ma’lumotlar qayta ishlash jaroyoni predmeti (ob‘yekti) hisoblanadi;
Jarayonning maqsadi Informatsiya olishdan iborat;
hisoblash majmuini tashkil etuvchi dasturlar, apparatlar, dasturiy- texnikaviy qurilmalar, jarayonlarini amalga oshiruvchi vositalar hisoblanadi;
sohasida qo‘llanishiga qarab, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlari operatsiyalarga bo‘linadi;
Jarayonlarga boshqaruv ta’sirini o‘tkazish qaror qabul qiluvchi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;
Informatsiyani foydalanuvchiga o‘z vaqtida aniq, to‘liq va ishonchli yetkazib berishligi jarayonning optimallik mezoni hisoblanadi.
Barcha texnologiyalar ichida boshqaruv sohasining informatsion texnologiyalari inson omiliga yuqori talablar quyadi va ishlovchining malakasi, mehnatining mazmuni, professional tayyorgarligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Har qanday tashkilot ish faoliyatini samarali tashkil etishning muhim shartlaridan biri taraqqiy etgan informatsion tizimning mavjudligi hisoblanadi.
Informatsion tizim bu zaruriy texnik vositalar, dastiriy ta’minot, ishlovchi shaxslarni birlashtirgan holda avtomatik qayta ishlash va aniq harakatga keltirish tizimidir. Informatsiyalar tizimining zamonaviy shakli bu ma’lumotlar bankidir.
Ma’lumotlar bankining tarkibi hisoblash tizimi, bir nechta ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi va amaliy dasturlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Ma’lumotlar bankini asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi [11].
ma’lumotlarni saqlash va ularni himoyalash;
saqlanayotgan ma’lumotlarni o‘zgartirish (yangilash, qo‘shimcha qilish, va o‘chirish);
foydalanuvchilar talablariga binoan ma’lumotlarni qidirish va tanlash;
ma’lumotlarni qayta ishlash va kerakli shaklda chop etib berish;
Ma’lumotlar bazasi informatsiyani saqlashni ta’minlaydi va ma’lum bir qoidalar asosida tuzilgan ma’lumotlarning nomlangan to‘plamini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |