Sabzavotlar marinadlari
Parrak qilib to‘g‘rab, sabzavot qiymasi qo‘shib pomidor qaylasiga bosilgan qovoqcha konservasi
Download 0.5 Mb.
|
5-mavzu
Parrak qilib to‘g‘rab, sabzavot qiymasi qo‘shib pomidor qaylasiga bosilgan qovoqcha konservasi. Bunday konserva uchun qovoqcha, sabzi, oq ildizlar, qo‘shpiyoz, oshko‘klar, pomidor, shakar, ziravorlar, o‘simlik yog‘i kerak bo‘ladi. Qovoqchadan ikra tayyorlanganda oq ildizlar va oshko‘klarning qanday turlari ishlatilgan bo‘lsa, bunda ham shu turlari olinadi.
Oshko‘klardan va pomidordan boshqa sabzavotlarniig hammasi tegishlicha tayyorlangach, qovuriladi. 0,5 l bankaga mahsulotlar qo‘yidagi nisbatda solinadi: qovurilgan qovoqcha 60% (300 g), sabzavot qiymasi 15% (75 g), pomidor qaylasi 25% (125 g). Sabzavotlar qovurilgandan keyingina sabzavot qiymasi tayyorlanadi. Sabzavotlarni qovurish va sabzavot qiymasi tayyorlash bilan bir vaqtda, bankaga qo‘yiladigan pomidor qaylasi ham tayyorlanadi. 0,5 litrli 10 banka konserva uchun qaynatib quyultirilgan 1170 g pomidordan tayyorlangan va 80 g shakar, 0,5 g tuyilgan chuchuk xushbuy murch, 0,35 g tuyilgan achchiq qora murch qo‘shilgan jami 1250 g qayla sarflanadi. Qaynatilayotgan pomidor qaylasini eng oxiridagina tuzlash kerak. Konserva servitamin, xushta’m va rangi chiroyli bo‘lishi uchun pomidor qaylasiga 25% pomidor o‘rniga shuncha miqdorda qizil chuchuk qalampir bo‘tqasi qo‘shish kerak. Bankaning tubiga avvalo ozgina miqdorda pomidor qaylasi qo‘yiladi, so‘ngra bankaning yarmiga etib turadigan qilib, parrak-parrak to‘g‘rab mayda qovurilgan qovoqchalar joylanadi, buning ketidan sabzavot qiymasi solinadi, uning ustiga yana qovurilgan qovoqchalar tartib bilan joylanadi va ustidan 80°C gacha isitilgan qayla qo‘yiladi. Shu tarzda to‘ldirilgan bankalar qopqoqlar bilan bekitilib, issiq (60-70°C) suvli idishga joylanadi va 100°C da muayyan vaqt qizdiriladi. Bunda 0,35 l bankalar – 40 daqiqa, 0,5 l bankalar – 50 daqiqa, 1,0 l bankalar – 90 daqiqa davomida qizdirilishi lozim. Lekin suv juda qattiq qaynamasligini kuzatib turish kerak. Belgilangan muddat o‘tgandan keyin bankalar suvdan olinib, qopqoqlari darhol burab bekitiladi va ular to‘ntarib qo‘yilgan holda sovitiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling