Sadikov A. N


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana09.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1181501
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
7 sem Amaliyot Uslubiy qollanma

13 – Amaliy mashg’ulot 
Mashg’ulot mavzusi 
 
Yordamchi va marshurtli knopkalarning rele sxemasini tahlil qilish 
Dispetcherning harakatlarini qabul qiluvchi tugun dispetcherning boshqaruv 
apparati tugmalariga ko‘rsatgan ta’sirini qayd qiladi. Harakatlarni qayd qilish ishini 
boshqaruv apparati sifatida qo‘llaniluvchi pult-manupulyator PMDM-64 misolida 
ko‘rib o‘tamiz. 


Manipulyatorning stansiyalar tugmalari har qanday markaziy dispetcherlik 
(MD) da bo‘lgani kabi stansiya manzilini aniqlaydi va shuning uchun harakatlarni 
qilgichning ana shu tugmalar bilan bajaradigan vazifasi uzatish registriga 
yuklatilgan, bu esa o‘z navabtida sxemani ancha soddalashtirish imoknini beradi. 
Manipulyatorning yordamchi tugmalari bo‘lib, ular stansiyadagi turli 
obyektlarning teleboshqaruv buyruqlarini berishga mo‘ljallangan va ko‘p taktli 
signalning guruh manzili kodini va tezkor qismi kodini bir qiymatli aniqlaydi. 
Shuning uchun, «Luch» tizimining MD sida harakatlarni qayd qilish vazifasi uzatish 
registoriga yuklatilgan. «PCHDM», «CHDM», «Neva» kabi tizimlarda bunday 
tugmalar uchun 24 ta tugmali rele o‘rnatilgan. Tugmali relening nomlanishi ikki 
raqamdan iborat bo‘lib, ulardan birinchisi guruh manzili kodini, ikkinchi raqam ko‘p 
taktli signalning tezkor qismi kodiga to‘g‘ri keladi. Yuqorida nomi zikr etilgan 
tizimlarda rele tugmalari quyidagilar: 51, 52, …3.7, 61, 62, …68, 71, 72, …78.
Yordamchi tugmalar A1÷A14 va B1÷B14 ni (48-rasmga qarang) tugmachalarga 
ulanishi maxsus jadval asosida amalga oshiriladi. Ular bu jadvalda har bir buyruq 
bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan ikki xonali son o‘rtasidagi moslik keltirilgan. 
Bu jadval impulslar (buyruqlar)ning taqsimlanish jadvali deb ataladi.
Har qanday DM tizimida marshrut tugmalarining bosilishi mos holatda, tugmali 
relening uyg‘otilishini qayd etadi. Marshrut tugmalrining rele tugmalari nomi 
marshrutli tugmachalar nomi bilan mos tushadi, ya’ni: 11, 12, 13, 21. 
Yordamchi va marshrutli tugmachlarning «Neva» tizimi DMsi uchun rele 
tugmalari sxemasi 17.1-rasmda keltirilgan. Tugmachali relelar uch guruhga 
birlashtiriladi. 
Birinchi guruhga marshrutli tugmalar (11, 12, 13, 31, …37) va SN relesining 
barcha toq vertikal qatorlarning tugmali rele chulg‘amlari ulangan. 
Ikkinchi guruhga marshrutli tugmalar (21, …27, 41, 42, 43) SCH relesini barcha 
juft vertikal qatorlarining tugmali rele chulg‘amlari ulangan. Birinchi va ikkinchi 
guruhlar tugmalariga MV rele chulg‘ami ulangan. 
17.1-rasmdagi sxema bo‘yicha yig‘ilgan qurilmaning ishini ko‘rib chiqaylik. 
Bunda sxema toq marshrutni I yo‘lga qabul qilishga mo‘ljallangan. Buning uchun 
poyezd despetcheri navbatma-navbat tugma 11 (marshrut boshlanishi) va tugma 21 
(marshrut oxiri) ga bosishi kerak. 
Avval tugma 11 bosiladi; rele 11 pastki chulg‘am bo‘yicha rele SN, MV, 11, 12, 
13, 31, … 37, KV, OP, PPG ning orqa kontaktlari, PS releda frontli kontakti orqali 
oziqlanadi va uyg‘onadi (yakorni o‘ziga tortadi). Rele 11 uyg‘ongan chog‘i uning 
orqa kontakti yordamida avval uning yuqori chulg‘amidan shunt olinadi va u ketma-
ket va mos holatda pastki chulg‘am bilan ulanadi. So‘ngra uning frontli kontakti 
yordamida uning pastki chulg‘ami shuntlanadi. Shuning uchun rele 11 
qo‘zg‘alishdan so‘ng va tugma bosilgan holatda bu rele oziqlanishi yuqori chulg‘ami 
bo‘yicha amalga oshadi. 
11 tugmadan qo‘zg‘alish olingach, u o‘zining dastlabki holatiga qaytadi, uning 
ro’para kontakti ajraladi. Bu o‘z navbatida shunga olib kelinadiki, rele SN ning 
yuqori chulg‘ami bilan ketma-ket holda rele SCH ning orqa kontakti orqali rele SN 
ning chulg‘ami ulanadi va u tokli holatda boladi. Rele SN «marshrut-svetofor» 
alfavitida toq svetoforlarni boshqarish buyruqlarini hosil qilish uchun xizmat qiladi. 


Rele SN ning qo‘zg‘alish bilan qurilmaning birinchi ish bosqichi tugaydi va u 
ikkinchi tugmaning bosilishini kutadi. Agar ikkinchi tugma (marshrut oxiri) sifatidi 
birinchi guruh (xato qilib) tugmasi bosilsa, uning ro’para kontakti orqali va rele SN 
ro’para kontakti orqali servis xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan. 
17.1-rasm. Yordamchi va marshrut tugmalarining
tugmali relesi sxemasi 
Tugunlar qatoriga kiruvchi ZU rele ulanadi. Rele ZU zummerni ulaydi va u o‘z 
navbatida dispetcher harakati noto‘g‘ri bajarilgani haqida tovush signalini beradi. 
I yo‘lga toq marshrutlar to‘plamini qabul qilish chog‘ida ikkinchi bo‘lib toq 
vertikal qatorlar (marshrut oxiri) tugmasi bosilishi lozim. 21 tugma bosilganda rele 
11 ning qo‘zg‘alish zanjiriga o‘xshash zanjir bo‘yicha 21 rele uyg‘onadi. 21 
tugmadan barmoq olingach, uning ro’para kontakti uziladi va 21 rele yuqori 
chulg‘ami bilan ketma-ket holatda rele MV ulanadi va uyg‘onadi. Rele MV ning 
qo‘zg‘alishi bilan bir qatorda marshrutni o‘rnatish bo‘yicha dispetcher harakatining 
tugagani qayd etiladi. Rele MVning ro’para kontakti TB ning ko‘p taktli signalini 
uzatuvchi tizimini ishga tushiruvchi kontaktlardan biri hisoblanadi. 
UFD ning relelari dastlabki holatga TB signalini uzatish tugagandan keyingina, 
Rele PPG qisqa vaqtga uyg‘onib, o‘zining orqa kontakti bilan rele UFD ning 
oziqlanish zanjirini uzgach keladi. Agar biror sababga ko‘ra TB signalini uzatish 
amalga oshmagan bo‘lsa, u holda UFD sxemasining dastlabki holatiga qaytarish 
boshqa bir stansiyaning stansiya tugmasini bosish bilan bajariladi. Chunki u o‘z 
navbatida rele PS ning ro’para kontaktini ajratishiga olib keladi. 


Boshqa yo‘nalish marshrutini berish uchun marshrutli tugmalardan teskari 
ketma-ketlikda foydalanish lozim. Masalan, juft marshrutlarni jo’natish chog‘ida 21 
tugma bosilgach, rele 21 va SCH uyg‘ongan holatga o‘tadi. Rele SCH «marshrut-
signal» alfavitida juft svetoforlarni boshqarish buyruqlarini hosil qilish uchun 
mo‘ljallangan. Ikkinchi ta’sirdan keyin 11 tugmaga barmoq bosib olingach, rele 11 
va MV uyg‘ongan holatga keladi, bu dispetcherning I yo‘ldan juft marshrutlarni 
jo‘natish bo‘yicha harakatlari tugaganini qayd qiladi. UFD ning barcha relelarini 
dastlabki holatga qaytarish uchun marshrutlarni qabul qilishda bajarilgan amallar 
kabi bajariladi. 
Rele 51-3.7, 61-68, 71-78 lar uchinchi guruhga birlashgan. Ularning prinsipial 
ulanish sxemalari birinchi va ikkinchi guruh marshrut tugmalari relelarining ulanish 
sxemalridan farq qilmaydi. Shuning uchun uchinchi guruh tugmali relelari birinchi 
va ikkinchi guruh tugmali rele ishlaridan farq qilmaydi. Bunda rele SN, SCH, MV 
lar vazifasini KV bajaradi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling