S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


-rasm. Axborot tizimlarining GAT asosidagi tasnifi


Download 2.22 Mb.
bet23/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

11-rasm. Axborot tizimlarining GAT asosidagi tasnifi
Axborotdan foydalanish nuqtai nazaridan geoaxborot tizimlari ikkiga bo‘linadi:
axborot-qidiruv;
axborot asosida yechimlar ishlab chiqaruvchi.
Axborot-qidiruv tizimlarining funksiyalari ma’lumotlarni kiritish, tizimlashtirish, saqlash, uzatish, ma’lumotlarni qisman ishlab chiqish vazifalarini o‘taydi.
Axborot qidiruv tizimlari foydalanuvchini axborot bilan ta’minlash vazifasini bajaradi.
Axborot-qidiruv geoaxborot tizimlari ma’lumotlar bazasidagi axborotga kirish va olingan malumotni qisman ishlab chiqishni amalga oshiradi.
Axborot asosida yechimlar qabul qiluvchi turli algoritmlar bo‘yicha axborotni qayta ishlash amallarini bajaradi. Olingan malumotning yechimlar qabul qilishga bo‘lgan ta’sir darajasiga qarab axborot - yechimlar ikki sinfga bo‘linadi:

  • boshqaruvda qo‘llaniladigan;

  • maslahat sifatida qabul qilinadigan.

Boshqaruvdagi GAT foydalanuvchiga qaror qabul qilish imkonini beruvchi ma’lumot ishlab chiqaradi. Bunday tizimlar asosan hisoblash xarakteridagi va katta hajmdagi ma’lumotlarni ishlab chiqish kabi masalalarni hal qiladi.
Maslahat sifatidagi GATlar foydalanuvchilari shunchaki qabul qilishi mumkin bo‘lgan va olingan vaqtidayoq amaliyotga qo‘llanilishi shart bo‘lmagan ma’lumotlar olishga yo‘naltirilgan.
GATlarni geoma'lumotlarning tashkil etilishi nuqtai - nazaridan tasnifsi. Kartografik ma’lumotlarning kiritilish formatlari, saqlanishi, ishlab chiqilishi va taqdim etilishi nuqtai-nazaridan GATlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

Geoaxborot tizimlarini boshqarish darajalari bo‘yicha tasnifsi. Tizimlarni boshqarish darajasi foydalanuvchilarning malakaviy darajasi bilan aniqlanadi. Shu nuqtai - nazardan shartli tarzda uchta boshqarish bosqichi mavjud:

  • operativ;

  • funksional;

  • strategik.

Geoaxborot tizimlarida operativ darajada raqamli modellar yaratiladi, aloqalar o‘rnatiladi,ma’lumotlarni saqlash va tashqi axborot tizimlariga operativ uzatish amalga oshiriladi. Tizimning maskur darajasining asosiy vazifasi axborot bilan ta’minlashdir.
Boshqaruv GATlarining analitik imkoniyatlari cheklangan va operativ vaziyatlarga nisbatan qarorlar qabul qilishni qo‘llash uchun xizmat qiladi.
Qarorlar qabul qilish tizimlari rivojlanishi mavhum bo‘lgan masalalar yechimini ta’minlash, modellashtirish va tahlillashtirishning murakkab instrumental vositalarini qo‘llash, kiritiladigan ma’lumotlar qadam va masalalarning qo‘yilishini oson o‘zgartirish va foydalanuvchi uchun maksimal qulayliklarga ega bo‘lgan texnologiyalarni qo‘llash kabilarni o‘z ichiga oladi. (12- rasm)










Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling