Tabiiy holida konservalangan osh lavlagi. Bunday konservanim mahsulot hisoblanadi va go‘sht hamda balikdan pishirilgan quyuq ovqatlarga garnir sifatida qo‘shib beriladi, shuningdek salat, vinerget va boshqa taomlarga ishlatiladi. Sabzi sharbatidan dori sifatida foydalaniladi.
0,5 l bankaga 500 g mahsulot sig‘adi. Buning 65% (325 g) ini tegishlicha tayyorlangan, to‘g‘ralgan lavlagi va 35% (175 g) ini namakob tashkil etishi lozim. Ishlatiladigan namakob 1,5-2% li bo‘lishi (1 l suvda 15-20 g hisobidan tuz eritiladi) va bankalarga 90°S gacha qizdirib qo‘yilishi lozim.
0,5 litrli 10 banka konserva tayyorlash uchun 4330 g lavlagi, 1750 g namakob (buning uchun 25 g osh tuzi) kerak bo‘ladi.
Sirkalangan osh lavlagi– quyuq ovqatlarga garnir sifatida qo‘shib beriladi. Lavlagini sirkalash usuli yuqorida batafsil yozilgan.
0,5 l bankaga 325 g (65%) lavlagi va 175 g (375%) namakob sig‘adi. 0,5 litrli 10 banka konserva tayyorlash uchun 4330 g lavlagi, 102 g shakar, 105 g mayda tuz, 32 g sirka kislotasi (80% li), 1,5 g dolchin, 1,0 g qalampirmunchoq 1,0 g chuchuk xushbuy murch, 0,75 g achchiq qora murch, 2,0 g lavr yaprog‘i kerak bo‘ladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Piyozning tarkibi qanday va uning achchiq bo’lishiga qaysi modda sababchi?
2.Sirkali namokob(marinad) qanday tayyorlanadi va uning har litriga qancha essensiya to’g’ri keladi?
3.% li namakob hosil qilish qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |