S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov
Tashish statistikasining asosiy funktsiyasi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
TYTS-o'-q-uzb-l
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Statistik xisob
- 5. Foydalanish statistikasining kuzatish obyekti bo’lib
- 3-bob. Tashish statitikasi. Yuk tashish statistikasi 3.1. Yuk tashish statistikasi, uning mazmuni va vazifasi
- Tayanch iboralar
- 3.3. Yuk ortish va tushirish hisobi
2. Tashish statistikasining asosiy funktsiyasi: a) yuk, yo‘lovchilar va bagaj tashish jarayonini tashkil qiladi; b) unda variatsiyaning yo‘qligidir; c) uning o’zgaruvchanligi; d) unda to‘plam birligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar mavjudligi. 3. Statistik xisob: a) iqtisodiyot miqyosidagi xisoblar; b) tarmoq miqiyosidagi xisoblar; c) korxona miqiyosidagi xisoblar; d) davlat miqyosidagi xisoblar. 4. Temir yo’l aksionerlik jamiyati statistika hisobining boshqaruv organi – bu: a) Respublika miqyosidagi statistika tashkilotlari; b) MTU dagi statistika bo’limlari; c) viloyat miqyosidagi statistika tashkilotlari; d) statistika va hisob boshqarmasi. 5. Foydalanish statistikasining kuzatish obyekti bo’lib: a) lokomotivlar, motorvagon va vagonlarning mavjud parkining ishlovchi qismi; b) harakatlanuvchi tarkib; c) lokomotivlar, motorvagon va vagonlarning mavjud parki; d) lokomotivlar, motorvagon va vagonlarning ishlovsiz qismi hisoblanadi. 32 3-bob. Tashish statitikasi. Yuk tashish statistikasi 3.1. Yuk tashish statistikasi, uning mazmuni va vazifasi Yuk tashish statistikasi temir yo‘l transporti statistikasining, asosiy bo‘limlaridan biri. Yuk tashish statistikasi temir yo‘l transportining aso-siy vazifasi, ya’ni yuk, yo‘lovchi, qo‘l yuki tashishni o‘rganadi. Tashish statistikasining ma’lumotlari ishlab chiqarishni mamlakat miqyosida joy- lashtirish, temir yo‘l transportidan foydalanish va tashishini tashkil etish maslalarini yechish uchun keng qo‘llaniladi, uning boshqaruv tashkilot-lari uchun tezkor-taqsimlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular temir yo‘l transportining, yuk va yo‘lovchi tashish umumiy hajmidagi, salmog‘ini tavsiflashga imkon yaratadi. Yuk tashish statistikasining vazifasi. Tashish to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarning vazifalari turlicha bo‘lganligi sabab, ular quyidagi ikki guruhda ifodalanadi: a) yuk tashish statistikasining mamlakat iqtisodiyoti oldidagi vazifasi quyidagilarni tavsiflashdan iborat: temir yo‘l transporti mahsuloti va yuk tashish hajmini, umumiy transportning bir bo‘lagi tarzida, tavsiflash; mam- lakat iqtisodiyotining asosiy mahsulotlari bo‘yicha tuman va hu-dudlararo aloqani tavsiflash; aholining harakatchanlik darajasini, mam-lakat, uning alohida hudud va tashish sifati hamda iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojini qondirish darajasini ta’minlovchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish; b) yuk tashish statistikasining tarmoq, ya’ni temir yo‘l transporti oldidagi vazifasi quyidagilardan iborat: yuk jo‘natuvchilarning, tashishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini baholash va tahlil qilish uchun asos sifatida, tashish hajmi va tarkibini tavsiflash; ilmiy bashoratlash uchun tashish rivoji qonuniyatini o‘rganish; noratsional tashishni aniqlash; temir yo‘ldagi tashish sifati darajasini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish. Tayanch iboralar: asosiy vazifa; yuk, yo‘lovchi, qo‘l yuki tashish; temir yo‘l transporti mahsuloti; yuk tashish hajmi; hisobot davri; tashish ishini tavsiflash; qayta hisoblash; joriy hisobi jarayoni; tadqiqot dasturi. 3.2. Yuk tashish statistik kuzatuvini uyushtirish Yuk tashishga qo‘yiladigan asosiy talab, bu, yuk oluvchiga yuklarni but saqlagan holda o‘z vaqtida yetkazib berishdan iborat. Tashishga taqdim etilayotgan yukni, yuk jo‘natuvchi yuk oluvchi nomiga to‘ldirilgan. Yuk xati bilan birga taqdim etishi shart. Yuk xati, yuk bilan birga ketadi va manzilga yetib borgach, yuk oluvchiga yuk bilan birga beriladi. Yuk qabul qilish xati – asosiy huquqiy hujjat, ya’ni temir yo‘l bilan yuk 33 yuboruvchi orasidagi kelishuv. Yuk qabul qilish xatida jo‘natuvchi va manzil bekat nomi 4-sonli Tarif qo‘llanmasiga binoan (yuk nomini, tezlik tartibini, yuklangan vagon raqami va texnik normalarini, uning yuk ko‘tarish qobiliyatini, yuk massasi) ko‘rsatiladi. Yuk qabul qilish xati asosida, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlari , ushbu yukni tashish shartlari belgilanadi. Manzil bekatida yuk xati yuk oluvchiga beriladi. Yo‘l qaydnomasi – yuk tashishni hisobga oluvchi statistik hisob hujjatidir. U uch qismdan iborat: yo‘l qaydnomasining o‘zi, uning bo‘lagi, yuk qabul qilish chiptalari. Yo‘l qaydnomasida, yuk xatidagi ma’lumotlardan tashqari, yuklarni yetkazish muddati norma bo‘yicha va haqiqatda, bir temir yo‘ldan boshqa temir yo‘lga o‘tish bekatining kalendar shtempeli, qisqa tashish masofasi, to‘langan tashish haqi va qo‘shimcha yig‘im va boshqalar jami ko‘rsatiladi. Yuklarni jo‘natish momenti bo‘yicha Hisobot tuzish uchun quyidagi yuk hujjatlardan foydalaniladi: 9 Yuk tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘laklari, GU-29, GU-29a, GU-29b, GU-29ts, GU-30, GU-31, GU-31a. shakllari; 9 To‘g‘ri xalqaro yo‘nalishda yuk tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘laklari; 9 Qo‘l yuki vagonlarida yuk tashish Yuk-qo‘l yuki chiptasi bo‘laklari, LU-12b. shakli; 9 Vagonli yuk jo‘natmalarni yo‘lovchi poyezdlarda tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘lagi, LU-12v. shakl va ishlamaydigan park vagonlarida yuk tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘lagi, GU-64 shakl; 9 Tez buzalidigan mahsulotlarini tashish Chiptasi bo‘lagi, LU-15 shakl; 9 Xorij temir yo‘llaridan qabul qilingan yuk Chiptasi bo‘laklari, INU-3, INU-83 shakllari; 9 Suv va avtomobil transportidan qabul qilingan, to‘g‘ri -aralash yo‘nalishdagi yuklarni, uzatish Qaydnomasi, GU-41 shakl; 9 Yangi qurilishlardan qabul qilingan yuklarni topshirish Ro‘yxati, GU- 40 shakl; 9 Jo‘nashga qabul qilingan va vagonlarga ortilgan yuklar bo‘yicha bekatlar hisobotlari, GU-3; Yuklar kelish momenti bo‘yicha Hisobot tuzish uchun , quyidagi hujjatlardan foydalaniladi: 9 Yuk tashish Yo‘l qaydnomalari, GU-29a, GU-29b, GU-29ts, GU-30, GU-31, GU-31a. shakllari; 9 To‘g‘ri xalqaro yo‘nalishda yuk tashish Yo‘l qaydnomalari; 9 Vagonli yuk jo‘natmani yo‘lovchi poyezdlarda tashish Yo‘l qaydnomasi, LU-12v. shakl va Ishlamaydigan park vagonlarida yuk tashish Yo‘l qaydnomasi, GU-64 shakl; 34 9 To‘g‘ri aralash temir yo‘l – suv yo‘nalishi bo‘yicha tashish portlarida yuklarni topshirish Yo‘l qaydnomalari nusxasi; 9 Yuklarni xorij temir yo‘llariga Topshirish qaydnomalari, INU-3, INU- 83 shakllari; 9 Bir temir yo‘ldan ikkinchi temir yo‘lga yuk o‘tayotganida, Yo‘l qaydnomasi orqasida, topshiruvchi bekatning shtempeli sana bilan birga qo‘yiladi. Bu esa, yuk harakati yo‘lini belgilashga va bajarilgan tarif tonno-kilometr yuk aylanmasini taqsimlashga imkon yaratadi. Tashilgan yuk uchun jami tashish haqi, yetib kelgan so‘ngi bekatda aniqlanadi va qo‘shimcha yig‘imlar bilan, Yo‘l qaydnomasida aks ettiriladi. Tashish hujjatlari, jo‘natish va manzil bekatlarida yuklarni ham jo‘na- tish va manzil yetib kelish daqiqasi bo‘yicha, hisobga olish imkonini bera- di. Jo‘natish momenti, faqatgina, endi tashiladigan yukni qayd qiladi xo- los. Ammo, tashish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli o‘zgarish- larni hisobga olmaydi. Yetib kelish momenti, manzilga yetib kelish momenti bo‘yicha yuk tashishni hisobga olish usulida, tashish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli o‘zgarishlar hisobga olinadi. Yuklarni jo‘nashga qabul qilish Kitobi, bevosita yuk jo‘natuvchidan qabul qilingan, shuningdek, suv va avtomobil transportidan, yangi quri- lishlardan, xorij temir yo‘llaridan, boshqa temir yo‘l izlaridan qayta yuk- langan har bir alohida yuklar uchun, bekat “Tovar idorasi” da to‘ldirib boriladi. Tez buzalidigan mahsulotlarini tashish chiptalari, odatda muqim yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi va maxsus poyezdlar bilan ketadigan, yuk va qo‘l yuki vagonlarida tashiladigan mahsulotlarni rasmiylashtirishga mo‘ljallangan. Yuklarni temir yo‘ldan suv va avtomobil transportiga yoki suv va avtomobil transportidan temir yo‘lga qabul qilish yoki topshirish Qayd- nomsi, to‘g‘ri aralash (temir yo‘l suv yoki temir yo‘l avtomobil) yo‘na- lishda, bekatlarda bir transportdan boshqa transportga yuk tashishni qabul qilish yoki topshirishni, rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. To‘g‘ri xalqaro yo‘nalish bo‘yicha yuklarni uzatish Qaydnomasi. Xorij temir yo‘llariga vagonlarni o‘tkazish bekatlarida, bu qaydnoma olti nusxada tuziladi va ishtirokchi xorij davlatlar temir yo‘llari vakillari tomonidan imzolanadi. Qaydnomada, har bir uzatilayotgan yoki qabul qilinayotgan jo‘natma bo‘yicha yukning nomi va massasi, jo‘natayotgan mamlakat va bekat hamda yetib borish mamlakati va bekati ko‘rsatiladi. 35 Poyezd natura varag‘i, unda poyezd tarkibidagi barcha vagonlar raqami, poyezd massasi, konteynerlar mavjudligi va tashish jarayonini boshqarish hamda poyezdlar harakati xavfsizligi sharoitini ta’minlash to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Vagonlarni raqami bo‘yicha hisobga olish Qaydnomasi, GU-3 shakl - yuk ortish, shuningdek, ortish rejasi bajarilishi to‘g‘risidagi sutkaviy, dekadali va kalendar oy bo‘yicha operativ va statistik Hisobotni tuzish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Yo‘l qaydnomasi blankalari kitobi - vagonli, marshrutli, mayda jo‘- natmalar va konteynerlarda yuk tashishni rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. Bunday jo‘natmalarga, Yo‘l qaydnomasi bo‘laklari Ilova xati bilan bir-ga, temir yo‘l elektron hisob-kitob Markaziga taqdim etiladi. Qaydnoma har bir hisobot sutkasiga tuziladi. Yo‘l qaydnomasi koreshoklari, ya’ni bo‘laklari asosida, jo‘natma yuklangan har bir vagon bo‘yicha, yo‘l qaydnomasi blankalari kitobida quyidagi ma’lumotlar yozib boriladi: yo‘l qaydnomasi raqami; bekat va yetib borish temir yo‘li; yuk nomi; yuk guruhining nomenklatura kodi; yukning tonnadagi massasi; vagon raqami; vagonning yuk ko‘tarish imkoniyati; eksport yuklar uchun “Eksport” belgisi. Tashishga qabul qilingan yuklar nomenklatura guruhi va umumiy tarif-statistik nomenklatura shifri, 1-son Tarif qo‘llanmasiga muvofiq, qo‘yilishi shart. Jo‘natishga qabul qilingan, lekin hisobot sutkasi mobay- nida ortilmagan jo‘natmalar, “Vagon raqami” ustunida “NP” (jo‘natish-ga qabul qilingan kunda yuk ortilmagan) belgisi qo‘yiladi. Yuklarni, agar yuk jo‘natuvchi ijaraga olgan vagonlarda yoki boshqa tashkilotlarga tegishli vagonlarda tashisa, unda Yo‘l qaydnomasi bo‘lagining “Maxsus belgi” ustunida ruxsatnomaga ishora qiluvchi yozuv bo‘lishi shart. Bekat ichidagi yuk tashishga ham ana shunday ruxsat raqami va imzosi qo‘yiladi. Belgilangan muddatlarda bekatlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ –Ng “Ma’lumot hisoblash markazi” IVS-ga, markazlashgan hisob-kitob tizimi- ga qo‘shilgan bekatlar esa - “Tashish hujjatlarini qayta ishlash texnologik markazi” TexPD-ga, quyidagilarni ilova qilgan holda taqdim etadi: 9 bekat o‘zi ortgan yuklarga- Yo‘l qaydnomasi koreshoklari; yig‘ma, yig‘ma- tarqatma va chetga chiqarilgan vagonlar bo‘yicha esa – Vagon varag‘ining nusxasi; 9 xorij temir yo‘llaridan, qayta ortishsiz yoki g‘ildirak juftini almashtirish bilan suv va avtomobil transportidan Uzatish qaydnomasi asosida qabul qilingan, yangi qurulishlardan Topshirish qaydnomasi asosida qabul qilingan vagonlarga; 9 xorij temir yo‘liga tegishli vagonlardan tushurib olib qayta yuklangan 36 vagonlarga, shuningdek, mamlakat ichidagi boshqa izdagi vagonlardan tushirib olib qayta yuklangan vagonlarga –Vagon varag‘lari nusxalari. Vagon varag‘i. Bu hisob hujjati bo‘lib, u vagon raqami, Yuk xati raqamlari, jo‘natish va manzil bekatlari; yuk nomi va massasi; o‘rin soni; plombalar markasi va mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat. Manzil bekatda, yukni vagondan tushirishdan avval uni qabul qiluvchi- topshiruvchi Xodim, haqiqatda yuklar vagonlarda mavjudligini vagon varag‘i asosida solishtirib tekshiradi. Vagon varag‘i, yuklar vagonlardan haqiqatda tushurilganligini hisobga oladigan dastlabki hisob hujjati sifatida, opeartiv Hisobotda qo‘llaniladi. Kelgan yuklar kitobi, bekat “Tovar idorasi”da bekatga tushirish uchun kelgan barcha yuklarni navbatma-navbat qayd qilishga mo‘ljal-langan. Bu kitobi asosida bekatga kelgan yuklar, yuk oluvchiga berilgan va berilmagan yuklar sonini aniqlash mumkin. Yuk egasiga berilgach kitobda jo‘natma raqami, kalendar oy va sanasi bo‘yicha yozib qo‘yiladi. Yuklarni tushurish kitobi, unda bo‘shatilgan barcha vagonlar va tushi- rilgan yuklar qayd qilinadi, shuningdek, vagondan tushurilayotgan vaqtda qabul qiluvchi- topshiruvchi Xodim imzosi bilan aniqlangan ka-momad va yuklar buzulganligi, agar ular bo‘lsa, ro‘yxati beriladi; bekat yuk saroyidan yuk olib chiqib ketilganligi to‘g‘ri-sida ham yozuv bajariladi. Tayanch iboralar: hujjatlashtirish ketma-ketligi; yuk qabul qilish xati; yo‘l qaydnomasi; tashish hujjatlari; vagon varag‘i; kelgan yuklarni qayd qiluvchi kitob; tushirilgan yuklarni qayd qiluvchi kitob; yuk oluvchiga berilmagan yuklar; kamomad. 3.3. Yuk ortish va tushirish hisobi Yuk ortishni hisobga olish vazifasi tashish operativ rejasi bajarilishini kuzatish va mamlakat iqtisodiyotining yuk tashishga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlanganligini baholashdan iborat. Yuk ortish va tushurish statistik hisobi, shuningdek, temir yo‘l barcha bo‘linmalari foydalanish ishini tashkil etish, shu hisobda temir yo‘l vagonlar parkini to‘g‘ri boshqarish, yuk vagonlaridan foydalanish ko‘rsatikchlarini hisoblash uchun zarur. Kuzutish obyekti bo‘lib, vagonlarga ortilgan va tushurilgan yuklar ja- mi xizmat qiladi. O‘lchov birligi. Statistikada yuk ortish va tushurishni o‘lchash vagon va tonna hisob birligida olib boriladi. Vagon o‘lchov birligidagi yuk ortish ko‘rsatkichi, asosan foydalanish ishini tavsiflash va sifat ko‘rsatkichlarini hisoblashda, tonna birligidagi yuk ortish ko‘rsatkichi esa tashish operativ plani bajarilishini baholashda qo‘llaniladi. Hisob momenti. Yuk ortish va tushurishni hisobga olishda har bir daqi- 37 qa turi alohida ajratiladi: 1. Quyidagi hollarda, yuk ortish momenti tugagan, deb hisoblanadi: 9 umumiy foydalanuv joylaridagi yuk ortish, boshqa kenglik izidagi vagonlardan qayta ortish, avtomobil va suv transoprti yuklarini to‘g‘ri aralash yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha qayta ortish – Yo‘l qaydnomasini tuzish sharti bilan haqiqatda yuk ortish payti tugagan; 9 umumiy foydalanuvda bo‘lmagan joylardagi yuk ortish – temir yo‘l lokomotivi bilan olib chiqilgan vagon tayyorligi to‘g‘risida Xabarnoma olish payti yoki yuk jo‘natuvchi lokomotivi bilan kelishuvda belgilangan joyga yuklangan vagonni olib chiqish payti (ikkala holda ham Yo‘l qaydnomasini tuzish vaqti tugagash sharti bilan); 9 yuklarni qayta yuklashsiz, shuningdek, boshqa kenglik izlariga qo‘yish bilan yangi qurilish va xorij temir yo‘llaridan yuklangan vagonlarni qabul qilish – uzatish Qaydnomasida ko‘rsatilgan paytda rasmiylashtirish. 2.Quyidagi hollarda, yuk tushurish momenti tugagan, deb hisoblanadi: 9 to‘g‘ri aralash yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha umumiy foydalanuv joylaridagi yuk tushurish yoki boshqa kenglik temir yo‘l izidagi vagonga yoki avtomobil va suv transportiga qayta yuklash –Vagon varag‘ida belgilangan yuk tushurish vaqtining haqiqiy tugash payti; 9 umumiy foydalanuvda bo‘lmagan joylardagi yuk tushirish: • temir yo‘l vagonlar parki, shuningdek, xususiy vagonlar uchun esa ijarachiga qarashli bo‘lmagan yo‘lda yuklarni tushirish - temir yo‘l lokomotivi bilan tortib chiqilgan vagon tayyorligi to‘g‘risida Xabarnoma olish payti yoki yuk oluvchi lokomotivi bilan kelishuvda belgilangan joyga bo‘shatilgan vagonni olib chiqish payti; • umumiy foydalanuvdagi temir yo‘l iziga, belgilangan tartibda chiqishga ruxsat berilgan boshqa vazirlik hamda idoralarning korxona va tashkilotlariga tegishli vagonlar, shuningdek, arendator temir yo‘l izida yuk tushirishi mumkin bo‘lgan ijaradagi vagonlar uchun - korxonalar yordamchi yo‘liga vagonlarni yetkazish payti. Quyida keltirilgan daqiqalar, vagonlarni keltirib berish va yig‘ishtirish Qaydnomalarida ko‘rsatiladi: 9 qo‘shaloq amallar tartibidagi yukli vagonlarni, umumiy foydalanish joyiga keltirib berish – kelishuv bo‘yicha tushurish muddatining tugash payti; 9 qayta yuklashsiz yangi qurulish va xorijiy temir yo‘llarga yukli vagon- larni topshirish, shuningdek, g‘ildirak juftligini almashtirish-Uzatish qaydnomasida ko‘rsatilgan yukni topshirishni rasmiylashtirish payti; 38 9 platformadan olmasdan turib konteynerlardan yukni tushurishda-kon- teynerga yangi ortilgan yukni tashishga yoki boshqarish tartibida yuk- siz holdagi konteynerlarni jo‘natish uchun Yo‘l qaydnomasini rasmiy- lashtirish vaqti tugash payti; Yuk ortish va yuk tushurish. Yuk ortish va yuk tushurish ishi, temir yo‘lda sutkaviy hisobotning, asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi. Ular tonna va vagon o‘lchov birligida hisoblanadi. Sutkaviy o‘rtacha ma’lumotlar, reja bajarilishini nazorat qilish, mintaqaviy temir yo‘l uzellari ish darajasini solishtirish uchun qo‘llaniladi. Qayd etiladigan belgilar va guruhlash. Har bir vagon bo‘yicha, yuk ortish va yuk tushirishni hisobga olish asosiy belgilari quyidagilardan ibo- rat: yuk ortish va tushirish sanasi va vaqti; yuk ortish bekati va temir yo‘li; vagon turi va raqami; vagonning tonnada yuk ko‘tarish imkoniyati; yetib borish temir yo‘li; ortilgan yuk nomi va massasi; eksport yuk to‘g‘risidagi belgi. Mana shunday ma’lumotlar, yuk ortish va tushurish to‘g‘risida tezkor statistik Hisobot tuzish, maxsus kuzatuvlarni o‘tkazish imkonini beradi. Yuk ortish va yuk tushirish hisob belgilari. Temir yo‘lda quyidagi vagonlar, tashish uchun yuklangan vagonlar, deb hisoblanadi: 9 umumiy va noumumiy foydalanuv joylarida bevosita yuk jo‘natuv- chidan tashishga qabul qilingan yuklar bilan yuklangan; 9 avtomobil va suv(daryo va dengiz) transportidan, to‘g‘ri aralash yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha, temir yo‘lda tashishni davom ettirish uchun uzatilgan yuklar bilan yuklangan; 9 mamlakat hududida joylashgan, boshqa kenglikdagi temir yo‘l izidan tushgan yuklar bilan yuklangan; 9 yangi qurulishlarda yuklangan va yangi qurulayotgan temir yo‘l izla- ridan qabul qilingan. Foydalanuvdagi temir yo‘l bekatlarida yuklangan va yangi qurulishni tranzit bilan o‘tgan vagonlar, yangi qurulishdan qabul qilish punktida yuklanganlar hisobiga kirgizilmaydi; 9 xorij temir yo‘llaridan qayta ortishsiz qabul qilingan yoki boshqa kenglikdagi temir yo‘l iziga qo‘yilgan yukli vagonlar; 9 xorij temir yo‘llariga tegishli vagonlardan chegaradagi bekatlarda yoki qaytadan yuklash bazalarida olingan yuklar bilan yuklangan; 9 temir yo‘l parkidagi yukli vagonlar, egasi boshqa va ular tomonidan ijaraga olingan, temir yo‘l boshqaruvi maxsus ruxsati bo‘yicha, rejada belgilangan yuklarni tashish uchun, umumiy temir yo‘l iziga chiqish huquqiga ega bo‘lgan vagonlar; 9 yuk hujjatlari bo‘yicha odamlarni tashish uchun (jo‘natish bekatida faqat bir martta yuk ortishda hisobga olinadi) yuk parkidan qabul qilingan vagonlar; 39 9 yuk poyezdlaridagi yig‘ma-tarqatma va barcha poyezdlardagi (jo‘natish bekatida faqat bir martta yuk ortishda hisobga olinadi) sut vagonlari; 9 bekat ichidagi, temir yo‘l rahbariyati ruxsati asosida va kalendar oy tashish rejasida belgilangan, tashishdagi yuklar bilan yuklangan; 9 mayda jo‘natmalar va tranzit bilan birga, ularni 50 % va undan ortiq yuklari ushbu temir yo‘lning o‘zi qabul qilgan konteynerlar bilan yuklangan yig‘ma vagonlar. Mayda jo‘natmali vagonlar, yuk ortishda ortilgan yuk massasiga qarab, konteynerlar bilan esa - yukli konteynerlarni vagonga ortilgan soni bo‘yicha hisobga olinadi; 9 tirmakli uzun o‘lchamli yuklarni tashish uchun band qilingan vagonlar. Quyidagi vagonlar, yuk ortishda ∑U gr hisobga olinmaydigan vagonlar qatoriga kiritiladi: 9 “Manzili o‘zgartirilgan” shtempelli yangi va eski yuk hujjatlari bo‘yicha harakat yo‘lida yoki yetib borish bekatida manzili o‘zgartirilgan vagonlar; 9 mayda jo‘natma va konteynerlarni saralash va texnik hamda tijorat nosozligi tufayli qayta yuklangan, shuningdek, agar qayta yuklash nochegara bekatida bajarilayotgan bo‘lsa, xorij temir yo‘llariga taalluqli keng izli vagonlardan qayta yuklashda band bo‘lgan vagonlar; 9 bevosita chegara yoki davlat chegarasiga yaqin bekatda yuklangan, chet elga chiquvchi va chegara bekatga yetib keluvchi, xorijdan kelgan yoki umumiy foydalanuvdagi izga chiqish huquqi bo‘lmagan boshqa vazirlik hamda idoralar, korxona va tashkilotlariga tegishli vagonlar; 9 bekat va depo hududini tozalashda chiqqan qor va axlat bilan yuklangan vagonlar; 9 umumiy temir yo‘l bekatlarida va yangi qurulishlarda, faqat yordam- chi temir yo‘l izlarida tashish uchun yuklangan vagonlar, ruxsat berilgan bekat ichidagi tashishdan tashqari; 9 chipta bo‘yicha yo‘lovchi tashish uchun band qilingan; 9 yo‘lovchi va yo‘lovchi yuk poyezdlarida va qo‘l yuki sifatida vaqtincha ishlatiladigan yuk vagonlari; 9 pochta tashish uchun band qilingan yuk parki vagonlari; Vagondan yuk tushirishni ∑U r aniqlash usuli, vagonga yuk ortish ∑U gr usuliga, o‘xshash. “Yuk tushirish” ko‘rsatkichi, yukli holatini yuksiz holatga o‘zgartir- gan vagonglar soni bilan, tavsiflanadi va u vagonlardan foydalanish ishi texnik normasini rejalashtirish va bajarilishini nazorat qilishda, qo‘lla- niladi. Dastlabki hisob hujjatlari. Yuki tushirilgan vagonlarni hisobga olishda, manzil bekatda Vagon varag‘i, yangi qurulishga topshirilgan vagonlarni 40 hisobga olishda esa GU-40 shaklidagi Topshirish ro‘yxati asosiy dastlabki hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling