagi va rejadagi tannarx bilan solish- tiriladi. Qurilish-montaj ishlarining haqiqiy tannarxi ularning smetadagi tannarxi bilan solishtirilib, haqiqiy xarajatning smetadagi xarajatga nisba- tan o‘zgarishi aniqlanadi. Xuddi shunday, haqiqiy tannarx rejadagi bilan solishtirilib, rejali jamg‘arish va qurilish- montaj ishlari qiymatini kamay- tirish bo‘yicha reja topshirig‘i bajarilish darajasi aniqlanadi. Qurilish obyektlarini ishga tushirish rejasi bajarilishini baholash uchun 101 ular tayyorligi va ortiqcha bajarilgan ishlar ko‘rsatkichi aniqlanadi: tayyor- lik koeffitsiyenti K q bu, obyekt qurilayotgandan beri bajarilgan ishlar smeta qiymatining ularning umumiy smeta qiymatiga nisbati; ortiqcha bajarilgan ishlar koeffitsiyenti K s bu, ortiqcha ishlarning umumiy ishlar qiymatiga nisbati. Statistikada, shuningdek chiqish koeffitsiyenti K v aniqlanadi. Bu koeffitsiyent – bajarilgan ishlar samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘lib, ishga tushirilgan asosiy fondlar qiymatining barcha bajarilgan ishlar qiymati nisbatiga teng. 9.2. Harakatdagi tarkib, konteyner va uskunalar xaridi statistikasi Temir yo‘l transporti asosiy fondlarining kengaytirilgan qayta ishlab chiqarilishi, yangi harakatdagi tarkib, konteynerlar, turli uskunalar, asbob va inventarlar xaridi kapital qo‘yilmalar rejasi asosida amalga oshiriladi. Lokomotiv, vagon, konteyner, uskunalar yetkazib berish hisobi yil boshi- dan bir tartibda amalga oshiriladi, bu esa plan bajarilishi darajasini baho- lashga imkon beradi. Harakatdagi tarkib, konteyner va uskunalarni yetka- zib berish statistik hisobi quyidagicha olib boriladi: umumiy bahodagi qiymat ifodasida va jismoniy birlikda; uskuna, asbob va inventarlar esa qiymat ifodasida. Statistikada, harakatdagi tarkibni yetkazib berish, uning quyidagi alohida turlari va rusmlari bo‘yicha hisobga olinadi: lokomotivlar, vagonlar, yo‘lovchi vagonlar. Lokomotivlar, o‘z navbatida, teplovoz, dizel-poyezd, elektrovoz, elektroseksiya, parovoz, avtomotritsa turlariga bo‘linadi. Har bir turning ichida esa rusumlarga bo‘linadi: yuk vagonlari – turlariga; yo‘lovchi vagonlar – xillarga bo‘linadi. Hisob momenti. Harakatdagi tarkib, konteyner va uskunalarni yetkazib berish, asbob-uskuna va inventar xaridi schetlar to‘lov momenti bo‘yicha hisobga olinadi. Dastlabki hisob manbai. Hisob shartnoma va boshqa buxgalteriya hujjatlari hisobning birinchi manbalari bo‘lib xizmat qiladi. 9.3. Asosiy vositalar kapital ta’miri va yangi texnika statistikasi Bino va inshootlar kapital ta’mirida, odatda, eskirgan konstruksiya va detallar olib tashlanadi va ular ta’mirlanayotgan obyektlar ekspluatatsiya imkoniyatini yaxshilovchi yanada mustahkam va tejamlisiga almashtiri- ladi. Undan tashqari, kapital ta’mir mablag‘i hisobidan bekatlarni kengay- tirish, ikkinchi yo‘llarni qurish ishlari amalga oshiriladi. Bino va inshootlar kapital ta’miri xo‘jalik va pudrat usulida, ya’ni ixtisoslashgan maxsus ta’- mir korxonasi bajaradi. Harakatdagi tarkib kapital ta’miri, odatda, ixtisos- lashgan zavodda markazlashgan remont ishlar fondi hisobidan bajariladi. Dastlabki hisob manbai. Kapital ta’mir hisobining dastlabki manbai bo‘lib, ishlarni qabul qilish Dalolatnomasi xizmat qiladi. 102 Kapital ta’mir statistikasining vazifasi temir yo‘l transporti asosiy vosi- talari kapital ta’miri bo‘yicha belgilangan reja bajarilishini hisobga olish va bajarilgan kapital ta’mir ishlar hajmini tavsiflashdan iborat. Asosiy vosita- lar kapital ta’mir rejasi temir yo‘l, sanoat korxonalari, qurilish va temir yo‘l transporti boshqa tashkilotlari uchun bir yilga joriy yilning smeta narxlarida va jismoniy birlikda belgilanadi. Kapital ta’mir ish hajmi ta’mir obyektlari, xo‘jalik tarmoqlari, ish turlari, reja tituli bo‘yicha guruhlanadi. Xo‘jaliklar bo‘yicha asosiy vositalar kapital ta’miriga ishlatilgan mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin va ular katta ahamiyatga ega. Yangi texnika statistikasi. Ishlab chiqarish jarayonining texnik dara- jasini baholash muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish jarayoni texnik darajasini baholashda umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar sifatida mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi qo‘llaniladi. Xarajatlar umumiy tejami va ishchi kuchi nisbiy kamayishi ilg‘or texnologiyani, ishlab chiqarishga mexanizatsiya va avtomatizatsiyani, elektron hisoblash texnikasidan foydalanishni joriy etish, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish va uskunalar modernizatsiyasini egallash natijasida erishiladi. Temir yo‘l qayta qurollanganligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi: umumiy ish hajmida, progressiv tortish kuchi (elektr va dizel) bilan bajarilgan yuk aylanmasi va yo‘lovchi aylanmasi- ning ulushi hamda manyovr ishi; avtoblokirovka va markazlashgan dis- petcherlik, avtomatlashgan lokomotiv signali va avtostop uskunalari bilan jihozlangan uchastkalarning temir yo‘l umumiy foydalanuv uzunligidagi ulushi; optik-simli aloqa liniyasi uzunligi, R-75 relsli temir yo‘l izi uzunligi; ulovsiz yo‘l izi uzunligi; yuqori quvvatli, katta yuklamali va ishonchli lokomtivlardan foydalanish ulushi. Tayanch iboralar: kapital qo‘yilmalar; kapital qurilish; qurilish tannarhi; harakatdagi tarkib xaridi; uskunalar xaridi; asosiy fondlar kapital ta’miri; yangi texnika; progressiv tortish kuchi; avtoblokirovka; yuqori quvvatli lokomtivlar; avtostop uskunalari; avtomatlashgan signal; optik- simli aloqa liniyasi; yuqori quvvatli. 9.4. Mustaqil ishlash uchun masalalar 1-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Kapital qurilish obyektlari- ning smeta qiymati, tayyorligi va ishga tushirilishi” shartli statistik ma’lumotlar asosida qurilish obyektlari bo‘yicha tayyorlik va ortiqcha ishlar tahlili bajarilsin, xulosa chiqarilib takliflar bildirilsin. 103 9.4.1-jadval Obyekt raqami Obyektning smeta qiymati, mln. so‘m Qurilish boshidan beri bajarilgan, mln.so‘m Ishga solindi, mln.so‘m Tugallanmagan qurilish hisobot davri oxirida, mln.so‘m Tayyorlik darajasi, % Ortiqcha ishlar % 1. 70,0 70,0 70,0 - 100 - 2. 70, 35,0 - 35,0 50,0 50,0 3. 70,0 - - - - - Jami: 210,0 105,0 70,0 35,0 50,0 16,7 2-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘l transportida hara- katdagi tarkib xaridining dinamikasi” shartli statistik raqamlar asosida te- mir yo‘l transporti xo‘jaliklari bo‘yicha asosiy fondlar xaridiga ishlatilgan mablag‘lar tarkibi dinamikasining tahlili bajarilsin, unga oid xarid qilingan harakatdagi tarkib turlari izohlansin, ularga oid xulosa va takliflar berilsin. 9.4.2-jadval T/r Xarid qilingan harakatdagi tarkib turlari 2010 y. 2011 y. 2012 y. 2013 y. 2014 y. 1. Magistral elektrovozlari. 11 12 13 15 24 2. Teplovozlar jami, shundan: a Magistral teplovozlari 9 10 12 20 25 b Manyovr teplovozlari 3 4 - - - 3 Vagonlar jami, shundan: a Yuk vagonlari 12 24 98 120 200 b Yo‘lovchi vagonlar 112 122 120 142 150 4 Koteynerlar jami, shundan: 165 175 199 201 292 a Katta tonnali konteynerlar 100 75 92 78 98 3-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘lda progressiv tortish kuchi bilan bajarilgan yuk aylanmasi va foydalanishdagi temir yo‘l uzunligi ulushining dinamikasi,” shartli statistik raqamlar asosida temir yo‘lda qo‘llanilayotgan progressiv tortish kuchidan foydalanish darajasi tahlil qilinsin, uning ahamiyati va zarurati izohlansin, yangi texnika qo‘llanilganlik darajasiga baho berilsin. 9.4.3-jadval Yillar Temir yo‘l umumiy foydalanish uzunligida Yuk aylanmasida, ekspluatatsiya t.km. elektrifikatsiyali uchastkalar ulushi, % teplovozli uchastkalar ulushi, % elektrovozlar bilan bajarilgan yuk aylanmasi teplovozlar bilan bajarilgan yuk aylanmasi 1991 10 64 60,4 39,6 1995 21 65 61,5 38,5 2010 35 79 62,3 37,7 2014 36 64 63,0 37,2 104 4-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘l transporti xo‘ja- liklari bo‘yicha asosiy vositalar kapital ta’miriga ishlatilgan mablag‘lar tarkibi dinamikasi” shartli statistik raqamlar asosida temir yo‘l xo‘jaliklari bo‘yicha asosiy fondlar kapital ta’miriga ishlatilgan mablag‘lar tarkibi dinamikasi tahlili qilinsin, kapital ta’mir harajatlari katta-kichiklik omillari, ahamiyati va zaruratiga izoh berilsin. 9.4.4-jadval T/r Temir yo‘l transporti xo‘jaliklari nomi Asosiy vositalar kapital ta’miriga ishlatilgan mablag‘lar ulushi, jamiga nisbatan % 2010 y. 2014 y. 1 Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar 51,5 55,0 2 Lokomotiv xo‘jaligi 16,7 19,2 3 Vagon xo‘jaligi 9,7 10,5 4 Imorat va inshoot xo‘jaligi 3,3 2,6 5 Yo‘lovchi xo‘jaligi 4,1 4,1 6 Yuk tashish xo‘jaligi 3,3 2,6 7 Aloqa va hisoblash texnikasi, avtomatika va telemexanika xo‘jaligi 2,5 2,7 8 Elektrifikatsiya va elektr ta’minoti xo‘jaligi 2,3 2,0 9 Boshqalar 6,6 3,1 9.5. Nazorat savollari 1. Kapital ta’mir statistikasining vazifasi nimadan iborat? 2. Kapital qo‘yilmalar statistikasining predmeti va vazifasi, ularning mazmuni va ahamiyati nimadan iborat? 3. Kapital qurilish statistikasining predmeti va vazifasi nimadan iborat? 4. Qurilish tannarxi statistikasining predmeti va vazifasi nimadan iborat? 5. Harakatdagi tarkib va uskunalar xaridi statistikasining predmeti va vazifasi nimadan iborat? 6. Asosiy fondlar kapital ta’miri statistikasi predmeti va vazifasi nimadan iborat? 7. Asosiy fondlar kapital ta’miri hisobining dastlabki hisob hujjatlari, ularning mazumni va zarurati nimalardan iborat? 8. Yangi texnika statistikasi predmeti va vazifasi, ularning mazmuni va ahamiyati nimadan iborat? 9.6. Testlar 1. Mavjud asosiy vositalarni yangilash va rekonstruksiyalashga yo‘naltirilgan nimalar jami kapital qo‘yilmalar deb ataladi? a) materiallar; b) xom-ashyo; 105 c) *xarajatlar; d) yoqilg‘ilar. 2. Rejalashtirish va tahlil bilan bog‘liq moliya masalalari yechimi uchun kapital qo‘yilmalari qaysi manbai bo‘yicha guruhlanadi? a) ta’mir; b) yangilash; c) *moliyalashtirish; d) yoqilg‘i. 3. Temir yo‘l transportida, qaysi mablag‘, kapital qo‘yilmani moliya- lashtirish manbalaridan birini tashkil etadi? a) texnik; b) eski; c) *xususiy; d) yoqilg‘i. 4. Yangi temir yo‘l izlarini nima qilish, kapital mablag‘larni o‘zlash- tirish asosiy shakllaridan birini tashkil etadi? a) o‘rash; b) kamaytirish; c) *qurish; d) guruhlash. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling