5.2.4. Sabzavot qiymasi aralashtirib va ustiga pomidor qaylasi qo‘yib tayyorlangan to‘g‘ralgan karam konservasi
Bunday konserva tayyorlashda karamning sirtqi barglari olib tashlangach, u 10-15 mm yirikligida to‘g‘raladi va qaynoq burda yoki qaynab turgan suvda 1 daqiqa davomida part qilinadi, keyin sovitiladi.Oshko‘klar saralanganidan so‘ng yaxshilab yuviladi va 10 mm yiriklikda to‘g‘raladi. Shakar va tuz elanadi.
0,5 l bankaga 500 g mahsulot sig‘adi: buning 25% i (125 g) ni karam barglari, 40% i (200 g) ni qovurilgan sabzavotl ar dan tayyorlangan qiyma, 35% (175 g) ni pomidor qaylasi tashkil etadi.
Sabzavot qiymasining tarkibi qo‘yidagicha: qovurilgan sabzi – 1560 g, qovurilgan oq ildizlar – 160 g, qovurilgan no‘shpiyoz – 220 g, to‘g‘ralgan oshko‘klar – 20 g, mayda osh tuzi – 40 g.Shu mahsulotlarning hammasi qozonga solinadi va aralashtirib turgan holda isitiladi. Hosil bo‘lgan qiymaga part qilinganidan keyin sovitilgan (to‘g‘ralgan) karam qo‘shiladi, yaxshilab aralashtiriladi va kamida 70°C gacha isitiladi.Ayni paytda pomidor qaylasi ham tayyorlanadi. 0,5 litrli 10 banka konserva uchun 1750 g pomidor qaylasi kerak bo‘ladi.Shu miqdordagi qaylaning 1600 g ni pomidor bo‘tqasi, 100 g ni shakar, 50 g ni tuz, 0,2 g ni tuyilgan achchiq qora murch, 0,32 g ni tuyilgan xushbuy, chuchuk murch tashkil etadi. Tayyor pomidor qaylasi bankalarga kamida 80°S gacha isitilgan holda qo‘yilishi lozim.
Konservalar servitamin va rangi chiroyli bo‘lishi uchun pomidor qaylasiga 25% pomidor o‘rniga shu miqdorda qizil chuchuk qalampir bo‘tqasi qo‘shilishi kerak.
Tayyorlab qo‘yilgan toza va isitilgan bankalarga avvalo bir ozgina qaynoq qayla qo‘yiladi, keyin part qilingan karam bilan sabzavot qiymasi to‘ldiriladi, uning ustiga qaylaning qolgan qismi to‘ldirib qo‘yiladi. Bankalar toza tunuka qopqoqlar bilan engil burab bekitilib, issiq (80-85°C) li idishga joylanadi va 100°C da muayyan vaqt qizdiriladi.Bunda 0,35 l bankalar – 40 daqiqa, 0,5 l bankalar – 70 daqiqa va 1,0 l bankalar – 90 daqiqa davomida qizdiriladi.Shu muddat o‘tgach, bankalar suvdan olinadi, qopqoqlari burab mahkamlanadi va bankalar to‘ntarib qo‘yilgan holda sovitiladi.
0,5 litrli 10 banka konservaga 1500 g karam, 3750 g sabzi, 450 g oq ildizlar, 600 g no‘sh piyoz, 25 g oshko‘klar, 90 g tuz, 100 g shakar, 400 g o‘simlik moyi, 0,2 g tuyilgan achchiq qora murch, 0,3 1 tuyilgan xushbo‘y, chuchuk murch, 1600 g pomidor bo‘tqasi yoki 2500 g pomidor kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |