Sadikov A. N
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
7 sem Amaliyot Uslubiy qollanma
16 – Amaliy mashg’ulot
Mashg’ulot mavzusi Taqsimlagichning tuzilmaviy sxemasi va uning vaqt diagrammasini qurishni o’rganish Taqsimlagichlar uzatish punktlarida ko’ptlaktli signallar impulslari (son raqamlari)ni uzatish navbatini ta’minlash, qabul qilish punktida esa ko’p taktli signal impulslarini qabul qilishi navbatini ta’minlashga mo‘ljallangan. Bu navbat turli chiqish zanjirlariga «1» signalini berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Agar taqsimlagichga manba berilgandan keyin, uning o‘zi turli chiqishlarga «1» signalini berishni boshlasa (qayta ulanib va chiqish zanjirlarini hosil qilish), bunday taqsimlagich avtomatik qayta ulanishli taqsimlagich deb ataladi. Bunday taqsimlagichlar «PCHDM», «CHDM», «RPK» tizimlarda keng qo‘llanilgan. Agar taqsimlagichning chiqish zanjirlarini hosil qilish uchun uning kirishiga qayta impulslar (harakat)ni berish lozim, bunday taqsimlagichlar majburiy qayta ulanishli taqsimlagichlar deb yuritiladi. Ular temir yo’l transporti qurilmalarining kodli kontaktsiz tizimida qo‘llaniladi. Chiqish zanjlarini navbatma-navbat hosil qilish uchun, majburiy qayta ulashli taqsimlagich o‘zining kirishiga beriluvchi impulslarni sanashi lozim. Shuning uchun taqsimlagichning strukturasida impuls sanagichlar va chiqish zanjirini hosil qiluvchi qurilmani alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Taqsimlagichning kirishiga beriluvchi impulslar taktli impulslar generatori (GTI) yoki aloqa kanallariga berilishi mumkin. 20.1-rasmda taqsimlagichning tuzilmaviy sxemasi va ishlashining vaqt diagrammasi kirish va chiqish zanjirlari uchun ko‘rsatilgan. Barcha zamonaviy kodli markazlashtirish tizimlari hisoblagichlarining asosiy elementi ikkilik element (elektromexanik rele, trigger) hisoblanadi. Ikkilik elementli hisoblagichlar ikki tamoyildan foydalangan holatda qurilishi mumkin. Bular quyidagilar: 20.1-rasm. Taqsimlagichning tuzilmaviy sxemasi (a) va ishlashining vaqt diagrammasi (b) Sodda sifatli tanlash tamoyili. Bunda hisoblagich pozitsiyasi ikkilik elementining faqat bittasining «1» holati bilan aniqlanadi. Bu tamoyil elektromexanik rele (releni taqsimlagichlar)dan foydalanuvchi rele – hisoblagicxilar deb ataluvchi taqsimlagichlarda qo‘llaniladi. Bunday taqsimlagichning bitta chiqish zanjiri kontaktlar juftligi (frontal-umumiy) dan iborat bo‘lib, bu faqat bitta rele- hisoblagichga tegishlidir. Kombinatsiyali – sifat tanlash tamoyili. Bunda hisoblagich pozitsiyasi ikkilik elementlarning barcha holatlar kombinatsiyasi bilan aniqlanadi. Bunday tamoyildan foydalanib markazlashtirishning kodli tizimlari kontaktsiz taqsimlagichlarning barchasi qurilgan. Kontaktsiz taqsimlagichlar. Temir yo‘l kodli markazlash tizimlari kontaktsiz taqsimlagichlarning asosiy ikkilik elementi bo‘lib asinxron statik JK-trigger hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, trigger ikkita turg‘un holatda bo‘la oladi va ular «0» va «1» bilan belgilanadi. Uning «0» holatida trigger chiqishi «Q» da signal «0», chiqish « » da esa «1» signal mavjud bo‘ladi. Uning «1» holatida trigger chiqishi «Q» da signal «1», chiqish « Q »da esa «0» signal mavjud bo‘ladi. Uchta JK-trigger olib (1T, 2T, 3T) ularni 20.2-rasmda ko‘rsatilganidek, ya’ni trigger 1T ning chiqishi «Q»ni trigger 2T ning «J» va «K» kirishlari bilan ulaymiz; 2T triggerning «Q» chiqishini trigger 3T ning «J» va «K» kirishlari bilan o‘ylaymiz. 20.2-rasmda «1» signal berilgan zanjirlar qalin chiziqlar orqali ko‘rsatilgan. Bu triggerlarning ishlashining ketma-ketligini kirish T (20.2-rasmda Vxt)ga taktli impulslar generatori (GTI)dan impulslar beriladi. Dastlabki holatda barcha uchta triggerlar «0» holatda bo‘ladi. Chapdan o’ngga qarab 3T, 2T, T tartibda bo‘lib, barcha triggerlar holati 000 raqamli ko‘rinishda yozilishi mumkin. _ Q 20.2-rasm. Kontaktsiz taqsimlagich Birinchi manfiy dinamik impulsning kirish Tga kelishi bilan trigger 1T «0» holatdan «1» holatga qayta ulanadi. Buning natijasida uning «0» chiqishidagi signal aksincha, ya’ni «0» signal «1» signalga o‘zgaradi. Trigger 1 T ning chiqishi «0» da musbat dinamik impuls olinadi va u trigger 2T ning «J» va «K» kirishlariga beriladi, ammo JK trigger musbat dinamik impulsdan qayta ulanmaydi. Shunday qilib, 2T va 3T triggerlar «0» holatda qoladi. Triggerlar holatini yozish tartibini saqlagan holatda barcha triggerlar holati 001 raqami ko’rinishida yozilishi mumkin. Ikkinchi manfiy dinamik impulsning kirishi Tga kelishi bilan trigger 1T «1» holatdan «0» holatga qayta o’tadi. Buning natijasida uning «Q» chiqishidagi «0» signal «1» signalga, «Q» chiqishidagi «1» signal esa «0» signalga almashadi. Trigger 1T ning «Q» chiqishidagi «1» signalning «0» signalga almashishi manfiy dinamik impuls bo‘lib, uni trigger 2T ning «J» va «K» kirishlariga beriladi, bu o‘z navbatida «0» holatdan «1» holatga qayta ulanishni yuzaga keltiradi. Bunday hollarda barcha triggerlar holatlari 010 raqam ko’rinishida yozilishi mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, ikkinchi manfiy dinamik impuls 1T triggerning «J» va «K» kirishlariga beriladi, trigger 1T qayta ulanib, manfiy dinamik impuls ishlab chiqaradi va u trigger 2 T ning «J» va «K» kirishlariga beriladi. Shuning uchun aytish mumkinki, ikkinchi manfiy dinamik impuls avval trigger 1T ning qarshisiga keladi, undan o’tgach trigger 2T ning kirishlariga kelib tushadi. Shuning uchun 20.1,a-rasmda ko‘rsatilgan triggerlar 1T, 2T, 3T ning ulanish sxemasi taktli impulsni ketma-ket ko’chirish sxemasi nomini olgan. Yuqorida aytib o’tilgan va triggerlar 1T, 2T, 3T ning bundan keyingi ishini 20.3- rasmda keltirilgan vaqt diagramma bo‘yicha kuzatish mumkin. Bu sxemada strelkalar bilan manfiy dinamik impulsning ta’sirlari ko‘rsatilgan. Raqamli strelkalar bilan trigger 1T ning «J» va «K» kirishlariga GTI dan ko‘rsatiluvchi ta’sir ko‘rsatilgan. Trigger 1T ning trigger 2T ga, trigger 2T ning trigger 3T ga ta’siri raqamsiz strelkalar bilan ko‘rsatilgan. Triggerlarning holatlari («0» yoki «1») qalin gorizontal chiziqlar bilan ko‘rsatilgan. Raqam («число») deb yozilgan un bo‘yicha triggerlar holatlarini ikkita qo‘shni manfiy dinamik impulslar kelishi orasidagi vaqt bo‘laklariga bog‘liq holatlarini harakterlaydigan barcha sonlar yozilgan. Vaqtning bu kesimi GTI tebranishlar davriga teng. Qurilayotgan vaqt diagrammasidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin. 1. Trigger 1T ning tebranishlari davri GTI tebranishlari davridan ikki marta ko‘p, ya’ni 1K trigger GTI chastotasini 1:2 nisbatda bo‘luvchi vazifasini bajaradi. Agar trigger 1T GTI chastotasini 2 ga bo‘lsa, trigger 2 T GTI chastotasini 4 ga bo‘ladi, trigger 3T esa GTI chastotasini 8 ga bo‘ladi. Chastotalarni bo‘lish xususiyatidan «Neva» va «Luch» markaziy dispetcherlik tizimlarida keng qo‘llaniladi. 2. GTI tebranishlarning birinchi davri vaqti davomidagi barcha triggerlar holatlarini harakterlovchi raqamlarga qarab va so‘ngra ikkinchi, uchinchi va shu kabi tebranishlar davri vaqtlaridagi holatlarni harakterovchi raqamlar ikkilik hisoblash tizimidagi natural sonlar qatoridan iboratligini ko‘rasiz va shuning uchun signalni ketma-ket ko‘chiruvchi ikkilik hisoblagich sxemasi deb nomlanadi. Shunday qilib, ko’rib o’tilgan sxema bo‘yicha ulangan 1T, 2T, 3T triggerlar kirish T ga keluvchi impulslarni sanaydi. Sxema faqat uchta trigger ulanishiga mo‘ljallangani sababli u faqat yettigacha sanashi mumkin. Agar ikkilik hisoblagichni deshifrator bilan taminlansak, u holda taqsimlagich funksiyasi ham bajaruvchi qurilma sifatida ishlatilishi mumkin. Hisoblagichning ikkilik elementlar holatlari deshifratori «VA» mantiqiy elementlar asosida bajariladi. «VA» elementlarning kirishlari soni hisoblagichlarning triggerlari soniga mos kelishi kerak, ya’ni taqsimlagichning chiqish zanjiri har birining holati hisoblagichning barcha ikkilik elementlari holatlari bilan aniqlanadi. Deshifratorni qurish uchun «VA» elementlarning soni hisoblagich barcha elementlarining mumkin bo‘lgan barcha holatlari soniga mos keladi va bu holatlar soni 2 n formula bo’yicha aniqlanadi, bunda n-hisoblagichning ikkilik elementlari soni. 20.2-rasmda keltirilgan sxema uchun triggerlar soni pq3, mumkin bo‘lgan holatlar soni (chiqish zanjirlari soni) 2 3 =8. Bu zanjirlarni 0;1;2; …; 7 deb raqamlash mumkin. «VA» mantiqiy elementlarning kirishlarini triggerlarning “Q” va “𝑄̅” chiqishlariga ulanish prinsipini tushunish uchun triggerlar 1T, 2T, 3T ning 20.3-rasmda keltirilgan ishlashi vaqt diagrammasini ko‘rib o‘taylik. Ixtiyoriy trigger uchun «t» o‘qida qalinlashgan to‘gri chiziq kesmalari bilan triggerning “𝑄̅” chiqishda «1» signalning mavjudligi, ingichka kesmalar bilan esa «0» signalning mavjudligi tasvirlangan. «t» o‘qiga parallel joylashgan va ordinata «1» orqali o‘tuvchi chiziqda qalin to‘gri chiziq bilan triggerning “Q” chiqishida «1» signalning mavjudligi, ingichka to‘g‘ri chiziq bilan «0» signal mavjudligi ko‘rsatilgan (20.3- rasmda o‘ng tomondagi Q va 𝑄̅ belgilarga qarang). Taqsimlagichning barcha triggerlari dastlabki holatlariga vaqtning 0÷ t, oralig‘ida mos keluvchi «1» signallari “𝑄̅ ” chekishlarda ta’sir qiladi. Shuning uchun 20.3-rasmda A1 sifatida belgilangan birinchi mantiqiy elementning kirishlari barcha triggerlarning “𝑄̅” chiqishlariga ulangan va bu holat 20.2,a-rasmda ko‘rsatilgan. U holda «1» signali mantiqiy element A1 ning chiqishiga beriladi. 20.3-rasm. Kontaktsiz taqsimlagich ishining vaqt diagrammasi Triggerlarning har qanday boshqa holatlarida A 1 elementning hech bo’lmaganda bitta kirishida «0» signal mavjud bo‘ladi va bu A 1 element chiqishida «0» signal bo’lishini ta’minlaydi. Shunday qilib, A1 elementning chiqishi zanjiri bo‘ladi. 20.2-rasmda u «0» sifatida belgilangan, chiqishidan olingan qalin chiziq esa unga «1» signal berilganini ko‘rsatadi. Vaqtning t 1 ÷ t 2 oralig‘ida «1» signal trigger 1T ning “Q” kirishida va triggerlar 2T va 3T ning “𝑄̅” chiqishlariga beradi. Shu chiqishlarga A2 elementning kirishlari ulanadi. Signal «1» A2 element chiqishiga vaqtning faqat t 1 ÷ t 2 oralig‘idagina beriladi. A2 chiqish taqsimlagichning birinchi chiqish zanjiri hisoblanadi. Хuddi shuningdek, navbatdagi vaqt oraliqlarini kuzatib, qolgan elementlar A3, A4, …. A8 ning ulanish, sxemalarini aniqlash mumkin. Barcha A1, A2, ……, A8 elementlarining to‘liq ulanish sxemasi 20.2,a-rasmda tasvirlangan va u matritsali deshifrator deb ataladi. Taqsimlagichning matritsali deshifratorning chiqish zanjirlari ishining vaqt diagrammasi 20.3-rasmda ko‘rsatilgan. Mantiqiy algebraning maxsus qonunlaridan biri ikkilik (de Morgan qoidasi) qonunidir. Uchta mantiqiy o‘zgaruvcxilar x 1, x 2, x 3 uchun bu qonun quyidagi ko‘rinishda yoziladi: 3 _ 2 _ 1 _ ____ __________ 3 2 1 х х х х х х Agar keltirilgan ifodaning o‘ng va chap tomonlari inversiyasini olib va ikki marta inversiya olinishi dastlabki funksiyani berishini hisobga olsak, bu ifodani quyidagicha yozish mumkin: ___ __________ 3 _ 2 _ 1 _ 3 2 1 х х х х х х Oxirgi yozilgan ifoda matritsali deshifratorning «VA» mantiqiy operatsiya elementlari, «YOKI-YO‘Q» mantiqiy operatsiya elementlari bilan almashtirilishi mumkin, ammo bunda ular kirishlariga signallarning invers (teskari) qiymatlarini berish lozim. Buning uchun triggerning “Q” chiqishlariga ulangan zanjirlar “ _ Q ” chiqishlariga qayta ulab, “ _ Q ” chiqishlariga ulangan zanjirlarni esa “Q” chiqishlariga ulash kerak. Matritsali deshifratori bo‘lgan, mantiqiy operatsiya «VA», «YOKI» elementlari diodlardan iborat bo‘lib, bu diodlar juda katta bo’lishiga qaramay muayan qiymatli teskari qarshlik bilan harakterlanadi. Bu qarsxiliklar qiymati matritsaning ish qobilyatiga ta’sir etishi mumkin. Masalan, 20.3-rasmdagi triggerlarning 000 holatida trigger 1T ning « _ Q » chiqishida mavjud bo‘lgan «0» signali diodlarning teskari qarsxiliklari orqali: A2 elementda triggerlar 2T va 3T ning “ _ Q ” chiqishlarida ulangan; A4 elementda trigger 3T ning “ _ Q ” chiqishiga ulangan; A6 elementda trigger 2T ning “ _ Q ” chiqishiga ulangan. Shunday qilib, trigger 1T ning “Q” chiqishida mavjud bo‘lgan «0» signali diodlarning teskari qarsxiliklari parallel ulangan bitta guruhi orqali trigger 2T ning “ _ Q ” chiqishiga ulangan, boshqa guruhi orqali esa trigger 3T ning “ _ Q ” chiqishiga ulangan. Xuddi shu tariqa triggerlar 2T va 3T ning “Q” chiqishlaridan olinuvchi «0» signallar ta’sirini ham ko’rib chiqish mumkin. Umuman, sxema (36,a-rasmda) uchun har bir triggerning “Q” chiqishi diodlarning teskari qarsxiliklari orqali elektr zanjirlarning to‘rtta tuguniga ulangan va bu tugunlarga «0» signali berilgan. Amalda bu har bir triggerning “Q” va “ _ Q ” chiqishlari orasida har birining qarshiligi bitta diodning teskari qarshiligiga 4ta parallel ulangan rezistorlar guruhi ulanganiga ekvivalentdir. Bunday ulanishlar «1» signal potensialining o‘zgarishiga olib keladi. Parallel ulangan ekvivalent rezistorlar soni hisoblagich triggerlarining soniga bog’liq va ular o‘z navbtida «VA» mantiqiy operatsiya elementlari soniga teng, shuningdek har bir mantiqiy element kirishlari soni sifatida aniqlanadi. Taqsimlagichdagi matritsali deshifratorning barcha mantiqiy elementlari kirishlarining umumiy soni, matritsani yasash uchun zarur bo‘lgan diodlar soni (N m ) ni aniqlaydi. Bu son quyidagi formula bilan aniqlanadi: n m 2 n N , Bunda: t – taqsimlagich triggerlari soni. «CHDM», «SKM», «NEVA» va «LUCH» tizimlarining taqsimlagichlari beshta triggerlardan iborat. Bunday taqsimlagichlar matritsalarini yasash uchun 160 2 5 5 Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling