Sabzavotlar marinadlari
Download 0.5 Mb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
- 5.3.TURLI SABZAVOTLARDAN KONSERVALAR TAYYORLASH REJA: 1. Qovoqchadan tayyorlanadigan konservalar . 2. Patissondan tayyorlanadigan konservalar.
- 5.3.1.Qovoqchadan tayyorlanadigan konservalar
- Qovoqchadan konserva tayyorlash.
Gulkaram tuzlash
Tuzlash uchun gulkaramning sog‘lom, zich, qattiq boshlari tanlab olinadi. Yaxshi rivoj-lanmagan, chala etilgan, siyrak dastalilari yaramaydi. Dastlab gulkaramning bargi va o‘zagi kesilib, toza suvda chayiladi, bochkaga joy-lashdan oldin 1-2% li qaynoq tuz eritmasida 2-3 daqiqa botirib turiladi. Undan keyin sovuq suvda chayib tashlangan holda idishga solinadi va shundan so‘ng 10-12% li namokobdan quyiladi. Nazorat uchun savollar: 1.Karamning inson salomatligidagi o’rni qanday? 2.Karamni tuzlash jarayoni qanday ishlarni o’z ichiga olinadi? 3.Karam boshi tozalanganda uning qancha qismi isrof bo’ladi? 4.Karam tuzlanganda uning 1 kg ga aralashtiriladigan mahsulotlar miqdori qanday ? 5.3.TURLI SABZAVOTLARDAN KONSERVALAR TAYYORLASH REJA: 1. Qovoqchadan tayyorlanadigan konservalar . 2. Patissondan tayyorlanadigan konservalar. 3. Osh lavlagidan tayyorlanadigan konservalar . Tayanch iboralar: qovoqcha, patisson, osh lavlagi, kletchatka, marinad, ikra Karotin pektin moddalar, saxaroza, sirkali namakob. 5.3.1.Qovoqchadan tayyorlanadigan konservalar Qovoqcha (sapchaqovoq) oddiy qovoqning tez pishadigan turi hisoblanadi. Ularni po‘sti dag‘allashmasidan va urug‘lari etilmasidan, ya’ni g‘o‘rligida yig‘ib olish kerak. Erta pishar sabzavotdan har xil konservalar: ikra, sirkalangan qovoqcha, parrak-parrak qilib to‘g‘rab, yog‘da qovurilgan qovoqcha konservasi, ichiga sabzavot qiymasi solingan qovoqcha konservasi tayyorlanadi. Qovoqcha tarkibida 6,0-6,5% quruq modda, shu jumladan 3,0-3,5% inversilangan qand, bundan tashqari, 0,2-0,5%kletchatka, 15,0 mg% gacha C vitamini bor. 100 g qovoqchaning quvvati 18 kkalga teng. Qovoqchadan konserva tayyorlanadigan davr – iyun, iyul va avgust oylaridir. Qovoqchadan konserva tayyorlash. Qovoqchalar yuviladi va tozalanadi, so‘ngra uzun-uzun qilib to‘g‘raladi. 0,5 l bankaga joylash uchun to‘g‘ralgan bo‘laklarning uzunligi 8,0-8,5 sm, 1,0 l banka uchun uzunligi 6,0-6,5 sm, yugonligi 20-25 mm bo‘lishi lozim. Bankaga dastlab oshko‘k va ziravorlar tashlanadi, keyin qovoqcha to‘ldiriladi. To‘g‘ralgan qovoqcha 0,5 l bankaga tik holatda bir qator qilib, 1,0 l bankaga esa ikki qator qilib teriladi, so‘ngra ustiga 5-6% tuz va 1% sirka kislotasi qo‘shilgan issiq (80-85°C) namakob qo‘yiladi. Bankaga taxminan 300 g qovoqcha va 200 g sirkali namakob sirishi lozim. Sirkali namakob (marinad) quyidagicha tayyorlanadi: sirlangan kastryulkaga zarur miqdorda suv (0,5 litrli 10 banka uchun taxminan 2 l namakob hisobida) qo‘yiladi va har bir litriga 50-60 g miqdorida tuz tashlanadi; suv qaynab, tuzi butunlay erigach, namakob suziladi; ana shu namakobning har bir litriga 12,5 sm3 hisobidan 80% li sirka kislotasi (essensiya) qo‘shiladi. Bankalarga tayyor namakob qo‘yilgach, ular sariq tunuka qopqoqlar bilan bekitilib, issiq (70-75°C) suvli kastryulьkaga joylanadi va 90°C da muayyan vaqt qizdiriladt; bunda 0,5 l bankalar – 8 daqiqa, 1,0 l bankalar – 10 daqiqa, 2,0 l ballonlar – 15 daqiqa va 3,0 l ballonlar – 20 daqiqa davomida qizdirilishi lozim. Shu muddat o‘tgach, ular suvdan olinadi, qopqoqlari burab mahkamlanadi va to‘ntarib qo‘yilgan holda sovitiladi. 0,5 l bankaga 8 g erqalampir (xren) bargi, 10 g ukrop, petrushka va selьderey, 0,5 g yalpiz, 1,5 g sarimsoq 0,3 g qizil achchiq qalampir, 0,2 g qora murch, 0,1 g lavr yaprog‘i solinishi lozim. 0,5 l bankadagi konservaga 315 g qovoqcha sarflanadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling