S. Y. Is kamov
Download 7.3 Mb. Pdf ko'rish
|
kitob 00617a84a6c9428
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-ish. Meva va uzumdan sharob tayyorlash Barsning maqsadi
- Sharob va sharbat tayyorlashda mevalarni presslab ezuvchi uskuna
Jihoz va materiallar: meva-uzum namunalari, stakanlar,
kolbalar, reaktivlar, pipetkalar, kalkulyator. Q‘zlashtirish uchun savollar 1.Dudlangan mahsulotdagi oltingugurt qoldig‘i inson organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 2. Oltingugurt bilan dudlash qanday afzalliklarga ega? 3. Dudlashda qanday oltingugurt shakllari ishlatiladi? 4. Dudlangan mahsulot tarkibi qanday o ‘zgaradi? 16-ish. Meva va uzumdan sharob tayyorlash Barsning maqsadi: sharob tayyorlash bilan tanishish. Talaba- larga meva va uzumlardan asl sharob tayyorlash texnikasi va texno- logiyalarini o ‘rgatish. Ishlash tartibi: ishlab chiqarishda uzum va mevalar sharbatini turupsiz yoki turpi bilan bijg'itib sharob tayyorlanadi. Asl sharobning bir litrida 860 g suv, 110 g spirt, 1 g shakar, 7-9 g glitserin, 2-3 g uzum, 2-4 g sut, olma kislotasi va boshqa moddalar b o ‘ladi. - 1 O czbekistonda sharob asosan uzumdan tayyorlanadi. U texnik yetilish davrida uziladi, Maxsus mashinada eziladi (12-rasm), keyin meva po'sti hamda urug‘dan sharbat ranggi chiqmasligi uchun ezilgan uzum sharbati tezda shibbalanib turpidan ajratiladi, nasos yordamida tog‘ora va boshqa idishlarga quyiladi. Keyin 12-14 soat tindiriladi va achib qolmasligi uchun bir litrga 8-15 gramm hisobida sulfat kislota qo‘shiladi, so‘ng idishlarga o ‘tkazib 2 foiz bijg‘itish achitqisi qo‘shiladi. Sharbat 18-25 °S da 2-3 haftada tayyor bo‘ladi. Qizil sharbat tayyorlashda uzum sharbati turpi bilan bijg‘itiladi. Bunda meva po‘sti hamda urug‘i tarkibidagi bo‘yovchi, oshlovchi va mineral moddalar erib sharobga rang kiritadi. 12-rasm. Sharob va sharbat tayyorlashda mevalarni presslab ezuvchi uskuna Kuchli va dessert sharoblar tayyorlashda spirt qo‘shilacli. Sham- pan sharob; respublikamizda yetishtiriladigan eng yaxshi uzum nav- lari - Bayan Shirey va Rkatsitelilardan tayyorlanadi. Yangi uzilgan uzum 4 soatdan kechiktirihnay ezilib, meva band- lari dan ajratiladi, keyin shibbalanib sharbati olinadi. Sharbat past haroratda (10-12 °S) 14-16 soat yoki 25-30 °S da 18-24 soat tin diriladi. Ranggini tiniq qilish uchun har bir sharbat quyqasidan ajratih bijg‘itish idishlariga o'tkaziladi. Bijg‘itishda haxorat 14-18 °S bo‘lishi kerak. Bijg‘itish tugashi bilan sharbat boshqa idishlarga o‘tkaziladi. Tayyor sharob shampan korxonasiga yuboriladi. Mevalardan olinadigan sharob meva sharbatini achitqi qo‘shib bijg‘itish y o ‘li bilan tayyorlanadi, bun da talabga qarab suv va qand qo‘shiladi. Byg'itishda sharob tarkibida 5,5 foizgacha spirt hosil boladi. Sharobning kuchi etil spirti qo‘shish y o ‘li bilan oshiriladi. Vazifa, Har bir talaba o'qituvchining topshirig‘iga muvofiq sharob tayyorlaydi va o ‘quv xo'jaligi sharoitida o'rganadi. Buning uchun 2-3 kishidan iborat zveno tuziladi va har bir zveno turli uzum navlaridan yoki mevalardan sharob tayyorlashadi. Keyinchalik shu sharobdagi spirt miqdorini aniqlaydilar va oxirida degustatsiya o‘tkazadilar. Degustatsiya yakunida ranggi, hidi va tiniqligi (organoleptik) bo‘yicha sharobga baho beriladi. Download 7.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling