Sabzavotlar marinadlari
Sirkalangan olmali karam konservasi tayyorlash
Download 0.5 Mb.
|
5-mavzu
5.2.7. Sirkalangan olmali karam konservasi tayyorlash
Bu xildagi konserva, maydalab to‘g‘ralgan karam bilan bo‘laklarga bo‘lingan olmadan tayyorlanadi.Tanlangan karamlar so‘limagan, barglari zich o‘ralgan, etilib pishgan bo‘lishi zarur. Karam boshlari sirtqi, ifloslangan va yashil barglaridan tozalanadi, sovuq suvda yuviladi va 5 mm kenglikda somondek to‘g‘raladi, so‘ngra qaynab turgan suvda 1 daqiqa davomida part qilinadi va darhol sovuq suvga solib sovitiladi, keyin chovli yoki galvirga ag‘darib, suvi sirkitiladi. Olmaning «Oq olma», «Rozmarin», «Renet Simirenko», «Qandil Sinap» va boshqa navlariga mansub o‘rtacha yiriklikdagi va mayda olmalar tanlanadi, ular yuvilgandan so‘ng ikki pallaga yoki to‘rt, olti bo‘lakka bo‘linadi, o‘zagi, mevabandi, gultojisi kesib tashlanadi.To‘g‘ralgan olmalar limon kislotasi yoki tartrat kislotaning qaynab turgan 1% li eritmasida 2-3 daqiqa davomida part qilinadi va dorhol sovuq suvga solinib sovitiladi. Olmalarni bankalarga joylagunga qadar qorayib ketmasligi uchun ularni limon kislotasi yoki tartrat kislotaning 0,1% li eritmasi – 0,5 l bankaga 40% (200 g) karam, 30% (150 g) olma, 30% (150 g) sirkali qiyom solinadi. Olma bilan karamni tayyorlaganda sirkali qiyom (marinad) ham tayyorlanishi lozim. 0,5 litrli 10 banka konservaga 1500 g sir-kali qiyom sarflanadi. Uning tarkibiy qism-lari: suv – 1192 g, 80% li sirka kislotasi – 23 g, shakar – 210 g, tuz – 75 g, dolchin – 1,5 g, qalampirmunchoq – 1,0 g, chuchuk xushbuy murch – 1,0 g, achchiq qora murch – 0,8 g va lavr yaprog‘i – 2,0 g. Sirkali qiyom marinad qo‘yidagicha tayyorla-nadi: sirlangan kastryulьkaga zarur miqdorda suv qo‘yiladi, shakar va tuz tashlanadi.Suv 10-15 daqiqa qaynatilgach, 3-4 qavat buklangan dokadan qaynoqligida o‘tkaziladi va yana olovga qo‘yiladi. Qaynab turgan shu suvga ehtiyotkorlik bilan sirka kislotasi qo‘shiladi. Bankalarga avvalo ziravorlar tashlanadi, so‘ngra tayyorlab qo‘yilgan olmalar joylanadi va 80-85°C gacha isitilgan sirkali qiyom (marinad) to‘ldirib qo‘yiladi. Bankalar toza tunuka qopqoqlar bilan engil bekitilib, issiq (60-70°C) suvli idishga joy-lanadi va 90°C da muayyan vaqt qizdiridadi.Bunda 0,5 l bankalar – 20 daqiqa, 1,0 l bankalar – 30 dakiqa davomida qizdiriladi.Shu muddat o‘tgach, bankalar suvdan olinadi, qopqoqlari darhol burab mahkamlanadi va ular to‘ntarib qo‘yilgan holda sovitiladi. 0,5 l bankaga 500 g mahsulot sig‘adi. 10 banka shunday konserva tayyorlash uchun 2600 g bosh karam, 2000 g olma, 1500 g sirkali qiyom (marinad), 210 g shakar, 75 g tuz, 23 g sirka kislotasi (80% li), 1,5 g dolchin, 1,0 g qalampirmunchoq, 1,0 g chuchuk xushbuy murch, 0,8 g achchiq qora murch va 2,0 g lavr yaprog‘i darkor. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling