S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


-rasm. Tog’ jinslarining 3D modeli


Download 2.22 Mb.
bet9/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

2-rasm. Tog’ jinslarining 3D modeli.
Demak, GATni marksheyderiya va konchilik ishlari masalalarini yechishda qo‘llashning imkoniyatlari katta va u raqamli konchilik korxonalarini barpo etishda dolzarb bo‘lib qolaveradi.
Nazorat savollari

  1. Informatika fani GAT uchun qanday vazifani bajaradi?

  2. “Geoaxborot” atamasining ma’nosini tushuntirib bering?

  3. Geoaxborot tizimlari fanining ob‘yekti, sub‘ekti va predmetiga ta’rif bering?

  4. GAT yerni o‘rganadigan fanlarning qaysilariga bevosita tayanadi?

  5. GAT ni rivojlanish tarixi bosqichlariga ta’rif bering?

  6. ESK 1, Inc. kompaniyasi, Arc Veew dasturi, Internet tarmogi GATning qaysi rivojlanish davrida tashkil topgan?

  7. GAT xududlarning qaysi ustuvor yo‘nalishlarini ta’minlashda qo‘llaniladi?

  8. Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili dasturini ijrosida GATning o‘rni.

  9. GAT qo‘llanishi mumkin bo‘lgan sohalar ro‘yxatini keltiring.

  10. Konchilik ishi va marksheyderianing qaysi masalalarini GATni qo‘llab echish afzal.

II.BOB. AVTOMATIZATSIYALASHTIRILGAN TIZIMLAR ICHIDA
GATNING O‘RNI VA MOHIYATI.


    1. Loyihalashning avtomatizatsiyalashtirilgan tizimlari (LAT).

Loyihalash- Mavjud bo‘lmagan ob‘yektning shakl shamoyilini ma’lum bir talablarga mos ravishda qurush uchun zarur bo‘lgan yozma va rasm ravishda yaratish jarayoni [18,-b.16].
Loyihani yaratish jarayoni har xil usullarda amalga oshirilishi mumkin. Ulardan uchtasini ko‘ramiz.

  1. Loyihalash jarayoni faqat inson ishtirokida bajarilsa u avtomatizatsiyalashmagan loyihalash deyiladi.

  2. Loyihalash jarayoni “Inson-EHM” hamkorlik rejimida amalga oshirilsa bunday loyihalash avtomatiatsiyalashtirilgan bo‘ladi.

  3. Ob‘yekt va uning faoliyat algoritmini yaratish jarayoni insonning ishtirokisiz amalga oshirilsa bunday loyihalash avtomatlashgan deyiladi.

Bugungu kunda barcha avtomatizatsiyalashtirilgan loyihalash ishlari bir tizimga ya’ni LAT ga keltirilgan.
LAT- avtomatziyalashtirilgan loyihalashni bajarishda qo‘llaniladigan tashkiliy texnikaviy tizim. Bu tizim loyihalashni avtomatlashtirish vositalari majmui (LAVM) va tizimidan foydalanuvchi mutaxasislarni o‘z ichiga oladi [18,-b.35].
LAVM- bu avtomatizatsiyalashtirilgan loyihalashni ta’minlash turlarining yig‘indisi. Jumladan, matematik ta’minot (MT)- bu kerakli shaklda taqdim etish uchun zarur bo‘ladigan matematik usullar, matematik modellar va loyihalash algoritmlari to‘plami.
Texnik ta’minot - bu avtomatizatsiyalashtirilgan loyihalashni bajarish uchun mo‘ljallangan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va birgalikda ishlaydigan texnik vositalar LATda ma’lum bir vazifani bajaradi va texnik ta’minot komponentlari hisoblanadi. LAT komponenti bu ma’lum bir vazifani bajaruvchi ta’minot vositasining unsuri.
Texnik vositalarni tashkil etish va hisoblash qurulmalari texnikaviy ma’lumotlarni uzatish vositalari, o‘lchash asboblari va boshqa qurulmalar tashkil etadi.
Texnik vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi [7,12,18]:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling