Sadikov A. N


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana09.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1181501
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
7 sem Amaliyot Uslubiy qollanma

15 – Amaliy mashg’ulot 
 
Mashg’ulot mavzusi 
 
Berilgan topshiriq asosida kontaktli va kontaktsiz xabar deshifratorlarni 
qurishni o’rganish 
 
Ko‘p taktli signalni deshifratsiyalash masalasini TU signali misolida ko‘rib 
o‘tamiz. Chunki uning sxemasi barcha signallar uchun umumiydir. Dispetcherlik 
markazlarining kodli qurilmalarining har qanday Amaliy tizimlarida TU signali 
strukturasi quyidagi-rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Signal strukturasi quyidagi 5 qismdan iborat: 
1-qism – xizmat qismi, raqami «0» dan bo‘lgan bitta impulsdan iborat; 
2-qism – stansiya manzilini aniqlab beruvchi «1» dan «i-1» raqamgacha bo‘lgan 
impulslardan iborat; 
3-qism – stansiyadagi obyektlar guruhi manzilini aniqlab beruvchi «i» dan «j-1» 
gacha bo‘lgan raqamli impulslardan iborat; 
4-qism – marshrutda strelkalarni o‘tkazuvchi buyruqlarni aniqlab beruvchi «j» 
dan «j-k» gacha raqamli impulslardan iborat; 
5-qism – to‘rtinchi qismda tanlangan marshrutni himoyalovchi svetoforlarni 
boshqaruv buyruqlarini aniqlab beruvchi «k» dan «n» raqamigacha bo‘lgan 
impulslardan iborat; 


26.1-rasm. TU ko‘p taktli signal strukturasi 
Ko‘p taktli signalni deshifratsiyalash masalasi usuli shu masala qanday 
aniqlikdagi natija talab etilishiga ko‘ra tanlanadi. Deshifratsiya masalasining natijasi 
aniqligiga qo‘yiluvchi mavjud talablar o‘z navbatida ikki variantdan iborat va 
ularninng har biriga o’ziga mos holatda deshifratsiya algoritmi qo‘llaniladi. 
Birinchi variantninng mazmuni shundan iboratki, barcha mavjud ruxsat etilgan 
kodli kombinatsiyalar (sonlardan) ixtiyoriysini deshifratsiyalash talab etiladi. Bu 
variantda masalan, ko‘p taktli signalining 3, 4 va 5-qismlari deshifratsiyalash bilan 
amalga oshiriladi. Ko‘p taktli signalning har bir qismini deshifratsiyalash ikki 
bosqichda amlga oshiriladi. 
Deshifratsiyalashning birinchi bosqichida ko‘p taktli signalni qabul qilish 
jarayonida har bir impulsning raqamli qiymati qabul qilinuvchi registorda eslab 
qolinadi. Bu amalning manzilini ko‘p taktli signal ko‘rinish shaklini o‘zgartirish 
(ikki xonali son) demodulyator chiqishida ketma-ket kod ko‘rinishida bo‘ladi. Bu 
amal kanal deshifratori va qabul qilish registri deb ataluvchi funksional tugunlar 
yordamida amalga oshiriladi. Bu tugunlar sxemasi 26.2-rasmda ko‘rsatilgan. 
Kanal deshifratori ikki kirishli mantiqiy operatsiya «VA» ning elementlari 
ko‘pligidan tuzilgan bo‘lib, bularning kirishlaridan biri taqsimlagichning chiqish 
zanjiri bilan ulangan bo‘ladi, ikkinchi kirish esa demodulyatorning chiqishlaridan 
biriga ulanadi va shu bilan impulsning miqdori (O yoki 1) aniqlanadi (sonning 
raqami aniqlanadi). 
Qabul qilish registri (16.1-rasmda RP2) xotiraga ega bo‘lgan ikki asosli 
elementlar ko‘pligidan (trigger yoki reli) tashkil topgan bo‘ladi va ulardan har biri 
bitta raqam miqdorini eslab qolishga mo‘ljallangan. 
26.2-rasm. Qabul registri bilan kanal deshifratorining sxemasi 


Agar telemexanika tizimlarida signal kelishi uzluksizligini va impulslar 
sanalmay qolganini nazorat qiluvch himoyalar mavjud bo‘lsa, qabul qiluvchi 
registrlarda sonning bitta raqamini eslab qolish uchun bitta ikki asosli xotira 
elementi nazarda tutilgan. 
26.3-rasm. DK ishining vaqt diagrammasi 
26.3-rasmdagi qabul qilish registri «1A-5A» deb belgilangan RS-triggerlar 
orqali ifodalangan. «1A» elementi ko‘p taktli (ko‘p pog‘onali) signalning birinchi 
impulsi (sonning raqamini) miqdorini qayd etish uchun mo‘ljallangan. 
Agar bu impuls aktiv sifat deb qabul qilinsa (raqam miqdori-1), «1A» 
elementning chiqishida signal «1» paydo bo‘ladi va «S» kirish bo‘yicha «1A» 
trigger «O» holatidan «1» holatiga o‘tadi. Agar birinchi impuls passiv sifat deb qabul 
qilinsa (raqam miqdori-«O»), u holda «1A» triggerning «S» kirishiga signal 
bermaydi va u «O» holatida qoladi. 
Ko‘p taktli signalning ikkinchi va undan keyingi impulslari qabul qilinganda 
ko‘p taktli signallar qabuli tugaganda va boshqaruvchi-rasmlar yordamida buyruqlar 
qayd etilganda qabul qilish registrining elementlarini boshlang‘ich holatga olib 
kelish uchun «R» kirishlarga «1» signali beriladi. Ko‘p taktli signalning birinchi 
beshta impulsi qabul qilishidagi sxema ishining vaqt diagrammasi (bu 10011 songa 
to‘g‘ri keladi) 26.3-rasmda ko’rsatilgan. 
Deshifratsiyalashning ikkinchi bosqichi birinchisi tomom bo’lganda boshlanadi. 
Ikkinchi bosqichda ikki asosli son kodlash qoidalariga muvofiq holatda 
buyruqqa aylantiriladi. Bu operatsiyani deshifratorning funksional qismi bajaradi. 
Darhaqiqat «1T-5T» triggerlarni «1A-5A» triggerlari bilan almashtirilsa, hosil 
bo‘lgan yangi sxemaning «VA», «YOKI-YO‘Q» mantiqiy operatsiyalarini 
bajaruvchi elementlar ko‘pligi «DM» funksiyasini bajaradi. DM ning har bir 
chiqishiga ijrochi rele ulanadi


Agar qabul qiluvchi registrning ikki asosli elementlari sifatida elektromexanik 
rels ishlatilgan bo‘lsa (CHDM, SKM-SNII, Neva, Luch), u holda «DM» sxemasi 
muvozanatlashgan kontaktli piramidalar bo‘yicha kiriladi. 
26.3-rasmdagi 
«1A-5A» 
triggerlar 
o‘rniga 
elektromexanik 
relelar 
ishlatilgandagi kontaktli piramidalar sxemasi keltirilgan. 
Bitta kontaktli piramida cho‘qqisiga himoyalash moslamalari 3U2 orqali 
manbaning musbat qisqichi, ikkinchi piramida cho‘qqisiga esa manfiy qisqichi 
ulanadi. Har bir piramidaning zanjiri uning asosida tugaydi va ketma-ket ulangan 
qabul qilish registrining relesini ro‘para va orqa kontaktlarining ketma-ket ulangan 
turli kombinatsiyalardan tashkil topadi. Zanjirlar yopiq bo‘lgan holatdagi 
kombinatsiyalar piramida chiqishida yozilgan. Masalan, «101» yozuvchi qabul 
qilish registrida eslab qolingan sonning birinchi raqamii «1», ikkinchisi-«0», 
uchinchisi-«1» ekanini ko‘rsatadi. Ijrochi relelar piramida chiqishlari orasida diodlar 
orqali ulanadi. Masalan, «TI» rele qo‘zg‘alishi uchun qabul qilish registrida 
«11001» son eslab qolingan bo‘lishi kerak. 
Ijrochi relelar chulg‘amlari bilan ketma-ket ulanuvchi diodlar aylanma yo‘llar 
bilan relslar qo‘zg‘alishi imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. 
Deshifratsiya masalasini yechishning ikkinchi varianti negizi shundaki, barcha 
mumkin bo‘lgan ruxsat etilgan kod kombinatsiyalari (sonlar) orasidan qabul qilish 
qurilmalari faqat bittasigina deshifrovka qilishi kerak. Bu variantda masala ko‘p 
taktli signalning ikkinchi qismi qabul qilinayotganda yecxiladi. 
Ko‘rilayotgan variantda ko‘p taktli signal qabul qilish jarayonida deshifratsiya 
amalga oshirilishi uchun har bir impuls qabul qilinayotganda uning raqamli miqdori 
maxsus element (SE) da eslab qolingan miqdorlar bilan solishtirilishi kerak. 
Dispetcher markazlashtirishni hamma tizimlarining kod qurilmalarida SE 
sifatida ulagichlar ishlatiladi. 26.5-rasmda «CHDM» va «Neva» tizimlarida 
qo‘llanadigan qurilgan variantning sxemalaridan biri keltirilgan. 
26.4-rasm. Xabarnomalarning kontaktli deshifratori 


26.5-rasmda 1T-1, 2T-0, 3T-1 ulagichlar orqali ko‘p taktli signalning birinchi 
uchta impulsi 101 raqamga mos keluvchi stansiya manziliga sozlangan. 
Agar ko‘p taktli signalning birinchi impulsi aktiv sifatida kirsa (raqamning 
qiymati-1) shunda «1» signal taqsimlagichning 1 R chiqishida va demodulyatorning 
«1» chiqishida paydo bo‘ladi. Unda «1» signali mantiqiy element «VA» ni faqat 
bitta kirishida mavjud bo‘ladi, uning chiqishi «1» da esa «1» signali bo‘lmaydi. 
Shuning uchun OS relesi qo‘zg‘atilmay qoladi va uning ro’para kontakti orqali tizim 
ta’minoti davom etadi va shu bilan keyingi impulsor demodulyatsiyasi davom 
etaveradi. 
26.5-rasm. Stansiya manzili deshifratori (birlashtirilgan deshifrator)
Agar ko‘p taktli signalning birinchi impulsi passiv sifatida kirsa (raqamning 
qiymati-«O») «1» signallar mantiqiy element «VA» ning ikkala kirishida ham 
mavjud bo‘ladi, uning chiqishida ham «1» signali paydo bo‘ladi va u OS releni 
qo‘zg‘atilishini ta’minlaydi. 
OS relening ro’para kontakti orqali tizim ta’minoti uzib qo‘yiladi (ko‘p taktli 
signal to‘la hajmda qabul qilingunicha) va bu bilan ko‘p taktli signal deshifratsiya 
mumkin bo‘lmay qoladi. Ko‘p taktli signalning keyingi impulslari qabul qilinganda 
ham sxema shu tarzda ishlaydi. OS relesi 2-, 3-.,.. impulslar qabul qilinganda 
qo‘zg‘alishi mumkin lekin DM chiqishidagi impuls miqdori teskari bo‘lishi kerak. 
Shuning uchun rele teskari selektorli rele deb nom olgan. 
15.1-rasmdagi sxema ham DK, ham DM funksiyalarini bajaradi va shuning 
uchun uni birlashtirilgan deshifrator deb atasak bo‘ladi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling