S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlarni qayta ishlash
- Ma’lumotlarni hosil qilish va saqlash rasm. Geoaxborot tizimlarda ma’lumotlar harakati.
Yakunlash-bu majmuaga insonni o‘qitishni ham kiritish mumkin. Ushbu majmua ma’lumotlarni to‘liqligi va ravshanligini ta’minlash uchun kerak.
Ma’lumotlarni kiritish-ma’lumotlarni olib qo‘yuvchi va tarqatuvchi (flesh), klaviatura va boshqalar orqali ta’minlanadi. Ma’lumotlarni qayta ishlash-masalan taxeometrik tasvirga olish natijalarini qayta ishlab joy relyefini xaritada tasvirlash. Ma’lumotlarni saqlash - ma’lumot saqlovchi vositalardan birida saqlanadi. Ijrochi: GAT texnologiyalarni keng qo‘llashdani muayyan masalalarni yechishda, GATdan foydalanish rejalarini ishlab chiquvchi va dasturiy mahsulotlar bilan ishlaydiganlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. GATdan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin tizimni ishlab chiquvchi va qo‘llab- quvvatlovchi texnik mutaxassislar hamda joriy kundalik ishlari va muammolarini yechish uchun GATni qo‘llaydigan oddiy xodimlar (eng so‘nngi foydalanuvchi). Uslublar: GATni qo‘llashni samaradorligi va muvofaqiyati yechila digan masalaning mohiyatidan kelib chiqib, to‘g‘ri tuzilgan reja va ishlash qoidalariga bog‘liq bo‘ladi va bu uslub yoki usul deb ataladi. Ma’lumotlarni hosil qilish va saqlash rasm. Geoaxborot tizimlarda ma’lumotlar harakati. Geoaxborot fanini paydo bo‘lishi va rivojlanishiga bevosita kompyuter texnologiyalar (KT) va raqamli kartografiya (RK) usullarning amaliyotga tadbig‘i sabab bo‘lsada, GAT va RK o‘xshash degani emas. GAT ning funksiyasi va qo‘llanish ko‘lami kengroq (8-rasm). Lekin, GAT va raqamli kartografiya imkoniyatlarini birlashtirish o‘zaro foydali. GAT kartografik informatsiyaga tayanib avtomatlashtirilgan kartografiya asosini yaratadi. GAT ning funksiyalariga ta’rifu-tavsiflash, o‘lchash (masalan, yuza va perimetrlarni), eng qisqa optimal masofalarni, yo‘llarni tanlash, modellashtirish, izohlash va prognoz qilish masalalar kiradi. GAT asosida ekspert tizimlar qurush mumkin. Ekspert tizimlar bu- ekspert mutaxasislar tomonidan qaror va yechimlar qabul qilish uchun asos bo‘ladigan holda, mezon, eksprimental ma’lumotlarning matematik modellari majmuidir. GAT- geografiya nuqtai nazaridan geografik ma’lumotlar bilan ishlashni avtomatlashtirish bo‘lsa, informatsiya nuqtai nazaridan borliqni ta’rifu-tavsiflashda izohlovchi va atributiv tavsifga ega bo‘lgan ma’lumotlar to‘plami, ularni tartibga keltirish, saqlash va boshqarishni tashkil etish bilan bog‘liq va nihoyat tizim nuqtai nazaridan ma’lumotlarning fazoviy tahlili, modellashtirish va prognozlashni ta’minlab beradi (8-rasm). Kuzatish Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling