Sabzavotlar marinadlari
BODRINGDAN TAYYORLANADIGAN KONSERVALAR
Download 0.5 Mb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1.1. Bodringni ahamiyati
- Bodring sirkalash.
5.1. BODRINGDAN TAYYORLANADIGAN KONSERVALAR.
REJA: 5.1.1. Bodringni ahamiyati. 5.1.2. Qayta ishlash uchun yaroqli bodring navlari. Tayanch iboralar: Yapiz barglari,sarimsoq pallachalari,tok barglari,chuchuk qalampir, mayda osh tuzi,karbonsuv, kul moddasi. 5.1.1. Bodringni ahamiyati Respublikamizda bodring etishtiriladigan maydonlar kattaligi jihatidan boshqa xil sabzavotlar ekiladigan maydonlardan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. Bodring tarkibida oziq moddalari kam. Uning kimyoviy tarkibi qo‘yidagicha: suv – 95-96%, karbonsuv – 0,3-0,5%, kul moddasi (kletchatkasiz) – 0,4-0,6%, C vitamin – 5-12 mg% (vitaminlar umuman kam). 100 g bodring quvvatliligi 20 kkal dan oshmaydi. Yurak va buyrak ishini yaxshilaydigan ishqorli tuzlar bo‘yicha bodring faqat turpdan keyin turadi. Mevalarida efir moylarni bo‘lishi ishtahani ochishga yaxshi yordam beradi. U noqulay sharoitlarda o‘strilganda (namlikni etishmasligi, agrotexnik tadbirlarni o‘z vatqida o‘tkazilmaslik, sovuq tushishi) mevalar ta’mini achchiqlashtiruvchi modda – glyukozidlar hosil bo‘ladi. 5.1.2. Bodringdan konservalar tayyorlash Konserva tayyorlash uchun yangi uzilgan ko‘m-ko‘k eti tig‘iz, va chaynalganda garchillamaydigan hamda urug‘i dag‘allashmagan (pishmagan), to‘g‘ri shaklli, barra (70-90 mkm) bodringlar tanlanadi. Yirik bodringlarni 2,3-3 sm qalinligida parrak-parrak qilib to‘g‘ralgan holda konservalash kerak. Konservalash oldidan bodringlar sovuq suvda 4-6 soat ivitib qo‘yiladi. SHu muddat o‘tgandan keyin ular yaxshilab yuviladi va yirik-maydaligi hamda sifati jihatidan saralanadi. Banka (ballon)larga joylash oldidan bodringlarning uchlaridagi po‘sti yupqa qilib kesib tashlanadi. Bodringdan avgust, sentyabr oylarida va oktyabrning birinchi yarmida konserva tayyorlagan ma’qul. Bodring sirkalash. 1-usul. Sirkalanadigan bodringlarni tanlab olib maydalarini butunligicha, yirikroqlarini o‘rtasidan bo‘lib, shisha banka yoki chinni idishga terib solasiz. Ustidan sirka va ziravorlar aralashtirilgan suv qo‘yiladi. Hajmi kattaroq bo‘lgan boshqa idishga suv solib, bodringli idishni shu idish ichiga qo‘yib, bir qaynatib olinadi. So‘ngra bodringli idishni sovutib, qopqog‘ini havo kirmaydigan qilib berkitib qo‘yiladi. Bir necha kundan keyin sirkalangan bodringni iste’mol qilsa bo‘ladi. 1 kg bodringga: 1 l suv, 1 stakan uzum sirkasi, yarim bog‘ ukrop, 1-2 dona lavr yaprog‘i, 5-6 dona qalampirmunchoq, 10 dona tuyilmagan qora murch, 1 choy qoshig‘ida tuz solinadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling