Sabzavotlar marinadlari


Download 0.5 Mb.
bet7/20
Sana12.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1699948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
5-mavzu

Nazorat uchun savollar:
1.Bodringni tuzlash jarayoni qanday amalga oshiriladi?
2.Ballonlar to’ldirilgach qanday konsentratsiyadagi namokob solinadi ?
3.Namokob nima uchun asta-sekinlik bilan solinadi?
4.Sirkasiz tayyorlanuvchi konservalar qaysilar?


5.2. KARAMDAN TAYYORLANADIGAN KONSERVALAR
REJA:
1. Karamning ahamiyati , ishlatilishi va navlari
2.Sabzavot qiymasi va ustiga pomidor qaylasi qo‘yilgan karam do‘lmalar tayyorlash.
3. Guruchli sabzavot qiymasi solingan va pomidor qaylasiga bosilgan karam do‘lmasi.
4. Karamdan turli xil konservalash
Tayanch iboralar: azotli moddalarvitaminlar, fosfor, magniy, kalsiy, kaliy tuzlash,sirkalash, «Oq olma», «Rozmarin», «Renet Simirenko», «Qandil Sinap»,selderey, petrushka, gulkaram.


5.2.1. Karamning ahamiyati , ishlatilishi va navlari
Karam tarkibida 1-2% azotli moddalar, 60 mg% gacha C vitamin, muayyan miqdorda B1, B2 va PP vitaminlar hamda fosfor, magniy, kalsiy, kaliy kabi mineral tuzlar bor. 100 g karamning kaloriyasi 30 kkal ga teng.Karam tarkibida mavjud bo‘lgan mineral tuzlar ichida kaliy birikmali tuzlar eng ko‘pdir. Ular muskullarning tabiiy qisqarishi va ko‘pgina fermentlarning harakatini me’yorida saqlanishiga yordam qiladi.Yurak kasalligiga uchragan insonlar uchun karamni ahamiyati ayniqsa kattadir.
Karam vitaminlarga boy sabzavot hisoblanadi. Sutka mobaynida inson organizmi uchun zarur bo‘ladigan vitamin C ni olish uchun 100-150 g karam iste’mol qilish kifoya qiladi.B vitamini guruhiga kiruvchi inozit, askorbin kislotasiga o‘xshash insonda ateroskle-roz kasalligi oldini olish xususiyatiga ega.Sklerozning davosi bo‘lgan xolin moddasi karamda, baliq va go‘shtdagiga nisbatan uch barobar ko‘pdir.
Oqbosh karam yuqori oziqalik va parhezlik xususyati bilan ajralib turadi. Yangi va tuzlangan karam ovqat xazmini yaxshilaydi, ichak faoliyatini kuchaytiradi. Karam bargidan yangi tayyorlangan sharbat o‘t pufagi va osh-qozondagi yalig‘lanishlarni, gastrit kasalligini davolashda samarali vositadir. Sharbatning shifobaxsh xususiyati undagi vitamin “U” bilan bog‘liqdir.
Bunda 500-600 gramm karambosh mayda qilib to‘g‘ralib, maxsus moslama yordamida sharbati siqib chiqariladi va undan 7-10 kun mobaynida 30-40 garmmdan naxorga ichilsa natijasi ijobiy bo‘ladi.
Xalq tabobatida karam uyqusizlikka, bosh og‘rig‘i va qalqon bezlarining kattalashiga qarshi qo‘llanadi
Karamning yangi barglari pasodli yaralarga, oshqozon, o‘n ikki barmoq ichak yaralariga, shishgan, kuygan, urilgan joylarga qo‘yiladi.
Tuzlangan karam suvida vitamin ko‘p bo‘lganligi sababli sog‘liqni mustahkamlash uchun, jigar og‘riganda, bavosilga qarshi ichish tavsiya etiladi. Karam urug‘i qaynatilgan suvni bo‘g‘in og‘rig‘ini to‘xtatishda, gijjani xaydashda va siyishni kuchaytirishda foydalaniladi.
Inson uchun oqbosh karamning foydali hosityalari to‘g‘risida ulug‘ Pifagor o‘z fikrini quyidagicha bayon etgan ekan: “Bu shunday sabzavotki, uni iste’mol qilgan kishi tetik, dadil va ravshan hamda ruhi engil tortadi” deb yozgan.
Ko‘xna rimlik, yirik siyosiy arbob va yozuvchi Mark Kotton o‘zining “Dehqonchilik” traktadida “Karam salomatlikka yaxshi ta’sir qiladigan barcha xossalarga ega va inson organizmidagi barcha zararli qoldiqlarni haydab chiqaradi” deb yozgan.
Rimlik shifokorlar karamdan turli-tuman dori darmonlar tayyorla-ganlar, ularni jigar va bo‘g‘inlar kasalliklarini davolashda ishlatganlar. Rimda doimo karam iste’mol qilib turadigan bolalar baquvvat bo‘lib o‘sadi va kasalliklarga kam chalinadi, deb hisoblar ekanlar.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling