S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


Download 2.22 Mb.
bet19/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

5- rasm. Geografik axborot tizimlarning tarkibiy qismlari.
Ma’lum bo‘ldiki zamonaviy GAT-bu o‘z tarkibida katta miqdordagi grafikaviy va tematik ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizim. Bu tizim modelli va hisobli funksiyalar bilan bog‘langan bo‘lib, ma’lumotlar bilan murakkab harakatlarni bajarish va fazoviy kartografik informatsiyaga aylantirish negizida xilma-xil yechimlar qabul qilish va ularni nazoratini amalga oshirishni ta’minlaydi. Ammo GATni shunchaki boshqaruv tizimi yoki ma’lumotlarni kompyuterda saqlagich vositasi deb hisoblash to‘g‘r i emas.
Birinchidan, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) GAT tarkibida bo‘lib unda ma’lumotlarni ishlab chiqish MBBT bilan ishlashdan farqli o‘laroq o‘zgacha.
Ikkinchidan, zamonaviy GAT nafaqat geoma’lumotlarni qayta ishlash balki matematik hisoblar va ekspert boholash bilan ham shug‘ullanadi. Va nihoyat, GATda ishlanadigan va saqlanadigan informatsiya nafaqat fazoviy balki vaqt o‘lchamiga ega. Bu geografik ma’lumotlar uchun juda muhim. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanadigan har qanday model kabi GAT o‘z tarkibiga kiruvchi beshta texnik dasturiy va boshqa vositalar majmuidan iborat. (6-rasm)


Texnik vositalar

6-rasm. GATni tashkil etuvchilari.


Texnik vositalar- bu GAT ishga solingan ma’lumotlarni saqlovchi, qayta ishlovchi va aks ettiruvchi kompyuter. Bugungi kunda GAT har hil platformadagi kompyuterlarda ishlaydi;

  • markazlshtirilgan serverlardan boshlab alohida yoki o‘zaro to‘rlashgan EHMlargacha;

  • radiometrik apparatura yoki skaner bilan jihozlangan yerning sun‘iy yo‘ldoshlari.

Batafsil ma’lumot 3.4. paragrafda berilgan.
Dasturiy ta’minot- raqamli ma’lumotlar bilan ishlay oladigan va kompyuterda ishga solingan dasturlar. Dasturlar GATni bir qismi bo‘lib, GAT ilovalar deyiladi. Ular quyidagilardan iborat:

GAT geografik informatsiyani saqlash, tahlil qilish va vizuallashtirish uchun zarur bo‘lgan vosita va funksiyaga ega. Dasturiy mahsulotlarning muhim tashkil etuvchi vositalari bu geografik informatsiyani kiritish va u bilan ishlashni ta’minlovchi qurilmalar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi, fazoviy so‘rovlar, tahlil va vizuallashtirishni qo‘llab-quvvatlovchi vositalar, ularga yo‘l ochadigan grafikaviy foydalanadigan interfeys.
Informatsion vositalar.
Ma’lumotlar - kompyuterda ro‘yxatga olingan ma’lum bir fakt. Raqamli ma’lumotlar bu kompyuter va dasturiy ta’minot vositasida ko‘riladigan va tahlil qilinidigan geografik informatsiya.
Geografik ma’lumotlar va ular bilan bog‘liq jadval ko‘rinishidagilari ham foydalanuvchi tomonidan yig‘ilishi va tayyorlanishi mumkin yoki boshqa asosda hosil qilinmog‘i mumkin. (7-rasm).
Fazoviy ma’lumotlarni boshqarish jarayonida GAT ularni boshqa turdagi va manba’dagi ma’lumotlar bilan integrallashtiradi, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan yaratilgan MBBTlardan foydalanadi.
Bilim-bu ishlab chiqilgan ma’lumotlar bo‘lib, jo‘natilgan informatsiya yangisini paydo qilish qobilyatiga ega bo‘lgan ma’lumot. Shuningdek, qaysi bir lingvistik talablar, huquqiy-me‘yoriy hujjatlar;

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling