S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


Davlatlar tashabbus ko‘rsatgan davr


Download 2.22 Mb.
bet7/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

Davlatlar tashabbus ko‘rsatgan davr 1960-yillar oxirida AQSh da

aholini ro‘yxatga olishda GAT asosidagi uslubiyatni ishlab chiqishga kirishildi. Maqsad ro‘yhatga olish anketalaridagi aholi manzillari va geografik koordinatalarni moslashtirish negizida Milliy ro‘yxatga olish zonalari va hududiy uchastkalar bo‘yicha elektron kartalar yaratish edi. Buning uchun kartografik ma’lumotlar maxsus DIME (Dual Independent Map Encoding) formati ishlab chiqildi. Mazkur formatga ko‘ra AQSh barcha aholi punktlarini alohida segmentlarga ajratishga imkon beruvchi chorrahalarning to‘g‘ri burchakli koordinatalari kiritildi.
Kartografik ma’lumotlarni qayta ishlash va ifodalash algoritmlari Kanada GAT i Garvard laboratoriyasi ishlab chiquvchilaridan olingan bo‘lib, ular asosida POLYVRT dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dastur turar joy manzilgohlari va ko‘chalar grafik segmentlarini ifodalovchi koordinatalarni konvertatsiya qilishni amalga oshiradi.
Shu tarzda ob‘yektlar orasidagi fazoviy munosabatlar matematik usulda ifodalangan geografik axborotni boshqarishda birinchi marta topologik yondashuvdan foydalanildi.
DIME-fayllarni yaratish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va yangilash ko‘cha tarmoqlariga tegishli ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga asoslangan GAT sohasidagi eksperimental ishlarni rivojlantirishni rag‘batlantirishga sabab bo‘ldi.
Shu bilan bir vaqtda 1970 yil aholi ro‘yxati natijalarini o‘z ichiga olgan katta shaharlar atlaslari seriyasi , hamda marketing, chakana savdoni rejalashtirish va h.k maqsadlar uchun sodda kompyuterlashtirilgan xaritalar ishlab chiqildi.

  1. Tadbirkorlikning rivojlanish davri turli dasturiy vositalar bozorining rivojlanishi, shaxsiy GATlarining keng qo‘llanilishi, ularning qo‘llanish sohalarining kengayishi, tarmoq ilovalarining paydo bo‘lishi, professional bo‘lmagan foydalanuvchilar sonining ortishi, geoma’lumotlar korporativ va taqsimlangan bazalarining vujudga kelishi bilan bog‘liq.

Jumladan, 1969 - yilda Djek Dendjermond (Jack Dangermond) Ekologik tizimlarni tadqiq qilish institutini (Environmental Systems Research Institute, ESRI,Inc.) tashkil qildi. Mazkur institutning faoliyati Garvard laboratoriyasi va boshqa tashkilotlarda ishlab chiqilgan usullar, texnologiyalar va g‘oyalarga asoslangan edi.
1980-yillar boshida mashhur ARC/INFO ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli qo‘llanildi.ARC/INFO Kanada GAT tomonidan olg‘a surilgan geometrik va atributiv ma’lumotlarni alohida ifodalash g‘oyasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishining timsoli edi. Jadval ko‘rinishidagi (INFO) atributiv ma’lumotlarni saqlash va ular ustida ish olib borish uchun ma’lumotlar bazalarini boshqarishning relyatsion tizimining standart formati muvaffaqiyatli qo‘llanildi. Shuningdek, (ARC) yoy ko‘rinishidagi grafik ob‘yektlarni saqlash va ular bilan ishlash uchun maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqildi.
Shunday qilib, ARC/INFO GATning dastlabki dasturiy paketi sifatida shakllantirildi. ARC/INFO dasturi shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga asoslangan bo‘lib, turli texnik platforma va operatsion muhitlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan. ARC/INFO hozirda ESRI,Inc. dasturiy vositalar to‘plami, shaxsiy kompyuterlarda keng qo‘llanilmoqda.
Ma’lumki GAT uchun apparat-dasturiy vositalar ishlab chiqaruvchi tijorat kompaniyasi sifatida Intergraph,Corp keng tanilgan. Bu firma 1969 - yilda Djim Midlok (Jim Meadlock) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib,dastlab M&S Computing deb nomlangan va AQShda xarbiy masalalarda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.
1973 - yil firma birinchi bo‘lib masofaviy ish stansiyasini yaratgan bo‘lsa, hozirda ham firma GAT uchun ish stanstiyalari ishlab chiqarish, dasturiy ta’minot va foydalanuvchi interfeyslarini yaratish bo‘yicha peshqadamlikni saqlab kelmoqda.


  1. Download 2.22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling