Sadikov A. N


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana09.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1181501
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
7 sem Amaliyot Uslubiy qollanma

14 – Amaliy mashg’ulot 
 
Mashg’ulot mavzusi 
Alifbo o’zgartirgich sxemalarini o’rganish 
 
Marshrutlar majmuasi, bundan oldingi paragrafda ko‘rib o‘tilganidek, 
marshrutning boshlanishi tugmasini va oxiri tugmasini navbatma-navbat bosish 
bilan amalga oshiriladi. Bunday hollarda dispetcher harakati «boshlanishi-oxiri» 
alfavitiga mos keladi deyiladi. DM ning barcha zamonaviy kodlsh qurilmalari 
telemexanika signallarini teleboshqaruv strukturasida «marshrut-svetofor» alfavitini 
qo‘llashni nazarda tutadi. «Boshlanish-oxiri» alfavitini «marshrut-svetofor» 
alfavitiga o‘zgartirish alfavit o‘zgartirgichning vazifasi hisoblanadi. 
Alfavit o‘zgartirgichi SN va SCH, BS relelardan hamda bu relelar kontaktlari va 
marshrutli tugmalarining rele tugmalari, kontaktlarining elektr zanjirlaridan iborat. 
SN, SCH relelarning ulanish sxemalari va ishlash asoslari bundan oldingi paragrfda 
ko‘rib chiqildi. BS relesining BS tugmasi bilan ishga tushirilish sxemasi (B1 tugma) 
30-rasmda keltirilgan. BS rele «Ochiq svetofor yopilsin» buyruqning hosil bo‘lishini 
ta’minlaydi. Tugma BS bosilganda BS rele ishga tushadi. Bunda, u yuqori chulg‘am 
bo‘yicha ishga tushadi, so‘ngra pastki chulg‘am bo‘yicha o‘z zanjirini uzadi. Rele 
BS dastlabki holatiga xuddi harakatlarni qayd qiluvchi tugun tugmali relesi kabi 
keltiriladi. 
Alfavit o‘zgartirgich elektr zanjiri sxemasining stansiyalarining toq 
bo‘g‘izlariga yaqinlashishlaridan biri uchun 18.1-rasmda keltirilgan. Unda alfavit 
o‘zgartgichning har bir chiqish zanjiri buyruqqa mos holatda nomlangan. 


18.1-rasm. Alfavit o‘zgartirgich zanjiri 
18.1-rasmga binoan buyruq hosil qilinishi marshrutni to‘plash chog‘ida 
ta’minlovchi «P» qutbining chiqish zanjirlariga ulash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling