Sadikov A. N
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
7 sem Amaliyot Uslubiy qollanma
12 – Amaliy mashg’ulot
Mashg’ulot mavzusi Telemexanik tizimlarning funksional sxemalarini tuzishni o’rganish Telemexanika qurilmalari odatda, turli maqsadlarda qo‘llaniladi va turlicha texnik tavsif (harakteristika)larga ega bo‘ladi. Ammo ularning barchasi shunday tavsifli tugunlardan iboratki, ulardan har biri turli tizimlarda bir xil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lsada, ulanish sxemalari turlicha bo‘lishi mumkin. 16.1-rasmda p/k A va p/k B larning funksional sxemasi keltirilgan. Funksional tugunlarning qanday maqsadda qo‘llanilishi va ularning o‘zaro ta’sirlari strukturasini uchinchi paragrafda bayon qilingan algoritm (tartib) asosida DNS ning «B» stansiya 2-yo‘liga toq marshrutni qabul qilish harakatiga nisbatan ko‘rib o‘tamiz. “B” stansiyada joylashgan obyektlarni boshqarish uchun yordamchi (A1÷A14, V1÷V14) va marshrutli (11÷13, 21÷27, 31÷37, 41÷43) manipulyator tugmalari ushbu stansiyani boshqarishni ulash uchun zarur. Buning uchun boshqaruv apparati (BA) da poyezd dispetcheri “St.B ” tugmasiga bosadi. Stansiya tugmasi stansiya manzili kodini aniqlaydi va u malumotlar shifratori (SHS) ga ta’sir etadi. SHS ning vazifasi yuqorida nomi zikr etilgan tugmaning bosilishini ikki xonali sonli raqamga o‘zgartirib berishdan iborat, bu raqam o‘z navbatida stansiya manzili haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Keyinchalik stansiya tugmasi o‘z holatiga qaytadi, stansiya manzili uzatish registri (RP1) ga uzatiladi. RP1 ning vazifasi – ushbu sonni eslab qolishdan iborat. RP1 ning stansiya manzilini eslab qolgan elementlari qismi servis xizmatlar tuguni (USU) ga ta’sir etadi. U o‘z navbatida “St.B” shildiki yoritgichini ulaydi va tashqaridagi tabloda stansiya nomi yoqiladi. Shu bilan SHS, RP1 sxemalarning boshqaruv apparati (BA) dagi stansiya “B” ni boshqarish amali tugaydi. DNS ning yordamchi va marshrutli tugmalarga ta’sirini eslab qolish uchun p/k A (16.1-rasmga qarang) tarkibida harakatlarni eslab qolish tuguni (UFD) nazarda tutilgan. Toq mashrut qabulini o‘rnatish uchun DNS navbatma-navbat “11” va “22” tugmalarni bosish lozim. Marshrut boshlanishi “11” tugmasining bosilishi UFD da qayd qilinadi va USU ga uzatiladi. Bunda USU quyidagilarni ta’minlaydi: - manipulyatordagi “Topshiriq” shildikining yoritilishini; - tashqari tablodagi jelob “a” yonib-o‘chib turuvchi oq yorug‘lik bilan yoritilishini (15.1-rasmga qarang); - agar 5–7 soniya vaqt davomida DNS marshrut oxiri tugmasi “22” ni bosishga ulgurmasa yoki yoddan chiqargan bo‘lsa, tovush signalini ulovchi vaqt hisoblagichni ishga tushirishni (26-rasmga qarang); bunda tovush signali DNS ga mashrutni terish yoki tugatishni, yoki “A1” tugmani bosib “11” tugma tasirini bekor qilish (tugatish, bas qilish) ni eslatadi. Marshrutning so‘nggi tugmasi “22” ning bosilishi, shuningdek UFD da ham qayd qilinadi va USU ga uzatiladi, u o‘z navbatida tashqi tablodagi jelob “b” ning o‘chib-yonuvchi oq rangda yoritilishini ta’minlaydi. Shuni ta’kidlash lozimki USU boshqa servis xizmatlar ham ko‘rsatadi. Masalan, TS kanalining p/k B bilan bog‘langani hisobiga USU tashqi tabloda poyezdning qaysi tomoniga lokomotiv tirkalgani haqida indikatsiya yo‘li bilan ko‘rsatishni ta’minlaydi (16.1-rasmga qarang TS dan bog‘lanish). Ikkinchi bosishni qayd qilgandan so‘ng, UFD alfavit o‘zgartgich(PA) ga ta’sir etadi. Uning vazifasi “boshi-oxiri” alfavitini “marshrut-signal” alfavitiga o‘zgartirishdan iborat. Bu alfavit SHS yordamida ikki xonali son raqamining qismiga aylantiriladi va bu raqam signalning tezkor qismi guruhlari va buyruqlari manzillari haqidagi ma’lumotni o‘zida joriy qilgan bo‘ladi. Bu raqamlar qiymatlari RP1 da eslab qolinadi. 16.1 -ra sm . Te le m exa nik a ti zim ini ng fu nksi ona l sx emasi RP1 dan n-razryadli ikki xonali son himoya qurilmasi (ZU1) ga kelib tushadi. ZU1 ning asosiy vazifasi ikki xonali sonning to‘g‘ri hosil qilinganiga ishonch hosil qilish (tekshirish) dan iborat. Masalan, «NEVA» DM tizimida quyidagilar tekshiriladi: - sonlar razryadlari soni n=18; - 1÷6 razryadlar 3 6 С kodini qanoatlantiradi, ya’ni barcha olti razryadlar ichida albatta uchta bir, uchta nol sonlari bo‘lishi shart; - 7,8,9,18 razryadlar 4 4 2 4 С С kodlarini qanoatlantiradi; - 10÷17 razryadlar 1 3 1 5 С С , kodlarini qanoatlantiradi, agar marshrutni o‘rnatishga ( 1 5 С ) va signalni boshqarishga ( 1 3 С ) buyruq o‘rnatilgan bo‘lsa, agar buyruq yordamchi tugmadan terilgan bo‘lsa, 1 8 С kodi qanoatlantiriladi. ZU1 kirishiga ishga tushirish tuguni (UZ) ulangan bo‘lib, uning yordamida tizimni aloqa liniyasiga ko‘p taktli Telemexanika signalini uzatish uchun ishga tushirishni amalga oshiriladi. Ishga tushirish tuguni yordamida taktli impulslar generatori (GTI) ning ishga tushishi ta’minlanadi. GTI tebranishlari davri orqali ikki xonali sonning bitta raqami aloqa liniyasi bo‘yicha uzatilish vaqt davomiyligi (takt davomiyligi) aniqlanadi. Birinchi taktli impuls taqsimlagich (R1)ning kirishiga va aloqa kanalidan foydalanishni belgilovchi tugun (URKS1)ga beriladi. Taqsimlagich R1 ning vazifasi shundan iboratki, u GTI tebranishlari davrini hisoblaydi va buning asosida ikki xonali sonlarning raqamlarini uzatish tartibini ta’minlaydi. URKS1 ning vazifalaridan biri ayni bir aloqa liniyasi bo‘yicha ham ikki xonali sonli raqamlarni va ham GTI tebranishlari davrini uzatishni ta’minlashdan iborat. Birinchi taktli impulsning R1 ga kelib tushishi natijasida R1 kanal shifratori (SHK) ga ta’sir etuvchi birinchi chiqish zanjirini hosil qiladi. Kanal shifratori maxsus kontroller bo‘lib, R1 chiqish zanjiri raqamiga mos holatda (qaralayotgan holatda birinchi raqam) son raqami qiymatini RP1 dan modulyator (M) ga uzatadi. Modulyator o‘z navbatida oraliq zveno bo‘lib, SHK ning impuls belgisi generatori (GIP) bilan bog‘lanishni soddalashtirish uchun xizmat qiladi. Agar GIP oson boshqariluvchi bo‘lsa (SHK zanjirlari yordamida), modulyator M o‘rnatilmasa ham bo‘ladi. Impuls belgilari generatori (GIP) ning vazifasi son raqami qiymatiga mos holatda (nol yoki bir) axborot tashuvchiga (elektr tokiga) mos holatdagi belgi qiymatini berishdan iborat. Masalan, «Neva» va «Luch» tizimlarida TS ning ko‘p taktli signallarida bir raqami И 1 f chastota bilan, nol raqami esa И 2 f chastota bilan belgilanadi. Modulyator M ga SHK ta’sir etishi bilan bir vaqtda URKS1 ham ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bu narsa bitta aloqa liniyasi bo‘yicha ham raqam qiymatini va hamda GTI tebranishlari davrini ham uzatish uchun zarur. «CHDM-66», «Neva» tizimlarida toq raqamlar (nol va bir)ni uzatish uchun mos holatda У 3 f va У 4 f chastotalardan, juft raqamlarni uzatish uchun esa У 1 f va У 2 f chastotalardan foydalaniladi. Shunday qilib, R1 birinchi pozitsiyaga qayta ulanganda GIP chiqishida signal tashuvchi hosil bo‘ladi, uning belgisi sonning birinchi raqamini va uning qiymatini uzatishning boshlanishi bilan aniqlanadi. Signal GIP dan liniyali qurilmalar (LQ) ga beriladi, LQ o‘z navbatida signalni kuchaytirish uchun hamda apparaturalarning elektr tavsiflarini aloqa liniyasi tavsiflari bilan moslashtirish uchun xizmat qiladi. Shunday qilib, GTI ning tebranishlarining birinchi davri vaqtida aloqa liniyasiga ko‘p taktli signalning birinchi impulsi uzatiladi. Taktli impulslar generatori tomonidan ikkinchi va undan keyingi tebranishlar davrlarining ishlab chiqarilishiga bog‘liq holatda navbatma- navbat taqsimlagich R1 ning chiqish zanjiri hosil qilinadi, o‘z navbatida SHK RP1 dan modulyator M ga son raqami qiymatini navbatma-navbat uzatadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, GTI, R1 va SHK lar RP1 da parallel kodlarda to‘lg‘azilgan sonlarni xuddi shunday sonlarga, faqat SHK chiqishidagi ketma-ket kodli sonlarga o‘zgartiruvcxilar ekan. Kanal shifratori SHK URKS1 bilan birgalikda GIP ga ta’sir etib aloqa liniyasiga ko‘p taktli signalning ikkinchi va keyingi impulslarini uzatishni ta’minlaydi. Eng so‘nggi («n») ko‘p taktli signalning impulsi uzatilishi tugagandan keyin R1 «n+1» chi chiqish zanjirini hosil qiladi va undan uzatish punktining barcha funksional tugunlarining dastlabki holatiga keltirilishi ta’minlanadi (16.1-rasmdagi n+1ga qarang). Qabul qilish punktida ko‘p taktli signal birinchi impulsi liniya - kuchaytirish qurilmasi (LKQ) orqali demodulyator (DM) kirishiga kelib tushadi. LKQ o‘z navbatida signalni kuchaytirish va aloqa liniyalarining elektr tavsiflarini DM kirish elektr tavsiflari bilan muvofiqlashtirishga mo‘ljallangan. Demodulyator (DM) ning asosiy funksiyasi shundan iboratki, DM kirishiga kelib tushuvchi elektr toki impulsi belgisi bo‘yicha elektr signal (impulsi) ning mavjudligini aniqlashdan, ya’ni son raqamini va bu raqam qiymatini (nol yoki bir) aniqlashdan iborat. Agar DM kirishiga o‘zgaruvchan tok impulsi keladigan bo‘lsa, u qo‘shimcha vazifani ham bajaradi, bu vazifa o‘zgaruvchan tok impulsini o‘zgarmas tok impulsiga o‘zgartirishdan iborat. Demodulyator (DM) ikki guruh chiqishlariga ega birinchi guruh bo‘yicha DM aloqa kanalidan foydalanishni cheklovchi tugun (URKS2) bilan bog‘langan bo‘lib, uning asosiy vazifalaridan biri navbatdagi taktli impuls (GTI tebranish davri) ning kelib tushish boshlanishini aniqlashdan iborat. Taktli impuls URKS2 dan taqsimlagich R2 ga kelib tushadi. R2 ning vazifasi taktli impulslarni sanashdan (ya’ni GTI tebranish davrini sanashdan) va buning asosida ikki xonali sonning raqamini qabul qilish navbatini aniqlashdan iborat. Chiqishlarining ikkinchi guruhi bo‘yicha DM kanal deshifratori (DK) bilan bog‘langan. Bu chiqish guruhlari DM dan DK ga son raqam (nol yoki bir) lar qiymatini tavsiflovchi impulslar kelib tushadi. Shunday qilib, ko‘p taktli impulsning birinchi impulsi kelib tushganda (birinchi raqam) URKS2 ishi hisobiga taqsimlagich R2 qayta ulanadi va birinchi chiqish zanjirini hosil qiladi. Bu zanjir DM ning chiqishi zanjirlari ikkinchi guruhi kabi DK ga ta’sir ko‘rsatadi. Kanal deshifratori DK maxsus sxema bo‘lib, chiqish zanjiri R2 ning raqamiga mos holatda DM ning chiqishi ikkinchi guruhidan son raqami qiymatini qabul qilish registori (RP2) xotira yacheykasiga uzatadi, qaralayotgan namunada sonning birinchi raqami qiymati birinchi qabul qilinuvchi impuls RP2 ning birinchi xotira yacheykasida eslab qolinadi. Xuddi shuningdek, ikkinchi va undan keyingi impulslar (son raqamlari qiymatlari) mos holatda ikkinchi va navbatdagi xotira yacheykalar (RP2) da eslab qolinadi. Shunday qilib, RP2 ning vazifasi ikki xonali son raqamlari qiymatlarini parallel kodda eslab qolishdan iborat. URKS2, R2, DK, RP2 funksional tugunlar ko‘p taktli signallarni qabul qilish chog‘ida ketma-ket kodda DM ning ikkinchi guruh chiqishlaridagi ikkilik koddagi xuddi shunday sonlarga parallel kodlarga RP2 xotira yacheykalarida eslab qolinadigan holatda o‘zgartirib borishdan iborat. Sonning barcha raqamlari qabul qilingach, uning qiymati himoya qurilmasi (ZU2) ga va xabar deshifratori (DM) ga kelib tushadi. ZU2 ning vazifalaridan biri qabul qilingan ikki xonali sonning hosil qilinishi to‘g‘irligini tekshirishdan iborat. Bu tekshirish mazmuni ZU1 ni tekshirish mazmunidan farq qilmaydi. DM ning vazifasi shundan iboratki, u ikki xonali sonni buyruq yoki buyruqlarga o‘zgartiradi. Buyruq va ta’sirlarni qayd qilish uchun obyektlarni boshqarish stansiya qurilmalari (ES qurilmalari) ga ijro etuvchi rele (IR) lar o‘rnatiladi va ko‘p taktli signal qabul qilish chog‘ida aniqlanmagan holatda ishlaydi. IR relening o‘chishi boshqaruv buyrug‘ining bajarilishiga qarab ES qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Amalda qo‘llaniluvchi tizimlarda URKS1, URKS2, ZU1, ZU2 kabi tugunlar vazifalarini sezirarli darajada kengaytirish mumkin. Masalan, ZU1 va ZU2 tugunlari uchun qolgan har qanday funksional tugunlarning ishlash qobiliyatini nazorat qilish vazifasi yuklatilishi mumkin (27.1-rasmdagi aloqalarga qarang). Masalan, CHDM- 66 tizimida TS ning ko‘p taktli signalini qabul qilishi chog‘ida ZU2 tuguni IR relening ishlashini agar TS ning qabul qilingan signalidagi impulslar soni 21dan katta ham, kichik ham bo‘lmaganda ta’minlaydi. Shunday qilib, ZU2 tuguni ikki xonali sondagi raqamlar sonining ko‘p yoki kam bo‘lishidagi himoyalovchi qo‘shimcha vazifani bajaradi va bu bilan R2 va URKS2 tugunlarining ish jarayonlari to‘g‘ri kechishini nazorat qiladi. Dispetcherlik markazi tizim strukturasi bo‘yicha quriladi. Bu struktura TB va TS ning guruh kanallaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shuning uchn URKS1 va URKS2 ga turli LPDM lardagi TS signallarning uzatilishi ketma-ketligini ta’minlashdan iborat qo‘shimcha vazifa yuklatiladi. DM ning sporadik tizimlari 16.1-rasmda ko‘rsatilgan signallar strukturasini qo‘llaydilar. Bunady struktura URKS1 va URKS2 larga yana bir vazifa – bitta LPDM da joylashgan turli obyektlar guruhidagi beriluvchi TS signallarini uzatish navbatini ta’minlash yuklatiladi. URKS, URKS2, ZU1, ZU2 tugunlarining aniq vazifalari kodlar tizimini ishlab chiquvcxilar tomonidan apparatura element bazasiga boshqa funksional tugunlarni ishlash asoslariga, aloqa kanallaridan foydlanish prinsiplariga va ularning tavsiflariga hamda kodalsh (uzatiluvchi ko‘p taktli siganllarni ikki xonali sonda ifodalash) prinsiplariga bog‘liq holatda aniqlanadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling