Sabzavotlar marinadlari


Bosh karamdan ikra tayyorlash


Download 0.5 Mb.
bet11/20
Sana12.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1699948
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
5-mavzu

5.2.6. Bosh karamdan ikra tayyorlash
Bu – qovurilgan va pishirilgan sabzavotlardan tayyorlangan taom bo‘lib, sovuq holida iste’mol qilinadi.
Masalliqni tayyorlash. Karam boshi sirtqi barglaridan tozalanadi, yuviladi va ugradek (eni 5 mm) to‘g‘raladi.Sabzi yaxshilab yuviladi, qiriladi, suvda chayiladi, so‘ngra oshga to‘g‘ragandek to‘g‘raladi. Piyoz archiladi, yuviladi, popuk ildizi va uchi kesib tashlanadi, yuviladi va 2-3 mm qalinlikda parrak-parrak qilib to‘g‘raladi.Pomidorlarning qip-qizili tanlanadi, yuviladi va mevabandlari kesib tashlanadi, so‘ngra to‘g‘raladi.
Masalliqni qovurish. Qozonda 600 g o‘simlik moyi dog‘ qilinadi, moyda dastlab piyoz sariq-tilla rangga kirguncha qovuriladi, uning ustiga sabzi tashlanadi, sabzi qovurilib yumshagandan keyin ustiga to‘g‘ralgan karam tashlanadi.
Karam qovurilib och pushti rang kasb etgach, qozonga to‘g‘ralgan pomidor tashlanadi va hammasi qorishtirib turgan holda 20-25 daqiqa qaynatiladi.To‘g‘ralgan pomidor o‘rniga tayyor pomidor bo‘tqasidan foydalansa ham bo‘ladi.Sabzavotlar tayyor bo‘lgach, qozonga to‘g‘ralgan oshko‘klar (ukrop, petrushka), tuz, shakar va ziravorlar tashlanadi. Ikra tayyor bo‘lgandan keyin yaxshilab qorishtiriladi va toza, isitilgan bankalarga qaynoqligida to‘ldiriladi.Ikra to‘ldirilgan bankalarni qaynatilgan (toza) tunuka qopqoqlar bilan engil burab bekitib, issiq (90-95°C) suvli idishga joylash va 100°C da muayyan vaqt qizdirish kerak.Bunda 0,35 l bankalar – 30 daqiqa, 0,5 l bankalar – 50 daqiqa va 1,0 l bankalar – 60 daqiqa davomida qizdiriladi.Belgilangan muddat o‘tgach, ular suvdan olinadi, qopqoqlari darhol burab mahkamlanadi, bankalar to‘ntarib qo‘yilgan holda sovitiladi.
0,5 l bankaga 510 g ikra sig‘adi. 10 banka shunday konserva tayyorlash uchun 3000 g bosh karam, 2150 g qizil pomidor yoki 1100 g pomidor bo‘tqasi (qaynatib quyultirilgan pomidor), 2250 g qizil sabzi, 2400 g no‘shpiyoz, 30 g ukrop va petrushka, 600 g o‘simlik moyi, 80 g shakar, 85 g osh tuzi, 2,0 g tuyilgan qora murch, 2,0 g lavr yaprog‘i kerak bo‘ladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling