S. Y. Is kamov


 ‘z-o‘zidan qizigan va norma! undan yopilgan


Download 7.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/133
Sana26.10.2023
Hajmi7.3 Mb.
#1724019
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   133
Bog'liq
kitob 00617a84a6c9428

0 ‘z-o‘zidan qizigan va norma! undan yopilgan 
nonlarning kesilgan ko‘rinishi


Nonning egiluvchanligini aniqlashda, mag‘iz barmoq bilan yengil 
bosilib, undagi g‘ovaklaming uzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Non 
sofligi mag‘izning egiluvchanligi, xuslibo‘y hidi va yoqimli ta’mi 
bilan ta'riflanadi. Berch non qattiq mag' izga ega bo‘lib, ushoqlanadi. 
Shuningdek, qiyin chaynalib, nonning ta’mi va hidi keskin o'zgaradi.
Nonning ushoqlanish xususiyatini aniqlash uchun mag‘iz bo‘lak- 
lari olinadi va yumaloq soqqa hohga keltiriladi. Soqqani darhol va 
yengil yuzaga kelishi nonning sofligini, agar mag‘iz ushoqlansa, uning 
berchligini bildiradi.
Ta’mi va hidi. 
Har bir non turi o‘ziga xos ta’m va hidga ega. Non 
begona hid, mineral aralashmalaming mazasi va g ‘archillashiga ega 
bo‘lmasligi kerak. Nonning ta’mi mag‘iz burdasini chaynash bilan 
aniqlanadi. Shunda ortiqcha nordonlik, chuchuklik, sho‘r, achchiqlik, 
boshqa begona ta’m hamda tishlarda g'irchillash bor yoki yo‘qligi 
ko'rsatiladi. Hidni aniqlashda iming o‘ziga xosligiga e’tibor beriladi.
Non kasailiklari. 
Nonda kasallik va mog‘orlar mavjudligiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Kasalliklar nonning qobiq va mag‘izini ko'zdan 
kechirish bilan aniqlanadi. Mog‘or zamburugTari, kartoshka tayoqcha 
bakteriyalari koloniyasi, och qizil dogTi pigment yoki mag'izda oq 
dog5lar rivojlanishi kuzatilsa, darhol ish daftariga belgilanadi.
Non sifatini amiqlashning laboratoriya u sullari 
Laboratoriya 
izlanishlarida noiming fizik-kimyoviy sifat ko'rsatkichlari (namlik, 
g ‘ovaklik, nordonlik va b.) aniqlanadi. 40-jadvalda non navlarining 
fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari keltirilgan.
Namlik. Yopilgan nonning sifatini aniqlashda namlikni aniqlash 
faqat mag‘zida olib boriladi.
Tahlil uchun olingan namunada havo tegib turgan tarafi kesiladi 
va qalinligi taxminin 0,5 sm burda kesib olinadi. So‘ng 4 joydan. 
o ‘rtasidan 5-6 va yon qobig'idan 1 sm qoldirib, yuqori, quyi, yon 
tomonidan 2-3 grammdan o ‘yib olinadi. Nusxaning umumiy og‘irligi
12-15 gr. Olingan uyumlar tezda va sinchiklab, pichoq bilan 
maydalaniladi, aralashtiriladi va har biri 5 gr ikki namuna ajratiladi. 
Nam un alar 0,01 aniqlikda tortiladi. Namunalami quritish va namlikni 
hisoblash, don namligini aniqlash singari amalga oshiriladi. Parallel 
ikki aniqlashlar o‘rtasidagi farq 
1
foizgacha ruxsat etiladi.
Nordonlik. Hamir ko‘pchishida nafaqat hamirturush (spirtli 
ko'pchish), balki nordon sut bakteriyalari ham ishtirok etadi. Nordon 
sut ko‘pcliishi natijasida ma’lum miqdorda sut kislotasi yuzaga keladi.


Sut kislotasi juda katta ahamiyatga ega bolib, о nordon, sirka va 
nordon 
moy 
bakteriyalaii 
rivojlanishiga 
to‘sqinlik 
qiladi. 
Xamirturushlar rivojlanishiga yaxshi ta’sir etadi. Undan tashqari u non 
ta’mini yaxshilaydi. Javdar unidan tayyorlangan xamirda kocp 
miqdorda sut kislotasini to'planishi uning kolloid xususiyatlarini 
yaxshilaydi.
40-jadval

Download 7.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling