Sadikov A. N


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/22
Sana09.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1181501
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
7 sem Amaliyot Uslubiy qollanma

 
Kanal shifratorlari
Kanal shifratori (KSH) taqsimlagichning chiqish zanjirlari ta’sirida taqsimlagich 
kirishiga parallel kodlarda keluvchi ikki xonali sonni uning chiqishida ketma-ket 
kod ko‘rsatuvchi ikki xonali songa o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun 
KSH “VA” mantiqiy amalni bajaruvchi ikki kirishli element va “YOKI” mantiqiy 
amalini bajaruvchi ko‘p kirishli elementlar to‘plami (ko‘p taktli signal impulslar 
soni bo‘yicha) dan iborat. Mantiqiy element “VA” ni bitta kirishiga taqsimlagich 
chiqishidan ikkinchi kirishiga uzatish registrining mos elementidan signal beriladi. 
Taqsimlagich R1 (16.1-rasmga qarang) chiqishlari 1,2,...n bilan belgilangan; uzatish 
registori RP1 (16.1-rasmga qarang) ning ularga mos kelgan chiqishlari 1R, 2R, ...nR 
bilan belgilangan. 


23.1-rasm. Kanal shifratorining tuzilmaviy sxemasi. 
Kanal shifratori chiqishlariga modulyator (M) deb ataluvchi oraliq zveno 
ulanishi mumkin. Modulyatorlar impuls belgilari generatorini boshqarish uchun 
mo‘ljallangan. Agar KSH zanjiri yetarli darajada sodda bo‘lsa va impuls belgilari 
generatori (GIP) ni bevosita boshqarish imkoniga ega bo‘lsa, telemexanika tizimi 
tarkibida modulyator zvenosi ko‘zda tutilmaydi, ya’ni M funksiyasi KSHga 
yuklanadi. 
«SKM», «CHDM», «Neva» va «Luch» tizimlarining kodli qurilmalarida kanal 
shifratorining «VA» elementlari o‘ziga xosligi bo‘lib, bu taqsimlagichning chiqish 
kontaktsizligidir, uzatish registri chiqishi sifatida uni elementlarining frontal 
kontaktlari qo‘llaniladi. U holda «VA» mantiqiy amali taqsimlagichdan uzatish 
registri relesining frontal kontakti orqali signal berishni bajarishi mumkin. Bu 
xususiyatni hisobga olgan holda «VA» elementlarni ulashning prinsipial sxemasi 
23.2-rasmda keltirilgan. Bu rasmda «YOKI» montaj deb nom olgan ko‘p kirishli 
«YOKI» elementining sxemasi keltirilgan. 
23.2-rasmdagi sxemada qo‘shimcha holatda modulyatorlar va impuls belgilari 
generatori (GIP) ko‘rsatilgan bo‘lib, ular asosan «Neva», («Luch») chastotali 
tizimlarida qo‘llaniladi. Endi 65-rasmdagi sxema ishlashini ko‘rib o‘taylik. 
Dastlabki holatda taqsimlagich «0» pozitsiyada bo‘ladi. Chiqish signali «1» 
(zanjir qalin chiziq bilan ko‘rsatilgan) bu pozitsiyada element AM bilan terslanadi. 
Shuning uchun AM chiqishida diodlar VD11 va VD12 lar orqali shuntning beruvchi 
kontur GIP (kontur L
2
С ) ga qo‘sxilishini ta’minlovchi tok oqib o‘tadi. Bu shunt 
beruvchi generator konturiga beruvchi kaskad tranzistori (TZK) bilan birgalikda 
belgi impulsi hosil bo‘lishining oldini oladi. Shuning uchun liniyali zanjirga hech 
qanday signal berilmaydi (real pauza). 
Faraz qilaylik, uzatish registriga 0110...1 soni bilan ifodalangan buyruqlar 
kiritilgan. U holda 65-rasmdagi rele kontaktlari 2R, 3R, ... nR. jipslashtirilgan. 
Taqsimlagich №1 pozitsiyaga qayta ulanganda «1» signali uning nolinchi chiqish 
zanjirida yo‘qoladi va birinchi chiqish zanjirida paydo bo‘ladi. Natijada element AM 
chiqishida «1» hosil bo‘ladi va shuning uchun tok AM element chiqishidan diodlar 
VD11 va VD12 orqali oqib o‘tmaydi. Beruvchi (generator) konturdan shunt olinadi 


va GIP chastotasi 
2
С va L parametrlar bilan aniqlanuvchi, ya’ni (0110...1 sonining 
birinchi raqami) ga mos keluvchi sinusoidal tebranishlarni ishlab chiqaradigan qayta 
ulangan chog‘da «0» zanjir chiqishidagi «0» signal saqlanib qoladi, natijada GIP 
impulslarini ishlab chiqarishda davom etadi. Shunday qilib, invertor AM diod 
VD11, VD12 lar bilan birgalikda amplitudadagi modulyator bo‘ladi va GIP ning 
ishchi holatini ta’minlaydi. Taqsimlagich ikkinchi pozitsiyaga qayta ulangan holatda 
ikkinchi chiqish zanjirida «1» signali paydo bo‘ladi. Bu signal rele 2R ning berk 
kontakti orqali invertor IM ga ta’sir ko‘rsatadi va uning chiqishida «0» signal paydo 
bo‘ladi va u tokning diod VD8 orqali o‘tishini ta’minlaydi. 
Bu beruvchi konturga kondensator 
1
С ni ulashni ta’minlaydi (13§ da ko‘rib 
o‘tilgan). U holda GIP chastotasi o‘zgaradi va u 
1
С , 
2
С , L, qiymatlari bilan 
aniqlanadi, bu esa raqam 1 (0110... sonining ikkinchi raqami)ga mos keladi. GIP 
chastotasini o‘zgartiruvchi invertor IM va diod VD8, chastotali modulyator deb 
ataladi. 
23.2-rasm. Chastotali tizimning kanal shifratori va modulyatorning prinsipial sxemasi
23.2-rasmdagi 
sxemaning 
bundan 
keyingi 
taqsimlagichning 
qayta 
ulanishlaridagi ishlashi xuddi shunday holatda amalga oshadi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling