Sadikov A. N
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
7 sem Amaliyot Uslubiy qollanma
17 – Amaliy mashg’ulot Mashg’ulot mavzusi Taktli impulslar generatori sxemasi va kanal shifratorining tuzilmaviy sxemalarini tahlil qilish Taktli impulslar generatorlari Taktli impulslar generatori (GTI) aloqa kanali bo‘yicha ikki xonali son (ko‘p taktli signal) ni bitta raqami (1 ta impulsli) qiymatini uzatish vaqti davomiyligini aniqlaydi. Zamonaviy dispetcherlik markazlari tizimlarida GTI ning tebranishlar davrini o‘zgartirish uchun GTI ni, ya’ni shifrator zanjirlari bilan o‘zaro bog‘lanishni talab etuvchi vaqtli impuls belgisi qo‘llanilmaydi. Bunday zamonaviy dispetcherlik markazlari tizimlarida GTI tebranishlar davri o‘zgarmas kattalik hisoblanadi, qadamlab sinxronlashdan foydalanuvchi tizmldarda GTI chastotalari stabilligiga biror bir talab qo‘yilmaydi va shuning uchun GTI sifatida ixtiyoriy avto tebranish sxemasi qo‘llanishi mumkin. CHDM va SKM tizimlarida GTI sifatida tranzistorli multivibrator qo‘llaniladi. Trigger kabi multivibrator ham ikki tranzistor VT1 vaVT2 dan iborat bo‘lib, triggerdan farqli o‘laroq bir tranzistor kollektori bilan boshqa tranzistor bazasi orasidagi bog‘lanish kondensator C` va C`` lar yordamida bajarilgan. Multivibrator ishlash chog‘ida bir vaqtning o‘zida ikki holat “1” yoki “0” larning birida bo‘lishi mumkin, ammo triggerdan farqli holatda bu holatlar vaqtli turg‘un bo‘ladi. Shuning uchun u avtomatik tarzda “0” holatdan “1” holatga qayta ulanadi. Multivibrator chiqishida takt impulsi deb ataluvchi impulslar hosil bo‘ladi. Dastlabki holatda multivibrator tranzistor VT2 ning kollektorga yuqori potensial ( 0 U 1 V) berilishi bilan to‘xtatilgan bo‘ladi. Bu tranzistor yopiq, chunki emitteri va kollektori potensiallari bir xil va ta’minlovchi manba chiqish potensiali U 1 bilan aniqlanadi. Tranzistor VT1 ham yopiq bo‘ladi, chunki uning emitteri va bazasi potensiallari rezistor R b ` orqali keluvchi ta’minlovchi manba chiqish potensiali U 1 bilan baravar bo‘ladi. Kondensator S` razryadlangan, chunki uning o‘ng va chap qoplamalari ta’minlovchi manba U 1 chiqishining bir nomli qutblariga ulangan. Kondensator S`` zaryadlangan, chunki uning o‘ng qoplamasi rezistor R b `` orqali ta’minlovchi manba U 1 chiqishiga, chap qoplamasi esa rezistor R k ` orqali ta’minlash manbasining M (–) qutbli chiqishiga ulangan. Kondensator C`` ning qutblari 22.1-rasmda “+” va “–” belgilari bilan ko‘rsatilgan. K tugma bosilgan chog‘da tranazistor VT2 kollektordagi berkituvchi potensial I olinadi va kondensator S` zaryadlana boshlaydi (zaryadlanish zanjiri shtrixli chiziq bilan ko‘rsatilgan). Tranzistor VT1 ning emitter-baza o‘tishi orqali oqib o‘tuvchi tok bu vaqtda VT1 tranzistorni ochadi. Bu esa “a” nuqta potensialining ortishiga olib keladi. Tranzistor VT2 ning yopiq holatini saqlab qoladi. 22.1-rasm. Alohida nuqtalardagi potensiallar diagrammalari ko‘rsatilgan multivibrator sxemasi Kondensator ' ' С rezistor " б R orqali razryadlana boshlaydi (zanjir punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan) va bunda “a” nuqta potensiali kamaya boshlaydi. Kondensator ' С ning zaryadlana borishi bilan tranzistor VT1 ning emitter-baza o‘tishi orqali oqib o‘tuvchi tok kamayadi. Bu esa o‘z navbatida tranzistor VT1 ning yopilishiga olib keladi va “a” nuqtaning potensiali kamayadi. Shundan so‘ng, kondensator ' ' С orqali tranzistor VT2. ni ochuvchi zaryad toki oqib o‘tadi. Kondensator ' ' С ning zaryadlanishi bilan tranzistor VT2 ning emitter-baza o‘tishi orqali tok oqib o‘tadi. Tranzistor VT2 yopiladi, VT1 tranzistor esa ocxiladi. So‘ngra tranzistor VT2 ocxiladi va h.k. Bu jarayon tranzistor VT2 kollektoriga multivibratorni to‘xtatuvchi holatga keltiruvchi diod VD orqali 1 U potensial berilgunga qadar davom etadi. Start-stop sinxronlash usuli qo‘llanuvchi tizimlarda GTI chastotalarining stabilligiga hamda uzatish va qabul qilish punktlari GTI lari fazalari farqi o‘zgarishi diapazoniga qattiq talablar qo‘yiladi. Bu talablarni bajarish uchun, “Neva” va “Luch” tizimlarida taktli impuls generatori 22.2-rasmdagi sxemaga mos holatda bajarilgan. Beruvchi generator G chastotasi kvarsli rezistor yordamida stabillashadi va stabillik bo‘yicha qo‘yilgan talablar qoniqtiriladi. Hattoki kvarsli stabil bo‘lganda ham turli GTI larning beruvchi generator chastotalari ± 0,05% ga farq qiladi. Shuning uchun GTI larning beruvchi generatorlari to‘xtovsiz ishlagan chog‘da ularning beruvchi generatorlari orasidagi fazalar bo‘yicha siljishi 0 0 –180 0 oraliqda uzluksiz o‘zgarib turadi. Faza siljishi o‘zgarish oralig‘ini kamaytirish uchun beruvchi generator chastota bo‘lgich bilan to‘ldiriladi. Bu chastota bo‘lgich beshta JK-triggerlardan iborat bo‘lib, ikkilik hisoblagich sxemasi bo‘yicha bajarilgan. Bunday hisoblagich chastotasi 32 : 1 2 : 1 5 nisbatda bo‘ladi. U holda faza bo‘ycha siljish o‘zgarishi oralig‘i 0 0 ÷5,625 0 (chunki 180:32=5,625 0 ) ni tashkil etadi. 22.2-rasm. Taktli impulslar generatorining sxemasi Bu faza siljishining ta’siri stroblash tuguni yordamida yo‘qotiladi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling