1- rasm. Geografik axborot tizimlari(GAT).
GAT o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llanib kelinmoqda. Dastlabki davrlardagi GAT loyihalari bilan ish ko‘rish geografik taqsimlangan nuqtalar bilan ish olib borishga asoslangan edi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi va axborotlarni tezkor ishlab chiqish imkoniyatlarining yaratilishi , hududiy taqsimlangan ob‘yektlar holatini elektron xaritalar asosida kompleks tadqiq qilish imkoniyatining yaratilishiga va bunda tadqiq qilinayotgan ob‘yektga tegishli barcha turdagi ma’lumotlarni jamlash imkoniyatlari GATlarining rivojlanishiga asos bo‘ldi.
Tadqiq qilinayotgan geografik ob‘yektga tegishli turli tavsifdagi ma’lumotlarni tizimli yondoshuv asosida qayta ishlash va elektron xaritalashtirish uslubidan foydalanish ob‘yektlar haqida yangi ma’lumotlar olish imkonini yaratadi.
Dastlabki davr kompyuter texnologiyalarining muvaffaqiyatli qo‘llanilishi asosida rivojlandi. Eektron hisoblash mashinalarining(EHM), plotterlar, displeylar va boshqa periferiya qurilmalarning paydo bo‘lishi, axborotlarni grafikaviy tasvirlash, ma’lumotlarni fazoviy tahlil qilish, ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va boshqarish dasturiy vositalarining yaratilishi GATlarning dastlabki rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Bu davrga AQSh, Angliya, Kanada, Shvetsiya kabi davlatlarda geografiya sohasidagi sonli usullarni qo‘llash va fazoviy bog‘lanishlarni tadqiq qilish bo‘yicha olib borilgan nazariy tadqiqotlar katta ta’sir ko‘rsatdi.
Kanada GATi ning vazifasi Kanada yer hisobini yuritish xizmati (Canada Land Inventory) da to‘plangan katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va shu asosda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar tuzilishini rejalashtirishda ishlatiladigan statistik ma’lumotlar olishdan iborat edi.
Geoaxborot tizimlari rivojlanish tarixini shartli ravishda to‘rt davrga bo‘lish mumkin. [36].
Dastlabki davr
Davlatlar tashabbus ko‘rsatgan davr
Do'stlaringiz bilan baham: |