S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
Tadbirkorlikning rivojlanish davri
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kanadada GAT texnologiyalarini yaratilishi va rivojlanishi quyidagi tartibda amalga oshirilgan
- ( Harvard Laboratory for Computer Graphics Spatial Analysis)
- Dana Tomlin (Dana Tomlin)
Tadbirkorlikning rivojlanish davri
Foydalanuvchilik davri Dastlabki davr nazariy va amaliy tadqiqotlar, ya’ni yirik loyihalar, tajribalar va ularning natijalarini o‘rganilishi, umumlashtirilishi va xulosalar to‘planilishi bilan ajralib turadi. Jumladan, yerlarning qishloq xo‘jalik, ekologik, o‘rmon xo‘jaligi nuqtai nazarlaridan olingan ma’lumotlar asosida tasniflash, foydalanishning mavjud tuzilmasini o‘rganish kabi masalalarga e‘tibor qaratilgan. Kanada GATi loyihasi bajarilishida asosiy muammolardan biri berilgan xaritaviy va tematik ma’lumotlarni GATga samarali kiritish hisoblangan. Buning uchun Kanada GAT ishlab chiqaruvchilari oldida alohida tematik qatlamlar bilan ishlash, tematik qatlamlarga oid katta hajmdagi ma’lumotlarni alohida va o‘zaro bog‘liqliqda ishlab chiqish xaritometrik o‘lchashlar olib borishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish muammosini hal qilish qo‘yilgan. Katta formatdagi yer rejalarini GATga kiritish uchun maxsus skanerlovchi qurilma yaratilgan. Kanadada GAT texnologiyalarini yaratilishi va rivojlanishi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: Geoma’lumotlarni kiritishni avtomatlashtirishda skanerlashdan foydalanish; Ob’yektlarga doir geometrik ma’lumotlarni ob’yektlar joylashishi va ularga tegishli tematik ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi fayllarga ajratish, shuningdek kartografik ma’lumotlarni tematik ajratish va bu qatlamlarni “atributiv ma’lumotlar jadvallari” negizida bog’lash konsepsiyasini qo‘llash; Poligonlar ustida overley operatsiyalarini amalga oshirish funksiyalari, maydonlarni va boshqa xarita asosidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash GATlarining rivojlanishiga Massachuset texnologiya institutining Garvard kompyuter grafikasi va fazoviy tahlil laboratoriyasi ( Harvard Laboratory for Computer Graphics & Spatial Analysis) olimlari katta hissa qo‘shdilar. Mazkur laboratoriyani 1960-yillarning o‘rtalarida Govard Fisher (Howard Fisher) tashkil qildi. Bundan asosiy maqsad kompyuter xaritalashtirishining ko‘p funksiyali dasturiy vositalarini yaratish edi. Mazkur tadqiqotlar 1980-yillar boshlariga qadar GAT larning algoritmik takomillashuvida muhim qadam bo‘ldi. [36-37]. Garvard laboratoriyasining dasturiy ta’minoti keng tarqaldi va ulardan ko‘pgina GAT - ilovalar yaratishda foydalanildi. Shu laboratoriya ilmiy xodimi Dana Tomlin (Dana Tomlin) tomonidan kartografik algebra asoslari ishlab chiqildi va rastrli dasturiy vositalarning oilasi Map Analysis Package - MAP, PMAP, aMAP ishlab chiqildi.[31.44.45]. Internet tarmog‘i orqali erkin foydalanilayotgan OSU-MAP dasturi Garvard laboratoriyasida yetishib chiqqan mutaxassislar tomonidan Ogayo shtati Universitetida yaratilgan. Garvard laboratoriyasida kompyuter xaritalashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida ma’lumotlarning kartografik modellari,tadqiqotlarning kartografik usullari va ma’lumotlarni kartografik ifodalash kabilar zamonaviy geoaxborot tizimlarining asosi sifatida shakllandi. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling