Sabzavotlar marinadlari
Bodringni butunligicha yoki to‘g‘rab marinadlash
Download 0.5 Mb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirkali namakob tayyorlash tartibi
- Bodring tuzlash
Bodringni butunligicha yoki to‘g‘rab marinadlash
2-usul. Bankalarga dastlab ziravor va oshko‘klar tashlanadi, so‘ngra bodringlar tik joylanadi, ularning ustiga 2-3 ta bodring yotqizib qo‘yiladi. Bir bankaga joylanadigan bodringlarning yirik-maydaligi bir xil bo‘lishi, oshko‘klar esa yaxshilab yuvilishi, saralanishi va 4-6 sm yiriklikda to‘g‘ralishi lozim. Bodringlar joylangach, bankaga isitilgan sirkali namakob qo‘yiladi. Namakob 1 l suvda 50-60 g tuz eritib va 12,5 sm3 sirka kislotasi (80% li kislota) qo‘shib tayyorlanadi. 0,5 l bankaga 300- 310 g bodring va 200 g gacha sirkali namakob, 1,0 l bankaga esa 600 g bodring va 400 g namakob sig‘adi. Bankaga to‘ldirilgan bodringlar ustiga qo‘yiladigan sirkali suvga bir oz shakar qo‘shish tavsiya etiladi. Sirkali namakob tayyorlash tartibi: sirlangan idishga tegishli miqdorda suv qo‘yiladi va keragicha tuz qo‘shiladi, idish olovga qo‘yiladi va suvi isitiladi, so‘ngra issiqligida suziladi; shu namakobga zarur miqdorda sirka kislotasi qo‘shiladi. Banka yoki ballonlarga namakob 80°C gacha isitib qo‘yiladi, bankalar tunuka qopqoqlar bilan bekitilib, issiq (60-70°C) suvli idishga joylanadi va 90°C da muayyan vaqt qizdiriladi; bunda 0,5 l bankalar – 10 daqiqa, 1,0 l bankalar – 15 daqiqa, 2,0 l ballonlar – 20 daqiqa, 3,0 l ballonlar esa 25 daqiqa davomida qizdirilishi lozim. Idishdagi suvning issiqdigi 90°C dan oshib ketmasligi lozim, aks holda bodringlar yumshaydi. Belgilangan muddat o‘tgach, banka (ballon)lar suvdan olinadi, qopqoqlari burab mahkamlanadi, banka (ballon) lar to‘ntarib qo‘yilgan holda salqin joyda saqlanishi lozim. Bodring tuzlash Bodringning mayda-yiriklari va sarg‘ayganlari, butunlari va ezilganlari bir-biridan ajratiladi. Ezilmagan va sarg‘aymagan bir xil bodringlarni sovuq suv bilan yaxshilab yuvilgan bochkaga tekis qilib terasiz. Bodringlar bilan birga bochkaga ukrop, sarimsoq, qizil qalampir, kashnich urug‘i, rayhon va boshqa oshko‘klar ham solasiz. Bochka to‘lgach, qopqog‘ini yopasiz, tepasiga og‘irroq narsa qo‘yib bostirib qo‘yasiz. So‘ngra qopqoqdagi maxsus teshikchadan bodring ustiga namakob qo‘yiladi. 10 kg bodring uchun: 500 g sarimsoq, 300 g ukrop, 8-10 dona qizil qalampir, 2 osh qoshig‘ida kashnich urug‘i, o‘rtacha 1 tup rayhon shoxlari solinadi. Namakob 10 l suvga 700 g tuz hisobida tayyorlanadi. Bodringli bochkani xona haroratida 1-2 kun saqlagach, sovuqroq joyga olib qo‘yiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling