Sadikov A. N


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana09.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1181501
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
7 sem Amaliyot Uslubiy qollanma

 
11 – Amaliy mashg’ulot 
 
Mashg’ulot mavzusi 
 
Asosiy va zaxiraviy boshqaruv apparatida ishlashni o’rganish 
 
DM, tizimi, CHDM, Neva, Luch kodli qurilmalar nazorati va boshqaruv 
apparatlari, namunaviy loyiha yechim sifatida, ko‘chiriladigan jelob yoki 
mozaykali-jelob turidagi tablolar va pult-manipulyatorlar ishlatiladi. Ko‘chirma 
tablo va pult-manipulyator ikkalasi birgalikda poyezd dispetcherining ish o‘rnini 


tashkil etadi. Pult-manipulyator hamda ko‘chirma tabloning o‘zaro joylashuvi 14.1-
rasmda keltirilgan. 
Pult manipulyator 1, 2, 3-seksiyalardan tashkil topgan. 
1-seksiyada tugmalar o‘rnatilgan panel joylashgan. Dispetcherlik uchastkasida 
joylashgan strelka, signal va boshqa obyektlarni boshqarish manipulyator panelida 
joylashgan tugmalarga ta’sir ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. 
14.1-rasm. DNS ning ish o‘rni 
Manipulyator panelining pastki qismi va ikki gorizontal qatorlarida kallaklari 
qora rangli tugmalar joylashgan. Ular S1-S24 deb belgilanib, stansion deb 
nomlanadi. Har bir tugmaning yuqorisida tuynukcha bo‘lib, ularga shildiklar 
(lampochkali metall tasmalar) o‘rnatilgan. Har bir shildikda dispetcherlik 
uchastkasidagi stansiyalar nomi o‘yib yozilgan. Stansiya tugmalari dispetcherlik 
uchastkasidagi har qaysi stansiyalar obyektlarini boshqarish uchun ishlatiladigan 
boshqa tugmalardan foydalanishni ta’minlaydi. Qaysidir stansiya obyektini 
boshqarish uchun DNS shu stansiya tugmasini bosishi lozim. Shu stansiya tugmasi 
tepasidagi shildikning yoritishi tanlangan stansiya obyektlarini boshqarish 
mumkinligini bildiradi. Manipulyator paneli shildiki yonishi ko‘chirma tablodagi 
stansiya nomi bor shildikning yonishi bilan takrorlanadi. 
Manipulyatorning o‘rta qismida 4-vertikal qatorda joylashgan, «11÷13», 
«21÷27», «31÷37» va «41÷43» bilan belgilangan tugmalar mavjud. Tugma 
belgisidagi birinchi raqam vertical qatorning raqami, ikkinchisi esa gorizontal 
qatorning tartib raqami hisoblanadi. 
Bu tugmalar yordamida oraliq stansiyalarning strelka va signallarini boshqarish 
ta’minlanadi va shuning uchun ham bu tugmalar marshrut tugmalari deb nomlangan. 
Manipulyatorning marshrut tugmalari standart joylashagan bo‘ladi, lekin amaldagi 
uchastkalar uchun barcha tugmalar ham manipulyatorda ko‘rsatilmaydi. 
Manipulyatorda o‘rnatiladigan marshrut tugmalar soni, uchastka liniya stansiyalari 
yo‘llari sxematik plani orqali aniqlanadi. 
14.2-rasmda dispetcherlik markazlashuvi uchastkasining bir qismini liniya 
punktlari (LP) quyidagicha ketma-ket joylashuvi ko‘rsatilgan: stansiya A – stansiya 
V – post 1 – post 2 – stansiya V va boshqalar. 
LP ning planida har bir yo‘l tartib raqamlari berilgan nuqtalar bilan belgilangan. 
Bu nuqtalar bilan marshrut chegaralari belgilanadi. Har bir nuqta raqamlari 
manipulyator marshrut tugmalariga mos bo‘lishi lozim. Har qanday marshrut 
manipulyatordagi 2 ta marshrut tugmalarini ketma-ket bosish bilan beriladi. 


14.2
-ra
sm
. Ma
nipul
ya
tor
ning t
ashqi
ko‘r
ini
shi 


Birinchi bo‘lib, poyezd qayerdan ketishi kerak bo‘lsa, shu joy tugmasi bosiladi. 
Ikkinchi bo‘lib, poyezd qayerga kelishi kerak bo‘lsa, shu tugma bosiladi. Masalan, 
agar manipulyator «A» stansiyasini boshqarish uchun yoqilgan bo‘lsa, u holda toq
qabul qilish marshrutini o‘rnatish uchun (ya’ni «11» nuqtasidan «21» nuqtagacha) 
poyezd dispetcheri tartib bo‘yicha «11» va «21» manipulyator tugmalarini bosishi 
lozim. 
A stansiyasi sxemadagi nuqtalar raqamlarini manipulyator marshrut tugmalari 
bilan taqqoslashdan ko‘rinadiki, har qanday marshrutni tuzish uchun faqatgina «11», 
«21», «22», «31», «33», «41», tugmalaridan foydalaniladi. Manipulyatorning 
qolgan marshrut tugmalari A stansiyaning strelka va signallarini boshqarish uchun 
qo‘llanilmaydi. Ammo ular boshqa stansiya strelka va signallarini boshqarish uchun 
ishlatilishi mumkin. 
Uchastkaning qolgan stansiyalarini ko‘zdan kechirib shunga iqror bo‘lamizki, 
manipulyatordagi marshrut tugmalari ichida hech bir stansiya strelka va signallarini 
boshqarishda qo‘llanilmaydiganlari ham bor. Bunday tugmalar manipulyatorda 
o‘rnatilmaydi. 
Poyezd dispetcheri marshrut tugmalarini qo‘llash bilan strelkalarga yoki 
svetoforga buyruq yuborishni ta’minlashi mumkin. 
Bunday buyruqlarni yuborish uchun poyezd dispetcheri avval yordamchi tugma 
«B1» ni bosib ko‘rishi, undan keyin navbat bilan marshrut boshi va marshrut oxirini 
belgilab marshrut tugmalarini bosishi lozim. 
Manipulyatordagi marshrut tugmalarini bosish, «Topshiriq» deb nomlangan 
shildikning yonishi va ko‘chirma tabloda chiroqning paydo bo‘lishi bilan qayd 
qilinadi. 
Dispetcherning uchastkaning bosh yo‘liga mos marshrut tugmalariga 
o‘rganishini yaxshilash maqsadida, har doim gorizontal qator o‘rta tugmalari 
mavjud bo‘lib, ularning boshchasi sariq rangda bo‘ladi. 
Boshqa qolgan marshrut tugmalari boshchasi oq rang bilan bajariladi. 
Manipulyator panelining chap va o‘ng tomonlarida 2 tadan vertikal tugmalar 
joylashgan bo‘lib, ular «A1»÷«A14» va «B1»÷«B14» qilib belgilangan. Ular 


yordamchi tugmalar deyiladi. Bu tugmalar ayrim stansiyalarda joylashgan 
obyektlarni boshqarish va dispetcherga ayrim servis xizmatlarini ko‘rsatish uchun 
mo‘ljallangan. 
Yuqori voltli avtoblokirovka liniyalarini ajratish «Yoqish» yoki «O‘chirish» 
telemexanik komandalarini yuborish uchun stansiya toq bo‘g‘zida «A13» va «A14», 
juft bo‘g‘zida esa – «B13» va B14 tugmalari qo‘llaniladi. 
Stansiyada joylashgan ba’zi obyektlar uchun, hatto bu obyektlarni boshqarish 
qurilmalari uchun «O‘chirish» yoki «Yoqish» telemexanik komandalarni uzatishi 
lozim bo‘lsa ham faqat bittadan tugma o‘rnatiladi. Bunda «Yoqish» komandasini 
berish uchun kerakli tugma bir marta bosilsa, «O‘chirish» komandasi uchun 2 marta 
ketma-ket bosiladi. «A2» tugmasini bosish birinchi harakat hisoblansa, (bekor qilish 
buyrug‘i) ikkinchisi esa kerakli obyekt qurilmasini tanlash. 
Bunday obyektlarga jo‘nashga ruxsat etish qurilmasi («A11», «A12», «B12»), 
marshrutlarni avtomatik belgilash («B4»), nazoratni o‘chirish («B11»), mavsumiy 
boshqaruv («A10» tugmasi) qurilmalari kiradi. 
Stansiyalarda va dispetcherlik markazlashuv postlarida faqat «Yoqish» 
komandasini uzatuvchi lozim bo‘ladigan qator obyekt va boshqaruv qurilmalari 
mavjud. 
Bunday qurilmalarga «O‘chirish» komandasi avtomatik tarzda uzatiladi. Bunday 
obyektlarga akustik chaqiruv qurilmalari (telefonga kelishni talab etuvchi ovozli 
signalni yoqish) kiradi. Stansiyaning toq bo‘g‘ziga akustik chaqiruvni yuborish 
uchun «A5» tugmasi, markaziy bo‘g‘ziga – «A6», juft bo‘g‘ziga – «B6», stansiya 
navbatchisi xonasiga «B5», dispetcherlik markazlashuv postining navbatchi 
elektromexanigiga «A3» tugmalaridan foydalaniladi. 
Manyovr harakatlarini va qurilmalarga profilaktik xizmat ko‘rsatish uchun, 
stansiyalarda strelkalar guruhini mahalliy boshqaruvga o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 
Guruh strelkalarini mahalliy boshqaruvga o‘tkazuvchi qurilmalariga faqat 
«Yoqish» komandasini uzatish lozim. 
O‘chirish komandasi esa, manyovr harakatlari va profilaktik xizmat ko‘rsatish 
ishlari nihoyasiga yetgandan so‘ng inson tomonidan uzatiladi. 
Har xil stansiyalardagi strelkalar guruhi har xil konfiguratsiyaga ega, u holda 
telemexanika signalilarini strelka guruhlarini mahalliy boshqaruvga o‘tkazish, 
manipulyatorda tugmalarni ketma-ket 2 marta bosish bilan amalga oshiriladi. 
Birinchi bo‘lib «A7», «A8», «A9», «B7», «B8», «B9», «B10», tugmalaridan 
birini bosish, ya’ni mahalliy boshqaruvdagi strelkalar guruhini tanlash amalga 
oshiriladi. Bunday amal natijasida ko‘chma tabloda mahalliy boshqaruvga o‘tgan 
xudud yoritgichi yonib turadi. Agarda rayon to‘g‘ri belgilangan bo‘lsa, u holda «A4» 
tugmasi bosiladi (mahalliy boshqaruv), shundan so‘ng mahalliy boshqaruv 
qurilmasida «Yoqish» telemexanika signaliga o‘tish yuz beradi. 
Manipulyatorning marshrut yoki ba’zi yordamchi tugmalaridan foydalanishda 2 
ta ketma-ket harakatni amalga oshirish lozim. Agar birinchi tugmani bosishda 
xatoga yo‘l qo‘yilsa, u holda uni «A1» tugmani bosish bilan bekor qilish mumkin. 
Agar 
dispetcherlik 
markazlash 
uchastkasi 
stansiyalarida 
marshrutlar 
o‘rnatilmagan bo‘lsa, u holda ko‘chma tabloda strelkalarning holati ko‘rinmaydi. 


Bu holatni «B2» (yorug‘lik) tugmasini bosish bilan yuzaga keltirishimiz 
mumkin. 
Ko‘chma tablolar alohida seksiyalardan tuziladi. Bu tabloda uchastka sxemasi 
ikki gorizontal qatorda, yuqori va quyi qatorlarda joylashadi. Ko‘chma tablodagi 
panellar soni, uchastkada joylashgan stansiyalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Mozayka-
jelobli tablolar ikki xil modifikatsiyada chiqariladi. Birinchi modifikatsiyada 
indikatsiyalash uchun cho’lg‘am lampalaridan foydalaniladi, ikkinchisida esa 
svetodiodlardan. Ko‘chma tabloda har bir uchastka stansiyalari sxemalar bilan 
tasvirlangan. 
Barcha obyektlar boshqaruv va nazorat indikatsiyasining holati yorug‘lik 
yacheykalari yordamida amalga oshiriladi. Yacheykalarning vazifalari quyidagicha: 
RZD 
Pult manipulyator tugmalari stansiya boshqaruviga ulangani haqida 
signal ko‘rsatadi; 
KRN 
(KRCH) 
Yuqori voltli avtoblokirovka liniyalari ajratkichlarining holatini 
o‘chirish yoki yoqishni nazorat qiladi; 
VK 
TS signalini uzatishni amalga oshiruvchi liniya punktlari kodli 
qurilmalarining o‘chirilgan holatini nazorat qiladi; 
KA 
Stansiyada vujudga kelgan nosozliklar (strelka kesilishi, ta’minotning 
yo‘qligi, svetofor chiroqlarining kuyib qolishi va boshqalar)ni nazorat 
qiladi; 
ZMN 
(ZMCH) 
Stansiya toq (juft) bo‘g‘izlarida belgilanadigan marshrutlarning 
tutashib qolishini nazorat qilish uchun; 
KSS 
Strelka elektrodvigatellarining uzoq muddat friksiyaga ishlashida 
ishchi zanjirdan avtomatik uzilib qolishini nazorat qiladi; 
AM 
Marshrutlarning avtomatik belgilanish qurilmalari ulangan holatini 
nazorat qiladi; 
ZM 
Stansiya zaxira rejimida ishlayotganini nazorat qiladi; 
SU 
Stansiya mavsumiy rejimda ishlayotganini nazorat qiladi. 
Svetofor simvolidagi Z yacheykasi svetoforning ruxsat etuvchi ko‘rsatkichini 
nazorat qilish uchun kerak. 
Strelka fonidagi B/K yacheykasi peregondagi harakat yo‘nalishini va uning 
bo‘sh yoki bandligini nazorat qilish uchun kerak. Yacheykalar ichidagi harflar rangli 
yacheykalar qanday rang bilan signallashi mumkinligini bildiradi. 
Stansiya plani va unga qo‘shilgan uzoqlashish va yaqinlashish blok-uchastkalari 
rangli yacheykalar bilan ko‘rsatilgan. Bu yacheykalar o‘rnatilgan marshrut yo‘lini 
indikatsiyalash uchun mo‘ljallangan va shu bilan birga belgilangan rels 
zanjirlarining bo‘sh yoki bandligini ham ko‘rsatadi. Har bir yacheyka oq (bo‘sh) 
yoki qizil (band) rang bilan signallanadi. Qabul qilib jo‘natish yo‘llarining har biri 
2 ta kalta va bitta uzun yacheyka bilan tasvirlangan. 
Uzun yacheyka qabul qilib jo‘natish yo‘llari holatini nazorat qilsa, kalta 
yacheyka yonishi “poyezd boshi”dan darak beradi (lokomotiv ulangan tarkib 
tomoni). 


27
-ra
sm.
Ko‘
chma ta
blo
ning pane
li
 


Toq tarafdan 2 yo‘lga marshrut belgilash indikatsiyasini ko‘rib chiqamiz. Pult-
manipulyatorda «11» tugma bosilganda «a» yacheykasi oq yonib o‘tuvchi rang bilan 
signal beradi. «22» tugma bosilganda «v» yacheykasi oq yonib o‘tuvchi rang bilan 
signal beradi. Shunday qilib, ko‘chma tabloda marshrutni terish vujudga keladi. 
Ko‘chma tabloda marshrut o‘rnatilgani haqida TS signali qabul qilingandan so‘ng: 
ikkinchi yo‘ldagi «a» va «b», «v» yacheykalari tiniq oq rang signal bera boshlaydi, 
bunda uzun oq tasma hosil bo‘ladi. 
«N» svetofori simvolidagi «3» yacheykasida to‘la yasxil rang paydo bo‘ladi. 
«ZMN» yacheykasida to‘la oq rang signali paydo bo‘ladi. 
«N» svetoforidan orqaga poyezd o‘tgandan so‘ng «a», «b», «v» yacheykalari 
rangi qizilga o‘zgaradi, «3» yacheykasi simvoli o‘chadi. 
Poyezd qabul qilib jo‘natish yo‘liga o‘tgandan so‘ng, yacheyka rangi qizilga 
o‘zgaradi. 
Poyezd stansiya strelkasini bo‘shatganidan so‘ng, «a», «b» «v» va «ZMN» 
yacheykalari o‘chadi. Faqatgina ikkinchi qabul qilib jo‘natish yo‘llari o‘ng tomon 
uzun va kalta yacheykalari qizil rang bilan signal beradi. 
Agar stansiyada mahalliy boshqaruv rejimi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda uning 
toq gorlovinasida faqat bitta strelka kiradigan birgina guruh bo‘ladi. Manipulyatorda 
«A7» tugmasini bosganimizdan so‘ng «a», «b», «g» yacheykalarida chiroqlar paydo 
bo‘ladi. 
«A4» tugmasi bosilgandan so‘ng, boshqaruvning telemexanika signali uzatilishi 
amalga oshiriladi. 
Agar strelka mahalliy boshqaruv rejimiga o‘tkazilsa va mos ravishdagi 
telemexanika signali nazorati kelsa, u holda «a», «b», «g» yacheykalarida to‘liq 
qizil rang paydo bo‘ladi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling