Sabzavotlar marinadlari


Pomidor sharbatidagi bodringlar


Download 0.5 Mb.
bet5/20
Sana12.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1699948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
5-mavzu

Pomidor sharbatidagi bodringlar
Bunday konservalar sirkasiz tayyorlanadi. Buning uchun banka yoki ballonlarga avvalo yuqorida tilga olingan oshko‘klar, ziravorlar tashlanadi, keyin tegishlicha saralangan va yuvib tozalangan bodringlar joylanib, ustiga 95-97°C gacha isitilgan, sho‘r pomidor sharbati qo‘yiladi (sharbatning 1 litriga 50-60 g hisobida tuz qo‘shiladi).
Sharbat to‘ldirib qo‘yilgandan so‘ng bankalar tunuka qopkoq bilan engil bekitilib, issiq (70-75°C) suvli idishga joylanadi va 100°C da muayyan vaqt qaynatiladi; bunda 0,35 l bankalar – 10 daqiqa, 0,5 l bankalar – 15 daqikd, 1,0 l bankalar – 20 daqiqa, 2,0 l ballonlar – 25 daqiqa va 3,0 l ballonlar – 35 daqiqa davomida qaynatilishi lozim. Shu muddat o‘tgach, ular suvdan olinadi, qopqoqlari burab mahkamlanadi va to‘ntarib qo‘yilgan holda sovitiladi.
0
,5 litrlik 10 banka konserva tayyorlash uchun 3,3 kg bodring, 2,7 kg pomidor, 100 g tuz, 70 g ukrop, 50 g yerqalampir (xren) bargi, 30 g sarimsoq 50 g chuchuk qalampir, 3,5 g achchiq qalampir, 2 g chuchuk xushbo’y murch, 1 g lavr yaprog‘i kerak bo‘ladi.


Pomidor sharbatidagi bodringkonservasining ko‘rinishi


Kuchsiz qilib tuzlangan (sterilizatsiya qilingan) bodring konservasi
Yangi uzilgan (so‘limagan) barra bodringlar yuvib tozalanadi va sovuq suvda 4-6 soat ivitib qo‘yiladi. Shu muddat o‘tgach, ular yana yuviladi, so‘ngra tuzlanadi. Buning uchun bankalarga avvalo yuqorida aytib o‘tilgan oshko‘klar va ziravorlar tashlanadi, keyin bodringlar to‘ldiriladi va ustiga 80-85°C gacha isitilgan namakob qo‘yiladi. Namakobning sho‘rlik darajasi 5-6% bo‘lishi kerak. Ustiga namakob qo‘yilgan bodringlar xonada 4-6 kun turishi lozim; shu davr ichida sut kislota hosil bo‘lishi natijasida bodringlar nimtatir bo‘lib tuzlanadi va o‘ziga xos ta’m kasb etadi.
Shundan keyin ular bankadan birma-bir olinib, 2% li namakobda yuviladi va yangi oshko‘klar, ziravorlar, sarimsoq, qalampir, lavr yaprog‘i solib qo‘yilgan bankalarga to‘ldiriladi.
Ilgari bankada qolgan namakob sirlangan idishda 5-10 daqiqa qaynatiladi, keyin 3-4 qavat qilib buklangan dokadan suziladi va qaynoqligida (80-85°C) bankadagi bodringlar ustiga qo‘yiladi, bankalar tunuka qopqoqlar bilan bekitiladi hamda issiq (70-75°C) suvli kastryulьkaga joylanib, 90°C da muayyan vaqt qizdiriladi.
Bunda 0,35 l bankalar – 8 daqiqa, 0,5 l bankalar – 12 daqiqa, 1,0 l bankalar – 15 daqiqa, 2,0 l ballonlar – 20 daqiqa, 3,0 l ballonlar esa 25 daqiqa davomida qizdirilishi lozim. Belgilangan muddatdan keyin banka (ballon)lar suvdan olinadi, qopqoqlari mahkam burab bekitiladi; banka va ballonlar to‘ntarib qo‘yilgan holda, imkoni boricha tezroq sovitilishi lozim.
0,5 litrli 10 banka konserva tayyorlash uchun 3,5 kg bodring, 100-120 g tuz, 140 g ukrop, 100 g qalampir (xren) bargi, 60 g sarimsoq 5 g achchiq qalampir, 3 g chuchuk xushbuy murch (tuyilmagan), 2 g lavr yaprog‘i kerak bo‘ladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling